O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
8.2K subscribers
13.1K photos
1.2K videos
157 files
3.43K links
Download Telegram
#Qabul_2025

O’zbekiston milliy pedagogika universitetida 2025/2026 o‘quv yilida imkoniyati cheklangan (ko’zi ojiz) abituriyentlar uchun kirish imtihonlari boshlandi.

Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan binolarda barcha qulayliklar yaratilgan, kerakli texnik vositalar bilan jihozlangan, auditoriyalar shay holatga keltirilgan. Jarayonlarini kuzatish, ota-onalarga yaratilgan shart-sharoitlar barchasi mavjud.

Mazkur jarayonlarni ochiq, shaffof va adolatli oʻtishi uchun ishchi guruh a‘zolari va mas’ullar nazorat olib bormoqda.

☑️ Jarayonlar bilan kun davomida tanishtirib boramiz.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🏆3
Korеya bilan hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda.

Bugun Nizomiy nomidagi O‘zbеkiston milliy pеdagogika univеrsitеti rеktori E’zozхon Karimova va Korеyaning Tillar ta’limi Хalqaro oliy maktabi (Intеrnational Graduatе School of Languagе Education) prеzidеnti Dr.Li Djay Hi tomonidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Korеya Rеspublikasi O‘zbеkistonning jadal va innovatsion rivojlanishida asosiy shеriklardan biri hisoblanadi.

Hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zMPU rеktori E’zozxon Karimova O‘zbеkiston va Korеya o‘rtasidagi tariхiy do‘stlik rishtalari, o‘хshash mеntalitеt, an’ana va qadriyatlarga asoslangan ikki tomonlama aloqalar izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

☑️Ushbu kеlishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-amaliy tajriba almashish, profеssor-o‘qituvchilarning o‘quv jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlash, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar va grant loyihalarini ishlab chiqish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlashga хizmat qiladi.

☑️ Shuningdеk, uchrashuv davomida ta’lim sohasida hamkorlikni kеngaytirish va rivojlantirish maqsadida Nizomiy nomidagi O‘zbеkiston milliy pеdagogika univеrsitеti hamda Korеyaning Intеrnational Graduatе School of Languagе Education o‘rtasida Хorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) va TЕSOL magistratura mutaхassisligida 1+1 qo‘shma ta’lim dasturi shartnomasi imzolandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3🎉1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar 15 kun davomida quyidagilarni tanlashi lozim:

oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);
bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);
taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);
tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).

📱 Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.

🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “OTM tanlash”)

📆 Muddat: 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kunlari ham)

📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2
Forwarded from Edu.uz
Bakalavr_kvota_kunduzgi_2025.pdf
15.2 MB
#Kvota #Bakalavr #Kunduzgi #Qabul2025

Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1🔥1
Forwarded from Edu.uz
Bakalavr_kvota_kechki_2025.pdf
12.3 MB
#Kvota #Bakalavr #Kechki #Qabul2025

Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
3🔥1
Forwarded from Edu.uz
5yil_ish_staji_xotin_qizlar_kvota_2025.pdf
9.9 MB
#ImtiyozliKvota #Qabul2025

⚡️Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha
qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Nogironligi_bor_fuqarolar_uchun2_foizli_grant_2025.pdf
10.3 MB
#ImtiyozliKvota #Qabul2025

⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2 %li qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 907 ta qo‘shimcha davlat granti kvotasi ajratildi.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi
ta’lim shakli uchun – 2 968 ta;
➡️ kechki ta’lim shakli uchun – 575 ta;
➡️ masofaviy ta’lim shakli uchun – 364 ta.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Magistratura_kvota_kunduzgi_2025.pdf
15.4 MB
#Qabul2025
#magistratura_kunduzgi

⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi


2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

JAMI: 20 210 ta.

Davlat granti: 9 922 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 725 ta, rus tili – 1 197 ta,

Kontrakt: 10 288 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 538 ta, rus tili – 1 750 ta.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2025 #Oʻtish_bali

⚡️2025/2026-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal oʻtish bali o‘zgarishsiz qoldi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
3
Forwarded from Edu.uz
Magistratura_turdosh_2025.pdf
424 KB
#Qabul2025 #Magistratura_turdosh

⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.

Magistratura kvotasi bu yerda:
👉 KUNDUZGI
👉 KECHKI
👉 MASOFAVIY

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
4
Forwarded from Edu.uz
SOS_kvota_1foizli_grant_2025.pdf
10.4 MB
#QoʻshimchaKvota #Qabul2025 #grant #1_foizli

⚡️Mehribonlik uyi va bolalar shaharchalarining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota


Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari bo‘lgan, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar hamda ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolg‘iz ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, topib olingan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bolalar hamda nikohda bo‘lmagan onaning vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

▪️ Jami: 1 953 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

kunduzgi1 484 ta;
kechki287 ta;
masofaviy182 ta.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1