Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.47K photos
2.34K videos
91 files
6.71K links
Download Telegram
#antikorrupsiya

Manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!


Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq organlaridagi manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri xabardor qilish mumkin boʻlgan bir necha aloqa kanallari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️Telegram – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️Elektron pochta – [email protected]
▫️Soliq organlarining “Ishonch telefonlari";
▫️Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari telefon raqamlari;
▫️Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti;
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Eslatma: Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#antikorrupsiya

Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilmaydi!

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Denov hamda Sho‘rchi tumani soliq inspeksiyalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Dastlab shaxsiy tarkibga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlari mazmun-mohiyati tushuntirilib, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganda qo‘llaniladigan jazo choralari haqida ma’lumotlar berildi.

Xizmat vazifasini sidqidildan, mas’uliyat bilan bajarish, ichki mehnat tartibi va odob-axloq qoidalariga rioya etish har bir davlat xizmatchisining burchi ekanligi ta’kidlanib, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishning ahamiyati tushuntirildi.

👉 Telegram
Soliq qarzdorligi bo‘lmagan tadbirkorlarga subsidiya beriladi

Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq:

2024-yil 1-maydan 2026-yil 31-dekabrga qadar Surxondaryo viloyatida investorlar tomonidan yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan bir martalik subsidiya ajratiladi;

subsidiya belgilangan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan mehmonxona uchun uning toifasi va xonalar sonidan qat’i nazar ajratiladi;

subsidiya O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmagan, shuningdek, bankrotlik va tugatish jarayonida bo‘lmagan investorlarga ajratiladi.

Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

💰 toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun - 15 mln so‘m;

💰 1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun - 20 mln so‘m;

💰 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun - 25 mln so‘m;

💰 3 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan miqdorlarda.

👉 Telegram
#ozini_ozi_band_qilish

🔴 Nima uchun ba'zi taksi xizmatlari uchun cheklarga keshbek beriladi, ba'zilariga esa rad etiladi?

🔵 O'zini o'zi band qilgan shaxslar tomonidan berilgan cheklarga keshbek hisoblanmaydi.
👉PQ-5252 04.10.2021y.

Demak, agar siz foydalangan taksi haydovchisi o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, keshbek hisoblash avtomatik ravishda rad etiladi,
Agar xizmat yuridik shaxs tomonidan ko'rsatilgan bo'lsa, keshbek hisoblanadi.
______________
#самозанятость

🔴 Почему по одним чекам за услуги такси кешбэк дают, а по некоторым отказывают?

🔵 Кешбэк не начисляется по чекам, выданным самозанятыми лицами.
👉ПП-5252 от 04.10.2021г.

Следовательно, если водитель такси, услугами которого вы воспользовались, оформлен в качестве самозанятого лица - в начислении кешбэка будет отказано автоматически.
В случае, когда услуги оказаны юридическим лицом, кешбэк будет начислен.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas_festivali

Mamlakatimizda xalqimizning milliy qadriyatlarini targʻib etish, urf-odat, anʼanalarimizga hurmat va ehtiromni yanada oshirish maqsadida “Xon atlas” festivalini oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylangan.

Soliq qo'mitasida bu galgi “Xon atlas” haftaligi ham ko'tarinki ruhda o‘tkazildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.
_____
#налог_на_имущество #земельный_налог

Уплатить налоги на имущество и землю можно в мобильном приложении Soliq

Физлица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября.

Произвести оплату можно не выходя из дома - в мобильном приложении Soliq.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#antikorrupsiya

Burch va mas’uliyat!

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuv "Burch va mas’uliyat" mavzusiga bag‘ishlandi.

Unda soliq xodimlarining vazifalari, majburiyatlari hamda amal qilish lozim bo‘lgan ichki me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida so‘z bordi. Har bir xodim o‘ziga biriktirilgan vazifani sidqidildan ado etishi, ish vaqtida ham, ishdan tashqari vaqtda ham odob-axloq va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishi, davlat xizmatchisi degan sharafli nomga munosib bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Soliq xodimlari orasida kuzatilgan salbiy holatlar, xususan korrupsion huquqbuzarliklar tahlil qilinib, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish choralari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

👉 Telegram
#uchrashuv

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqot doirasida bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Soliq qo‘mitasida umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Unda Savdo-sanoat palatasi rahbariyati ham ishtirok etdi.

Muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad - umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan naqd pulga xarid qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim hujjatlarini optimallashtirish bo‘yicha yechimlar topish.

Asosiy e'tibor biznes vakillarining fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda aholidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishda duch keladigan muammolariga qaratildi.

Uchrashuvda ushbu sohalardagi mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha tadbirkorlarning takliflari tinglandi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishda qulayliklar yaratish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish yuzasidan takliflar qabul qilindi.
______
#встреча

В Налоговом комитете состоялась встреча с предпринимателями в сфере общественного питания

В ней также приняло участие руководство Торгово-промышленной палаты.

Основная цель диалога - найти решения для оптимизации процесса оприходования сельхозпродукции.

Особое внимание было уделено проблемам, с которыми сталкиваются представители бизнеса при работе с фермерами и дехканами.

Были выслушаны предложения предпринимателей и достигнута договоренность о проработке актуальных вопросов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads