Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida hududdagi taʼlim muassasalarining STEAM fanlari o’qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.
⏺Guliston shahridagi Prezident maktabida "Oʻrganamiz, oʻrgatamiz" loyihasining navbatdagi soni taqdim qilindi.
⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida hududdagi taʼlim muassasalarining fizika fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening oʻtkazildi.
⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida futbol boʻyicha "Maktab chempionati" boshlandi.
⏺Fargʻona shahridagi Prezident maktabi jamoasi korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videorolik tayyorladi.
⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Feruza Toylibaeva "Eng yaxshi diplomatlar" xalqaro konferensiyasi ishtirokchisiga aylandi.
⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari Respublika “Kitobxonlik haftaligi”da ishtirok etdi.
⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Qarshi davlat universiteti, Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa sanʼat instituti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.
⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Bitiruvchilar bogʻi"ga asos solindi.
⏺Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Akromxon Nazarov yoshlar oʻrtasida bel olish va uch kurash boʻyicha Eronda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
⏺Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tugʻilib oʻsgan goʻshalarga sayohat qildi.
⏺Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Biz jinoyatchilikka qarshimiz!" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
⏺Dang‘ara tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Gullar va qushlar bayrami oʻtkazildi.
⏺Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Behruz Xolmurodov "Yoshlar ovozi Boʻzatov – 2024" tanlovining Respublika bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Kitobxon_haftaligi
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi
🔰Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 781-sonli qaroriga asosan, "Kitobsevar millat" shiori ostida joriy yil 22-26-aprel kunlari respublikamiz boʻylab "Kitobxonlik haftaligi" oʻtkazilmoqda.
📚Ushbu haftalik doirasida viloyat axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ijodkir-oʻquvchilari ham ishtirok etishdi. Muhammad Yusuf she'rlaridan iborat badiiy kompozitsiya hamda shoir she'rlari bilan aytilgan qo'shiqlarni ijro etdilar.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi
🔰Quyida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sarvar Saʼdullayev, 7-sinf oʻquvchilari - Shahrizoda Obloqulova hamda Mushtariy Xolmamatovalar tomonidan O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab tayyorlangan videorolik bilan tanishishingiz mumkin.
📚Oʻquvchilarimiz videorolikda shoir Muhammad Yusufning "Oʻzbegim"she'rini ifodali tarzda oʻqishgan.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🔰Quyida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sarvar Saʼdullayev, 7-sinf oʻquvchilari - Shahrizoda Obloqulova hamda Mushtariy Xolmamatovalar tomonidan O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab tayyorlangan videorolik bilan tanishishingiz mumkin.
📚Oʻquvchilarimiz videorolikda shoir Muhammad Yusufning "Oʻzbegim"she'rini ifodali tarzda oʻqishgan.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Yosh_tarjimon_toʻgaragi
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchilari, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zosi Najimova Nozima va Eshmurodova Sevinch O'zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusufning "Iqror" she'rini o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qildi
IQROR
O, ota makonim,
Onajon oʻlkam,
Oʻzbekiston, jonim toʻshay soyangga.
Senday mehribon yoʻq,
Seningdek koʻrkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.
Bir goʻsha suv boʻlsa, bir goʻsha qirlar,
Qancha yurtni koʻrdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Togʻlaring ortimdan ergashib yurar.
Koʻrdim suluvlarning eng faranglarin,
Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men —
Parijning eng goʻzal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.
Na gapga koʻnayin,
Na til bilayin,
Koʻzdan uyqu qochdi, dildan halovat —
Uch kunda sogʻinsam nima qilayin,
Chala qolar boʻldi hamma sayohat.
Bildimki, baridan ulugʻim oʻzing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tugʻilgan qoʻzing,
Arab ohusidan azizroq menga.
Sen bilan oʻtgan har kun bayram — bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman taʼzim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.
CONFESSION
Oh, my father’s birthplace,
My lovely motherland.
Let me lay my soul on your shade,
Uzbekistan, you’re the kindest,
You’re so great.
For Rome – your clover-field -
I cannot trade.
There is water, there is a corner of hills,
How many countries have I seen, how many destinies.
I lean on it wherever I go, keeping my head up,
Your mountains follow me.
I met the most adorable white hands.
It seems I am trusting or self-lover
-Since for me the best Paris restaurants
Before your tandoor are out of favor.
I’m stubborn, I can’t speak a foreign language,
I don’t sleep and comfort leaves my mind
-What to do in three days if I miss you?
Will remain unfinished all ride.
I perceive that you are my most sublime,
I accept this soil the closest stop.
A lamb that’s born in Bakhmal in springtime
To me is better than the Arabian antelope.
Each day I spend with you is a big fete,
Without you I’m scared, I’m full of worry.
I welcome those who know you and respect.
For those who don’t know you I feel sorry.

Forwarded from Hilola Umarova
"Yangi O'zbekiston" universiteti: dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya instituti bilan hamkorlikda ta'limni rivojlantirish ustida ish olib boriladi
Ta’kidlash joiz, bunday keng miqyosdagi tadbir Markaziy Osiyoda ilk marotaba tashkil etilmoqda, unda o‘z sohasining eng tajribali mutaxassislari bir yerga jamlanadi.
Biz mahorat darslarida yurtimiz bo‘ylab barcha oliy ta'lim muassasalarini jalb qilishni va hamkorlik aloqalarini kuchaytirishni maqsad qilganmiz.
Mazkur xalqaro tadbir 29-aprel — 2-may kunlari poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida bo’lib o’tadi.
Mahorat darslarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
Ta’kidlash joiz, bunday keng miqyosdagi tadbir Markaziy Osiyoda ilk marotaba tashkil etilmoqda, unda o‘z sohasining eng tajribali mutaxassislari bir yerga jamlanadi.
Biz mahorat darslarida yurtimiz bo‘ylab barcha oliy ta'lim muassasalarini jalb qilishni va hamkorlik aloqalarini kuchaytirishni maqsad qilganmiz.
Mazkur xalqaro tadbir 29-aprel — 2-may kunlari poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida bo’lib o’tadi.
Mahorat darslarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Ijodiy_olimpiada
#taqdirlash_marosimi
IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILGAN IJODIY OLIMPIADA YAKUNLANDI
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ilk bor tashkil etilgan ikki bosqichli “Ijodiy olimpiada” yakunlandi.
Agentlik bosqichida ishtirokchilar ijodiy matn, monolog, bahribayt shartlari asosida oʻzaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalar va hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra:
8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
1-o‘rinni – Nigina Rustamboyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi;
2-o‘rinni – Zilola G‘ofurjonova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;
3-o‘rinni – Hojira Kamoliddinova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;
9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
1-o‘rinni – Rayyona Alijonova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;
2-o‘rinni – Zulxayo Mingboyeva, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;
3-o‘rinni – Shahlo Safarova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi egalladi.
Olimpiada gʻoliblari hamda ishtirokchilari munosib taqdirlandi.