Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Yoshlar_ovozi
#Bizning_ijod

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Hamrayeva Sevinchning she'rlari "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasida chop etildi.

@abdullaoripovmaktabi
#Yoshlar_ovozi
#Bizning_ijod

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Abduqahhorov Dilxushning she'ri "Tong yulduzi" gazetasida chop etildi.

@abdullaoripovmaktabi
#bizning_ijod
(Abdulla Oripovga)
Moziydan keladi hayotbaxsh navo,
Tinglagan ko‘ngilga beradi davo.
So‘zlari sehridan bo‘laman shaydo,
Bebaho merosdir shoir ijodi.

Hayotning shodligi yiroqlashsa gar,
Qalbimni chorlasa she’riyat agar.
Umrim yo‘llariga tashlasam nazar,
Qayta umid berar ajdodlar yodi,
Obihayot erur shoir ijodi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi, "Ozod va obod Vatanda erkin va farovon yashaylik" ko'rik-tanlovi g‘olibi, Lochinbek Ismatullayev

@abdullaoripovmaktabi
#bizning_ijod
Ona zamin

Beshigimga baxtni belab
Tovonimdan o‘pgan zamin.
Tog‘lar kabi tole tilab,
Tandirda non yopgan zamin.
Meni deya istiqbolni,
istiqlolni tutgan zamin.
Boshim uzra nurlar elab
Poyimga dur sepgan zamin
Har zarrangni, har gardingni
Tomirimda qon bilaman.
Ellar ichra, yurtlar ichra
Nomingni doston qilaman.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi, "O'zbek ruhiyati me'mori" Respublika ko'rik-tanlovi g‘olibi
Azizbek Rajabov
@abdullaoripovmaktabi
#Bizning_ijod
#Mitti_yulduz_jilolari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi o‘quvchilarining ijod namunalari respublika nashrlarida chop etilib borilmoqda.

📖 Maktabimizning 11-sinf o‘quvchilari Bobomurod Sa'dullayev, Sevinch Omonova, Sevinch Keldiyorova hamda 7-sinf o‘quvchisi Laylo Boymurodovalarning she'rlari O‘zbekiston yoshlarining adabiy-ijtimoiy jurnali hisoblanmish "Yoshlik" jurnalida nashr etildi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
#Bizning_ijod

Abdulla Oripov nomli ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Shodmonova Dildora ijodidan namunalar

BAHOR QAYTMOQDA

Tog‘ning oppoq ko‘rpasi,
Asta erib ketmoqda.
Soylarda suvlar tos6har,
Yana bahor qaytmoqda.

Mayin shamollar esib,
Sokin tonglar otmoqda.
Qalblarga orzu solib,
Yana bahor qaytmoqda.

Onda-sonda jimirlab,
Yomg’ir quyib o’tmoqda.
Do’stlar, qarang olamga,
Yana bahor qaytmoqda.

O’lkamga qushlar qaytib,
Tinchlik kuyin aytmoqda.
Olamni ko’kka burkab ,
Yana bahor qaytmoqda.

Shaharlar go’zallashib,
Uylar qad ko’tarmoqda.
Qalbga orzu ulashib,
Yana bahor qaytmoqda.

Bobo dehqonim shoshib,
Dalaga rizq sochmoqda.
Uzoq dovonlar oshib,
Yana bahor qaytmoqda.
#Bizning_ijod
#Kuz_ilhomlari

Qadring baland bo'lsin, ona tilim!

Hech ko'chaga chiqmagan
Nuroniy chol bor edi.
Rosa ko'p she'r o'qigan
O'zi ham yozar edi.
Bir kun aylanib yurib
Bolalarni ko'rdi u
Biroz so'zin eshitib
Rosa o'yga toldi-ku.
So'zga qo'shar ruschani,
Ingiliz,koreyschani
Buzib aytar gaplarni.
Qisqartirar so'zlarni,
Chol bundan ho'p ranjidi.
Quyi soldi boshini,
Uyi tomon yo'l oldi.
Chimirib ko'z,qoshini,
Yaqinlashib joyiga
Oldi qo'liga qalam
Uning yuragin ezar
O'sha bugungi alam
Ona tilim , qadringga
Yetgan bor,yetmagan bor.
Sening ulug' nomingni
Sharaf-la oqlagan bor!

Ramazonova Dilnura
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Bizning_ijod
#Kuz_ilhomlari

YOMGʻIRDAGI SAYOHAT
Daryoga tushgan oyning
Yuzini tomchi chertar,
Uyalgandan oymomo
Yuziga parda tortar.

Oy — chimildiq ortiga
Oʻtdi goʻyo kelinchak,
Maysa boshin koʻtarib,
Yomgʻirga chaldi chapak.

Chumoli galasini
Kuzatdik yer ostiga,
Chaqmoqqa quloq tutdik
Tinglamoq-chun bir rost gap.

Jahldor momoguldirak
Bizni rosa urishdi,
Maslahat bermadi, soʻng
Qamchisida turishni...

Daryoga tushgan oyning
Yuzini tomchi chertar...

Boyqobilov Hikmatbek
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Bizning_ijod
#Tarjima

MUALLIM
Abdulla Oripov she’ri
Shoirga dedilar : siz baxtli inson,
Xalqingiz ardoqlar, hamma taniydi.
Shoir javob berdi : menda bir armon,
Muallim desalar meni qaniydi.

They told the poet: "You are so happy"
You are known and valued by everybody,
And the poet replied them kindly:
"I wish i was called a teacher by somebody ".

Inglizchadan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Norqulova Marjona tarjimasi
#Bizning_ijod
#Yoz_ilhomlari

JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT

    Dunyoda kimlar ko'p, yaxshiyu - yomon,
   Jaholatga qarshi ma'rifat har on.
   Seni o'z qa'riga tortsa jaholat
    Undan qoch, aqlingni ishlat ,ey inson!

    «Jaholat bu nedur?» der, g'arib birov,
   Dedim men: «Bu illat, berar ko'p sinov,
   Aslo ishonma sen, yo'qsa na holat
    Qonunbuzar, beilm, bo'larsan yalqov.

   Lek senda bor qurol: olim ma'rifat,
    Uni ko'rib qochgay zolim jaholat,
    Chunki unda yo'qdur, chora - malomat,
   Yo'qdur to'g'ri yo'llik, bilim-u - omad.

   Ma'rifatli inson, bo'lmaydi hech kam,
    Safimizga qo'shil, birodar, sen ham,
    Jaholatga qarshi kurash, qon yig'lat,
   Shunda kelajaging porloqdir har dam!»

YAXSHI NOM

Boylik
deb yashamoq nodonning ishi,
Buni soz biladi har qanday kishi.

Borin olib ketmoq boʻlsaydi agar
Qoʻli boʻsh ketmasdi buyuk Iskandar.

Deydilar, yaxshi nom mangulik demak!
Yurt deb kulmoq kerak, xoh oʻlmoq kerak.

Shuning-chun eslanar buyuk Temur ham,
Zero, afsonamas, u ham bir odam!

Nega yod olinar Shiroq, Toʻmaris?
Nega Muqannalar tarixda aziz?

Nega ular kabi eslanmas yovuz?
Nega yomon debmas maqtov-u xush soʻz?

Chunki barcha narsa oʻz nomiga xos
Yomon kelar-ketar, yaxshiga ixlos…

Vaqtlar oʻtajakdir, ilgʻor, bardavom.
Biroq, aslo o‘chmas yaxshi degan nom!

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf òquvchisi Tojiddinov Shermuhammad