#Ijodkorlik_toʻgaragi
OʻZBEK
Oʻzbekka oʻxshatish topmoq muammo,
Oʻxshasa oʻziga oʻxshaydi oʻzbek.
Qiyosi yoʻq uning mehri bir daryo,
Dunyoda bolam deb yashaydi oʻzbek.
Muhammad Yusuf
Kuylagi yirtilsa yamab avaylab,
Yangi kiyim olib kiymas ataylab.
Bozordan eng shohi libosni tanlab,
Ol kiygil, bolam, deb yashaydi oʻzbek.
Tunlari ogʻrikdan qiynalganda ham,
Gʻiybatlardan qalbi tirnalganda ham,
Hatto biror dardga chalinganda ham,
Allohga shukur deb yashaydi oʻzbek.
Qoʻlidan tushmaydi aslo ketmoni,
Dalada rizq terib oʻtar har oni,
Moʻl hosil bersa gar bugʻdoyi doni,
Eng baxtli insondek quvnaydi oʻzbek.
Egnidan qoʻymaydi eski choponin,
Sanab boʻlmas qilgan mehnatin sonin,
Har doim sogʻ boʻlsa shu issiq joni,
Kunni kunga ulab yashaydi oʻzbek.
Quyoshdan ertaroq turar ertalab,
Bolasin bagʻriga bosar erkalab,
Faqat mehr talab, faqat kuy talab,
Allohga iltijo qiladi oʻzbek.
Orzu qilsa, qilar faqat Makkani,
Tavof qilsam deydi ulugʻ Kaʼbani,
Tilidan qoʻymmaydi aslo tavbani,
“Qurʼon”lar, “Hadis”lar yodlaydi oʻzbek.
Yov kelsa yurtiga, jon fido qilar,
Vaatanni sevmoqni imtihon bilar,
Oʻlsa ham birgina shu yurtda oʻlar,
Vatanim, yurtim deb yashaydi oʻzbek.
Dasturxooni toʻkis tursa toʻy qilib,
Farzandi baxtidan koʻzlari kulib,
Yashasin doimo shodlikka toʻlib,
Har doim bolam deb yashaydi oʻzbek.
Oʻxshasin topdingmi satrlar terib,
Oʻxshasa oʻziga oʻxshaydi oʻzbek.
Bir olam oʻzgacha ilhomlar berib,
Ol, yozgin, bolam deb yashaydi oʻzbek.
✍️ Zemfira Esonova, 8 "B"-sinf o'quvchisi
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
OʻZBEK
Oʻzbekka oʻxshatish topmoq muammo,
Oʻxshasa oʻziga oʻxshaydi oʻzbek.
Qiyosi yoʻq uning mehri bir daryo,
Dunyoda bolam deb yashaydi oʻzbek.
Muhammad Yusuf
Kuylagi yirtilsa yamab avaylab,
Yangi kiyim olib kiymas ataylab.
Bozordan eng shohi libosni tanlab,
Ol kiygil, bolam, deb yashaydi oʻzbek.
Tunlari ogʻrikdan qiynalganda ham,
Gʻiybatlardan qalbi tirnalganda ham,
Hatto biror dardga chalinganda ham,
Allohga shukur deb yashaydi oʻzbek.
Qoʻlidan tushmaydi aslo ketmoni,
Dalada rizq terib oʻtar har oni,
Moʻl hosil bersa gar bugʻdoyi doni,
Eng baxtli insondek quvnaydi oʻzbek.
Egnidan qoʻymaydi eski choponin,
Sanab boʻlmas qilgan mehnatin sonin,
Har doim sogʻ boʻlsa shu issiq joni,
Kunni kunga ulab yashaydi oʻzbek.
Quyoshdan ertaroq turar ertalab,
Bolasin bagʻriga bosar erkalab,
Faqat mehr talab, faqat kuy talab,
Allohga iltijo qiladi oʻzbek.
Orzu qilsa, qilar faqat Makkani,
Tavof qilsam deydi ulugʻ Kaʼbani,
Tilidan qoʻymmaydi aslo tavbani,
“Qurʼon”lar, “Hadis”lar yodlaydi oʻzbek.
Yov kelsa yurtiga, jon fido qilar,
Vaatanni sevmoqni imtihon bilar,
Oʻlsa ham birgina shu yurtda oʻlar,
Vatanim, yurtim deb yashaydi oʻzbek.
Dasturxooni toʻkis tursa toʻy qilib,
Farzandi baxtidan koʻzlari kulib,
Yashasin doimo shodlikka toʻlib,
Har doim bolam deb yashaydi oʻzbek.
Oʻxshasin topdingmi satrlar terib,
Oʻxshasa oʻziga oʻxshaydi oʻzbek.
Bir olam oʻzgacha ilhomlar berib,
Ol, yozgin, bolam deb yashaydi oʻzbek.
✍️ Zemfira Esonova, 8 "B"-sinf o'quvchisi
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ijodkorlik_toʻgaragi
ONA TILIM
Chaqmoq boʻlib yorishdi birdan,
Alisherning soʻnmas ovozi.
Ona tilim yaraldi undan,
Dong taratdi buyuk parvozi.
Soʻzlashsalar ona tilimda,
Goʻzal navo tugʻilar asta.
Ona tilim mehrini qoʻshib,
Soʻzdan yasay sheʼriy guldasta.
✍️Dilfuza Bo'ronova, 7-sinf o'quvchisi
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
ONA TILIM
Chaqmoq boʻlib yorishdi birdan,
Alisherning soʻnmas ovozi.
Ona tilim yaraldi undan,
Dong taratdi buyuk parvozi.
Soʻzlashsalar ona tilimda,
Goʻzal navo tugʻilar asta.
Ona tilim mehrini qoʻshib,
Soʻzdan yasay sheʼriy guldasta.
✍️Dilfuza Bo'ronova, 7-sinf o'quvchisi
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram