#Ijod_maktabida_turk_tili
ENDI BIZDA XORIJLIK O'QITUVCHI SABOQ BERMOQDA
✅Dunyo keng, turfa millatlar, an’ana va qadriyatlar, madaniyat o‘choqlari... ularning har biridan hayratlanasan kishi. O‘sha dunyo va hayrat manziliga eltadigan yo‘l bu, albatta, tildir. Zero, donishmand xalqimiz bejizga til bilgan el biladi, deya naql qilmagan.
✅So‘nggi yillarda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida xorijiy tillar – ingliz va rus tillarini mukammal o‘rganish istagida bo‘lgan o‘quvchilarning soni yildan-yilga ortmoqda. Ko‘plab o‘quvchilarimiz bu borada xalqaro IELTS sertifikatini muntazam ravishda qo‘lga kiritib kelishmoqda.
🇹🇷E’tiborlisi, endi ijod maktabida turk tili darslari ham yo‘lga qo‘yildi. Turkiyalik o‘qituvchi Bağci Cüneyt ushbu tilni o‘rganishni istovchi o‘quvchilarga dars bermoqda.
✅Tabiiy savol tug‘iladi: turk tilini o‘rganish o‘quvchiga nima beradi yoki nimaga kerak? Avvalo, shuni aytish joizki, o‘zbek va turk tillari turkiy tillarga mansub bo‘lib, o‘zaro umumiy ildizga ega. Tillarda katta farqlar deyarli uchramaydi. Bundan tashqari, Turkiya Yevropa va Osiyo qit’asini bog‘lab turuvchi jahondagi yagona davlat. Tan olish kerak, bugungi kunda ushbu mamlakat har bir sohada, har bir jabhada taraqqiy etgan. Turkiyada ta’lim sifati va shart-sharoiti bo‘yicha yetakchi oliy o‘quv yurtlari ham mavjud. Yoshlarimiz kelajakda mazkur ta’lim dargohlarida tahsil olishlari mumkin, qolaversa, milliy tariximizning ko‘plab davrlariga aloqador qadimiy Turkiya va turkiy xalqlarga oid ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar olib borilishi ham haqiqatdan yiroq emas.
✅Aytish joiz, o‘zbek tilida arabcha va forscha so‘zlar ko‘plab uchraydi. Biroq arab yoki fors tilini tarjimon yordamisiz tushuna olmaymiz, turk tili esa o‘zbek tiliga juda o‘xshash, uni tushunish uchun tarjimonga ham ehtiyoj yo‘q. Bu ham, o‘z navbatida, o‘quvchining mazkur tilni o‘zlashtirishiga ko‘maklashadi.
✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati
🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktabida_turk_tili
#Adabiyot_haftaligi
🇹🇷Avval xabar berganimizdek, mazkur o'quv yilidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida turk tili darslari ham yo‘lga qo‘yilgandi. Turkiyalik o‘qituvchi Bağci Cüneyt ushbu tilni o‘rganishni istovchi o‘quvchilarga dars berib kelmoqda.
✅O‘zbek va turk tillari turkiy tillarga mansub bo‘lib, o‘zaro umumiy ildizga ega. Tillarda katta farqlar deyarli uchramaydi. Turk tili o‘zbek tiliga juda o‘xshash, uni tushunish uchun tarjimonga ham ehtiyoj yo‘q, aslida. Bu ham, o‘z navbatida, o‘quvchining mazkur tilni o‘zlashtirishiga ko‘maklashadi.
📚Maktabning 9-sinf o'quvchilari Abdulla Oripovning "O'zbekiston - Vatanim manim" sheʼrini turk tiliga tarjima qilib, uni ifodali tarzda o'qishdi.
✔️Turk tili o'qituvchisi Bağci Cüneyt buyuk shoir Abdulla Oripov ijodi, ijod maktabidagi taassurotlari, maktabdagi ta'lim-tarbiya jarayonlari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇