Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#10_yanvar_Oybek_tavallud_topgan_kun

🔰Bugun, ya'ni
10-yanvar kuni Oybek (Muso Toshmuhammad o‘g‘li) 1905-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965), O‘zbekiston FA akademigi (1943).

📚 «Tuyg‘ular» (1926), «Ko‘ngil naylari» (1929), «Mash’al» (1932) she’riy to‘plamlari, «Dilbar — davr qizi» (1932), «Uch» (1933), «Baxtigul va Sog‘indiq» (1934), «Qahramon qiz» (1936), «Gulnoz», «Kamonchi», «Navoiy» (1937) singari dostonlar yozgan.

Nasriy merosi 5 roman («Qutlug‘ qon», 1940; «Navoiy», 1942; «Quyosh qoraymas», 1943-59; «Ulug‘ yo‘l», 1967; «Oltin vodiydan shabadalar», 1949), 4 qissa («Shonli yo‘l», «Nur qidirib», «Bolalik xotiralarim» va «Bola Alisher») hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat. Pushkinning «Yevgeniy Onegin», Lermontovning «Maskarad», Molerning «Tartyuf» dramalarini tarjima qilgan.

✔️Oybek «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan (2001).

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#10_yanvar_Oybek_tavallud_topgan_kun

Abdulla Oripov

OYBEK HAQIDA QOʻSHIQ

Qalbi pok mardona elning,
Sen aziz farzandisan.
Ganju mulkka bergisiz el,
Gavhari, dilbandisan.
Har kalimang maʼrifatning
Ufqida oydek toʻlib,
El aro topding sharaf sen,
Ustoz Oybek boʻlib.
Shan hayoting odamiylik
Xayru soflikdan nishon,
Chaqnadi sheʼringda nurli
Eʼtiqod birlan imon.
Goh Navoiy suhbatingda,
Goh Torobiy, Yoʻlchi goh,
Sen sevikli davrim oʻgʻli
Begumon, beishtiboh.
Xizmatingdan, hikmatingdan
Elu yurt mangu rizo,
Oʻchmagay, noming asrlar
Soʻngidan bergay sado.

1986

✍️ Abdulla Oripov


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram