O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
8.22K subscribers
13.1K photos
1.2K videos
157 files
3.43K links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#RektorForum2024
#live

Xalqaro anjuman oldidan O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Tojikiston Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda bilan muzokara o‘tkazdi.

Q.Sharipov mehmonni yurtimizga tashrifi bilan samimiy tabrikladi. Muloqot davomida ikki mamlakat oliy ta’lim tizimi yetakchilari oxirgi yillarda oliy ta’lim, ilm-fan sohalarida hamkorlik aloqalari kengayotganini e’tirof etib, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirishga kelishib oldilar.

Shuningdek, tomonlar bugungi forum kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha fikr almashib, unda muhim kelishuvlarga erishishga ishonch bildirishdi.
___

Перед началом международной конференции министр высшего образования, науки и инноваций Узбекистана Конгратбай Шарипов провел переговоры с министром образования и науки Республики Таджикистан Рахимом Саидзода.

К. Шарипов тепло поздравил гостя с визитом в нашу страну. В ходе диалога руководители системы высшего образования двух стран признали расширение сотрудничества в сфере высшего образования и науки в последние годы и договорились ускорить работу в данном направлении.

Также стороны обменялись мнениями по вопросам повестки дня сегодняшнего форума и выразили уверенность в достижении важных договоренностей.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍3😁2
Forwarded from Edu.uz
#RektorForum2024
#live

Xalqaro forum start oldi

Xalqaro anjumanni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar va ularning salmoqli natijalariga to‘xtaldi.

– Keyingi yillarda an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan bu kabi forumlar ko‘plab davlatlar, shu jumladan Tojikiston Respublikasi bilan ham ta’lim sohasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqishda muhim platforma vazifasini o‘tamoqda. Buhgungi anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad inson kapitalini, yuqori intellektual salohiyatni rivojlantirish, nazariy-amaliy shakllantirish, kasbiy mahoratini oshirish va ikki davlat hududidagi ulkan tabiiy resurslarni ilmiy-institutsional boshqarishga qodir kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Shunday ekan, mazkur forum kun tartibiga qo‘yilgan masalalar chuqur hamkorlikni amalga oshirish va uni yangi cho‘qqiga ko‘tarish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishish hamda ilmiy va ta’lim sohasida o‘zaro fikr almashish imkonini beradi, – dedi Q. Sharipov.


👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍5😁2
Forwarded from Edu.uz
#RektorForum2024
#live

Anjumanda so‘zga chiqqan Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda o‘z nutqida:

– Bugungi kunda O‘zbekiston-Tojikiston aloqalari qator jabhalarda keng rivojlandi. Endilikda oliy ta’lim, ilm-fan sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish uchun tabiiy shart-sharoitlar yuzaga keldi. Bu sohadagi hamkorlik doirasida biz oliy ta’lim muassasalariaro aloqalarni yangi sifat darajasiga olib chiqish hamda ta’lim sifatini oshirish borasidagi amaliy harakatlar bizning asosiy maqsadlarimizdan biriga aylanadi.

– Ikki tomonlama o‘zaro hamkorligimiz haqida so‘z yuritar ekanman, shu paytgacha O‘zbekistonning 30 ta oliy ta’lim muassasasi Tojikistonning 15 dan ortiq ilmiy va ta’lim tashkilotlari bilan qator yo‘nalishlar bo‘yicha aloqalarni yo‘lga qo‘yganini va bundan keyin ham ishonchim komilki, ushbu hamkorlik har tomonlama kengayib borishini mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchiman, – dedi R.Saidzoda.


👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍2😁2
#RektorForum2024
#nocomment #live

☑️ Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II xalqaro forumida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ham ishtirok etmoqda.

☑️ Ushbu xalqaro forum O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilmoqda.

☑️ “2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi anjumanda Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda boshchiligida tashrif buyurgan 30 ga yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya va Oʻzbekiston tomonidan esa 50 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari qatnashishmoqda.

☑️ Forum yakunida 50 dan ziyod anglashuv memorandumi, bitim va yo‘l xaritalari imzolanishi kutilmoqda.

🌐 @TDPU_UZ
6👍4😁2
#RektorForum2024

☑️ Xabar berganimizdek, ayni damda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi o‘tkazilmoqda.

☑️ Forumda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan Tojikiston universitetlari oʻrtasida integratsiyani yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.

🌐 @TDPU_UZ
👍75😁2
#RektorForum2024
#nocomment #live

☑️ Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II xalqaro forumi doirasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdug’affor Karimjonovich Qirg’izboyev hamda Tojikiston pedagogika instituti rektori Rajabzoda Muhammadyor Nosir o’rtasida anglashuv memorandumi imzonaldi.

☑️ Ushbu anglashuv memorandumning asosiy maqsadi O’zbekiston hamda Tojikiston universitetlari oʻrtasida integratsiyani yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga qaratilgan.

🌐 @TDPU_UZ
8😁3👍1🤩1
#RektorForum2024_yakun

☑️ Forum yakunida
taʼlim, fan, texnologiya va madaniyat sohalarida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va kutilgan natijaga erishish uchun muhim platforma vazifasini o‘tagani alohida ta’kidlanib, anjumanni muvaffaqiyatli o‘tkazishga qo‘shgan hissasi uchun tomonlar barcha tashkilotchilarga minnatdorlik bildirishdi.

☑️ O‘zbekiston va Tojikiston universitetlari rektorlarining navbatdagi forumi 2025-yilda o‘tkazilishi qo‘llab-quvvatlandi.

🌐 @TDPU_UZ
👍7👏2😁2🔥1🎉1