Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.15K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Zakovat
#Besh_tashabbus

🔰Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" hamda "Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo'yicha yoshlar dasturi" da belgilangan rejaga mufoviq Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning ma'lum kunida loyiha koordinatori Ravshan Xolov boshchiligida “Zakovat” intellektual o'yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.

🥇Qiziqarli kechgan ushbu intellektual o'yinda "Evrika" jamoasi 1-o‘rinni egallagan bo'lsa, "Parvoz" va "Diktator" jamoalari bir xil ochko toʻplagan holda 2-o'rinni qo'lga kiritishdi. "Ideal" va "Power of ladies" jamoalari esa 3-o‘rinni band etishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo'lib amalsiz bo'lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta'sir ko'rsatadi.

✍️Abdulla Avloniy


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Qaror_ijrosi_amalda

🔰 Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa sanʼat instituti, Qarshi davlat universiteti va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablari o‘rtasida qo‘shma qarorlar imzolandi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu qoʻshma qarorga asosan, ijod maktabida Qarshi davlat universitetining "Yangi oʻzbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi", "Oʻzbek tilshunosligi" hamda "Ingliz tili va adabiyoti"  kafedralari hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼat institutining Maqom xonandaligi, Maqom cholg'u ijrochiligi va Doston ijrochiligi kafedralari filiallari tashkil etildi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
https://telegra.ph/AMIR-TEMUR-04-24

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchilari, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zolari Yusupov Doniyor, Najimova Nozima va Eshmurodova Sevinch Amir Temur hayoti va iqtiboslarini o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilishdi.
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli ustozlar!

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Har kuni yuzlab ustozlarimiz oʻzi dars berayotgan fanlardan test topshirib, yanada yuqori malaka toifalarini egallashmoqda.

Bu yilgi malaka sinov jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida tashkil etilgan boʻlib, bu oʻz-oʻzidan jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazish, inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Hurmatli pedagoglar!

Attestatsiya sinovlarida malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirayotgan, buning uchun pul talab qilayotgan shaxslarning aldoviga uchmang va kasbiy obroʻyingizga xavf tugʻdirmang. Faqat oʻz bilimingizga tayaning, aziz ustozlar!

Shu oʻrinda yana bir maʼlumot!

Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa, yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 88-827-09-09 yoki quyidagi bot manzili (https://t.iss.one/uzedu_vazirbot)ga yuborishingizni soʻraymiz.

Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mazkur telefon raqami orqali sizning murojaatingiz yozib olinadi. Savollaringizga tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda javob beriladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri