#Adabiyot_haftaligi
#Òzbekiston_Vatanim_manim
💥Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Òzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga baģishlab "Òzbekiston -Vatanim manim!" shiori ostida adabiyot haftaligiga start berildi.
⚡️Haftalik doirasida adabiy suhbatlar, ijodiy uchrashuvlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar , kòrik-tanlovlar, anjumanlar òtkazish rejalashtirilgan.
🔥Shuningdek, ijod maktabi o'quvchilarining darsdan tashqari tògaraklardagi faoliyatlarini yoritish, bayram turnirlari òtkazish kòzda tutilgan
💥Ijod maktabi tomonidan Iqtidorli o’quvchilarning iste'dodlarini aniqlash, ròyobga chiqarish va qo'llab-quvvatlash maqsadida viloyatdagi umumiy òrta ta'lim maktablari òrtasida insholar konkursini tashkil etish va òtkazish rejalshtirildi.

ABDULLA ORIPOV XOTIRASIGA...
Samo ko'zgusini yerga tutgan dam,
Nazmiy gulistonda barq urdi ijod.
Qo'ng'irtov bo'yida surgancha xayol,
Uni shoir qilib yaratdi hayot.
So'zni ko'ngil bilan terdi qirlardan,
Ko’zlarin qadagan tog’lar purviqor.
Daryolar mavjiga mudom jo'r bo'ldi.
“Vatanim manim” deb kuyladi ilk bor.
So’z ila qayradi nazmiy shamshirin,
Qalblarni zabt etdi she’rlarin kuchi.
Zarhal satrlarda dur kabi ma'no,
Yurt madhi yangradi ko’klarni quchib.
She'riyat osmonin bezagi bo’lgan,
Ul “Mitti yulduz”da baytlarin bitdi.
Ishq vasfin ta’riflab, ko'klam chog'ida
Muhabbat poyiga guldasta tutdi.
Shonli kunlarini yodimga olib,
Xotirlab yozganim shu bir parcha she'r
Mangu tiriklikning bayoti bo'lib
Qutlug' bir saharda ko'z ochdi shoir.
GULSEVAR UMRZOQOVA
A.Oripov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o’quvchisi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adabiyot_haftaligi
#Òzbekiston_Vatanim_manim
✅Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida òquvchi-yoshlarning bòsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Aktyorlik mahorati" to'garagi faoliyati òz samarasini kòrsatmoqda
🔰Abdulla Oripovning "Ranjkom" dramatik dostoni asosida tayyorlangan ushbu sahna kòrinishi ijod maktabining 8-9-sinf òquvchilari tomonidan ijro etildi
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
telegram| web sayt| facebook| youtube

#Abdulla_Oripov_tavalludining_82_yilligi
🔰Viloyat hokimligining taniqli yozuvchi, publitsist Hakim Sattoriy tavalludining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dastur-rejasiga asosan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Adabiyot mezonlari" nomli ijodiy davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda taniqli yozuvchi-shoirlar, jurnalistlar, ijodkor-yoshlar ishtirok etishdi.
⚡️ Tadbirni ijod maktabining direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova olib bordi.
📚 Davra suhbatini Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi rahbari Lola Saodatova kirish so'zi bilan ochib berib, viloyat hokimi Murotjon Azimovning tabrigini o'qib eshittirdi.
📌 Shuningdek, tadbirda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari G'ulom Abdiyev, Qarshi davlat universiteti professori Boynazar Yo'ldoshev so'zga chiqib, Hakim Sattoriy ijodiy faoliyati, yozgan asarlari haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi.
🔖 Ijod maktabining ijodkor-o'quvchilari she'riy chiqish va adabiy kompozitsiyani namoyish etishdi.
🕹 Davra suhbati davomida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Ma'naviyat fidoyisi" ko'krak nishoni sohibi, kecha qahramoni Hakim Sattoriy so'zga chiqdi.
🎙- Avvalo, bugun ulug' shoir nomi bilan ataluvchi ijod maktabiga tashrif buyurgan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi u. - Bu mening Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga birinchi bor kelishim. Bu ta'lim maskanining iste'dodli o'quvchilari bilan ulug' shoir tavalludi arafasida ko'rishib turganimdan juda mamnunman. Bu orada ustoz Abdulla aka Oripov haqida kitob yozdim. Nomi - "Yerda yulduz ko'rdim". Ustozning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi. Bu kitobdan ijod maktabi kutubxonasi uchun ham albatta olib kelganman. Shu o'rinda tadbirni tashkillashtirgan maktab rahbariyatiga, yoshlarga ta'lim berayotgan o'qituvchilarga va adabiyotimizning ertasi - ijodkor-o'quvchilarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
✔️ Tadbir so'nggida ijod maktabining direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova so'zga chiqib, Hakim Sattoriyning ijodiy faoliyatiga to'xtalib, unga ijod maktabi o'quvchilarining she'riy to'plamlari, bayozlaridan iborat kitoblar jamlanmasini taqdim etdi.
💥O'z navbatida, Hakim Sattoriy ham maktab kutubxonasi uchun bir qator kitoblarni hadya qildi.
📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

✅Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Òzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga bag'ishlab "Adabiyot haftaligi" davom etmoqda.

🔰Bu yil O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludiga 82 yil to'ladi. Shu munosabat bilan ulug' shoir tavalludi arafasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidagi shoir nomi bilan ataluvchi muzeyga ko'plab adabiyot muxlislari, yosh ijodkorlar, Abdulla Oripov ijodiga befarq bo'lmagan ko'plab she'riyat ixlosmandlari tashrif buyurishmoqda.
📚Xususan, Qamashi tumanidagi 17-maktabning o'qituvchisi Gulshoda To'xtayeva o'quvchilari bilan, Koson tumanidagi 54-maktabning o'qituvchisi Madina Salaydinova o'quvchilari bilan, Qarshi shahridagi 42-maktabning o'qituvchisi Ozoda To'rayeva o'quvchilari bilan va Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiya instituti o'qituvchisi Anvar Meyliyev Abdulla Oripov muzeyida bo'lib, shoirning ijodiy faoliyatiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, muzeyga harbiy qismlardan ham harbiylar tashrif buyurishmoqda.
📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🔰Bu yil O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludiga 82 yil to'ladi. Shu munosabat bilan ulug' shoir tavalludi arafasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidagi shoir nomi bilan ataluvchi muzeyga ko'plab adabiyot muxlislari, yosh ijodkorlar, Abdulla Oripov ijodiga befarq bo'lmagan ko'plab she'riyat ixlosmandlari tashrif buyurishmoqda.
📚Xususan, Qamashi tumanidagi 17-maktabning o'qituvchisi Gulshoda To'xtayeva o'quvchilari bilan, Koson tumanidagi 54-maktabning o'qituvchisi Madina Salaydinova o'quvchilari bilan, Qarshi shahridagi 42-maktabning o'qituvchisi Ozoda To'rayeva o'quvchilari bilan va Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiya instituti o'qituvchisi Anvar Meyliyev Abdulla Oripov muzeyida bo'lib, shoirning ijodiy faoliyatiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, muzeyga harbiy qismlardan ham harbiylar tashrif buyurishmoqda.
📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktabida_turk_tili
#Adabiyot_haftaligi
🇹🇷Avval xabar berganimizdek, mazkur o'quv yilidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida turk tili darslari ham yo‘lga qo‘yilgandi. Turkiyalik o‘qituvchi Bağci Cüneyt ushbu tilni o‘rganishni istovchi o‘quvchilarga dars berib kelmoqda.
✅O‘zbek va turk tillari turkiy tillarga mansub bo‘lib, o‘zaro umumiy ildizga ega. Tillarda katta farqlar deyarli uchramaydi. Turk tili o‘zbek tiliga juda o‘xshash, uni tushunish uchun tarjimonga ham ehtiyoj yo‘q, aslida. Bu ham, o‘z navbatida, o‘quvchining mazkur tilni o‘zlashtirishiga ko‘maklashadi.
📚Maktabning 9-sinf o'quvchilari Abdulla Oripovning "O'zbekiston - Vatanim manim" sheʼrini turk tiliga tarjima qilib, uni ifodali tarzda o'qishdi.
✔️Turk tili o'qituvchisi Bağci Cüneyt buyuk shoir Abdulla Oripov ijodi, ijod maktabidagi taassurotlari, maktabdagi ta'lim-tarbiya jarayonlari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
KO‘NGIL KO‘ZLARINI OCHUVCHI SHE’R
Sharq – bashariyat tamaddunining beshigi, ilm-fan va madaniyat o‘chog‘i, tafakkur va taraqqiy ma’vosi, iymon va irfon maskanidir. Lekin, taassuflar bo‘lsinki, ma’rifat o‘rnini xurofot egallagani bois keyingi to‘rt-besh asrda uloq G‘arbda ketdi. Sharq tanazzulga ketgani sayin G‘arb taraqqiyot cho‘qqilari sari yuksala bordi. Bu hol Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat kabi jadid bobolarimizni nechog‘liq iztirobga solgan bo‘lsa, zamonamizning ulug‘ shoiru adiblari qalbini ham shu qadar o‘rtagan. “Sharq qismati” she’ri millatning buyuk shoiri Abdulla Oripov qalbidagi cho‘ng dardning, chuqur hasratning ifodasi o‘laroq ijod etilgan. She’rda iymon va e’tiqod (“Sharqlikman, emasman yo‘lidan ozgan”), yuksak estetik tafakkur (“San’atga o‘rayman aytar so‘zimni”), taraqqiyot uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lsa ham, tanazzul iztirobini tortishga mahkum etilganimiz (“Yo‘limni muttasil to‘sdi xurofot”, “Boshqalar yaratdi, men esa tun-kun, Unga maftunlikdan aylamadim or”), yer osti va yer usti boyliklaridan zarur darajada foydalana bilmaslik (“Boylik qazib oldim yerning ostidan, Tugab qolishini o‘ylamay aslo”), fikru zikri faqat to‘y-hasham bo‘lib, o‘zligini unutish (“To‘y qilib, ayrilgan bor bisotidan, Noshud boyvachchaning o‘ziman go‘yo”) – xullas Sharq dardi, Vatan va millat qismati o‘tli satrlar orqali talqin qilingan. Taraqqiyotga erishmoq uchun Sharqning shuhrat-shonini ta’min etgan buyuk daholar yo‘lini tutmoq, ulug‘ avliyo bobolarning ezgu duolariga tayanmoq zarurligi haqidagi xulosa barcha zamonlar uchun ahamiyatlidir.
Ushbu she’rni shoirning o‘zi o‘qigani, ayniqsa, qimmatlidir. Chunki Abdulla Oripov she’rni nechog‘lik yuksak fasohat va balog‘at namunasi sifatida ijod etsa, shunchalik yuksak mahorat bilan o‘qir edi. Ana shu tarixiy lahzalarni videotasvir orqali she’riyat muhiblariga yetkazgan “Favvorafilm” kinostudiyasi rahbari, qadrdon og‘amiz Keldiyor Xo‘jayorovga hamda kinostudiya ijodkorlariga minnatdorlik bildiramiz. Tinglovchilarning ko‘ngil ko‘zlarini ochadigan, adabiyot muhiblari tafakkuriga chaqmoqdek ta’sir etadigan she’rning ustoz Abdulla Oripov o'qigan videosini siz azizlarning e’tiboringizga havola etishdan mamnunmiz.
Nurboy Jabborov

🔰Har yilgi an'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligi munosabati bilan "Adabiyot haftaligi" o'tkaziladi. Albatta, bu galgi haftalik o'ziga xos yangiliklarni o'z ichiga oladi.
⏩ Xususan "Adabiyot haftaligi"da:
➖1-haftada Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid yaratilgan ijodiy asarlar, publitsistik maqolalar;
➖2-haftalikda shoir asarlarining jahon adabiyotiga qo'shgan hissasi, ya'ni ijodiy asarlarining turli tillarga tarjima qilingani;
➖3-haftalikda shoirning milliy adabiyotimizdagi ahamiyati.
➖4-haftalikda she'rlari, dostonlari tahlili.
⚡️Mazkur "Adabiyot haftaligi" nafaqat ijod maktabi o'quvchilari uchun balki Abdulla Oripov ijodiga qiziquvchi barcha uchun foydali adabiy kechalar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, "Mahorat dars"lariga boy bo'ladi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

#Nazmiy_tarjima
#Adabiyot_haftaligi
Muallim
Abdulla Oripov she’ri
Shoirga dedilar: – Siz – baxtli inson,
El-yurt ardoqlaydi, hamma taniydi.
Shoir javob berdi: – Menda bir armon,
Muallim desalar meni, qaniydi.
Translated by Norqulova Marjona
They told the poet: "You are so happy"
You are known and valued by everyone,
And the poet replied them kindly:
"I wish i were called a teacher by someone ".
Abdulla Oripov ijod maktabining bitiruvchisi Norqulova Marjona

#Nazm
#Adabiyot_haftaligi
ABDULLA ORIPOV
QASHQADARYODAN...
Deydilar,chaqnagan qaysi yurt erur,
Buyuk Sohibqiron sochgan ziyodan.
Javob berdilarki, hech so'nmas bu nur,
Taralgan eng avval Qashqadaryodan.
Dedilar, qaysi el bedor doimo,
Zavq olar mehnatdan, suluv dunyodan.
Javob berdilarki, shoir, ulamo,
San'atkorlar chiqqan Qashqadaryodan.
Dedilar, jahonga buyuk yurtboshi ,
Parvoz aylagandi qaysi ma'vodan.
Javob berdilarki,
Hurlik quyoshi qalqqandi dastavval Qashqadaryodan,
Dastavval, dastavval
Qashqadaryodan!

Sandiqdan chiqqan qaldirgʻochlar
Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori Yangi Oʻzbekistonimiz adabiy-ijtimoiy hayotidagi tarixiy voqea boʻldi. Ushbu qarorda “Abdulla Oripovning betakror ijodiy merosi, uning Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuygʻusini, olijanob insoniy fazilatlarni madh etgan yetuk badiiy asarlari, sermazmun hayotiy va ijtimoiy faoliyatining xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos oʻrni va ahamiyati” alohida taʼkidlangani bejiz emas.
Hayotbaxsh hujjat sharofati bilan ulugʻ ustozlarimizning shu paytga qadar ochilmay yotgan sandiqlaridagi qoʻlyozmalar yuzaga chiqdi.
Oq-qora qoʻlyozmalar, qoralamalar. Shom va tong misol, Abdulhamid Choʻlponning kecha va kunduzi yangligʻ, tun va kunga monand qora-oq, oq va qora qoʻlyozmalar, qoralamalar. Shoirlik umrining tong va shomlari, qalb va ruh kechinmalarining kecha va kunduzlari, tun va kunlari. Oq-qora ranglarda, qora-oq ranglardagi sogʻinchlar, iztiroblar, orzu va niyatlar, diydor va ayriliqlar. Kamol deysizmi, zavol deysizmi, xobu xayol va yo hajru visol deysizmi – barcha tashbeh va iqtibosingizga mos va muvofiq kelaveradi. Alisher Navoiy bobomizning bedor qalbi bilan izohlaganda, “Mening firoqimu oning visoli tun bila tong”, Gʻafur Gʻulom tili bilan aytganda, “Mening zavolimu oning kamoli tun bila tong”, misrasi oʻsha mustabid tuzumlarning avzoyi bilan bagʻoyat uyqash va oʻxshash...
Biz bugun Yangi Uygʻonish zamoni, Yangi Oʻzbekistonda yashayapmiz.
Adiblar xiyobonidagi ustoz Abdulla Oripovning muhtasham haykali poyida oʻtkazilgan katta adabiy-maʼrifiy anjumanda taniqli ijodkorlardan biri barchani qutlugʻ ayyom bilan tabriklar ekan, juda oʻrinli va chiroyli lutf qildi: “Bahor ayyomi, sheʼriyatimiz Navroʻzi bugun emas, aslida Prezidentimiz qarori bilan bundan uch-toʻrt oy avval allaqachonlar boshlanib boʻlgan edi...”
Shu latif iqtibosdan aytish mumkinki, ustozimiz sandigʻidagi qoʻlyozmalar ham vijir-vijir qaldirgʻochlar misoli nazmimiz osmonida ozod, erkin parvoz eta boshladilar.
Ustoz Abdulla Oripov:
Men ham yashayapman oʻz zamonimda,
Davrimdan qayga ham tushardim yiroq, –
deb yozarkan, ikki misragina sheʼrda oʻsha ogʻir davrlarga ishora qilganini yurak-yurakdan his etamiz.
Bahor ham oʻz-oʻzidan kirib kelmaydi, albatta. Qaldirgʻochlar bekorga yurt osmoni toʻldirib uchmaydi. Sinov va imtihonlarga, quvonchu sogʻinchlarga toʻliq qishimiz ham, bahorimiz ham oʻzimizniki, tashvishimiz-yumushimiz ham shu el, shu Vatan bilan, elning tinchi va saodati bilan birga va baqamti. Ustozning oʻzlari, “Sening visolingdan quvonmay nega, Bahor, sogʻintirding axir koʻp uzoq”, deganlariday, tabiatning ham, yeru koinotning ham oʻz qonun-qoidalari va oʻlchamlari bordirki, shu qonuniyatga binoan barchasi oʻz vaqti-soati bilan joy-joyiga tushmogʻi muqarrar. “Qarshi qoʻshigʻi”da shunday satrlarni oʻqiymiz:
Lekin uning bahori, o, sen choʻllar bahori,
Sogʻintirgan onamning diydori senday shirin.
Erta kun qovjirashdan boʻlsa ham dilda zori,
Lola labi xandonu tubda dogʻi yashirin.
Abdulla akaning ijodiy-adabiy merosi.
Ustoz Abdulla Oripovning betakror adabiy merosi...
“Meros” deyishga ham til bormaydi – qaysi tomondan kelmang “adabiy” jumlasi “abadiy”ga evrilib boraveradi.
Navoiy hazratlari haqida faxr bilan gapirar ekan, Abdulla aka moʻjazgina bir toʻrtlikda butun mangulikni singdira olgan edi:
Abadiyat bilan qay soʻz egizak,
Balki yaxshi orzu, yaxshi niyatdir?
Mangulik anglanar Navoiy desak,
Navoiyning oʻzi Abadiyatdir.
Ozod domlaning iborasi bilan aytadigan boʻlsak, satrlar tirik, ular nafas olyapti, koʻklam chogʻi gupurib-ufurib gullayotgan nayson nihollari yangligʻ boʻy taratyapti, ifor sochyapti. Asl sheʼriyatning aslligi ham hayotiyligi va hayotbaxshligida emasmi.
Sandiqdan chiqqan qaldirgʻochlar
Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori Yangi Oʻzbekistonimiz adabiy-ijtimoiy hayotidagi tarixiy voqea boʻldi. Ushbu qarorda “Abdulla Oripovning betakror ijodiy merosi, uning Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuygʻusini, olijanob insoniy fazilatlarni madh etgan yetuk badiiy asarlari, sermazmun hayotiy va ijtimoiy faoliyatining xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos oʻrni va ahamiyati” alohida taʼkidlangani bejiz emas.
Hayotbaxsh hujjat sharofati bilan ulugʻ ustozlarimizning shu paytga qadar ochilmay yotgan sandiqlaridagi qoʻlyozmalar yuzaga chiqdi.
Oq-qora qoʻlyozmalar, qoralamalar. Shom va tong misol, Abdulhamid Choʻlponning kecha va kunduzi yangligʻ, tun va kunga monand qora-oq, oq va qora qoʻlyozmalar, qoralamalar. Shoirlik umrining tong va shomlari, qalb va ruh kechinmalarining kecha va kunduzlari, tun va kunlari. Oq-qora ranglarda, qora-oq ranglardagi sogʻinchlar, iztiroblar, orzu va niyatlar, diydor va ayriliqlar. Kamol deysizmi, zavol deysizmi, xobu xayol va yo hajru visol deysizmi – barcha tashbeh va iqtibosingizga mos va muvofiq kelaveradi. Alisher Navoiy bobomizning bedor qalbi bilan izohlaganda, “Mening firoqimu oning visoli tun bila tong”, Gʻafur Gʻulom tili bilan aytganda, “Mening zavolimu oning kamoli tun bila tong”, misrasi oʻsha mustabid tuzumlarning avzoyi bilan bagʻoyat uyqash va oʻxshash...
Biz bugun Yangi Uygʻonish zamoni, Yangi Oʻzbekistonda yashayapmiz.
Adiblar xiyobonidagi ustoz Abdulla Oripovning muhtasham haykali poyida oʻtkazilgan katta adabiy-maʼrifiy anjumanda taniqli ijodkorlardan biri barchani qutlugʻ ayyom bilan tabriklar ekan, juda oʻrinli va chiroyli lutf qildi: “Bahor ayyomi, sheʼriyatimiz Navroʻzi bugun emas, aslida Prezidentimiz qarori bilan bundan uch-toʻrt oy avval allaqachonlar boshlanib boʻlgan edi...”
Shu latif iqtibosdan aytish mumkinki, ustozimiz sandigʻidagi qoʻlyozmalar ham vijir-vijir qaldirgʻochlar misoli nazmimiz osmonida ozod, erkin parvoz eta boshladilar.
Ustoz Abdulla Oripov:
Men ham yashayapman oʻz zamonimda,
Davrimdan qayga ham tushardim yiroq, –
deb yozarkan, ikki misragina sheʼrda oʻsha ogʻir davrlarga ishora qilganini yurak-yurakdan his etamiz.
Bahor ham oʻz-oʻzidan kirib kelmaydi, albatta. Qaldirgʻochlar bekorga yurt osmoni toʻldirib uchmaydi. Sinov va imtihonlarga, quvonchu sogʻinchlarga toʻliq qishimiz ham, bahorimiz ham oʻzimizniki, tashvishimiz-yumushimiz ham shu el, shu Vatan bilan, elning tinchi va saodati bilan birga va baqamti. Ustozning oʻzlari, “Sening visolingdan quvonmay nega, Bahor, sogʻintirding axir koʻp uzoq”, deganlariday, tabiatning ham, yeru koinotning ham oʻz qonun-qoidalari va oʻlchamlari bordirki, shu qonuniyatga binoan barchasi oʻz vaqti-soati bilan joy-joyiga tushmogʻi muqarrar. “Qarshi qoʻshigʻi”da shunday satrlarni oʻqiymiz:
Lekin uning bahori, o, sen choʻllar bahori,
Sogʻintirgan onamning diydori senday shirin.
Erta kun qovjirashdan boʻlsa ham dilda zori,
Lola labi xandonu tubda dogʻi yashirin.
Abdulla akaning ijodiy-adabiy merosi.
Ustoz Abdulla Oripovning betakror adabiy merosi...
“Meros” deyishga ham til bormaydi – qaysi tomondan kelmang “adabiy” jumlasi “abadiy”ga evrilib boraveradi.
Navoiy hazratlari haqida faxr bilan gapirar ekan, Abdulla aka moʻjazgina bir toʻrtlikda butun mangulikni singdira olgan edi:
Abadiyat bilan qay soʻz egizak,
Balki yaxshi orzu, yaxshi niyatdir?
Mangulik anglanar Navoiy desak,
Navoiyning oʻzi Abadiyatdir.
Ozod domlaning iborasi bilan aytadigan boʻlsak, satrlar tirik, ular nafas olyapti, koʻklam chogʻi gupurib-ufurib gullayotgan nayson nihollari yangligʻ boʻy taratyapti, ifor sochyapti. Asl sheʼriyatning aslligi ham hayotiyligi va hayotbaxshligida emasmi.
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
🔰Har yilgi an'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligi munosabati bilan "Adabiyot haftaligi" o'tkaziladi. Albatta, bu galgi haftalik o'ziga xos yangiliklarni o'z ichiga oladi.
⏩ Xususan "Adabiyot haftaligi"da:
➖1-haftada Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid yaratilgan ijodiy asarlar, publitsistik maqolalar;
➖2-haftalikda shoir asarlarining jahon adabiyotiga qo'shgan hissasi, ya'ni ijodiy asarlarining turli tillarga tarjima qilingani;
➖3-haftalikda shoirning milliy adabiyotimizdagi ahamiyati.
➖4-haftalikda she'rlari, dostonlari tahlili.
⚡️Mazkur "Adabiyot haftaligi" nafaqat ijod maktabi o'quvchilari uchun balki Abdulla Oripov ijodiga qiziquvchi barcha uchun foydali adabiy kechalar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, "Mahorat dars"lariga boy bo'ladi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Adabiyot_haftaligi
🔰Har yilgi an'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligi munosabati bilan "Adabiyot haftaligi" o'tkaziladi. Albatta, bu galgi haftalik o'ziga xos yangiliklarni o'z ichiga oladi.
⏩ Xususan "Adabiyot haftaligi"da:
➖1-haftada Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid yaratilgan ijodiy asarlar, publitsistik maqolalar;
➖2-haftalikda shoir asarlarining jahon adabiyotiga qo'shgan hissasi, ya'ni ijodiy asarlarining turli tillarga tarjima qilingani;
➖3-haftalikda shoirning milliy adabiyotimizdagi ahamiyati.
➖4-haftalikda she'rlari, dostonlari tahlili.
⚡️Mazkur "Adabiyot haftaligi" nafaqat ijod maktabi o'quvchilari uchun balki Abdulla Oripov ijodiga qiziquvchi barcha uchun foydali adabiy kechalar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, "Mahorat dars"lariga boy bo'ladi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
Abdulla Oripov
ONA SAYYORA
Qarshimda yer sharin surati turar
Salmogʻi Quvaning anoricha bor.
Tim qora osmonda porlab koʻrinar,
Shu jajji sayyora koʻrkam, ulugʻvor.
Unga boqamanu ushlayman yoqa,
Nahot shu koʻrganim rost boʻlsa, nahot?
Nahotki yerimiz shu kichik soqqa ?
Nahotki biz shunga jo boʻlsak, hayhot!..
Ummonlar koʻrinar qatra yosh misol,
Chigit uvogʻicha kelmas togʻlar ham.
Qitʼalar, dengizlar aftoda bir hol,
Bari bir nuqtaga boʻlib olmish jam.
Nabilar, rasullar, dohiylar unda,
Qabrlar, qasrlar turgandir qator.
Balki xuv koʻringan moviy toʻlqinda
Suv ichgan goʻdakning naasi ham bor.
Quloqqa chalinar otlar dupuri,
Sor burgut oʻzini oʻljaga urar.
Sharqda choʻpon yoqqan gulxanning nuri
Shimol sayhiga koʻrinib turar.
Ana, Himoloyning bagʻrida bir qiz,
Yelkada koʻzasi - borar buloqqa.
Sohilda uchrashdi ikki qalb yolgʻiz,
Shivir-shivirlari kelar quloqqa.
O, ona sayyora, kurrai qutlugʻ,
Samodan suvrating ilk bora koʻrdim,
Havoyi bir xayol sehri emas, yoʻq,
Farzand mehri bilan men boqib turdim.
Kun kecha emasmi, xislating sanab,
Sheʼr yozib yurardim senga parvona.
Bu kun suvratingga soʻzsiz bosdim lab,
Shu senmi, yolgʻizim, shu senmi, ona...
Falakda bir oʻzing turibsan hayron,
Nahot sen boʻlmasang bunchalar tanho,
Sinnangga yopishgan farzanding - inson
Beva bagʻridagi yetimday goʻyo...
Qayga ketmoqdasan bunchalar shoshib?
Orom istaysanmi koʻkda ovora?
Balki farzandingni koʻksingga bosib
Yigʻlab ketmoqdasan, ona sayyora...
Farzandlaring bordir sonsiz-sanoqsiz.
Vo ajab, qadringni gohida bilmas.
Ular-ku qoshingda changday salmoqsiz,
Lekin bagʻringga ham siqqisi kelmas.
Osmon torlik qilgan gala chumchuqdek
Makon talashadi goho betartib.
Sen-chi, mehvaringda aylanasan tek,
Yaxshi-yu yomonni yelkangda ortib.
Sening yuragingda laxta-laxta qon,
Siynang nimalardan boʻlmagan pora.
Qaygʻu-hasratlaring barchasi ayon,
O, buncha dardkashsan, ona sayyora.
Sen hozir suratsan koʻzim oʻngida,
Eshita bilmassan soʻzimni balkim.
Bir zumlik bezovta oʻylar soʻngida
Yana ruxsoringga tikilaman jim.
Bir yonda lojuvard Bahri Muhit bor,
Bir yonda zaʼfaron Sahroi Kabir.
Bir yonda oq sochli togʻlar purviqor
Sening toleingga oʻqiydi takbir.
Ellar toʻzgʻib yotar gul yaprogʻidek,
Bir yon shoh-u gado, bir yon doʻst, gʻanim.
Bir yonda xayoliy Eram bogʻidek
Buyuk va betimsol mening Vatanim.
U mening koʻzimda hilolday mahvash,
Oftob kelar faqat uning qoshiga.
O, ona sayyora , bagʻringni poklash
Mening vatanimning tushgan boshiga.
Uning quchogʻida gʻamdan yoʻq nishon,
U yerda tentimas iblis xayoli.
U yerda doʻstlikni ulugʻlab inson,
Takallum qiladi qumri misoli.
Yillar oʻtar, balki oʻtar koʻp zamon,
Yer yuzi chulgʻanar baxtga, chamanga.
Agar dardlaringga boʻlolsa darmon,
Ruhim fido boʻlsin shunday vatanga.
Men ham bir oʻgʻlingman, ona sayyora,
Bagʻring men uchun ham xoki pok boʻlsin.
Toleing toabad boʻlmasin qora,
Manglaying oq boʻlsin, yarqiroq boʻlsin.
1969

#Toʻgarak_faoliyati
Извини, мой стих
Прости меня, прости, стих мой
Я устал, вянул пройдя годы.
Бывают моменты, когда я не твой
Не мог защитить тебя, увы!
Когда воды мало -- выкопал колодец,
Успеха добился -- стал молодец.
Люди утопили меня и там
В тот колодец, который копал сам.
Kechir, she'rim
Kechir she'rim, kechirgin meni
Yillar o‘tib, charchadim, toldim.
Shundau paytlar bo‘ladiki, seni
Muhofaza qilolmay qoldim.
Quduq qazdim, suv tanqis damlar,
Erishdim ham balki yutuqqa
Cho‘ktirdilar lekin odamlar
O‘zim qazgan o‘sha quduqqa.
✍️Ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Jahongirova Gulsanam tarjimasi

IJOD MAKTABI O'QUVCHILARI ABDULLA ORIPOV TUG'ILIB O'SGAN YURT BO'YLAB SAYOHAT QILISHDI
🔰 Neko'z - Koson tumanidagi shoir tugʻilib o'sgan qishloq, kindik qoni toʻkilgan makon. “Nekoʻz” moʻjazgina qishloq boʻlib, shoirning bolalik damlari kechgan, unga ilhom baxsh etgan soʻlim maʼvo bagʻridagi joy.
📚Bugun "Adabiyot haftaligi" doirasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning Qarshi shahrida istiqomat qilgan uy va tahsil olgan Koson tumanidagi Neko'z qishlog'iga sayohat uyushtirishdi.
✔️Ularga ijod maktabining muzey xodimi Feruza O'roqova, tarbiyachilar - Ma'mura Samadova, Bahodir Berdiyev, Tursunova Lobarlar hamrohlik qilishdi.
❇️ Dastavval o'quvchilar Qarshi shahridagi Abdulla Oripov yashagan uyda bo'lishdi, so'ng tahsil olgan 44-maktab va u yerda Abdulla Oripov hayoti hamda ijodidan so'zlovchi muzeyda bo'lishdi.
⏩ O'quvchilar ushbu sayohatdan olam-olam taassurot olishdi. Bu sayohat shoir ijodini yanada o'rganishga chorlaydigan jarayon bo'ldi.
✅ Bir haqiqat mavjud - isteʼdod sohibini dastavval, qishlogʻi mashhur qilsa, u xalqqa manzur boʻlgandan keyin, qishlogʻining dovrug'ini yoyadi. Biz Nekoʻz, Abdulla Oripov o'qigan maktabni izlab borganimizda Abdulla Oripovni qishlogʻi qayerda deb soʻrasak, yetti yoshdan yetmish yoshgacha darhol koʻrsatishdi. Bu chinakam baxt emasmi? Nekoʻz hayratimiz sababigina emas, balki u yerda Abdulla Oripovning ruhi kezib yurgandek, bir-biridan ajib she'rlarini so'zlab yurgandek tuyuladi.

|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram

Abdulla ORIPOV
Koʻpdan kutgan edim orziqib, mana,
Bulutlar tarqaldi toʻkishib koʻz yosh.
Xayolim osmonday yorishdi yana,
Yorugʻ kunlarimday porladi quyosh.
Shoshqin daryolarning zangordir labi,
Shamollar oʻynaydi yiroq-yiroqda.
Yurgil, sayr etaylik, yurgil, malagim,
Dunyo tashvishlari qolsin uzoqda.
Koʻryapsanmi, qanday yasharmish olam,
Beparvo goʻdakday jilmayadi jim.
Goʻdagim, bu chiroy qaytmaydi hecham,
Qaytmagani kabi mening yoshligim.
Bugun bosh ustingda yashnagan yaproq
Shovullab toʻkilar erta poyingga.
Bu uchqur yoʻlovchi solmaydi quloq
Sening iltimosing, sening raʼyingga.
Xazonli avgustning biror oqshomi
Uni koʻrarsanmi tushingda takror?!
Mayliga, oʻzgadir kuzning ilhomi,
Bugun-chi koʻz tashla: atrofda bahor!
Qani, qoʻlginangni bergil jimgina,
Shu maʼsum yoʻlchiga qoʻyaylik ixlos.
Shoirlar aldaydi bizni, jonginam,
Bahor doim emas, uch oydir, xolos...
1965