Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.26K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Prezident maktablariga kirish imtihonlaridan oldin o‘quvchilarda ko‘nikma hosil qilish, ularni imtihon kuni tartib-qoidalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 23-24-iyul kunlari maslahat-tanishtiruv kuni bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanishtiruv kuni to‘liq karantin qoidalariga amal qilingan holda o‘tkazilmoqda. Xususan, belgilangan barcha hududlarda dizenfeksiya ishlari muntazam olib borilib, nomzodlar alohida tibbiy tekshiruv asosida kiritilmoqda.

📌Qabul komissiyasi tomonidan talabgor o‘quvchi bilan faqat bir nafar shaxs kelishi belgilab qo‘yilgan bo'lishiga qaramay, bir oilaning bir nechta a'zosi hamrohlikda kelmoqda. Ota-onalar mana shunday holatlarga chek qo'yishlari va karantin qoidalariga qat'iy amal qilishlari lozim.

🔰26-27-28-iyul kunlari esa imtihonlar o‘tkaziladi. Ayni shu kunlari Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi bilan kelishilgan holda ota-onalar kutish joyida COVID-19 ga qarshi ixtiyoriy emlash rejalashtirilmoqda.

❗️O‘z sog‘lig‘ingizga bee’tibor bo‘lmang!
#Tanishtiruv_kuni #Imtihon

🔰Prezident maktablariga kirish imtihonlari oldi tanishtiruv-maslahat kuni davom etmoqda. Ushbu tanishtiruv kuni to‘liq karantin qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazilmoqda. Xususan, belgilangan barcha hududlarda dizenfeksiya ishlari muntazam olib borilib, nomzodlar alohida tibbiy tekshiruv asosida kiritilmoqda.

❗️Mazkur hududlarga kameralar, elektron tablo soatlar o‘rnatilgan, o‘quvchilar maxsus Face ID tekshiruvi asosida kiritilib, ularning ham karantin qoidalariga amal qilgan holda harakatlanishi ta’minlanmoqda.

📌 Bu choralar Respublikamiz bo‘ylab imtihon o‘tkaziladigan barcha hududlar uchun birdek amal qiladi.

✔️Hurmatli ota-onalar, qat’iy choralar ko‘rilayotgan bir paytda sizlar ham bunga o‘z hissangizni qo‘shishingizni ya’ni tartib-qoidalarga to‘liq amal qilishingizni so‘raymiz!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari #Imtihon_2021

🔸 Ogahiy nomidagi ijod maktabida ham imtihonlarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ma'lumot o‘rnida, Ogahiy ijod maktabiga bu yil 7-sinfga 10ta, 8-sinfga 12ta, 9-sinfga 12ta o‘quvchi 236 nafar talabgorlar orasidan to‘plagan ballari ketma-ketligida qabul qilinadi.

🔹Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ham imtihonlar o‘z yakuniga yetdi. 2021/2022 o‘quv yili uchun bu yerga jami 1028 ta talabgor ariza topshirgan.

🔸Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 7- va 8-sinflar uchun saralash imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔹Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ham imtihonlarning ikkinchi bosqichi nihoyasiga yetdi. Imtihonlar Respublikadagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda ochiq maydonda, karantin qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda o‘tkazildi.

📌 Agentlik tizimidagi ijod maktablarida kirish imtihonlari yakunlandi.
Forwarded from Ma'naviyatchi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqqilligining 30 yilligi munosabati bilan "Mustaqil yurt g‘unchalari" shiori ostida ko‘rik-tanlovi e'lon qilinadi.

a) Vokal yo‘nalishida
b) Tasviriy san'at yo‘nalishida;
c) She'r aytish yo‘nalishida;
d) Sport yo‘nalishida;
e) Musiqa asboblarini chalish yo‘nalishida
;
f) Raqs yo‘nalishi;
s) kitobxonlik yo‘nalishida;
k) teatr yo‘nalishida;
l) Eng yaxshi o‘quvchi yo‘nalishida;
m) Eng yaxshi videorolik yo‘nalishida.



I. Tanlov shartlari qanday


1️⃣ Tanlovda barcha o‘quvchilar yo‘qorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ishirok etishi mumkin.

2️⃣ barcha turdagi ijodiy ishlarni 2021-yil 24 - iyuldan - 8 avgustgacha 10:00dan 22:00gacha
https://t.iss.one/mittiyulduzlar telegram manziliga yuboriladi. 📤

II. G'oliblarni aniqlash tartibi qanday

G'oliblar 100 ballik tizimda baholanadi:

ijodiy ishning o‘ziga xosligi– 20 ballgacha;
mahorat bilan ijodiy yondashilganligi - 30 ballgacha;
ijodkorlik an'analari ochib berilganligi – 50 ballgacha.


3. G‘oliblar10-avgust kuni soat 22:00 dа mitti_yulduzlar telegram kanalida e'lon qilinadi.

III. G'oliblar qanday mukofotlanadi

🥇 xar bir yo‘nalishda 2 nafardan ishtirokchilarga kanalimizning Gran pri diplomi toshiriladi.

📌Qolgan barcha ishtirokchilarga kanalga ijodiy ish quyilgan vaqtni o'zida oliy darajali diplom topshiriladi.

Farzandlaringizga tabassum ulashing🙃🙃🙃
#Savol_javob #Imtihon_2021

❗️Nega Prezident maktablari kirish imtihonlarida javoblar qalamda belgilanadi?

Javoblarni qalamda belgilash Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo’yilgan talablardan biri.
Bunga sabab:


▶️ Qalamdan boshqa yozuv qurolida belgilangan javoblarni maxsus kompyuter tekshirmaydi. Test javoblarini tekshirishga ixtisoslashgan dastur faqat qalamda belgilangan javoblarni qabul qiladi;

▶️Qalamda belgilangan javoblar yaxshi skaner qilinadi - ruchkada belgilanganda esa ularning bo’yalib ketish ehtimoli mavjud;

▶️Javoblarni qalamda belgilash talabgorga xato qilib qo’ysa, shu xatoni tuzatish imkonini beradi.

📌Ma’lumot o’rnida, IELTS, TOEFL kabi sinovlarda ham shu usul qo‘llanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imtihon_2021 #Press

🎥 Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Matbuot_anjumani

Hurmatli jurnalist va blogerlar!

Sizni Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi yakuni va Prezident maktablariga pedagoglarni ishga qabul qilish bo‘yicha e’lon qilingan tanlov yakunlari yuzasidan o'tkazilayotgan MATBUOT ANJUMANIga taklif etamiz.

Vaqti: 30-iyul kuni soat 14:00 da
🧭 Manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi

👉Ro'yxatdan o'tish uchun +99899 851 26 08 raqamiga murojaat etishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imtihon_2021

O'ZBEKISTONNING OLIS HUDUDIDA PREZIDENT MAKTABLARI 1-BOSQICH IMTIHONLARI BO'LIB O‘TDI.

📌O'zbekistonning Qirg‘iziston hududidagi anklav - So‘x tumanidan Prezident maktabida o‘qish uchun 323 nafar talabgor ariza topshirgan. Shundan faqatgina 19 nafarida xorijga chiqish pasporti mavjud.

⚡️Shu boisdan, qolgan talabgorlarga ham qulaylik yaratish maqsadida so‘xlik talabgorlar uchun 22-iyul kuni soat 19:00 da Prezident maktablari saralash imtihonlari tashkil etildi.

🔰Imtihonlar
5-10-sinflar kesimida bo‘lib o'tdi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari

Agentlik tizimidagi Ijod maktablari imtihonlari yakuni va jarayonlar haqida Ijod maktablari bilan ishlash bo'limi boshlig'i Said Ashirov bilan suhbat tashkil etildi.
Unda siz
▶️ Natijalar qachon e’lon qilinishi;
▶️bu yilgi imtihonlarning o‘tgan yilgi imtihonlardan farqli jihatlari;
▶️ijod maktabi o‘quvchilarini kutayotgan yangiliklar va Agentlik tomonidan ijod maktablari faoliyatiga kiritilayotgan o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

👉 Intervyuni saytimizda o'qing.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Y.Kamalovna
DIQQAT TANLOV: 2 nafar eng yaxshi O‘zbek tili o‘qituvchisiga 30 million so‘mdan, 2-o‘ringa – 20 million so‘mdan, 3-o’ringa – 10 million so‘mdan beriladi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘zbek tili fani o‘qituvchilari orasidan mahoratli, tashabbuskor o‘qituvchilarni aniqlash, ularning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hamda o‘zbek tilining davlat tili sifatida o‘qitilishi bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashga qaratilgan amaliy ishlanmalar ko‘lamini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi hamkorligida

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar joriy yilning 20-iyulidan
20-avgustiga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tadilar: https://bit.ly/3y0BdAG

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich: joriy yilning 13-sentabridan 18-sentabriga qadar tuman (shahar) miqyosida;
2-bosqich: joriy yilning 27-sentabridan 30-sentabriga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar miqyosida;
3-Respublika bosqichi: joriy yilning 18-20-oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Tanlov ikki yo‘nalishda: ta’lim o‘zbek tilida bo‘lgan ta’lim muassasalari hamda rus va qardosh tillarda bo‘lgan ta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilar o‘rtasida alohida aniqlanadi.

Tanlov g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida:
1-o‘rin sohibi “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 30 mln. so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni;
2-o‘rin sohibi “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, 20 mln. so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni;
3-o‘rin sohibi “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, 10 mln. so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etish shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga www.til.gov.uz va www.uzedu.uz veb-saytlari orqali ega bo‘lishingiz mumkin.

Aziz o‘qituvchilar, Siz ham o‘z ishtirokingiz bilan iqtidoringizni namoyon qiling!

#Tanlov #Davlat_tili

Xalq ta'limi vazirligi - Министерство народного образования
#Tanlovga

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Hayitova Farangiz Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik! "shiori ostida o'tkazilayotgan "Mening Vatan taraqqiyotiga qo'shgan hissam" mavzusidagi respublika ko'rik-tanlovi ishtirokchisi.