O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
8.22K subscribers
13.1K photos
1.2K videos
157 files
3.43K links
Download Telegram
#LIVE | #ikkinchi_kun_test

OTMlarga kirish imtihonlari o'tkazilayotgan UzEXPO markazining Toshkent davlat pedagogika universitetiga ajratilgan hududidan fotolavhalar.

Hozir ushbu manzilda test sinovlari o'tkazilmoqda. Ota-onalar uchun kutish joylari tashkil qilingan, havo sovutish moslamalari va suvli ventilyatorlar o‘rnatilgan.

Test o‘tkaziladigan kunlari ota-onalar bilan suhbatlashish va ularni qiziqtirgan savollarga javob berish uchun ko‘ngillilar guruhi shakllantirilgan.

Shu bilan bir qatorda abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozga chiqarish imkoniyati mavjud. Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.

🌐
@TDPU_UZ
👍12👏21🔥1🎉1🤩1
#Test_2023

#LIVE

📺📺 Habaringiz bor Bugun,test jarayonlarining 5-kuni,
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti vakillaridan iborat "Volontyorlar guruhi" targ’ibot ishlarini olib bormoqda.

Ota-onalar hamda abituriyentlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika univeristeti vakillaridan iborat "Volontyorlar guruhi" tashkil etildi.

Mazkur guruh ayni damda ota-onalar va abituriyentlarning vakillari bilan suhbatlar olib bormoqda, sotsiologik so'rovnomalar o’tkazilmoqda, hamda oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar tizimi to'g'risida ma'lumotlar berib bormoqda.

🌐 @TDPU_UZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7😁51
#LIVE | #beshinchi_kun_test

OTMlarga kirish imtihonlari o'tkazilayotgan UzEXPO markazining Toshkent davlat pedagogika universitetiga ajratilgan hududidan fotolavhalar.

Hozir ushbu manzilda test sinovlari o'tkazilmoqda. Ota-onalar uchun kutish joylari tashkil qilingan, havo sovutish moslamalari va suvli ventilyatorlar o‘rnatilgan.

Test o‘tkaziladigan kunlari ota-onalar bilan suhbatlashish va ularni qiziqtirgan savollarga javob berish uchun ko‘ngillilar guruhi shakllantirilgan.

Shu bilan bir qatorda abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozga chiqarish imkoniyati mavjud. Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.

🌐
@TDPU_UZ
7👍5👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#5_tashabbus #Live

☑️Ayni vaqtda Buxoro davlat universitetida «5 tashabbus olimpiadasi»ning final bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

☑️Ushbu 5 tashabbus olimpiadasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi ham ishtirok etmoqda.

☑️Universitetimiz jamoasiga omad tilaymiz.

🌐
@TDPU_UZ
👍5😁21👏1
#live

O'zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash "Ulug'bek" jamg'armasi hamkorligida "O'zbekistonda ma'lumotlar ilmi fani- "Data science" o'quv kursini rivojlantirish istiqbollari" mavzusida ilmiy-amaliy seminar o'tkazilmoqda.

Ushbu seminarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti yoshlar masalalari,ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori V.Rajapov boshchiligida bo'lim hodimlari va fakultet tyutorlari ishtirok etishmoqda.

Soha mutaxasislaridan spikerlar ajratilgan reglament ichida dolzarb mavzularda chiqishlar qilishmoqda.
Ushbu seminardan ko'zlangan maqsad, ishtirokchilar O'zbekistondagi Data science sohasidagi mavjud vaziyatni o'rganish, fikr almashish va ushbu sohadagi istiqbollarni muhokama qilish imkoniga ega bo'ladi.

🌐
@TDPU_UZ
👍4
Forwarded from Edu.uz
#RektorForum2024
#live

Xalqaro anjuman oldidan O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Tojikiston Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda bilan muzokara o‘tkazdi.

Q.Sharipov mehmonni yurtimizga tashrifi bilan samimiy tabrikladi. Muloqot davomida ikki mamlakat oliy ta’lim tizimi yetakchilari oxirgi yillarda oliy ta’lim, ilm-fan sohalarida hamkorlik aloqalari kengayotganini e’tirof etib, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirishga kelishib oldilar.

Shuningdek, tomonlar bugungi forum kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha fikr almashib, unda muhim kelishuvlarga erishishga ishonch bildirishdi.
___

Перед началом международной конференции министр высшего образования, науки и инноваций Узбекистана Конгратбай Шарипов провел переговоры с министром образования и науки Республики Таджикистан Рахимом Саидзода.

К. Шарипов тепло поздравил гостя с визитом в нашу страну. В ходе диалога руководители системы высшего образования двух стран признали расширение сотрудничества в сфере высшего образования и науки в последние годы и договорились ускорить работу в данном направлении.

Также стороны обменялись мнениями по вопросам повестки дня сегодняшнего форума и выразили уверенность в достижении важных договоренностей.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍3😁2
Forwarded from Edu.uz
#RektorForum2024
#live

Xalqaro forum start oldi

Xalqaro anjumanni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar va ularning salmoqli natijalariga to‘xtaldi.

– Keyingi yillarda an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan bu kabi forumlar ko‘plab davlatlar, shu jumladan Tojikiston Respublikasi bilan ham ta’lim sohasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqishda muhim platforma vazifasini o‘tamoqda. Buhgungi anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad inson kapitalini, yuqori intellektual salohiyatni rivojlantirish, nazariy-amaliy shakllantirish, kasbiy mahoratini oshirish va ikki davlat hududidagi ulkan tabiiy resurslarni ilmiy-institutsional boshqarishga qodir kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Shunday ekan, mazkur forum kun tartibiga qo‘yilgan masalalar chuqur hamkorlikni amalga oshirish va uni yangi cho‘qqiga ko‘tarish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishish hamda ilmiy va ta’lim sohasida o‘zaro fikr almashish imkonini beradi, – dedi Q. Sharipov.


👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍5😁2
Forwarded from Edu.uz
#RektorForum2024
#live

Anjumanda so‘zga chiqqan Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda o‘z nutqida:

– Bugungi kunda O‘zbekiston-Tojikiston aloqalari qator jabhalarda keng rivojlandi. Endilikda oliy ta’lim, ilm-fan sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish uchun tabiiy shart-sharoitlar yuzaga keldi. Bu sohadagi hamkorlik doirasida biz oliy ta’lim muassasalariaro aloqalarni yangi sifat darajasiga olib chiqish hamda ta’lim sifatini oshirish borasidagi amaliy harakatlar bizning asosiy maqsadlarimizdan biriga aylanadi.

– Ikki tomonlama o‘zaro hamkorligimiz haqida so‘z yuritar ekanman, shu paytgacha O‘zbekistonning 30 ta oliy ta’lim muassasasi Tojikistonning 15 dan ortiq ilmiy va ta’lim tashkilotlari bilan qator yo‘nalishlar bo‘yicha aloqalarni yo‘lga qo‘yganini va bundan keyin ham ishonchim komilki, ushbu hamkorlik har tomonlama kengayib borishini mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchiman, – dedi R.Saidzoda.


👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍2😁2
#RektorForum2024
#nocomment #live

☑️ Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II xalqaro forumida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ham ishtirok etmoqda.

☑️ Ushbu xalqaro forum O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilmoqda.

☑️ “2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi anjumanda Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda boshchiligida tashrif buyurgan 30 ga yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya va Oʻzbekiston tomonidan esa 50 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari qatnashishmoqda.

☑️ Forum yakunida 50 dan ziyod anglashuv memorandumi, bitim va yo‘l xaritalari imzolanishi kutilmoqda.

🌐 @TDPU_UZ
6👍4😁2
#RektorForum2024
#nocomment #live

☑️ Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II xalqaro forumi doirasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdug’affor Karimjonovich Qirg’izboyev hamda Tojikiston pedagogika instituti rektori Rajabzoda Muhammadyor Nosir o’rtasida anglashuv memorandumi imzonaldi.

☑️ Ushbu anglashuv memorandumning asosiy maqsadi O’zbekiston hamda Tojikiston universitetlari oʻrtasida integratsiyani yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga qaratilgan.

🌐 @TDPU_UZ
8😁3👍1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
#kasbiy_ijodiy_imtihon

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 2024/2025 o‘quv yilida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Ayni paytda harbiy ta’lim fakultetiga kirish uchun kasbiy ijodiy imtihonlar bo’lib o’tmoqda.

Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan binolarda barcha qulayliklar yaratilgan, kerakli texnik vositalar bilan jihozlangan, sport zallari va auditoriyalar shay holatga keltirilgan.

Mazkur jarayonlarni ochiq, shaffof va adolatli oʻtishi uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi a‘zolari va mas’ullar nazorat olib bormoqda.

🌐 @TDPU_UZ
👍5🔥42
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
#kasbiy_ijodiy_imtihon

Ayni damda harbiy ta’lim fakultetiga kirish uchun kasbiy ijodiy imtihonlar bo’lib o’tmoqda.

Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan binolarda barcha qulayliklar yaratilgan, kerakli texnik vositalar bilan jihozlangan, sport zallari va auditoriyalar shay holatga keltirilgan.

Mazkur jarayonlarni ochiq, shaffof va adolatli oʻtishi uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi a‘zolari va mas’ullar nazorat olib bormoqda.

🌐 @TDPU_UZ
👍103
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE▶️
#kasbiy_ijodiy_imtihon

🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 2024/2025-o'quv yilda bakalavriyatga kirish uchun o'tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.

Bugun kasbiy (ijodiy) imtihonlar tasviriy san'at va muxandislik grafikasi va musiqa madaniyati fakultetlariga kirish uchun bo'lib o'tmoqda.

Sizlarni kun davomida jarayonlar bilan tanishtirib boramiz!

🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting!

🕊 @TDPU_UZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏21🔥1🥰1
#LIVE
#yangi_oʻquv_yili

Ayni daqiqalarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida yangi 2024-2025-o'quv yilining ilk o'qish kuni tantanali tadbiri boshlandi.

Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdug’affor Karimjonovich Qirg’izboyev talabalikga qabul qilingan yoshlarni yangi o’quv yili bilan tabriklab kelgusi o’qishlarida omad yor bo’lishini tiladi hamda talaba yoshlarga“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz! mavzusida mustaqillik darsini o’tmoqda.

Jarayonlar bilan tanishtirib boramiz


Yangi o'quv yili barchaga muborak bo'lsin!

🌐
@TDPU_UZ
👍171
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
#yangi_oʻquv_yili

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida yangi 2024-2025-o'quv yilining ilk o'qish kuni barcha fakultetlarda tantanali tarzda tashkil etildi.

Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdug’affor Karimjonovich Qirg’izboyev talabalikga qabul qilingan yoshlarni yangi o’quv yili bilan tabriklab kelgusi o’qishlarida omad yor bo’lishini tiladi hamda talaba yoshlarga “Biz bir bo’lsak yagona, xalqmiz birlashsak vatanmiz” mavzusida mustaqillik darsini o’tmoqda.

Jarayonlardan tayyorlangan maxsus rolik taqdim etamiz.


Yangi o'quv yili barchaga muborak bo'lsin!

🌐
@TDPU_UZ
11👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
#yangi_oʻquv_yili

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida yangi 2024-2025-o'quv yilining ilk o'qish kunida talabalar tantanali ko’tarinki kayfiyatda kutib olindi.

Yangi o'quv yili barchaga muborak bo'lsin!

🌐
@TDPU_UZ
👍32👏8🎉1
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Edu.uz
#Live #Jarayon #TalabaEkspo_2025 #TalabaFest

⚡️“TalabaExpo–2025” koʻrgazmasi boshlandi

📍Beruniy metro, “Zakovat” arena

📹 Jonli efir

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Edu.uz
#Live #OchilishMarosimi #TalabaEkspo_2025 #TalabaFest

“TalabaExpo–2025” koʻrgazmasi boshlandi!

Ayni vaqtda “Zakovat” arena binosida yoshlar, taʼlim, innovatsiya va tadbirkorlik olamining eng yirik va nufuzli tadbirlaridan biri – “TalabaExpo–2025” ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Bitiruvchilar kuni”ga bag‘ishlangan “Talaba – kelajak” nomli tantanali ochilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, “O‘zMilliybank” AJ Kelajakka qadam markazi direktori Elmurod Hoshimov, “Aloqabank” ATB boshqaruv raisi maslahatchisi Alisher Qurbonov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbirda 1 500 nafar talaba va yosh mutaxassislar ishtirok etib, tajribali mutasaddilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

“Talaba – kelajak” uchrashuvi – bu nafaqat bitiruvchilar uchun yo‘l ko‘rsatuvchi maydon, balki ularning yangi bosqichdagi hayot yo‘lida ishonchli tayanchdir.

Tadbirlar davom etmoqda

📍Beruniy metro, “Zakovat” arena

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
#kasbiy_ijodiy_imtihon

☑️O’zbekiston milliy pedagogika universitetida 2025/2026
o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari davom etmoqda.

☑️Ayni paytda Tasviriy san'at va muxandislik grafikasi, Musiqa ta'limi, Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati yo’nalishlari bo’yicha kirish uchun kasbiy ijodiy imtihonlar bo’lib o’tmoqda.

☑️Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan binolarda barcha qulayliklar yaratilgan, kerakli texnik vositalar bilan jihozlangan, sport zallari va auditoriyalar shay holatga keltirilgan.

Sizlarni jarayonlar bilan kun davomida tanishtirib boramiz.

Bizni kuzating

Telegram Instagram
You Tube Facebook
11🎉1