Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.43K photos
2.32K videos
90 files
6.65K links
Download Telegram
#uchrashuv #etirof #antikorrupsiya

Halollik osuda turmush garovi!

Soliq qoʻmitasida xodimlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni Soliq qoʻmitasi Raisining maslahatchisi Y.Narziyev kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Taʻkidlanganidek, tizimda erishilgan barcha yuqori koʻrsatkichlar, yutuqlarda, albatta har bir xodimning ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va yaqinlarining beqiyos xissasi bor.

Davlat xizmatchisi, xususan soliq xodimi boʻlish naqadar sharafli va masʻuliyatli kasb ekanligi taʻkidlanib, yurtmizning iqtisodiy va ijtimoiy rivoji, aholining turmush farovonligini oshirish yoʻlida tinmay mehnat qilayotgan soliq xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan oila-aʻzolariga minnatdorchilik bildirildi.

Uchrashuv davomida oʻz kasbiga sadoqat bilan yondashib, halol mehnat qilayotgan xodimlarning ota-onalariga Soliq qoʻmitasi Raisi nomidan tashakkurnoma va Birlashgan Kasaba uyushmasining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, yigʻilishda soliq xodimlari va ularning yaqinlariga davlat xizmatchilari oʻz mansab vakolati hamda xizmat mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiya va taʻmagirlikning salbiy oqibatlari va jinoyatga jazoning muqarrarligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Bunday turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, unga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etishda oilaning alohida oʻrni borligi eʼtirof etildi.

Zero, Prezidentimiz aytganlaridek, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchidir.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay

Samarali mehnat muvaffaqiyat garovi

Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarish ko‘rsatkichlarining ortishi va soliqlar yig‘iluvchanligining oshishida mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlarining xizmati katta.

2024-yilning oktabr oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida baholash natijalariga ko‘ra, viloyatimizdagi 724 ta mahallaga biriktirilgan 264 nafar soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 84,4 ballni tashkil etib, 90 balldan yuqori ball to‘plagan 60 nafar soliq inspektori belgilangan tartibda rag‘batlantirildi.

Bugun viloyat soliq boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi xizmat yig‘ilishida oktabr oyida viloyatimizdagi 8 nafar mahalla soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi 100 ball bo‘lganligi alohida e’tirof etilib, bir necha oydan buyon yuqori natijani qayd etayotgan Jarqo‘rg‘on tumanining “Matonat”, “Oftobqo‘rg‘on” hamda “Yangi usul” mahallalari soliq inspektori Choriyev Ikrom Abduzoir o‘g‘liga Soliq qo‘mitasi Raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

– “Mehnat qilgan elda aziz” – deyishadi. Bugun Soliq qo‘mitasi Raisining tashakkurnomasi bilan taqdirlanganimda bu naqlning mohiyatini yanada teranroq angladim. Bu men uchun cheksiz faxr, g‘urur” - deydi soliq inspektori Ikrom Choriyev. – Bildirilgan ishonchni oqlashga, yanada yaxshiroq natijalarga erishishga harakat qilaman.

👉 Telegram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "SURXONDARYO" TV

Joriy yilning 1-noyabridan 29-noyabriga qadar soliq xizmati organlari xodimlari orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi.

👉Telegram Facebook Youtube Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Barqarorlik reytingi Soliq kodeksiga kiritildi

Yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritildi.
👉 OʻRQ-1000,15.11.2024-yil

👉Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlariga soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summa 3 kunlik muddatda qaytariladi;

👉”AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi*
*bundan jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar mustasno;

👉”AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi oʻrnini qoplash tekshiruvlar oʻtkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Hamdardlik

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi jamoasi Termiz shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Muhamadiyev Sunnatilla  Abdusamatovichga qizi Zilola Abdusamatovaning bevaqt vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

👉 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#18noyabr

Muqaddasdir Vatan bayrog'i!

O‘zbekiston Davlat bayrog‘ining qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi.

Butun O‘zbekiston ahlining g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini o‘zida mujassam etgan Vatanimiz bayrog‘i doimo hilpirab tursin.

Oʻzbekistonning har bir farzandi xalq birdamligi uchun shu bayroq ostida sadoqat ila yurtga xizmat qilishni hayotining mazmuni deb bilishi lozim.

Zero “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”.

Aziz yurtdoshlar, Soliq qo‘mitasi barchangizni Vatanimiz bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi bilan tabriklaydi!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Vatan bayrog‘i – g‘urur, umid va ishonch timsoli

🇺🇿 Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida Davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

- Mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsol – Davlatimiz bayrog‘i xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi, - deydi Viloyat hokimligi huzuridagi “Intellekt” istiqbolli kadrlar tayyorlash o‘quv markazi rahbari Qo‘ldosh Qosimov.

Ta’kidlanganidek, Davlatimiz bayrog‘ida aks etgan har bir rang, belgi yurtimizning boy tarixi, milliy davlatchiligimiz, bebaho qadriyatlarimizni, Vatanimizning buyuk kelajagini ifoda etadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Istiqlolimizning ramzi hisoblangan davlatimiz bayrog‘ini qadrlash va hurmat ko‘rsatish har birimizning burchimizdir.

👉 Telegram
#uchrashuv #raqamli_markirova

Soliq qo‘mitasida suv va alkogolsiz ichimliklar bozori vakillari bilan uchrashuv boshlandi, unda raqamli markirovkalash masalalari muhokama qilinmoqda.

Uchrashuvda Soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari A.Fayzibayev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari U.Safarov, Oʻzbekiston alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi vakillari, shuningdek, soliq organlari bilan qayta aloqa tizimi orqali ariza yuborgan tadbirkorlar ishtirok etmoqda.
___
#встреча #цифровая_маркировка

В Налоговом комитете началась встреча с представителями рынка воды и прохладительных напитков, на которой обсуждаются вопросы цифровой маркировки.

В ней принимают участие заместитель председателя Налогового комитета А.Файзибаев, заместитель председателя Торгово-промышленной палаты, представители Министерства инвестиций, промышленности и торговли, Ассоциации производителей воды и прохладительных напитков, а также предприниматели, которые подали заявку через систему обратной связи с налоговыми органами.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads