Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Mitti_yulduz_jilolari
#Olis_safar_ilhomlari

Olis safar! Ezgulikni niyat qildim.
Uzoq yo‘lda vujud ichra toliqdi jon.
Ne-ne baland dovonlardan oshib keldim,
Quchog'ingni kattaroq och ey Marg'ilon!

Bobom yurti jannatmakon Qashqadaryo,
Azim voham alangalik salom yo‘llar.
Kumushdayin, nomi doston shu el aro,
Quchog'ingda kamol topgan pariro'ylar.

Qodiriylar ko'z o‘ngimdan o'tar elas,
Keladirman yuragimga olov qalab.
Bu kun sendan izlaganim dunyo emas,
Shunchaki bir she'r zavqini keldim izlab.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi
Sa'dullayev Bobomurod
#Bizning_ijod
#Mitti_yulduz_jilolari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi o‘quvchilarining ijod namunalari respublika nashrlarida chop etilib borilmoqda.

📖 Maktabimizning 11-sinf o‘quvchilari Bobomurod Sa'dullayev, Sevinch Omonova, Sevinch Keldiyorova hamda 7-sinf o‘quvchisi Laylo Boymurodovalarning she'rlari O‘zbekiston yoshlarining adabiy-ijtimoiy jurnali hisoblanmish "Yoshlik" jurnalida nashr etildi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Mitti_yulduz_jilolari
#Ilhom_chashmasi

YAPROQLAR
Kuzgi shamol yelar…
Daraxtlar nogoh,
Go’yoki go’daklar kabi yig’lashar.
Ko’z yoshga aylangan yaproqdan atrof,
Daraxtlar borliqqa vido so’zlashar.

Ko’z yoshiga to’lgan daraxtning yoni,
Dosh berolmay sira kuz shamoliga.
Kirib kelsa hamki, qish qahratoni,
Tan berar bo’ldi u kuz jamoliga.

Yerdagi xazonlar, barglar shitiri,
Kuzning jilosiga aytar olqishlar.
Endi yaproqlarning barchasi - bari
Parli ko’rpa ichra yotishar qishlab.

QIZIL ATIRGUL
Bir kun keldi…
Ajraldik bizlar.
Senga men ko’p tikilib qoldim.
Aytganimcha so’ng so’zlarimni,
Sening ko’zlaringdan yo’qoldim.
Sevgimizga qo’yding xotima,
Dil tubida qoldi hislarim.
Bo’ldi!
Yetar!
Biror so’z dema!
Axir, sendan mehr izladim.
O’z o’ylarim cho’ktirdi meni,
Men yo’qlikka mahkumman butkul!
Bo’ldi! Yopdim ishq daftarimni,
Qo’lda qoldi qizil atirgul...

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Abdurasulov Javohir

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Mitti_yulduz_jilolari
#Ilhom_chashmasi

OGAHIY

Ogahiy charaqlab turgan quyoshdek
Qalbga socha oldi ezgulik nurin.
Mohirona, go'zal lirika birdek,
Ko'ngillarimizdan olmoqda o'rin.

Navoiy bobomning asl izdoshi,
Bordir o‘ziga xos, betakror sozi
Unutilmas uning buyuk merosi.
Merosi qa'rida chuqur ma'nosi.

Ogahiy she'rlari bizlarga ibrat,
Asl namunadir yosh avlod uchun.
So'zning tilsimidan yaratib san'at,
Tan beradi unga bu yorug' ochun.

Shoir yaralishi - mo‘jiza asli,
She'rning tug‘ilishi ilohiy qudrat.
Umrboqiy erur ilhomning nasli,
Ogahiy ijodi-eng buyuk hikmat!

Omonova Madina
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining
7-"B" sinf o'quvchisi

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Mitti_yulduz_jilolari
#Ilhom_chashmasi

Ogahiyga ehtirom

Ijodga baxsh etdi butun umrini,
Nazmning bog‘ida bo‘ldi zo‘r bog‘bon.
Bedor tunlarida o‘rtadi uni,
Goʼzal satrlarda terilgan marjon.

Hayotda past-baland zinadan yurib,
Xalqiga maʼrifat mayogʻin tutdi.
Har bir asariga yuragin berib,
Qalbin siyratini qogʻozga bitdi.

Barq urib qalbida ijoddan kurtak,
Yuragin tubida ildizi qoldi.
Qiyotda tugʻilgan edi bir goʼdak
Yuksalib olamni qalamga soldi.

Birgina niholni parvarish qilsa,
Mevasi totlidir, soyasi huzur
Qayda ijod bo‘lsa, iste'dod bo‘lsa,
Yuksalar ilhomdan yaralgan surur.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf oʼquvchisi Narsillayeva Maftuna.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Mitti_yulduz_jilolari
#Ilhom_chashmasi

QISH

Bir beg’ubor malak kelmoqda shoshib,
Shamollar chopishar undan-da ildam.
Barchaga barobar rizqin ulashib,
Oppoq qor yurtimga qo’yganda qadam,

Tabiat husniga ojiz erur so‘z,
Saxovatiga-chi aytamiz olqish.
Archalar sochlarin o‘rmagani-chun
Boshiga oq ro‘mol o‘rab qo‘ydi qish

Madina Omonova
A.Oripov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi,
“Ilhom chashmasi” to‘garagi a’zosi

🎯 Bizni kuzatishda davom eting👇
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Mitti_yulduz_jilolari
#Ilhom_chashmasi

QORBOBOGA XAT

Eng go‘zal damlardir qish faslin ko‘rki,
Yangi yil tuniga qoldi oz fursat.
Sirli mo‘jizaga ishonib balki,
Qorbobo yurtiga yo‘llar bo‘ldim xat.

Qo‘limga oldimu qalamu qog’oz,
Ko‘nglim yozmoq bo‘ldi ezgu tilagin:
“Aziz Qorbobojon, sendan iltimos,
Menga sovg’alaring olib kelmagin!

Mayli, sen ularni boshqalarga ber,
Zora qalbim bunda maqsadga yetsin.
Shunday sehr qilki,
Odamlar ko’nglin,
Dard-anduh, alamlar butkul tark etsin!”

Javohir Abdurasulov
A.Oripov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi,
“Ilhom chashmasi” to‘garagi a’zosi

🎯 Bizni kuzatishda davom eting👇
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Mitti_yulduz_jilolari
#Ilhom_chashmasi

YANGI YIL

Bong uradi umr soati,
Yuraklarga jaranglar sochib.
Kirib kelar poklik bayoti
Yuksalishlar eshigin ochib.

Unutilmas, so’nmas lahzalar,
Men hayotning baxtli oshig’i.
Hech tinmaydi – jaranglayverar
Yangi yilning yangroq qo’shig’i.


Guljahon Sadinova
A.Oripov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi,
“Ilhom chashmasi” to‘garagi a’zosi

🎯 Bizni kuzatishda davom eting👇
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#MITTI_YULDUZ_JILOLARI
#IJODIY_TÒGARAK

HOVLIMIZDA BAHOR

Sernoz daraxt taqadi,
Erinmayin chechaklar.
Quyosh zimdan boqadi,
Jilmaysa boychechaklar.

Tandirin yoqar onam,
Xamirini ko’pchitib.
Ukam varrak uchirar,
Kabutarni cho’chitib.

Onam yopgan nonlarni,
Akam ko’tarib chopar.
Qulog’ining chetiga
Buvim rayhonlar taqar.

Dadam ketar bog’ sari,
Ergashtirib singlimni.
Qaldirg’ochlar chug’urlar,
Xushlagancha ko’nglimni.

Ariq bo’yidagi tol,
Sochlarini taraydi.
So’raganday bo’lib hol,
Gullar kulib qaraydi.

Go’zallikka ko’z to’ymas,
Yetdik shunday imkonga.
Uch oyga ruxsat olib,
Bahor kelgan mehmonga.

Malikabonu Uroqova,
A.Oripov nomidagi ijod maktabi 7-B sinf o’quvchisi
#MITTI_YULDUZ_JILOLARI
#IJODIY_TÒGARAK

ONAM


Qo'lidan kelsa gar berar jonini
Farzandlar dardiga chidagan onam.
Biz uchun ayamas,har bir onini
Mehrla boshimni silagan onam

Oq tushgan sochlari tirnar bag'rimni,
Ko'ksimga o'qdayin qadalgan g'ashlik
Arzisa berayin so'rang jonimni,
Oila deb vos kechgan,essiz bu yoshlik


Bilaman,ko'nglingiz og'ritdim qancha
O'rnini bosolmas hech qanday ishim.
Oldizda gunohim,shubhasiz,ancha
G'uncham yashnasin deb,so'lgan,ey gulim

Oyog'ingiz tavof qilsam ham kamdir
Mehringiz ummoni keng erur bundan.
Dunyoda jannatiy farishtam bordir,
Ne uchun baxtlarni ayayin undan.

Ona deb dunyoga jar solgim kelar,
Ummoncha mehrini maqtansam deyman.
Nafasiz she'rimda ufurib turar,
Endi nomingizni doim oqlayman.

Begona insonlar aldashar balki,
Ammo qizingizning so'zlari chindir.
Sizga deb nimadir qilolsam koshki,
Ishoning, jonimni berishim rostdir.

Sabrina Umarova
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi
“Mamlakatni_qudratli,_millatni_buyuk_qiladigan_kuch_bu_–_ilm_fan.pdf
9.2 MB
#Maktab_gazetasi
#Mitti_yulduz_jilolari

🇺🇿IJOD MAKTABI GAZETASINING YANGI YIL SONI

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hayoti, I chorakda erishilgan yutuqlar, yangiliklar, to'garaklar faoliyati haqida hikoya qiluvchi "Mitti yulduz jilolari" gazetasi nashrdan chiqdi.