Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligiga bag‘ishlab "Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!" shiori ostida o‘tkazilgan navbatdagi chellenj

Gayrat Majid
"Ona tilim" she'ri.

@abdullaoripovmaktabi
#Mahorat_darsi
#Hamkorlikdagi_tadbir
#Ona_tilim_faxrim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi hamda Qarshi yuridik texnikumi talabalari hamda ijod maktabi o'quvchilari ishtirokida O'zbek tilida Davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar Vazira Nafasova, Nilufar Yo'ldosheva, Zoira Rahmatova tomonidan "O'zbek tilshunosligining dolzarb vazifalari", " O'zbek adiblari ona tilimiz haqida"mavzularida o'tilgan dars barchani bahs-munozaraga chorladi. Tadbir doirasida talabalar va ijod maktabi o‘quvchilari o'zbek tilini sharaflovchi badiiy kompozitsiya ijro etdilar. Notiqlik, so'z mas'uliyatiga oid intellektual o'yin tarzida o'tkazilgan mashg'ulot ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi.

@abdullaoripovmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qadring_baland_bo'lsin_Ona_tilim_
#Ona_tilim_faxrim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi o'quvchilari hamda Qarshi yuridik texnikumi talabalari bilan hamkorlikda tayyorlangan chellenj.

@abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining yoshlar yetakchisi Dilrabo Uralova hamda maktab sardorlari tomonidan yangicha yondashuv,kreativ loyiha asosida tayyorlangan "Qadring baland bo‘lsin ona tilim!" shioridagi ko‘rsatuv Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining "Fayzli kun" dasturida efirga uzatildi.
#Ijod_sehri
#ona_tilim_faxrim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining ona tili va adabiyot muallimasi Olimjonova Mohigul hamda 10-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilnavoning O'zbek tilini sharaflovchi maqolalari respublika "Tong yulduzi" gazetasi sahifalarida

👉 @abdullaoripovmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Yusupova Shodiya O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi bilim yurtlari talabalari o‘rtasida o'tkazilayotgan “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” shiori ostida videoroliklar tanlovning ishtirokchisi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!" shiori ostida o'tkazilgan tadbirlar doirasida tayyorlangan videolavha.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

"Har bir millatning dunyoda borligʻin koʻrsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur"

✍️ Abdulla Avloniy

Кофе - QAHVA
Краска - BO‘YOQ
Кресло - O‘RINDIQ
Круговой - AYLANMA
Кругозор - DUNYOQARASH
Кружка - SARXUM
Кружок - DOIRA
Крыса - KALAMUSH
Культурный - MADANIYATLI
Ладно - MAYLI
Лестница - ZINA
Лечение - DAVOLANISH
Линейка - CHIZG‘ICH
Лицо - YUZ
Лобовое - PESHOYNA

❗️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#ona_tilim_faxrim

❗️DIQQAT, TANLOV!

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida "O'zbek tili - qalbim tarjimoni" tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov quyidagi 3 ta yo'nalish asosida o'tkaziladi⤵️

1-shart - "O'zbek tili - qalbim tarjimoni" mavzusida esse va o'zbek tilini sharaflovchi she'r, qasidalar yozish;
2-shart - O'zbek tili haqidagi o'z muallifligi yoki boshqa ijodkorlarning she'rlaridan audiotaqdimot tayyorlash;
3-shart - "Ona tilim - faxrim" mavzusida tasviriy san'at namunasi.

📅Tanlov joriy yilning 12-oktabridan 20-oktabr kuniga qadar o'tkaziladi.

🏆Tanlov g'oliblari 20-oktabr kuni ijod maktabida o'tkaziladigan bayram tadbirida taqdirlanadi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "9" KUN QOLDI❗️

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida o'z ijodlari va taniqli shoirlarning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishmoqda.

📚Quyida ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Hikmatbek Boyqobilovning O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning "Ona tilim" she'rini ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#ona_tilim_faxrim

Notiq dedi:
“Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yoʻqolur butkul,
Bir til qolur dunyoda”.
“Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan!”
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan.
Kim dargʻazab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.
“Vaʼzingni qoʻy, birodar,
Sen aytganing boʻlmaydi”.
Barcha dedi barobar:
Ona tilim oʻlmaydi”.
— Hey, bu qanday aqida! —
Qoʻlida tabarruk jom,
Goʻzal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom.
Ehtirosli, otashdil
Beranje soʻrdi nolon:
— Nahotki, farangi til
Yoʻqolgusi bir zamon!
Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
— Kim qasd etib tigʻ urdi
Ona tilim joniga!
Fuzuliy yondi:
— Ozar
Tili guldek soʻlmaydi.
Barcha dedi barobar:
Ona tilim oʻlmaydi”.
Kamalakdek rango-rang
Boʻlsin deb sanʼat, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.
Beqadr boʻlsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yoʻqoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!
“Faust” yondi gurillab,
“Xamsa” oʻtga tutashdi.
Bir sado jahon boʻylab
Taraldi, togʻlar oshdi.
Bu sado yangrar hamon,
Sira ado boʻlmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim oʻlmaydi!

✍️Erkin Vohidov

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "8" KUN QOLDI❗️

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida o'z ijodlari va taniqli shoirlarning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishmoqda.

📚Quyida ijod maktabining o'quvchilari - E'zoza Normamatova va Gulsevar Umrzoqovalarning O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning "Kechir meni, ona tilim" she'rini ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "7" KUN QOLDI❗️

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida o'z ijodlari va taniqli shoirlarning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishmoqda.

📚Quyida ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Farid Shodimurotovning O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidovning "Ona tilim o'lmaydi" she'rini ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "5" KUN QOLDI❗️

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida o'z ijodlari va taniqli shoirlarning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishmoqda.

📚Quyida ijod maktabining o'quvchisi Dilnura Ramazonovaning o'z ijodidan o'zbek tiliga bag'ishlangan she'rini ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram