Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Xaloyiqqa ko'rma qilib benavo,
O'zingga ravo ko'rmaganni ko'rma ravo.

✍️Alisher Navoiy

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵Axborot va kaloriya: bog‘liqliklar hamda o‘xshashliklar

🔵Kontentlar sifati va darajasi – auditoriya tanlovi

🔵Inson va gadjetlar munosabati, onlayn muloqotning salbiy jihatlari, virtual qaramlik belgilari
〰️〰️〰️〰️〰️

⚡️ Bu fakt:

10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 41%i doimiy onlayn rejimda;

14 yosh oralig‘idagi bolalarning 85%i gadjetlarsiz kun o‘tkazmaydi;

Inson kuniga 70 marta, ya’ni har 15 daqiqada telefonini tekshiradi;

Gadjetlarga qaram bo‘lgan odamlarning miyasidagi biokimyoviy o‘zgarishlar giyohvandlik davridagi o‘zgarishlar bilan bir xil.
〰️〰️〰️〰️〰️

🎥 Videorolik orqali global ma’lumotlarga ega bo‘ling!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirlikdan_tuhfa

📣 Axborot texnologiyalari sohasida bilimingizni oshirish uchun tashkil etilgan maxsus loyihamizda davom etamiz!

Bugun loyiha doirasida 7-sinf uchun videodarslarni taqdim etamiz:

1. Matn stillarini sozlash va ulardan foydalanish
2. Wrap text sozlamalaridan foydalanish. Tasvirni qirqish va o‘lchamini o‘zgartirish
3. Jadval oʻrnatish
4. Belgili ro‘yxat yaratish
5. Hujjatga Header va Footer maydonlarini qo‘shish
6. Matnni ustunlarga bo‘lish
7. Sahifani formatlash buyruqlaridan foydalanish. Print preview buyrug‘idan foydalanish
8. Word dasturida qo‘shimcha sozlamalar
9. Loyiha xususiyatini ishlab chiqish
10. Slaydga o‘tish effektlarini qo‘shish. Slaydlarga vaqt va audio qo‘shish
11. Animatsiya effektini qo‘shish. Animatsiya va vaqtni moslash
12. Auditoriya va maqsadni bilish.
13. Elektron jadvalni loyihalash. Maket tuzish
14. Formulani kiritish
15. Elektron jadvalni sinovdan o‘tkazish
16. Modellashtirish
17. Ma’lumotlarni to'plash shaklini tuzish
18. Elektron jadvalni formatlash. Elektron jadvalni baholash
19. Elektron jadval natijalarini diagramma sifatida taqdim etish
20. Shartli formatlash va maqsadni qidirish
21. Ma’lumotlar bazasi uchun maqsadni aniqlash. Ma’lumotlar bazasi uchun maydon tanlash
22. Ma’lumot turlari. Ma’lumotlar bazasi jadvalini yaratish
23. Ochiladigan ro‘yxatni yaratish
24. Maʼlumot kiritish formasini yaratish (Form)
25. Ma’lumotlar bazasini sinovdan o‘tkazish. Ma’lumotlar xavfsizligi.
26. Maʼlumotlarni matn bilan ishlash dasturiga yuborish. Maʼlumotlarni jadval bilan ishlash dasturiga yuborish
27. Validatsiya qoidalari. Forma dizaynini yaratish. So‘rov yaratish. Hisobot yaratish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Pedagogik_kengash

🔰Ijod maktabida navbatdagi pedagogik kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda maktab rahbariyati, o'qituvchilar, to'garak rahbarlari, tarbiyachilar, texnik xodimlar ishtirok etishdi.

Kengashda CHSBning 2-chorakdagi natijalari, tashqi va ichki monitoring imtihonlari, xususan, CHSB va imtihonlarda past natija ko'rsatgan o'quvchilar, shuningdek, o'qituvchilarning mehnat samadorligi tahliliy-tanqidiy muhokama qilindi.

O'quvchilarning xalqaro va mahalliy xorijiy tillar sertifikatlarini qo'lga kiritish natijalari, joriy o'quv yili bitiruvchi sinf o'quvchilarining tayyorgarliklari va boshqa masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, 3-chorakdagi maqsad va vazifalar belgilab olindi.

Yig'ilish davomida o'qituvchilarning takliflari tinglandi, tegishli qaror qabul qilindi va kelgusi vazifalar belgilab olindi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zakovat

🔰Qarshi shahridagi "Yoshlar markazi"da o‘quvchilar o‘rtasida “Ayoz o‘tmoqda soz” turniri bo'lib o'tdi. Ushbu turnirda umumiy o‘rta ta'lim maktablari, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar hamda o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalari o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi.

Unda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilaridan tarkib topgan "Legends" jamoasi ham munosib ishtirok etib, 3-o'rinni qo'lga kiritdi!


Yakuniy natijalarga koʻra
:


🥇- oʻrin "Universam" jamoasi;
🥈- oʻrin "Uzbek power" jamoasi;
🥉- oʻrin "Legends" jamoasi (Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari).


🏆 Gʻolib va sovrindorlar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Smart watch" va kitoblar toʻplami bilan taqdirlandilar
.

🎊O'quvchilarimizni mazkur yutuq bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz!


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

📚Bolam tutsin desang donolik yo'lin, kichiklikdan tegiz bilimga qo'lin.

✍️Yusuf Xos Hojib

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Qashqadaryo 24/7 (Хусан Комилжонов)
⚡️Қашқадарё мактабларида информатика фанидан олимпиада ўтказилади. Ғолибларга халқаро олимпиадаларга қатнашиш учун шароит яратилади

2023/2024-ўқув йили якунига қадар информатика фани бўйича 5-8 синф ўқувчилари ўртасида “мактаб-туман-вилоят“ босқичида олимпиадалар ташкил этилсин ва энг иқтидорли 50 нафар ўқувчиларни саралаб олиб, халқаро олимпиадаларга тайёрлаш ишлари бошлансин - вилоят ҳокими қарори.

https://t.iss.one/qarshiliklar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_vebinar

🔰Avval xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan joriy yilning 8-9-10-yanvar kunlari tizimdagi barcha maktablarning pedagog xodimlari uchun onlayn vebinar o'tkazilmoqda.

Mazkur vebinarda pedagog xodimlarga ta'limda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, o'quvchi psixologiyasi va darsda ijobiy muhit yaratish, ularning pedagogik mahoratini oshirish hamda loyihaga asoslangan ta'limni tashkil etish bo'yicha metodik yordam ko'rsatish nazarda tutilgan.

✔️Bugun vebinarda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining barcha pedagog xodimlari ishtirok etib, trener Adiba Parpiyevaning "Loyiha ishi va uning fanlararo integratsiyasi" nomli darsni tinglashdi va zarur bilim hamda ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#10_yanvar_Oybek_tavallud_topgan_kun

🔰Bugun, ya'ni 10-yanvar kuni Oybek (Muso Toshmuhammad o‘g‘li) 1905-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965), O‘zbekiston FA akademigi (1943).


📚 «Tuyg‘ular» (1926), «Ko‘ngil naylari» (1929), «Mash’al» (1932) she’riy to‘plamlari, «Dilbar — davr qizi» (1932), «Uch» (1933), «Baxtigul va Sog‘indiq» (1934), «Qahramon qiz» (1936), «Gulnoz», «Kamonchi», «Navoiy» (1937) singari dostonlar yozgan.

Nasriy merosi 5 roman («Qutlug‘ qon», 1940; «Navoiy», 1942; «Quyosh qoraymas», 1943-59; «Ulug‘ yo‘l», 1967; «Oltin vodiydan shabadalar», 1949), 4 qissa («Shonli yo‘l», «Nur qidirib», «Bolalik xotiralarim» va «Bola Alisher») hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat. Pushkinning «Yevgeniy Onegin», Lermontovning «Maskarad», Molerning «Tartyuf» dramalarini tarjima qilgan.

✔️Oybek «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan (2001).

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#10_yanvar_Oybek_tavallud_topgan_kun

Abdulla Oripov

OYBEK HAQIDA QOʻSHIQ


Qalbi pok mardona elning,
Sen aziz farzandisan.
Ganju mulkka bergisiz el,
Gavhari, dilbandisan.
Har kalimang maʼrifatning
Ufqida oydek toʻlib,
El aro topding sharaf sen,
Ustoz Oybek boʻlib.
Shan hayoting odamiylik
Xayru soflikdan nishon,
Chaqnadi sheʼringda nurli
Eʼtiqod birlan imon.
Goh Navoiy suhbatingda,
Goh Torobiy, Yoʻlchi goh,
Sen sevikli davrim oʻgʻli
Begumon, beishtiboh.
Xizmatingdan, hikmatingdan
Elu yurt mangu rizo,
Oʻchmagay, noming asrlar
Soʻngidan bergay sado.

1986

✍️ Abdulla Oripov


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram