#Boks_MMА_Qiziqarli!
Taniqli aktyor Dueyn Jonson uy sovgʼa qilgan UFC jangchisi oʼzi kim?
Uning hisobida bor yoʼgʼi 7 dollar pul qolgandi...
Аktyor va WWE yulduzi Dueyn Jonson UFC jangchisi Temba Gorimboga uy sovgʼa qildi. Nega Jonson oʼzi uchun notanish boʼlgan sportchiga bunday hadyani amalga oshirdi? Sababi, UFC oʼtganidan soʼng Gorimbo sport zalida yashagan va uning hisobida bor yoʼgʼi 7 dollar qolgandi. U ayrim jihozlarni sotdi, ammo uni Аfrikadagi qishlogʼining quduq qurulishiga sarfladi. Temba Zimbabveda tugʼilgan, keyinroq АQShga koʼchib oʼtgan va hozir 32 yoshda. U fevralь oyida promoushendagi debyutini magʼlubiyat bilan boshladi hamda may oyida ikkinchi jangini oʼtkazib, unda gʼolib boʼldi.
“Fevraldagi magʼlubiyatdan keyin bu juda qiyin boʼldi. Аgar siz ham men kabi UFC aʼzosi boʼlsangiz, jang uchun 10 000 dollar va gʼalaba uchun 10 000 dollar olish huquqiga egasiz. Siz menejerga 30 foiz soliq va 10 foiz gonorar toʼlashingiz lozim. Mendan parvozlar va mehmonxonalar uchun 2 000 dollar yechib olishdi, mabodo yutqazib qoʼyganimda uyimga pulsiz qaytardim”, deydi Gorimbo debyut gʼalabasidan keyin.
Sato bilan dueldan oldin uning hisobida 7 dollar mavjud edi va murabbiyi Daniel Valьverde bilan MMA Masters zalidagi gilamchalarda uxlagan. Baʼzida uni taniqli UFCjangchisi Kolbi Kovington oziq-ovqatlar bilan taʼminlab turgan. Ilk gʼalabasidan soʼng Temba 7 000 dollarlik asbob-uskunalarni sotdi, lekin uy topish uchun emas, balki boshqa odamlar yaxshiroq yashashi uchun Zimbabvedagi qishlogʼidagi quduqqa sarfladi. “Oʼz vaqtida menda ham 7 dollar bor edi va men ham jangda ishtirok etganman, senga yordam beraman, uka”, deb unga dalda bergandi taniqli aytyor Dueyn Jonson.
“Jonson 2012 yilda Seven Bucks studiyasiga asos solgan. Men va u Seven Bucksning yigitlarimiz. Oʼylaymnki, endi yetti men uchun baxtli raqam ekanligini bilasiz”, deydi Grimbo. Bu ikki shaxsning uchrashuvi Temba Mayamidagi sport zalida intervьyu berayotgan chogʼida sodir boʼldi. Suhbat davomida Jonson uning ortidan yaqinlashib, u bilan quchoqlashib koʼrishdi. Oʼsha lahzada Grimbo yigʼlab yubordi, chunki uning orzularidan biri amalga oshgandi. Tanishuvning asosiy omili uy edi...
Gorimbo 13 yoshida ota-onasini yoʼqotgan.
16 yoshidan pul topish uchun noqonuniy ravishda dalalarda olmos qazigan. Zimbabvedan Janubiy Аfrikaga qochib ketgan va qoʼlga olinib, oʼz yurtiga deportatsiya qilingan.
“Ilgari odamlar politsiyadan qochib, mening koʼz oʼngimda oʼldirilgan. Lekin kimdir menga birinchi marta pichoq tortdi. Janubiy Аfrika chegarasini kesib oʼtsangiz, siz nafaqat politsiya, balki jinoyatchilar uchun ham oʼljaga aylanasiz. Ular chegaradan oʼtgan odamlarning pullari koʼp deb oʼylashadi. Oʼshanda jinoyatchilar bizni koʼrib, tuzoqqa ilintirishdi. Men katta pichoqni koʼrib, hushimdan ketganimni eslayman. Yerga yiqildim, qolganlar esa qochib ketdi. Oʼzimga kelgach, meni oʼldirib qoʼymasliklari uchun politsiyaga murojaat qilmoqchi edim, ammo doʼstim meni fikrimdan qaytardi. ”Hech qachon orqaga qaytmaslik” filmi orqali MMАga oshiq boʼlib qolganman hamda 19 yoshimdan boshlab ushbu jang sanʼati bilan shugʼullanib kelganman. Oradan 3 oy oʼtib, birinchi jangimda nokaut bilan gʼolib boʼldim”, deya eslaydi qahramonimiz.
Xorijiy saytlar asosida Xabib Joʼraboev tayyorladi
🛒 https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: [email protected]
e-xat: [email protected]
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: [email protected]
e-xat: [email protected]
Murojaat @tvsportmurojaatbot