Toshkent viloyati sport boshqarmasi
3.11K subscribers
42.9K photos
4.38K videos
67 files
12.8K links
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: [email protected]
e-xat: [email protected]
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Download Telegram
O‘zbek futbolining fidoyisi – Shamil Yafarov 75 yoshda!

Bugun futbol ixlosmandlari qalbidan o‘chmas iz qoldirgan, xalq jamoasi “Paxtakor”dagi ajoyib o‘yinlari bilan el-yurt e’tiborini qozongan Shamil Yafarov 75 yoshni qarshilamoqda.

Shamil Gazizovich Yafarov 1950-yil 25-iyulda dunyoga kelgan. U 1973-yilda “Paxtakor” jamoasiga taklif etilib, sobiq Ittifoq chempionatida besh mavsum davomida himoya va yarim himoya chizig‘ida munosib tarzda to‘p surdi.

Qolaversa, Shamil Gazizovich ko‘p yillar davomida Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasida faoliyat yuritib, futbolimizning rivoji va taraqqiyotida munosib hissa qo‘shdilar.

Toshkent viloyati Sport boshqarmasi jamoasi nomidan Shamil Yafarovni ushbu qutlug‘ yoshi bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, uzoq umr, baxt va yangi zafarlarga boy hayot tilaymiz.

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
👏21
Bugun Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a musobaqasi start oldi.

Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston jamoasi hisobiga dastlabki kunning o‘zida oltin medal yozildi.

-66 kg vazn toifasida qatnashgan o‘zbekistonlik Abdurahim Nutfulloyev barcha raqiblarini mag‘lub etib, musobaqa chempioniga aylandi.

Qayd etish joiz, dzyudochi final bellashuvida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori, moldovalik Denis Viyeruni mag‘lubiyatga uchratishni uddaladi.

Eslatib oʻtamiz Abdurahim Nutfulloyev Toshkent viloyati Toshkent tumani farzandi va Chirchiq shahar sport maktabi shugʻillanuvchisi hisoblanadi!


https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
👍51
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston ayollar terma jamoasi a'zosi Shahnoza Abdullayeva bilan kichik suhbat.

"Nurafshon" telekanali ijodkorlari shosse yo'nalishida Osiyo chempioni, ikki karra O'zbekiston chempioni hamda ko'pgina xalqaro musobaqalar sovrindori Shahnoza Abdullayeva bilan qizg'in suhbat uyushtirdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birinchisi — kubokni,
Ikkinchisi — butun dunyoni yutdi.

Qay biri xaqiqiy gʻolib deb oʻylaysiz!

Fikringizni kutamiz!👇
🔥2
Sport yulduzlari Toshkent tumanida

Toshkent tumani "UNIVERSAL" sport majmuasida yosh sportchilar uchun "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlari doirasida unutilmas uchrashuv tashkil etildi.

Unda sport olamida xalqaro darajadagi nufuzli mehmonlar — Oʻzbekiston Sport kurashlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Xristas Galatis, Parij–2024 Olimpiadasi erkin kurash boʻyicha oltin medal sohibi Razambek Jamalov hamda Benilyuks davlatlari chempioni, 3 karra gʻolib Adam Yandurkayev ishtirok etdilar.

Mehmonlar tomonidan yosh sport maktabi tarbiyalanuvchilariga maxsus master-klass oʻtkazildi.

Unda ular oʻz tajribalari, mashgʻulot jarayonlaridagi metodlari va jahon arenasidagi yuksak natijalarga erishish siri bilan boʻlishdilar.

Bunday mahorat darslari yoshlar uchun ulkan ragʻbat, motivatsiya va kelajakdagi yuksak marralar sari yoʻldosh boʻladi.

Toshkent tumani hokimligi, sport maktabi bunday tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etib, yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlashni oʻz oldiga maqsad qilgan.
2🔥1
O'smir taekvondochilarimiz Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshladi

Bugun Kuching shahrida (Malayziya) taekvondo WT bo‘yicha o'smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga start berildi.

Musobaqaning birinchi kunidanoq Angren shahar 2-son sport maktabi tarbiyalanuvchisi Rayxona Asanbayeva (41 kg) vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritdi.
#Dolzarb_90_kun

Prezidentimiz tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida joylarda axolini bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish borasida aniq ish rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, har bir yosh mazkur loyiha doirasida sport va targ‘ibot tadbirlariga jalb qilinmoqda.

Mazkur topshiriq ijrosi Parkent tumanida ham uyushqoqlik bilan bajarilmoqda.

Bugun tuman sport maktabida 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan aholi oʻrtasida sportning shaxmat turidan sport musobaqalari tashkil etildi.

Ushbu musobaqada 75 nafar yoshlar va nuroniy otaxonlar ishtirok etib, gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Musobaqa soʻngida g‘oliblar xomiylar tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandi.