Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
7.58K photos
2.35K videos
91 files
6.76K links
Download Telegram
#antikorrupsiya

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan talabalar, tadbirkorlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda OAV vakillari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda dunyo hamjamiyatida, xususan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Soliq sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish va “inson omili”ni kamaytirish korrupsion holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etayotganligi ta’kidlanib, korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining ham o‘rni beqiyosligi tushuntirildi.

Ochiq muloqot davomida mamlakat iqtisodiyoti va xususiy sektor rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh namunali soliq to‘lovchilar viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida Termiz davlat universitetining talabalari viloyat soliq boshqarmasi xodimlari faoliyati, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda soliq majburiyatlarini masofadan bajarish imkoniyatlari bilan tanishdi.

👉 Telegram Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "SURXONDARYO" TV

Surxondaryoda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 431 mlrd  so‘mlik soliq qarzi undirildi.

👉Telegram Facebook Youtube Instagram
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar

Soliq qo‘mitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayoni davom etmoqda.

Shu munosabati bilan, 🕓 2024-yil 7-dekabr soat 00:00dan 10-dekabr soat 06:00ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.

🖇Xususan:
– Elektron hisobotlar;
– ERI;
– EHF* (7-8-dekabr kunlari);
– Notarial idoralari tomonidan fuqarolik holati bo‘yicha maʼlumot qabul qilish;
– korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish;
– mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi (
tasnif.soliq.uz);
– fiskal maʼlumotlar operatori bilan bog‘lanishlar;
– elektron murojaatlar va boshqa xizmatlarda uzilishlar kuzatiladi.


* EHF tizimi 9-10-dekabr kunlari ish faoliyatida bo‘ladi

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
__________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики

Налоговый комитет продолжает поэтапную работу по миграции большой базы данных на новые серверы.

В связи с этим 🕓 с 00:00 часов 7 декабря до 06:00 часов 10 декабря текущего года будет временно ограничена работа некоторых информационных систем и электронных налоговых услуг.

🖇В частности, перебои возможны в:
- электронных отчетностях;
- ЭЦП;
- ЭСФ* (7-8 декабря);
- получении нотариальными конторами сведений, связанных с записями актов гражданского состояния;
- добровольном и принудительном ликвидации предприятий;
- Едином электронном национальном каталоге продукции (товаров и услуг) (
tasnif.soliq.uz);
- каналах связи с оператором фискальных данных;
- электронных обращениях
и других услугах.

* ЭСФ будут доступны 9-10 декабря

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Tadbirkorlar muammosi o'z yechimini topmoqda

Soliq qo'mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning navbatdagi uchrashuvida Olmazor va Mirzo Ulug'bek tumanlarida farmatsevtika va boshqa faoliyat bilan shug'ullanuvchi korxonalar ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolari tinglandi.

Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar yechimi yuzasidan tegishli tuzilma rahbarlariga aniq ko'rsatmalar berildi.

☝️Bu haqda qisqacha videorolikda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram | X|Threads
#uchrashuv

Ochiq muloqot - muammolar yechimi


Ayni paytda Soliq qo'mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning navbatdagi ochiq muloqoti Bektemir, Yangi hayot, Sergeli va Yashnobod tumanlari tadbirkorlari bilan bo'lib o'tmoqda.

Tadbirkorlarning takliflari tinglanib, ularning yechimlari yuzasidan aniq choralar belgilanmoqda.

Uchrashuvda eksport va import operatsiyalari, "yashil energiya"ni qo'llash suv va salqin ichimliklar va boshqa tadbirkorlik subyekti vakillari bilan mahsulotlarni majburiy markirovkalash va agregatsiyalash tizimini joriy etish masalalari qilinmoqda.
_______
#встреча

Открытый диалог - решение проблем

В эти минуты проходит очередной открытый диалог Председателя Налогового комитета Шерзода Кудбиева с предпринимателями Яшнабадского, Бектемирского, Янгихаётского и Сергелийского районов.

Предложения предпринимателей выслушиваются, по их решениям принимаются конкретные меры.

В центре обсуждения актуальные вопросы бизнеса - операции по экспорту и импорту, применения "зелёной энергии", внедрения обязательной маркировки и агрегации с представителями предприятий, занимающихся производством воды и прохладительных напитков, а также других сфер.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#8_dekabr #konstitutsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi muborak boʻlsin!

Milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yoʻlida shu kungacha erishilgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy poydevori Konstitutsiyamiz ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz.

Bosh Qomusimizda belgilab qoʻyilgan asosiy tamoyillardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish borasida soʻnggi yillarda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emasligi amalda isbotini topmoqda.

Xususan har bir davlat idoralari rahbarlari fuqarolar oldida hisobot beradigan samarali tizim yoʻlga qoʻyildi, xalq bilan doimiy muloqot qilish faoliyatimizning mezoni etib belgilandi.

Barcha mansabdor shaxslar quyi boʻgʻinga, mahalla darajasiga tushib, aholi bilan bevosita uchrashib, ularning muammolarini joyida hal etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ishonch bilan aytamanki, Inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati boʻlgan Konstitutsiyamizga tayangan holda barchamiz birgalikda Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilamiz va jonajon Oʻzbekiston rivoji yoʻlida koʻzlagan yuksak marralarga albatta erishamiz.

Hurmatli yurtdoshlar, Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo’mitasi Raisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ISHONCH" TV

«9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni»  munosabati bilan Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida «Ochiq eshiklar  kuni» o‘tkazildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵"ISHONCH" TV

"SOLIQ YANGILIKLARI" informatsion dasturi.

👉Telegram facebook youtube instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "Sevimli" TV

«9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni»  munosabati bilan Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida «Ochiq eshiklar  kuni» o‘tkazildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "SURXONDARYO" TV

«9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni»  munosabati bilan Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida «Ochiq eshiklar  kuni» o‘tkazildi.

👉Telegram facebook youtube instagram