Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.65K photos
2.62K videos
99 files
7.49K links
Download Telegram
#antikorrupsiya

Halollik, mas’uliyat va kasbga sadoqat!

Har qanday huquqbuzarlikka qarshi kurashishning eng samarali usuli – uning oldini olish choralarini ko‘rish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirishdir. Ayni maqsadda, Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda muntazam tarzda soliq xodimlari hamda soliq to‘lovchilar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazib, korrupsiyaning davlat va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Sariosiyo, Uzun va Denov tuman soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi muloqotlar ham korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlandi. Unda so‘zga chiqqanlar korrupsion huquqbuzarlikning turlari, sabab bo‘luvchi omillar, salbiy oqibatlari va muqarrar jazo choralari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdi.

Yig‘ilganlarga har bir xodim o‘ziga biriktirilgan vazifaga sidqidildan va mas’uliyat bilan yondashishi, kasb etikasi va mavjud tartib-qoidalarga amal qilish kerakligi tushuntirildi. Zero, halollik, mas’uliyat va kasbga sadoqat har qanday illatga qarshi kurashishning eng samarali usulidir!

👉 Telegram
👍4
#seminar

Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan bevosita muloqot o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida navbatdagi seminar tashkil etildi. Unda soliq qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarish va yangiliklar, xususan “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z bordi.

Qarorga ko‘ra, pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga yuborish tartibi joriy etilmoqda.

Endilikda Soliq qo‘mitasi tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlariga bir qancha ma’lumotlar taqdim etib boriladi.

Xususan, “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi o‘lchov birligi, narxi) ma’lumotlari, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga esa budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi EHFlar va ularga ilovalar, shuningdek loyiha va pudrat tashkilotlarining JShODS hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi ma’lumotlari joylab boriladi.

Seminar davomida tadbirkorlarga ochiq va shaffof biznesni yo‘lga qo‘yish, ishchi-xodimlar sonini yashirmaslik, barqarorlik reytingida yuqori natijalarga erishib, berilayotgan imtiyozlardan unumli foydalanish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarning tadbirkorlar faoliyatini baholab boruvchi mezonlar haqidagi fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.

👉 Telegram
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ISHONCH" TV

2024-yilning o‘tgan davri mobaynida viloyatda 128 mlrd 600 mln so‘mlik soliq qarzi undirildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
👍8👏2
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-may

aprel oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JSHODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5-qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar);

________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 мая 2024 года последний день

за апрель:


- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389 Налогового кодекса, ч. 4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса);

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#JShODS #YTT

2024-yil 15-may - may oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

👉 O‘zbekistonda 274,7 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
____________
#НДФЛ #индивидуальный_предприниматель

15 мая 2024 года - последний день уплаты индивидуальными предпринимателями налога на доходы в фиксированном размере за май.

👉 В Узбекистане осуществляют деятельность 274,7 тысяч индивидуальных предпринимателей

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍2