Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.15K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Seminar_trening

⚡️Xiva shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan maktab maslahatchilarining malakasini oshirish bo'yicha amaliy seminar-treningga start berildi.

🔰 Tadbir ishtirokchilari bir-birlari bilan tajriba almashgan holda yanada ko'proq ma'lumot hamda tajribaga ega bo'lishmoqda.

🗓 Trening jarayonlari 27-28-mart kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

✔️E'tiborlisi, ushbu seminar-treningda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi Izzat Negmatov ham ishtirok etmoqda.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
O‘qituvchi — hayot mayog‘i, kelajak ustunlaridir. Shu maʼnoda bu zahmatkash insonlar mehnatini qadrlash va huquqlarini himoya qilish, o‘quvchilarga sifatli taʼlim berishda munosib sharoitlar yaratib berish borasida davlatimiz tomonidan muhim choralar amalga oshirilmoqda.

Tan olib aytishimiz kerak, yaqin o‘tmishda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish, ularni o‘z xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga majburlash kabi noxush holatlar bor edi.

Davlatimiz rahbarining shaxsiy irodasi va tashabbusi bilan so‘nggi yillarda bu kabi inson huquqlarini kamsituvchi ishlarga barham berildi. O‘qituvchining o‘rni va obro‘sini ko‘tarish, ularning o‘z kasbiy faoliyati bilan to‘liq shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan kuni kecha imzolangan, pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun ham bu boradagi saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi, desam yanglishmayman.

Qonunda nazarda tutilgan huquqiy normalarning hayotiyligi shundaki, pedagog xodimlarning mehnat huquqlarini buzish bilan bog‘liq jihatlar aniq va adolatli belgilangan.

Eʼtibor beraylik, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln so‘mgacha (100 baravar) jarimaga sabab bo‘lsa, mazkur qonun asosida pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln so‘mgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Yana bir jihat: endilikda pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 45 mln so‘mdan 60 mln so‘mgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagoglarni majburiy mehnatga jalb etish yoki majburlash, nafaqat maʼmuriy, balki jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘ladi. Endilikda ushbu holatga takroran yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilanishi mumkin.

Bugungi demokratik jamiyat qurish yo‘lida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan xalqchil islohotlar zamirida, albatta, inson manfaatlari, uning qonuniy huquqlari turadi. O‘qituvchilarning huquqi bu borada barcha bo‘g‘inlardan ustun bo’lishi kerak. Yangi Qonun esa buni amalda ta’minlashga xizmat qiladi.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О повышении размеров заработной платы, пенсий и пособий"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔰"Qashqadaryo" televideniyesida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, Madhiyamiz muallifi Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga bag'ishlab "O'zbekiston - Vatanim manim!" mavzusida o'tkazilgan adabiy-badiiy tadbir haqida reportaj namoyish etildi.

📹Mazkur reportajda adabiy-badiiy tadbirda namoyish etilgan chiqishlar hamda tadbirga tashrif buyurgan faxriy ustozlar va mehmonlarning fikr-mulohazalari bilan tanishishingiz mumkin.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant mutaxassislikka ishga tanlov e'lon qiladi:

🔷Fizika fanidan laborant.

Imkoniyatlar:
- Doimiy malakaviy o’sish;
- Iqtidorli o’quvchilar;
- Xalqaro va respublika konferensiya hamda treninglar;
- Boshqa ko’plab imkoniyatlar.

🔷Talabgorlar haqidagi ma'lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:

👉🏻 [email protected]

🏛ABDULLA ORIPOV NOMIDAGI IJOD MAKTABI MA'MURIYATI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

🔰Ta'kidlash kerakki, joriy yilning 30-aprel sanasida oʻtkaziladigan referendumda yurtdoshlarimizning faol ishtiroki Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyoti va rivoji yoʻlida munosib hissa boʻlib qoʻshiladi.

📹Shu ma'noda, "Qashqadaryo" televideniyesining "Munosabat" ruknida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining tarix fani o'qituvchisi Ravshan Xolov va Nishon tumanidagi 18-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori Sunnatillo Aminov mamlakatimizda so'nggi 5 yilda olib borilgan islohotlar, xususan, ta'lim tizimidagi o'zgarishlar, shuningdek, o'qituvchilar manfaati, qadr-qimmati yuksak baholanayotgan, ta'lim-tarbiya tizimiga mutlaqo yangicha ruh berilayotgan yangilanayotgan Konstitutsiya bo'yicha o'z-fikr mulohazalarini bildirib o'tishdi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Farzandimga_kitob_sovg‘a_qilaman
#Bolalarga_ma'naviyat_ulash
#Kitob_bizni_birlashtiradi

⭕️⭕️⭕️4️⃣4️⃣4️⃣

🟢Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yurtimiz kelajagi boʻlmish farzandlarimizning maʼnaviy sogʻlom boʻlishlarini taʼminlash maqsadida 2-aprel – “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan quyidagi xeshteglar ostida challenge o‘tkazilishini e'lon qiladi.

🧡#Farzandimga_kitob_sovg‘a_qilaman
🧡#Bolalarga_ma'naviyat_ulash
🧡#Kitob_bizni_birlashtiradi

Ushbu xeshteglardan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlarda kitoblar ulashayotganingiz haqidagi rasm videolaringizni joylang va bizga @kitob_challenge ga yuboring!

⚡️Ushbu challengeni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bolalar kitobxonligini ommalashtirishda bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy hamda bolalarga mos bo‘lgan adabiyotlarni mutolaa uchun tavsiya etishdan iborat.

📚Birgalikda siz azizlardan bu challengeda faol ishtirok etib, farzandingiz va yaqinlaringizga dunyodagi eng qimatbaho xazina, sodiq doʻst – kitob bilan doʻstlashishini yo‘lga qo‘yish maqsadida yurtimizda chop qilingan bolalar adabiyotlaridan sovgʻa qilishingizni soʻraymiz.

❗️Bolalarga ma’naviyat ulashishda Siz ham o‘z hissangizni qo‘shing!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE🔴

🔰Ayni paytda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilaridan tanlangan yo‘nalishlari bo‘yicha DTM talablari darajasida test sinov o‘tkazilmoqda.

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin Creative" loyihasi doirasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida birinchi sayyor mahorat sabog‘i o‘tkazildi.
Toshkentdagi "Zamin Creative" ijod studiyasining teatr san’ati, media va dizayn o‘qituvchilari qarshilik hamkasblari uchun o‘quv-amaliy tadbirlarni tayyorlab, inklyuziv ijodiy muhitda auditoriya bilan ishlash borasidagi tajribalari bilan bo‘lishadilar.
Bolalar ham o‘quv jarayonida faol ishtirok etdilar: sahna mashg‘ulotlarini bajonidil bajardilar, ilk mualliflik eskizlar yaratishni, suratga olish uchun yaxshi rakurslar tanlashni o‘rgandilar.
Navbatdagi sayyor mahorat sabog‘i Andijondagi "Zamin Creative"da o‘tadi.
__

В рамках проекта Zamin Creative в творческой школе имени Абдуллы Арипова прошел первый выездной мастер-класс.
Преподаватели по театральному искусству, медиа и дизайну творческой студии Zamin Creative Ташкента подготовили для коллег из Карши образовательно-практические мероприятия, на которых поделились накопленным опытом работы с аудиторией в инклюзивной среде.
Ребята тоже активно подключились к процессу обучения: с радостью выполняли сценические задания, учились создавать свои первые авторские эскизы, выбирали лучшие ракурсы для съёмки.
Следующий выездной мастер-класс пройдёт в Zamin Creative Андижана.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube