Toshkent viloyati sport boshqarmasi
3.11K subscribers
43K photos
4.38K videos
67 files
12.8K links
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: [email protected]
e-xat: [email protected]
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Download Telegram
#boks

🔥 Boks bo'yicha o'tkazilgan Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 10-o'rinni egalladi Kuba yetakchi!

Bizni kanal👇👇👇
@MOQTVB
#Boks

Toshkent tumanidagi BO'SM da bo'lib o'tayotgan ochiq chempionat yakunlandi

📌 Joriy yilning 6-7 va 8-yanvar kunlari Toshkent viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasiga qarashli Toshkent tumani Bolalar-o'smirlar sport maktabida 2007-2012 yillardagi yoshlar o'rtasida Boks sport turidan BO'SM ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi.

📌3-kun davom etgan musobaqada Andijon, Jizzax, Qashqadaryo va yana boshqa viloyat tumanlardan 200 dan ortiq sportchilar ishtirok etib kuchlilar saralanib olindi. Janglarda g'olib bo'lgan sportchilarga diplom medal va estalik sovg'alar topshirildi.
🔥1
#boks
#Chirchiq_sh

🔰2022 йил 20-25 апрель кунлари Тошкент вилояти Чирчиқ БЎСМ гимнастика залида Чирчиқ шаҳар Болалар-ўсмирлар спорт мактаби ҳамда Тошкент вилояти бокс федерацияси ҳамкорлигида Бокс спорт туридан 2004-2005 йилларда туғилган ўсмирлар ўртасида Халиляев Раип Халиляевич хотирасига бағишланган Тошкент вилояти очиқ биринчилиги мусобақаси бўлиб ўтди.

Мусобақада Қозоғистон, Тожикистон, Қирғизистондан спортчилар иштирок этди. Мусобақада 200 нафардан ошиқ спортчилар юқори натижалар учун кураш олиб бордилар.

Бизнинг канал
https://t.iss.one/toshvil_sport
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#boks

Elnur Abduraimov vs Manuel Korrea

To‘liq jang!

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
👍2
#Boks

📌 Joriy yilning 14-17 May kunlari Toshkent viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent tumani Bolalar-o'smirlar sport maktabida Boks sport turi bo'yicha 2007-2008, 2009-2010, 2011-2012 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida "Ustozlarni xotirlab" deb nomlangan Toshkent tumani BO'SM ochiq chempionati bo'lib o'tmoqda.

📌Sportchilarni saralab olayotgan musobaqada Qirg'iziston Respublikasi va bir qancha tuman, viloyatlardan 300 ga yaqin sportchilar ishtirok etishmoqda.

Bizning kanal

https://t.iss.one/toshvil_sport
#Boks
#hokim_kubogi

🔰Joriy yilning 22-26-may kunlari Hududlarda yoshlarning boksga boʻlgan qiziqishini orttirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash maqsadida Olmaliq shahrida boks boʻyicha Toshkent viloyat hokimi kubogi ochiq chempionati boʻlib oʻtdi.

🥊Unda 13 ta vazn toifasida viloyat va respublikaning barcha hududlaridan saralangan 124 nafar bokschilar gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

❇️Musobaqada bevosita bokschilarini taqdirlash uchun Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan trener Toʻlqin Qilichev, Rahmatjon Roʻzioxunov va Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi Rustam Bobokulov ishtirok etishdi.

🔸Musobaqani vazn toifalariga koʻra

51-kg Yoʻldoshev Avazjon RKOR (Respublika Olimpiya zaxiralar kolleji)
57-kg Doniyorov Madiyor RKOR
60-kg Taganbayev Aydos Toshkent viloyati
63.5-kg Yunusaliyev Shahboz Toshkent viloyati
67-kg Kenjayev Shohruxbek Andijon viloyati
71-kg Asadullayev Xavasbek Andijon viloyati
75-kg Qodirboyev Sherzod RKOR
80-kg Qirgʻizboyev Begali Andijon viloyati
86-kg Raxmonberdiyev Sardor Toshkent viloyati
92-kg Rajabov Abdulla Toshkent viloyati
Shohsupaning yuqori oʻrnini egallab gʻoliblikni qoʻlga kiritishdilar.

🔸Umumjamoa hisobida
1) Toshkent viloyati
2) Andijon viloyati
3) RKOR
bokschilari birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Bizning kanal
https://t.iss.one/toshvil_sport
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#boks

🥊 Humo arenada "Lift promotions" tomonidan tashkil etilgan Boks oqshomi davom etmoqda!

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
#Boks

📷

👉 Hasanboy Do‘smatov JCh-2023ning eng yaxshi bokschisi

👉 JCh-2023ning barcha chempionlari bitta suratda

👉 Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan hamyurtlarimiz

👉 O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2023ning eng yaxshi jamoasi
#Boks_MMА_Qiziqarli!

Taniqli aktyor Dueyn Jonson uy sovgʼa qilgan UFC jangchisi oʼzi kim?

Uning hisobida bor yoʼgʼi 7 dollar pul qolgandi...

Аktyor va WWE yulduzi Dueyn Jonson UFC jangchisi Temba Gorimboga uy sovgʼa qildi. Nega Jonson oʼzi uchun notanish boʼlgan sportchiga bunday hadyani amalga oshirdi? Sababi, UFC oʼtganidan soʼng Gorimbo sport zalida yashagan va uning hisobida bor yoʼgʼi 7 dollar qolgandi. U ayrim jihozlarni sotdi, ammo uni Аfrikadagi qishlogʼining quduq qurulishiga sarfladi. Temba Zimbabveda tugʼilgan, keyinroq АQShga koʼchib oʼtgan va hozir 32 yoshda. U fevralь oyida promoushendagi debyutini magʼlubiyat bilan boshladi hamda may oyida ikkinchi jangini oʼtkazib, unda gʼolib boʼldi.

“Fevraldagi magʼlubiyatdan keyin bu juda qiyin boʼldi. Аgar siz ham men kabi UFC aʼzosi boʼlsangiz, jang uchun 10 000 dollar va gʼalaba uchun 10 000 dollar olish huquqiga egasiz. Siz menejerga 30 foiz soliq va 10 foiz gonorar toʼlashingiz lozim. Mendan parvozlar va mehmonxonalar uchun 2 000 dollar yechib olishdi, mabodo yutqazib qoʼyganimda uyimga pulsiz qaytardim”, deydi Gorimbo debyut gʼalabasidan keyin.

Sato bilan dueldan oldin uning hisobida 7 dollar mavjud edi va murabbiyi Daniel Valьverde bilan MMA Masters zalidagi gilamchalarda uxlagan. Baʼzida uni taniqli UFCjangchisi Kolbi Kovington oziq-ovqatlar bilan taʼminlab turgan. Ilk gʼalabasidan soʼng Temba 7 000 dollarlik asbob-uskunalarni sotdi, lekin uy topish uchun emas, balki boshqa odamlar yaxshiroq yashashi uchun Zimbabvedagi qishlogʼidagi quduqqa sarfladi. “Oʼz vaqtida menda ham 7 dollar bor edi va men ham jangda ishtirok etganman, senga yordam beraman, uka”, deb unga dalda bergandi taniqli aytyor Dueyn Jonson.

“Jonson 2012 yilda Seven Bucks studiyasiga asos solgan. Men va u Seven Bucksning yigitlarimiz. Oʼylaymnki, endi yetti men uchun baxtli raqam ekanligini bilasiz”, deydi Grimbo. Bu ikki shaxsning uchrashuvi Temba Mayamidagi sport zalida intervьyu berayotgan chogʼida sodir boʼldi. Suhbat davomida Jonson uning ortidan yaqinlashib, u bilan quchoqlashib koʼrishdi. Oʼsha lahzada Grimbo yigʼlab yubordi, chunki uning orzularidan biri amalga oshgandi. Tanishuvning asosiy omili uy edi...
Gorimbo 13 yoshida ota-onasini yoʼqotgan.

16 yoshidan pul topish uchun noqonuniy ravishda dalalarda olmos qazigan. Zimbabvedan Janubiy Аfrikaga qochib ketgan va qoʼlga olinib, oʼz yurtiga deportatsiya qilingan.
“Ilgari odamlar politsiyadan qochib, mening koʼz oʼngimda oʼldirilgan. Lekin kimdir menga birinchi marta pichoq tortdi. Janubiy Аfrika chegarasini kesib oʼtsangiz, siz nafaqat politsiya, balki jinoyatchilar uchun ham oʼljaga aylanasiz. Ular chegaradan oʼtgan odamlarning pullari koʼp deb oʼylashadi. Oʼshanda jinoyatchilar bizni koʼrib, tuzoqqa ilintirishdi. Men katta pichoqni koʼrib, hushimdan ketganimni eslayman. Yerga yiqildim, qolganlar esa qochib ketdi. Oʼzimga kelgach, meni oʼldirib qoʼymasliklari uchun politsiyaga murojaat qilmoqchi edim, ammo doʼstim meni fikrimdan qaytardi. ”Hech qachon orqaga qaytmaslik” filmi orqali MMАga oshiq boʼlib qolganman hamda 19 yoshimdan boshlab ushbu jang sanʼati bilan shugʼullanib kelganman. Oradan 3 oy oʼtib, birinchi jangimda nokaut bilan gʼolib boʼldim”, deya eslaydi qahramonimiz.

Xorijiy saytlar asosida Xabib Joʼraboev tayyorladi

🛒https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида барпо этилган бокс бўйича Баҳодир Жалолов спорт маҳорати мактабини бориб кўрди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил школу спортивного мастерства по боксу Баходира Джалолова, построенную в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #tanishiv #maktab #boks

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3
#boks

🥊 Boks bo'yicha O'zbeksiton terma jamoasi birinchi bo'lib, to'liq tarkibda Parij-2024 Olimpiada yo'llanmalarini naqd qildi!

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
👍71