Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.06K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Vatan taraqqiyotiga mening qo'shgan hissam.
Darhaqiqat,O'zbekiston taraqqiy etayotgan yurt.Shu o'lkada tug'ilib, erkin va ozod istiqomat qilyapmiz.Erta tongdan charaqlab chiquvchi quyosh to kechgacha mehr sochadi.Mehnatsevar bobodehqon ter to'kib ishlaydi,Vatanimizni bog'-rog'larga aylantiradi.Ertalabdan,go'yo yomg'ir shabbodasi esib turgan toza havoda hamma ishga,maktabga,bog'chaga shoshadi.Ming shukrlar ila yangi kun boshlanadi.O'lkamiz tabiati,ko'chalari,go'zal manzaralari o'ziga xosdir.Ayniqsa,odamlarning oqko'ngilligi,insoniy qadriyatlari boshqa yurtlarda emas,jannatmakom diyorimizda jamuljamdir.Har doim maktabga ketayotganimizda buvimizning qilgan duolari butun kun bizga omad keltiradi.O'zbekona qadriyatlar har qari-yu yoshni qamrab olgan.Hattoki, notinch zamonlarda ham urushga ketgan insonlar yodi unutilmagan.Buyuk shoir G'afur G'ulomning quyidagi "Sog'inish" she'ri ham buning yaqqol namunasidir: Kechqurun osh suzsak bir nasiba kam, Qumsayman birovni,allakimimni, Doimo umidim bardam bo'lsa ham, Ba'zan vasvasalar bosar dilimni.

Albatta,o'sha yillarda butun o'lkada urushning sovuq nafasi kezib yurar,xalq non-suvga zor bo'lsa ham farzand o'rni bo'lakcha edi.Yurtimizning zabardast o'g'lonlari Vatan uchun jon fido qilishdi,munis onaxonlarimiz esa ularning ortidan duo qilib yig'lashardi.Bu she'rda shoir:"Kechqurun osh suzsak , kimningdur o'rni bilinyapti,biz uchun kerakli inson yo'q.Men o'g'limning o'rni sovib qolganini angladim,uni bir zum esladim.O'zimga o'zim tirgak bo'lib , umid bersam ham qandaydir qo'rquv meni o'rab oldi,sog'inch hissi dahshatli qo'rquvga aylandi" - deya shoir o'z sog'inchini she'rlarida aks ettirdi.G'afur G'ulom singari boshqa buyuk shoirlar ham Vatanga,onaga,do'st-u yorga bo'lgan mehrini o'z she'rlari bilan ifodalagan edi:

Mayli bir zum tirik olam bo'lib qolsin hayronlar Qonli ko'ylak porlamoqda boqingiz ,ey insonlar Boqing urush dahshatidan ogoh bo'ling, yaxshilar bo'lmasin -chun ko'ylaklar qon sergak bo'ling,yaxshilar.
Haqiqatan ham,ulug' shoirimiz Abdulla Oripov ham bu dahshatli urushdan aziyat chekayotgan oddiy xalqqa taskin berdi.Ushbu "Qonli ko'ylak"she'rida:"Onajon,menga otamning qonli ko'ylagini bering.Men uni bayroq singari tashqariga ilib qo'yay.Mayli bir daqiqa bo'lsa ham o'tgan-qaytgan odamlar bu ko'ylakni ko'rib urushda nelar bo'layotganini sezib,hayron bo'lsinlar.Ey insonlar,mana charaqlab chiquvchi quyosh izmida qonli ko'ylak porlamoqda.Qarang, uzoqlarda dahshatli urush bo'lyapti,undan ogoh bo'ling,yaxshilar.Har doim sergak bo'ling ,

yo'qsa bu oq ko'ylaklarga bir dog' singari qon tegadi yaxshilar"-deya xalqni ogohlantirdi.U davrlarda bolta-yu tesha ko'tarib jang qilayotgan mehnatkash xalqdan tashqari,shoirlarimiz ham o'zlarining qalam va qog'ozlari bilan dushmanga qarshi turishgan.Shunday notinch zamonlar ham o'tib,tinch va osoyishta diyorni ko'rish nasib etdi.Yurtimiz yoshlari har sohada mehnat qilib,Vatan taraqqiyotiga hissa qo'shishmoqda.Men ham kelajakda yurtimga kerakli farzand bo'lishga harakat qilaman.Hozirda o'zbek xalqining buyuk farzandi Abdulla Oripov nomiga qo'yilgan maktabning iqtiqorli o'quvchilaridanman.Bu yerda bir nechta faol o'quvchilar tahsil olishadi.Biz bir qancha yutuqlarga erishmoqdamiz.Barcha o'quvchilar har qanday sohada ijod qilishyapti.Kimningdur dasturchiligi,kimningdur she'r yozishi,kimningdur rasm chizishi yoki rol ijro etishi maktab uchun sharaf hisoblanadi.Chunki prezident va ijod maktablarining o'quvchilari yuksak darajada bilimdon va kelajakda o'z kasbining mutaxassisi bo'lib yetishmog'i lozim.Turli xil yutuqlarga erishishimizda buyuk shoir Abdulla Oripovning ruhi bizni qo'llab turadi.Shoirning har bir satrini maroq ila o'qib,ijod qilar ekanmiz kelajakda bu albatta bizga ulkan yutuq bag'ishlaydi.Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek:"Ulug' allomalarimiz,o'zlarining olamshumul kashfiyot ixtirolarini sizning yoshingizda - ayni kuchga to'lgan navqiron chog'larida amalga oshirganlar.Siz ham,buyuk ajdodlardan ibrat olib,hayotda mo'jizalar yaratishga astoydil intilishingiz kerak".
Ha , albatta , biz yoshlar yurtboshimiz so'zlariga amal qilib, buyuk kelajak barpo qilamiz.uning poydevori mustahkam bo'lishi uchun chin dildan mehnat qilib,bilim olamiz.Maktabimning,viloyatimning,jonajon O'zbekistonimning qaddi baland yoshlari,birgalikda Vatan taraqqiyotiga hissa qo'shib yurtimiz bayrog'ini ko'klarga ko'taraylik.Zero,Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish eng oliy saodatdir.
Yurtim,faqat sening qo'lingdan tutib, Bolangday ergashib keta olsam bas. Sen piri komilsan,men senga muhib, Seni tanimagan meni ham bilmas!
#Matbuot_anjumani

Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi yakuni va Prezident maktablariga pedagoglarni ishga qabul qilish bo‘yicha e’lon qilingan tanlov yakunlari yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi.

▶️Prezident maktablariga kirish imtihonlarida javoblar nega qalamda belgilanadi?
👉Javob

▶️Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi nega 90 daqiqadan 60 daqiqaga qisqartirildi.
👉Javob

▶️Prezident maktablariga pedagog kadrlarni ishga qabul qilish bo'yicha o'tkazilgan tanlov natijalari qachon e'lon qilinadi?
👉Javob

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjumani

🔸 Imtihon jarayonlari,
🔸pedagog kadrlarni ishga qabul qilish bo'yicha tanlov yakunlari;
🔸So'x tumanida maxsus tashkil etilgan imtihonlar;
🔸barchani qiziqtirayotgan savollarga javoblar...

Bularning barchasini bugungi matbuot anjumani o'zida jamladi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
📣📣📣 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, iqtidorini yuzaga chiqarish hamda ularda ona Vatanimizga bo'lgan mehr-muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini rivojlantirish maqsadida o'quvchi-yoshlar o‘rtasida "Istiqlolni kuylayman!"mavzusida ko'rik-tanlov e'lon qiladi.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Tanlov quyidagi yo'nalishlarda o'tkaziladi:

1.Ona yurtimiz- O'zbekiston madh etilgan she'r, qo'shiq, audiotaqdimot, videorolik.
📚🎼🖥🎤📖✏️🎧🎬🎹
2.Badiiy-publisistik maqola, esse, badiiy matn, hikoya.
📖📝📃✏️📚📖📃📚
3.Yurtimizning go'zal manzaralari, ona tabiati aks etgan tasviriy san'at namunalari.
📝🏞🌅🌠🏙🎆🌌🌉✏️

Ijodiy ishlar @abdullaoripovyoshijodkorlar telegram kanalida qabul qilinadi.

G'oliblar O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi- istiqlol bayrami arafasida e'lon qilinadi.

Tanlov g'oliblari ijod maktabi tomonidan estalik sovg'alari hamda diplom bilan taqdirlanadilar.
💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐

@abdullaoripovmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Istiqlolni_kuylayman

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Badalova Shahnoza ijod maktabida o'tkazilayotgan "Istiqlolni kuylayman!" tanlovida o'z audiotaqdimoti bilan ishtirok etmoqda
Audio
#Istiqlolni_kuylayman

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi Itolmasova Sevinchning ijod maktabida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tanlovga tayyorlagan qo'shig'i.
#Imtihon_javoblari

📣Agentlik tizimidagi Ijod maktablari kirish imtihonlarining javoblari e'lon qilindi.

🔰Javoblarni har bir talabgor ariza.piima.uz saytidagi "Shaxsiy kabinet" orqali bilib olishi mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari #Imtihon_natijalari

Ijod maktablari kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

🔹Ijod maktablariga kirish imtihonlari yakuni tahlili;
🔸eng yuqori ball va o‘tish ballari;
🔹 har bir ijod maktabiga qabul qilinganlar soni;
🔸ijod maktabining yangi o’quvchilari uchun kutilayotgan yangiliklar...

👉 Bularning barchasi haqida saytimizda batafsil o'qishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qabul_2021
#saralash

2021 yil 2-iyul kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 7-8 sinflar uchun saralash imtihonining 2-turi o’tkazilmoqda.
Imtihon jarayoni yuqori saviya va ko’tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Unda O'zbekistonda xizmat ko'rsatayotgan madaniyat xodimi, shoir "Ma'naviy hayot" jurnali bosh muharriri Eshqobil Shukur, O'zbekiston axborot va komunikatsion agentligi nashriyot va matbaa sohasini rivojlantirish bo'limi bosh mutaxasisi Muhiddin Omon, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari O’.Haydar, Qarshi Davlat universiteti o’qituvchis, shoira N.Umarova ishtirok etmoqdalar.
Bizni kuzatib boring 👉telegram👈