Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Tanlov
#21_oktabr

🇺🇿Til - har bir millat madaniyatining o‘zagidir. Shu sababli, tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi.

🔰Shu ma'noda, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ta'limga yo'naltirilgan "Oktabr - ona tili va adabiyoti fani" oyligi doirasida ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Nafosat Azizova tomonidan 8-sinf o'quvchilari o'rtasida "O'zbek tilining bugungi kundagi o'rni" mavzusida esse yozish tanlovi o'tkazildi.

🏆 Yakuniy natijalarga ko'ra, 1-o'rinni Boyqobilov Hikmatning "Jar yoqasidagi latofat", 2-o'rinni Musurmonova Shaxinaning "Til bor ekan-millat barhayot" va 3-o'rinni Abduqahhorov Dilxushning "O'zbek tilim - o'z tilim" hamda Husenova Mohitabonning "O'zbek tilining qadr-qimmati va imkoniyatlari" nomli esselari egalladi.

🏅G‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar fan o‘qituvchisi tomonidan rag‘batlantirildi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ochiq_dars
#21_oktabr

🟣 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi va Oktabr – ona tili va adabiyoti fani oyligi” munosabati bilan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Dildora Shodmonova tomonidan 7 "B"-sinf o'quvchilariga "Til - millat ko'zgusi" mavzusida va shoira Saida Zunnunovaning "Surat bilan suhbat" dostoni asosida ochiq dars o'tkazildi.

🟣 Dars avvalida D.Shodmonova o'quvchilarga tillarning kelib chiqish tarixi va bugungi holati haqida batafsil ma'lumot berdi. Shundan so'ng o'zbek tiliga oid "Bekat" nomli qisqa videorolik namoyish etildi va tilimiz haqida o'quvchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

🟣 O'quvchilar S.Zunnunovaning "Surat bilan suhbat" dostoni asosida qisqa sahna ko'rinishi namoyish etishdi va shoiraning she'rlaridan parcha keltirishdi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#21_oktabr
#Mahorat_darsi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi va Oktabr – ona tili va adabiyoti fani oyligi” munosabati bilan Qarshi davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nafas Shodmonov o'quvchilarga "Alisher Navoiy - ona tili homiysi" mavzusida "Mahorat darsi" o'tdi.

🔷 Dars davomida o'quvchilar o'zbek tili naqadar boy til va uning badiiy imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini ulug' shoir, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodi orqali yana bir bor anglab yetish bilan bir qatorda yangi bilimlarni ham o'zlashtirishdi.

🔷 Umuman olganda, o'zbek tilining Navoiy asarlaridagi ahamiyati, boshqa tillar bilan badiiy va chuqur tahlili, turkiy so'zlarning ko'pma'noligiga oid ilmiy tushuncha hamda yangiliklar o'quvchilar uchun har tomonlama foydali bo'ldi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#21_oktabr
#Insholar_tanlovi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi va “Oktabr – ona tili va adabiyoti fani oyligi” munosabati bilan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi va Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy vakilligi bilan hamkorlikda ijod maktabining o‘quvchilari o‘rtasida "Faxrim - o‘zbek tilim" mavzusida tanlovning birinchi bosqichi - insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

📚Agentlikning Qashqadaryo viloyati hududiy vakilligi bosh mutaxassisi Shahboz Jo‘rayev va yetakchi mutaxassis Baxtiyor Elmurodov tanlovning ochilish marosimida so‘zga chiqib, o‘zbek tili - millat ruhi ekani, uni sof holida asrab-avaylashda har bir yurtdoshimiz ma'naviy jihatdan burchliligini va o‘quvchilarga yozayotgan insholarida bu kabi jihatlarga e'tibor qaratishlarini aytib o‘tishdi.

🥇Eslatib o‘tamiz, tanlovning ikkinchi bosqichi - taqdirlash marosimi ertaga bo‘lib o‘tadi.

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#21_oktabr
#Қадринг_баланд_бўлсин_она_тилим

ONA TILI – MILLATNING RUHI, OR-NOMUSIDIR

✳️ Inson uchun Vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik muqaddas bo‘lsa, ona tili ham shunchalik azizdir. Hattoki, go‘dak ham dunyoni ona tili orqali anglaydi.
Shuning uchun doim til, millat, Vatan tushunchalari yonma-yon yuradi. Tilsiz jamiyat rivojlanmaydi, taraqqiy topmaydi. Ona tili – millat ruhi, or-nomusi.

✳️ Bundan 33 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Bu esa o‘sha yillardagi olamshumul voqea bo‘lgan edi. Chunki, Beruniy, Ibn Sino, Al Xorazmiy, Al Farg‘oniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo singari buyuk siymolarni yetishtirgan xalq tili yo‘q bo‘lib ketish arafasida edi. Ona tilimiz – o‘zbek tiliga 1989-yil 21-oktabrda davlat tili maqomi berildi va mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi.

✳️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligiga bag‘ishlab DXX chegara qo‘shinlariga qarashli 9205-sonli harbiy qism, DXX viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy vakilligi, Qarshi garnizoni Ma'naviyat-ma'rifat markazi, viloyat maqom ansambli, Qarshi davlat universitetining O‘zbek tilshunosligi kafedrasi bilan hamkorlikda "Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

✳️Tadbir avvalida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.

✳️Ijod maktabining faollar zalida o‘tkazilgan asosiy tadbirni maktab direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

✳️Qarshi garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining musiqiy ansambli ijrosida Davlatimiz madhiyasi yangradi.

✳️So‘ng atoqli shoir G‘ayrat Majid she’ri asosida ishlangan va ona tilimizga bag‘ishlangan videorolik tadbir ishtirokchilariga havola etildi. Bu esa barchani mulohazaga chorladi, ona tilimizni sof holida asrab-avaylash har birimizning burchimiz va mas’uliyatimiz ekanini yana bir bor yodga soldi.

✳️Ijod maktabi o‘quvchilarining ona tilimiz madh etilgan she’rlardan iborat she’riy guldastasi, o‘g‘il bolalarning “O‘zbegim yigitlari” deb nomlangan raqsi, milliy musiqa asbobimiz - doiradagi musiqiy chiqishlari, atoqli shoira Saida Zunnunovaning “Surat bilan suhbat” dostonidan ijro etilgan monolog ishtiroklarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

✳️Qarshi garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining musiqiy ansambllari, shuningdek, viloyat maqom ansablining yorqin va betakror chiqishlari bayram tantanasiga ko‘tarinki ruh va yuqori kayfiyat ulashdi.

✳️Ayniqsa, tadbir boshlovchilarining zalda qatnashayotgan ishtirokchilar va ijod maktabi o‘quvchilaridan ona tilimiz haqida fikr-mulohazalari bilan qiziqqani va maktabimizning turk tili o‘qituvchisining barchani bayram bilan o‘zbek tilida qutlagani tadbirga o‘zgacha zavq bera oldi.

✳️Tadbir so‘nggida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy vakilligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan insholar tanlovi, o‘zbek tiliga davlat tili berilganligining 33 yilligi va oktabr – ona tili va adabiyoti fani oyligi doirasida o‘tkazilgan “Kimning xati chiroyli?!” tanlovi hamda “Ona tili – millat ruhi” va “Navoiyni anglash – o‘zlikni anglash” mavzularidagi she’r, hikoyalar tanlovi g‘oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

📹Ma’naviy-ma’rifiy tadbir viloyat televideniyesi orqali yoritildi.


✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#21_oktabr

🔰Sayido Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligiga bag'ishlab "O'zbek adabiy tili me'yor va qoidalariga amal qilish ta'lim tizimidan boshlanadi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

🌀Ushbu tadbirda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchilari sinf rahbari Bog'dagul Jamolova rahbarligida ishtirok etib, atoqli shoirlarimizning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#21_oktabr
#OAV_biz_haqimizda

🔰21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haykali poyiga gulchambar qo'yildi. Ushbu marosimda viloyatimizdagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar, yozuvchi-shoirlar va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirok etishdi.

🌀Viloyat hokimligi tashabbusi bilan viloyat musiqali drama teatrida "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

🌀
Tadbirda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ijodkor-o'quvchilari ona tilini madh etuvchi she'rlar o'qishdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
#21_oktabr_Òzbek_tili_bayrami_kuni

🇺🇿O'zbek tili kambag'al emas, balki o'zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o'zi kambag‘al. Ular o'z nodonliklarini o'zbek tiliga to'nkamasinlar.

Abdulla Qodiriy.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#ona_tilim_faxrim
#21_oktabr_Oʻzbek_tili_bayrami_kuni

Muhtaram Vatandoshlar!

Til milliy o‘zlik timsoli, millatning g'ururi. O'zbek tili bizga ajdodlardan meros va mustaqil davlatchiligimizning timsolidir.

Zero, til borki, millat yashaydi, madaniyat rivoj topadi. Har bir millatning eng qiymatli xazinasi bu uning milliy tilidir.

Bugungi bayram butun Oʻzbekiston xalqiga muborak bo'lsin! Barchangizga sog‘lik-omonlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.

Ona tilimiz hamisha mag‘rur yangrasin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#21_oktabr_Òzbek_tili_bayrami_kuni

🇺🇿Ming yillarkim, bullbul kalomi
O'zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho'rlik to'tining holi
O'zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she'rga solaman.
Sen yo'qolgan kuning shubhasiz,
Men ham to'ti bo'lib qolaman.

Abdulla Oripov.