Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.17K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
104 files
4.12K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

Ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Cho'liyev E'zozbek tomonidan tayyorlangan videorolik.

O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning "Do'ppi"she'ri.
👍8👏5
#Dastur_ijrosi_amalda

Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga "O'quvchi almashlash "dasturi bo'yicha Jizzaxdagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari va ustozlari tashrif buyurdular.

Bir hafta davom etadigan ushbu dastur doirasida o'quvchilar ta'lim-tarbiya jarayonida bevosita ishtirok etadilar. O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli tadbirlar, sayohatlar rejalashtirilgan.

🔰Bugun mehmonlar ijod maktabining o'quvchilari bilan birga O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyiga sayohat qildilar.
👍811🔥1😍1
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

NAZIRA(Muhammad Yusufning "Baxtli bo'lamiz"she'riga)

Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa,
Ularga qo'shilib yig'lasharmidik.
Biz baxtli bo'lamiz Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrasharmidik.

Baxt tonggi ufurgan o'sha kechada,
Izlab topganimsan mening yagonam.
Loladek qizargan bul yanoqlarga,
Umrim suratlarin chizdim hoyna hoy.

Buloqlar aytishdi mayin kulishing,
Davo bo'lgan emish xasta chinorga.
Ko'rsam suyunaman o'sha chinordek,
Nasib qilarmikan bu ko'zlar menga.

Faqat sen yig'lama,charaqlab kulgin,
Quvonching borliqqa baxt hadya qilsin.
Gar sog'inch vidosi ezsada meni,
Qalbimning bahori sen bilan qolsin.

Sezyapman,olisdan kulyapti shafaq,
Bu taqdir bo'lmasa ko'risharmidik?
Biz baxtli bo'lamiz Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrasharmidik.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Umrzoqova Gulsevar.
👍5🔥3🎉3😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zamin_Creаtive
#1_kun

Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamda Qarshi shahridagi 17-maxsus(eshitishda nuqsoni bor) maktab-internat o'quvchilari, Media, Aktyorlik, Dizayn to'garagi rahbarlari, surdotarjimon o'qituvchilari Farg'ona viloyati Marg'ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o'tkaziladigan festivalda ishtirok etish uchun yetib bordilar.

💥 Bizni kuzatishda davom eting....
👍10😍21
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

IYMON QO‘SHIG‘I



"Umrning har kuni bayrammas, to'ymas,
O'char oqshomi bor oldinda chiroq.
Ko'ylagingga qarab jannatga qo'ymas,
Ajrim bo'lar bir kun savob-u gunoh.
Cho'yan doshqozonga shayton o't qalar,
Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".

         Muhammad Yusuf

Dunyoda yashading, ayshingni surding,
Barcha lazzatlarni totib ham ko‘rding.
Nogoh sur chalindi - hayoting bitdi,
So‘ngra Mahshar tomon ko‘zyosh-la yurding.
Endi na ko‘zyosh-u armon qutqarar,
"Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".

Misqoldek bir soya izlaysan bugun,
Savobdan soyabon istaysan bugun.
Onang o‘tirardi kutgancha seni,
Bir torgina ayvon istaysan bugun.
Lek na soyabon-u ayvon qutqarar,
"Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".

Uyingda osilgan yap-yangi Qur'on,
Joynamoz turibdi: sajda ko‘rmagan.
Jilovni topshirding nafsinga butkul,
Yelkangda o‘tirar bahaybat shayton.
Endi na dunyo-yu zamon qutqarar,
"Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".

Gadoni tepding-u yalinding boyga,
O‘ynamoq ham bo‘lding o‘lim-la poyga.
Bugun na mol-dunyo, tillolaring bor,
Kelib qolding boylik o‘lchanmas joyga.
Endi na iltijo, afg‘on qutqarar,
"Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi Hikmatbek Boyqobilov
🔥6😍2👍1
#Kun_hikmati

📚Qadimlarda kam soʻylashardi, oʻz soʻzlarining ortidan yetolmay qolishdan qoʻrqishardi.

✍️Konfutsiy

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_shogird

Ustoz va shogird: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-55-sonli Farmoni haqida.

Mazkur Farmon bilan ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada kengaytirish hamda bu boradagi yangi yo’nalishlar belgilab berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi
#Yosh_tarjimon_tògaragi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchilari, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zosi Najimova Nozima va Eshmurodova Sevinch O'zbekiston Xalq shoiri  Muhammad Yusufning "Iqror" she'rini o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qildi

IQROR

O, ota makonim,
Onajon oʻlkam,
Oʻzbekiston, jonim toʻshay soyangga.
Senday mehribon yoʻq,
Seningdek koʻrkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.

Bir goʻsha suv boʻlsa, bir goʻsha qirlar,
Qancha yurtni koʻrdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Togʻlaring ortimdan ergashib yurar.

Koʻrdim suluvlarning eng faranglarin,
Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men —
Parijning eng goʻzal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.

Na gapga koʻnayin,
Na til bilayin,
Koʻzdan uyqu qochdi, dildan halovat —
Uch kunda sogʻinsam nima qilayin,
Chala qolar boʻldi hamma sayohat.

Bildimki, baridan ulugʻim oʻzing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tugʻilgan qoʻzing,
Arab ohusidan azizroq menga.

Sen bilan oʻtgan har kun bayram — bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman taʼzim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.

CONFESSION

Oh, my father’s birthplace,
My lovely motherland.
Let me lay my soul on your shade,
Uzbekistan, you’re the kindest,
You’re so great.
For Rome – your clover-field -
I cannot trade.

There is water, there is a corner of hills,
How many countries have I seen, how many destinies.
I lean on it wherever I go, keeping my head up,
Your mountains follow me.


I met the most adorable white hands.
It seems I am trusting or self-lover
-Since for me the best Paris restaurants
Before your tandoor are out of favor.

I’m stubborn, I can’t speak a foreign language,
I don’t sleep and comfort leaves my mind
-What to do in three days if I miss you?
Will remain unfinished all ride.

I perceive that you are my most sublime,
I accept this soil the closest stop.
A lamb that’s born in Bakhmal in springtime
To me is better than the Arabian antelope.

Each day I spend with you is a big fete,
Without you I’m scared, I’m full of worry.
I welcome those who know you and respect.
For those who don’t know you I feel sorry.
👍7👏4😍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
15-aprel ''Madaniyat va san'at  xodimlari kuni " munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig'i   I.To'raev tashabbusi bilan e'lon qilingan chellenjda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining musiqa to'garagi rahbari  va o'quvchilari ''San'at butun  dunyoni ezgulikka chorlagay" chellenjda ishtirok etdilar.




Bayramingiz muborak bo'lsin !
👍8🔥3🤩1
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Guliston shahridagi Prezident maktabi, Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari xalqaro va milliy taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.

"Xon atlas” haftaligi doirasida
Samarqand, Fargʻona shaharlari Prezident maktablari, Abdulla Oripov, Hamid Olimjon va Zulfiya, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktablari, Navbahor, Kogon, Qoʻngʻirot, Uychi, Norin, Oltinsoy, Namangan, Angor, Qorakoʻl tumanlari, Urganch, Buxoro shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida "Oʻrganamiz, oʻrgatamiz" loyihasi
yoʻlga qoʻyildi.

Andijon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari uchun bank mutaxassislari ishtirokida “Moliyaviy savodxonlikni birgalikda oshiramiz” mavzusida amaliy trening
tashkil etildi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi, Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Farzandimga kitob sovgʻa qilaman" aksiyalari
oʻtkazildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Orasta qizlar” klubining navbatdagi yig’ilishi
bo’lib o’tdi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida "Poema – she’riyatning yuragi" nomli onlayn tanlov
e’lon qildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Aziza Rahmatullayevaning she'riy toʻplami
nashr etildi.

Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Sardor Mamutov IELTS imtihonidan 7.0 (C1) ballni
qoʻlga kiritdi.

Sardoba, Xatirchi tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida bilimlar bellashuvi oʻtkazildi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida hududdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni"
tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zni belgilang.
Anonymous Quiz
18%
Talafot
13%
Talofot
7%
Tolofat
62%
Talofat
👍42🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

🔰Quyida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Dilshod Mamatov tomonidan O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab tayyorlangan videorolik bilan tanishishingiz mumkin.

📚D.Mamatov videorolikda shoir Muhammad Yusufning "Iftixor"she'rini ifodali tarzda oʻqigan.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

🔰Quyida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sarvar Saʼdullayev, 7-sinf oʻquvchilari - Shahrizoda Obloqulova hamda Mushtariy Xolmamatovalar tomonidan O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab tayyorlangan videorolik bilan tanishishingiz mumkin.

📚Oʻquvchilarimiz videorolikda shoir Muhammad Yusufning "Oʻzbegim"she'rini ifodali tarzda oʻqishgan.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍42🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

🔰Quyida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf oʻquvchisi Zarnigor Avlaqulova tomonidan O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab tayyorlangan videorolik bilan tanishishingiz mumkin.

📚Oʻquvchimiz videorolikda shoir Muhammad Yusufning "Inshaalloh" she'rini ifodali tarzda oʻqishgan.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
6👍3😍1
#5_tashabbus_ijrosi
#Sport_soģlom_hayot

Xabaringiz bor, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining o'quvchilari "O'quvchi almashlash dasturi" bo'yicha tashrif buyurdilar.


🔰Bugun har ikkala maktab o'quvchilari o'rtasida voleybol musobaqasi o'tkazildi.

Dastur doirasida o'quvchilarning bo'sh vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda. Bu esa ijod maktablari o'rtasida o'zaro do'stlik hamda ijodiy aloqalarni yanada mustahkamlamoqda.
👏2😍2🔥1