#Tashrif
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jamshid Qosimov, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining matbuot kotibi Gʻulom Mirzo tashrif buyurishdi.
✅ Shuningdek, ushrashuvda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining viloyat Kengashi raisi Sayfulla Mahmatmo‘minov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Nilufar O'taganova, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig'i Ulug'bek Sultonov, viloyatdagi OAV xodimlari, viloyat televideniyesi muxbiri, ijod maktabining direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova va o'qituvchilari ishtirok etishdi.
🏛 Tashrif davomida mehmonlar O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyidagi yangi eksponatlar bilan tanishdilar.
🔶 Akmal Saidov ijod maktabi o'quvchilari va ustozlari bilan suhbat qildi.
❇️ Oʻquvchilar Abdulla Oripovning sheʼrlaridan ifodali oʻqidilar, shu bilan birga, Abdulla Oripov she'rlarining rus tilidagi o'z tarjimalarini ham oʻqishdi.
📚Akmal Saidov maktab kutubxonasiga oʻz muallifligidagi “Hazrat Zangi ota” kitoblarini topshirdi.
🔹Uchrashuv so'ngida Akmal Saidov shoir Abdulla Oripov ijodini yanada chuqur o'rganish, uning boy adabiy merosi ustida izlanish olib borishga oid topshiriqlar berdi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

⚡️O'ZBEKISTON QAHRAMONI VA XALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOVNING YAPONIYALIK QADRDON DO'STI, MASHHUR FAYLASUF TERASAVA SENSEY IJOD MAKTABIGA TASHRIF BUYURDI
❗️Batafsil bu yerda⤵️⤵️⤵️

⚡️ABDULLA ORIPOVNING YAPONIYALIK DO'STI IJOD MAKTABIGA TASHRIF BUYURDI
🇺🇿🇯🇵 O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, davlat Madhiyasi muallifi Abdulla Oripov nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasida, balki dunyoning ko'plab yurtlarida taniqli ijodkorlar, ma'naviyat-ma'rifat kuychilari, olim-u fuzalolari bilan mustahkam do'stlik aloqalarini o'rnatgan edi. Ulardan biri yaponiyalik Terasava Sensey edi.
⛩ Terasava Sensey mashhur yapon faylasufi, buddiy rohibi va tinchlik elchisi boʻlib, qariyb yarim asrdan beri butun dunyo mamlakatlarga tashrif buyurib, tinchlik va farovonlikni targʻib qiladi. Koʻp harbiy mojarolarning mamlakatlararo uchrashuvlarda tinchlik va kelishuv yoʻli bilan yechim topishiga hissa qoʻshgan insonlardan biri.
➖Hayoti davomida deyarli barcha davlatlarning rahbarlari bilan uchrashgan va muloqotda boʻlgan. Koʻplab xalqaro konferensiya va simpoziumlarda, shuningdek, BMT tashkilotida ham yirik mamlakatlarni yadroviy qurollardan voz kechishga chorlagan.
➖2004-yilda Oʻzbekistonda kelganida Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bilan koʻrishgan. Uning “Mangulik makoni. Men senga uch ming yillik dunyoni topshiraman” degan kitobida Oʻrta osiyo xalqlari qadimgi tarixi va chuqur falsafasi haqida yozilgan. Terasavaning yozishicha, koinot bilimlariga ega boʻlgan, bizning qoʻrgʻonlarimizda yotgan qahramonlarimiz uygʻonsa, renessans davri kelishi haqida bayon qilingan. Bu bilimlar insoniyatni koinot va yer bilan uygʻunlashtirib, butun yer yuzida tinchlik barqaror boʻlishini taʼminlaydi.
➖Olimning taʼkidlashicha, bizning diyorimiz nafaqat buddizm va zardushtiylik dinlarini, balki eng yuksak Kushon tamaddunining beshigi ham boʻlganini eʼtirof etgan. Aynan Kushon sivilizatsiyasi hamma xalqlarni, din va madaniyatlarni birlashtirgan va uygʻunlashtirgan. Ular asrlar davomida bizgacha Beruniy, Navoiy, Ulugʻbek asarlari orqali yetib kelgan. Bizning diyorimiz shu bilimlarni ochsa, buyuk uygʻonish davri yoki renessans davri keladi.
✅ Terasava Sensey Abdulla Oripovning qadrdon do'sti bo'lgan, Toshkent shahrida bir necha bor uchrashishgan. Joriy yilning 10-oktabr kuni Terasava Sensey Abdulla Oripovning qizi, tibbiyot fanlari nomzodi Shoira Oripova bilan birga ijod maktabiga tashrif buyurdi. U ijod maktabida iliq kutib olindi, ularga ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova hamrohlik qildi.
📚Terasava Sensey shoirning muzeyini tomosha qila turib, muzey eksponatlari ichida shoir do'sti bilan bir necha yillar oldin tushgan foftosuratini ko'rib, juda quvondi. Muzey unda katta taassurot qoldirdi. Shundan so'ng u ijod maktabida o'quvchialr uchun yaratilgan shart-ashroitlat bilan yaqindan tanishdi.
✔️Aytish kerakki, bu tashrif orqali turli millat vakillarining shoir ijodiga bo'lgan e'tibor, qiziqish va hurmat-ehtiromining guvohi bo'ldi. Bu Abdulla Oripov ijodining dunyo bo'ylab taralayotganidan dalolat.

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#tashrif
ABDULLA ORIPOVNING YAPONIYALIK DOʻSTI IJOD MAKTABIGA TASHRIF BUYURDI
Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri, davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasida, balki dunyoning ko'plab yurtlarida taniqli ijodkorlar, maʼnaviyat-maʼrifat kuychilari, olim-u fuzalolari bilan mustahkam doʻstlik aloqalarini oʻrnatgan edi. Ulardan biri yaponiyalik Terasava Sensey edi.
Terasava Sensey mashhur yapon faylasufi, tinchlik elchisi boʻlib, qariyb yarim asrdan beri butun dunyo mamlakatlarga tashrif buyurib, tinchlik va farovonlikni targʻib qiladi. Koʻp harbiy mojarolarning mamlakatlararo uchrashuvlarda tinchlik va kelishuv yoʻli bilan yechim topishiga hissa qoʻshgan insonlardan biri.
Hayoti davomida deyarli barcha davlatlarning rahbarlari bilan uchrashgan va muloqotda boʻlgan. Koʻplab xalqaro konferensiya va simpoziumlarda, shuningdek, BMT tashkilotida ham yirik mamlakatlarni yadroviy qurollardan voz kechishga chorlagan.
2004-yilda Oʻzbekistonda kelganida Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bilan koʻrishgan. Uning “Mangulik makoni. Men senga uch ming yillik dunyoni topshiraman” degan kitobida Oʻrta Osiyo xalqlari qadimgi tarixi va chuqur falsafasi haqida yozilgan.
Terasava Sensey Abdulla Oripovning qadrdon do'sti bo'lgan, Toshkent shahrida bir necha bor uchrashishgan. Joriy yilning 10-oktabr kuni Terasava Sensey Abdulla Oripovning qizi, tibbiyot fanlari nomzodi Shoira Oripova bilan birga ijod maktabiga tashrif buyurdi.
Terasava Sensey shoirning muzeyini tomosha qila turib, muzey eksponatlari ichida do'sti bilan tushgan fotosuratini ko'rib juda quvondi. Muzey unda katta taassurot qoldirdi. Shundan so'ng u ijod maktabida o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Aytish kerakki, bu tashrif orqali turli millat vakillarining shoir ijodiga bo'lgan e'tibor, qiziqish va hurmat-ehtiromining guvohi bo'ldi. Bu Abdulla Oripov ijodining dunyo bo'ylab taralayotganidan dalolat.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

⚡️MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRI ABDULLA ORIPOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIGA TASHRIF BUYURDI!
🔰Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi.
✅ Ijod maktabi majlislar zalida o'tgan tadbirda vazir maslahatchisi Azizbek Turdiyev, Maktabgacha va maktab ta'limi viloyat boshqarmasi boshlig'i Ubaydulla Oripov, ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova hamda maktab o'quvchilari va o'qituvchilari ishtirok etishdi.
➖ Sizlar bilan yana bir bor diydor ko'rishib turganimdan juda xursandman, - dedi Hilola Umarova. - Sizdek ko'zlari yonib turgan shijoatli, yangi bilim va ilmlarni egallashga tashna, intiluvchan o'quvchi-yu izlanishdan sira charchamaydigan aziz o'qituvchilarni qadrlayman, qo'llab-quvvatlayman.
🏆 Tadbir davomida Hilola Umarova yaqindagina "Zakovat" respublika ko'rik-tanlovida birinchi o'rinni egallagan jamoa a'zolarini yana bir bor tabriklab, ularning keyingi ishlariga omad tiladilar.
⚡️Shuningdek, "Zakovat" jamoasi ustozi, ijod maktabining tarix fani o'qituvchisi Ravshan Xolovni "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirladi.
✔️Ta'kidlash joiz, ijod maktabining is'tedodli o'quvchilaridan biri Shohista Sherboyeva yaqinda Shveytsariya davlatida o'tkazilgan tanlovda g'olib bo'lgandi. U so'zga chiqib, o'quvchilari tomonidan bildirilgan taklifni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaga bildirdi. Ya'ni maktabda nemis tili fani o'rganishga qiziqish yuqoriligi, maktabda ham ushbu til o'qtilsa, nur ustiga a'lo nur bo'lishini ta'kidladi.
❇️ O'z navbatida, vazir Hilola Umarova ushbu taklifni qo'llab-quvvatlab, kelgusi yildan ijod maktabida nemis tili fani o'qitilishi va ushbu fan bo'yicha xorijlik o'qituvchi ajratilishini bildirdi.
➡️ Tadbir samimiy va ko'tarinki ruhda o'tdi.

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Самарқанд шаҳридаги Конгресс марказида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Франция Республикаси Президенти Эммануэль Макроннинг тор доирадаги учрашуви бўлиб ўтди.
—
В Конгресс-центре города Самарканда состоялась встреча Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Французской Республики Эммануэля Макрона в узком формате.
#Mirziyoyev #tashrif #Fansiya #muzokara
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

🔰Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Germaniya davlatining "Simson Private Akademie" kompaniyasi rahbari Max Reumschussel va loyiha koordinatori Shonosir Shorahmedovlar tashrif buyurishdi.
📚 Ularga Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Ubaydulla Oripov, boshliq o'rinbosari Davron Tojiyev va ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova hamrohlik qilishdi.
✅ Mehmonlar dastavval O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyida bo'lib, shoirning ijodi va hayotiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.
✔️ Shuningdek, xorijlik mehmonlar ijod maktabi va to'garaklar faoliyati bilan ham tanishishdi. Xususan, joriy o'quv yilidan ijod maktabida faoliyat ko'rsatayotgan nemis tili to'garagi o'qituvchisi Nafisa Hamidova bilan suhbat qurishdi.
❇️ Suhbat davomida kelgusidagi rejalar belgilab olindi. To'garak faoliyati uchun zarur bo'ladigan qo'shimcha adabiyotlarni tavsiya etishdi, nemis tilini o'quvchilarga o'rgatish uchun foydali bo'lgan o'quv qo'llanmalari bilan o'rtoqlashishdi, ayniqsa, bu borada elektron darsliklar bilan ta'minlashni ta'kidlashdi.

🇺🇿🇩🇪O'zbekiston-Germaniya qo'shma loyihasi asosida Qashqadaryoga Germaniyaning nufuzli "Klett Group" kompaniyasi delegatsiya a'zolari tashrif buyurishgan va ko'plab uchrashuvlar o'tkazilmoqda.
🔰 Tashrif doirasida germaniyalik mehmonlar Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'lishib, maktab faoliyati, dars jarayonlari va to'garak mashg'ulotlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
✔️ Mehmonlarga viloyat hokimligi va Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi vakillari hamrohlik qilishdi.
✅ Mehmonlar maktabning nemis tili fani o'qituvchisi va nemis tili to'garagi a`zolari bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida nemis tilidagi adabiyotlar bilan qiziqishdi va metodika, o'quv adabiyotlari bo'yicha o'z tavsiyalarini berishdi.
📚Shuningdek, ular ingliz tili darsida ham bo'lib, o'quvchilarning ijod namunalari va "Yosh tarjimon" to'garagi a'zolari bilan suhbatlashishdi. Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov she'rlarini rus, ingliz, nemis va turk tillarida tinglashdi.

#Akademiklar_bilan_uchrashuv
🔰 Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov bilan oʻz vaqtida hamfikr va hamnafas boʻlgan, zamondosh, ham ijodiy, ham siyosiy faoliyatlarida chambarchas hamkorlik qilgan mehmonlar - Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Qalandar Abdurahmonov va Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov tashrif buyurishdi.
✅ Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqamasi boshligʼi Ubaydulla Oripov va Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Nilufar O'taganovalar ham ishtirok etishdi.
📚 Qalandar Abdurahmonov shoir Abdulla Oripov haqida "Buyuklar kahkashonida" kitobi muallifi, Akmal Saidov "Oʻzbekiston - dilbar Vatanim", "Sen bahorni sogʻinmadingmi?" kabi kitoblar muallifi.
✔️ Davra suhbati tarzidagi uchrashuv samimiy ruhda va savol-javob shaklida boʻlib oʻtdi. Mehmonlar oʻquvchilarga Abdulla Oripov shaxsi, hayoti va ijodi haqida ilgari oʻqimagan, eshitmagan qiziqarli maʼlumotlarni, shoirning asarlari yaratilish jarayonlarini, xususan, Dante Aligyerining "Ilohiy komediya" asarining "Doʻzax" qismini tarjima qilish tarixini hikoya qilib berishdi. Bugungi kunda mamalakatimizda adabiyotga yuksak eʻtibor berilayotgani, bevosita Prezidentimiz tomonidan adabiyot ahliga gʻamxoʻrlik qilinayotgani, buning yaqqol misoli sifatida buyuk ijodkorlar nomida ijod maktablari ochilib, samarali faoliyat yuritayotgani taʼkidlandi, xususan, bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining oʻquvchilari erishayotgan yutuqlar eʻtirof etildi.
❇️ Ijodkor oʻquvchilarimiz Abdulla Oripovning "Oʻzbekiston - Vatanim manim" sheʻrini rus, ingliz, nemis, turk, tojik tillarida aytdilar va bu mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.
⏩ Mehmonlar maktab kutubxonasiga 50 dan ortiq oʻzbek va jahon adabiyotiga oid kitoblar jamlanmasi tuhfa etishdi.
📚 Tadbir soʻngida mehmonlarga ijod maktabi nomidan ijodkor-oʻquvchilarning ijodiy ishlari jamlangan 2 ta sheʼriy bayozi hamda Abdulla Oripov sheʻrlari bilan aytiladigan qoʻshiqlar diski sovgʻa qilindi.

❇️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga "Oltin qalam"gazetasining bosh muharriri, O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning umr yo'ldoshi, shoira Nazira as-Salom va Buxoro viloyati Ma'rifat targ'ibotchilaridan bir guruhi tashrif buyurishdi.
❇️Mehmonlar O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyida bo'ldilar. Tashrif davomida Nazira as-Salom xalqimizning atoqli shoirlari - Abdulla Oripov va Muhammad Yusufning hamkorlik rishtalari, ijodiy aloqalari haqidagi xotiralarni o'rtoqlashdi.

🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva tashrif buyurdi.
✅ Umida Teshabayeva Maktabgacha va maktab ta'limi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat axborot-kutubxona markazi, Qarshi shahar bolalar axborot-kutubxona markazi hamda viloyatdagi barcha umumiy o'rta ta'lim maktablari kutubxonachilari uchun o'tkazilgan kengaytirilgan yig'ilish doirasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi kutubxona faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida kutubxonaning umumiy fondi, o'quvchilarning audiotaqdimotlari, elktron darsliklar, ilmiy -metodik adabiyotlar bilan, shuningdek, O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyida ham bo'lib , muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishdi va o'z tavsiyalarini berdi.