Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Yosh_tarjimonlar_toʻgaragi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zosi Rajabova Shahrizoda taniqli braziliyalik adib Paulo Koeloning mashhur "Al-kimyogar" asarini mutolaa qilib, asar yuzasidan o'z xulosalari va kitobdan iqtiboslarni ingliz tiliga tarjima qildi.

⤵️Quyida tanishishingiz mumkin:

https://telegra.ph/Rajabova-Shahrizoda-Al-Kimyogar-kitobi-haqida-02-21

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

Kim istasa saltanat, saxodur anga shart,
Har va’daki aylasa, vafodur anga shart.
Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,
Ollig‘a nekim kelsa, rizodur anga shart.

✍️Alisher Navoiy


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ijodkorlik_toʻgaragi

OʻZBEK

Oʻzbekka oʻxshatish topmoq muammo,
Oʻxshasa oʻziga oʻxshaydi oʻzbek.
Qiyosi yoʻq uning mehri bir daryo,
Dunyoda bolam deb yashaydi oʻzbek.
Muhammad Yusuf


Kuylagi yirtilsa yamab avaylab,
Yangi kiyim olib kiymas ataylab.
Bozordan eng shohi libosni tanlab,
Ol kiygil, bolam, deb yashaydi oʻzbek.

Tunlari ogʻrikdan qiynalganda ham,
Gʻiybatlardan qalbi tirnalganda ham,
Hatto biror dardga chalinganda ham,
Allohga shukur deb yashaydi oʻzbek.

Qoʻlidan tushmaydi aslo ketmoni,
Dalada rizq terib oʻtar har oni,
Moʻl hosil bersa gar bugʻdoyi doni,
Eng baxtli insondek quvnaydi oʻzbek.

Egnidan qoʻymaydi eski choponin,
Sanab boʻlmas qilgan mehnatin sonin,
Har doim sogʻ boʻlsa shu issiq joni,
Kunni kunga ulab yashaydi oʻzbek.

Quyoshdan ertaroq turar ertalab,
Bolasin bagʻriga bosar erkalab,
Faqat mehr talab, faqat kuy talab,
Allohga iltijo qiladi oʻzbek.

Orzu qilsa, qilar faqat Makkani,
Tavof qilsam deydi ulugʻ Kaʼbani,
Tilidan qoʻymmaydi aslo tavbani,
“Qurʼon”lar, “Hadis”lar yodlaydi oʻzbek.

Yov kelsa yurtiga, jon fido qilar,
Vaatanni sevmoqni imtihon bilar,
Oʻlsa ham birgina shu yurtda oʻlar,
Vatanim, yurtim deb yashaydi oʻzbek.

Dasturxooni toʻkis tursa toʻy qilib,
Farzandi baxtidan koʻzlari kulib,
Yashasin doimo shodlikka toʻlib,
Har doim bolam deb yashaydi oʻzbek.

Oʻxshasin topdingmi satrlar terib,
Oʻxshasa oʻziga oʻxshaydi oʻzbek.
Bir olam oʻzgacha ilhomlar berib,
Ol, yozgin, bolam deb yashaydi oʻzbek.

✍️ Zemfira Esonova, 8 "B"-sinf o'quvchisi


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ijodkorlik_toʻgaragi

ONA TILIM

Chaqmoq boʻlib yorishdi birdan,
Alisherning soʻnmas ovozi.
Ona tilim yaraldi undan,
Dong taratdi buyuk parvozi.

Soʻzlashsalar ona tilimda,
Goʻzal navo tugʻilar asta.
Ona tilim mehrini qoʻshib,
Soʻzdan yasay sheʼriy guldasta.

✍️Dilfuza Bo'ronova, 7-sinf o'quvchisi


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi
#Onlayn

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Jumagul Suvonova tomonidan belgilangan rejaga asosan mahorat darsi o'tildi.

📚Shoira J.Suvonovaning "Binafsha" esdalik guldastasi, "Tillaqosh", "Yig’layotgan ohu", "Men sig’magan dunyo", "Olovli fasl", "Odamqush qo’shig’i", "Tuproq isi" nomli she’riy hamda "Umr karvoni", "Qirmiz qizning qissasi" nomli nasrdagi nazm va hikoyalar to’plamlari chop etilgan.


Mahorat darsida "Poetik ko'chimlar" mavzusida so'z bordi. Jumagul Suvonova oʻzbek adabiyotida yaratilgan ijodiy asarlar misolida poetik ko'chimlarni tahlil etib berdi. Shuningdek, u bu tasniflarni oʻzbek adabiyoti misolida izohlab berdi.

Darsda ijodiy to'garak rahbari, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi T.Tillayev hamda maktabning ijodga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi.
O'quvchilar o'z ijod namunalaridan o'qidilar.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi
#Ochiq_toʻgarak_soati

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Sherali To'rayev tomonidan Alisher Navoiy ijodi boʻyicha 7-sinf oʻquvchilariga ochiq toʻgarak mashgʻuloti o'tkazildi.

📚 Ochiq to'garak mashg'ulotida Sh.To'rayev o'quvchilar ishtirokida she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning ayrim qitʼalari, hikmatli soʻzlari, fardlarida umuminsoniy fazilatlar: ilm oʻrganish, toʻgʻrilik, halollik, saxovat va mardlik tuygʻularining yoritilishi tahlil qilib, fikr almashishdi.

Shuningdek, mashg'ulot davomida Navoiyning gʻazallari misolida tazod, talmeh, tashbeh badiiy sanʼatlari haqida o'quvchilar atroflicha maʼlumot berildi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram