Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.41K subscribers
11.8K photos
1.22K videos
96 files
3.6K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Tashrif
#Akademiklar_bilan_uchrashuv

🔰 Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov
bilan oʻz vaqtida hamfikr va hamnafas boʻlgan, zamondosh, ham ijodiy, ham siyosiy faoliyatlarida chambarchas hamkorlik qilgan mehmonlar - Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Qalandar Abdurahmonov va Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov tashrif buyurishdi.

Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqamasi boshligʼi Ubaydulla Oripov
va Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Nilufar O'taganovalar ham ishtirok etishdi.

📚 Qalandar Abdurahmonov shoir Abdulla Oripov haqida "Buyuklar kahkashonida" kitobi muallifi, Akmal Saidov "Oʻzbekiston - dilbar Vatanim", "Sen bahorni sogʻinmadingmi?" kabi kitoblar muallifi.

✔️ Davra suhbati tarzidagi uchrashuv samimiy ruhda va savol-javob shaklida boʻlib oʻtdi. Mehmonlar oʻquvchilarga Abdulla Oripov shaxsi, hayoti va ijodi haqida ilgari oʻqimagan, eshitmagan qiziqarli maʼlumotlarni, shoirning asarlari yaratilish jarayonlarini, xususan, Dante Aligyerining "Ilohiy komediya" asarining "Doʻzax" qismini tarjima qilish tarixini hikoya qilib berishdi. Bugungi kunda mamalakatimizda adabiyotga yuksak eʻtibor berilayotgani, bevosita Prezidentimiz tomonidan adabiyot ahliga gʻamxoʻrlik qilinayotgani, buning yaqqol misoli sifatida buyuk ijodkorlar nomida ijod maktablari ochilib, samarali faoliyat yuritayotgani taʼkidlandi, xususan, bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining oʻquvchilari erishayotgan yutuqlar eʻtirof etildi.

❇️ Ijodkor oʻquvchilarimiz Abdulla Oripovning "Oʻzbekiston - Vatanim manim" sheʻrini rus, ingliz, nemis, turk, tojik tillarida aytdilar va bu mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.

Mehmonlar maktab kutubxonasiga 50 dan ortiq oʻzbek va jahon adabiyotiga oid kitoblar jamlanmasi tuhfa etishdi.

📚 Tadbir soʻngida mehmonlarga ijod maktabi nomidan ijodkor-oʻquvchilarning ijodiy ishlari jamlangan 2 ta sheʼriy bayozi hamda Abdulla Oripov sheʻrlari
bilan aytiladigan qoʻshiqlar diski sovgʻa qilindi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram