Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.17K subscribers
8.78K photos
2.65K videos
99 files
7.56K links
Download Telegram
#ETTY

Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilar bilan tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini muhokama qilmoqda


Joriy yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilarga, 1-iyuldan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun O‘zbekiston hududida tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va ularning hisobini yuritish tizimi joriy etiladi.

Bunga qadar elektron TTYlar faqat noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi korxonalar tomonidan rasmiylashtirilgan.

Elektron TTY tizimi byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, soliq hisobotida zarur maʼlumotlarni avtomatik shakllantirish va TTYni to‘ldirishda soliq to‘lovchi tomonidan yo‘l qo‘yilishi ehtimoli bo‘lgan xatolarning oldini olish maqsadida joriy etilmoqda.

Soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan yirik soliq to‘lovchilar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularga tizimning texnik jihatlari bo‘yicha maʼlumot va tushuntirishlar berildi.

Jumladan, boshqa vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashuv orqali hujjatni rasmiylashtirishda maʼlumotlarning bir qismi avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Uchrashuvda yuklarni jo‘natuvchiga tegishli bo‘lgan bir ombordan, uning boshqa omboriga o‘tkazish, shuningdek, sotuvchidan xaridorga yetkazib berish (shu jumladan vositachilar orqali) va boshqa hollarda elektron yuk xatlarini rasmiylashtirishning o‘ziga xoz xususiyatlari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, tadbirkorlarning yangi tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflari ham inobatga olindi.
___________
#ЭТТН

Налоговый комитет обсуждает с налогоплательщиками особенности оформления товарно-транспортных накладных в электронном виде

С 1 апреля этого года для крупных налогоплательщиков, а с 1 июля 2024 года для всех хозяйствующих субъектов на территории Узбекистана будет введена система оформления, хранения и учета товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

До этого времени электронные ТТН оформляли только организации, добывающие и перерабатывающие нерудные полезные ископаемые.

Система электронных ТТН внедряется в целях сокращения бюрократических барьеров, автоматического формирования необходимых сведений в налоговой отчетности и предотвращения ошибок налогоплательщиков при заполнении ТТН.

Специалисты Налогового комитета провели встречу с представителями крупных налогоплательщиков, которым предоставили информацию и разъяснения о том, как технически устроена система.

В частности, рассказали, что благодаря интеграции с базами данных других министерств и ведомств при оформлении документа часть информации формируется автоматически.

В ходе встречи были обсуждены особенности оформления электронных ТТН при перемещении груза с одного склада отправителя на другой его склад, при осуществлении доставки от продавца к покупателю (в том числе через комиссионера) и другие случаи.

Приняты во внимание озвученные предпринимателями предложения по совершенствованию новой системы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ISHONCH" TV

Prezident Farmoniga muvofiq viloyatimizning Bandixon, Qiziriq va Oltinsoy  tumanlari iqtisodiy ahvoliga ko‘ra 5-toifaga kiritildi va bir qator soliq imtiyozlari berildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
👍7
#soʼrovnoma

Hurmatli tadbirkorlar!


Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mezonlari bo‘yicha jamoatchilik fikr-mulohazalarini va takliflarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o’tkazilmoqda.

So‘rovnoma natijalari asosida takliflar ishlab chiqiladi.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/nSMHEUMpP4XjTQSa6
_____________
#опрос

Уважаемые предприниматели!


С целью выявления общественного мнения в отношении критериев Рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства проводится опрос.

По результатам опроса будут разработаны предложения.

Пройдите опрос по ссылке https://forms.gle/nSMHEUMpP4XjTQSa6

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#umumiy_ovqatlanish

Umumiy ovqatlanish korxonalari qanday soliqlarni to'laydi va ular qanday imtiyozlarga ega?

Umumiy ovqatlanish korxonalari Soliq kodeksida belgilangan soliqlarni jami daromadidan kelib chiqib, shuningdek korxonaning o'z tanloviga ko‘ra to'laydi. Bularga quyidagilar kiradi:
▫️ qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i (YTTlar uchun);
▫️AOS (jami daromadi 1 mlrd so'mgacha);
▫️QQS va foyda solig‘i (jami daromadi 1 mlrd so'mdan ortiq).


Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida tanlangan soliq solish tartibini ko‘rsatish orqali AOS to‘lash tartibini tanlash huquqiga ega. Bunda yuridik shaxslar ixtiyoriy ravishda AOS to‘lashni rad etish va QQS hamda foyda solig‘ini to‘lashni tanlashga haqli.
👉 Soliq kodeksi 462-modda

Agar soliq davridagi jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmasa, korxona AOSni 4 % stavkada yoki qat'iy belgilangan summadagi AOS to'lash huquqiga ega.
👉 2024-yil uchun qat'iy belgilangan summadagi AOS stavkasi

❗️2023-yil uchun AOS bo‘yicha hisobotlarni topshirishning oxirgi muddati – 15-fevral.

Agar korxonaning soliq davridagi jami daromadi belgilangan miqdor – 1 mlrd so‘mdan oshsa, QQS (12 %) va foyda solig‘i (12 %) to‘lashga o‘tadi.

❗️Yanvar uchun QQS bo‘yicha hisobotlarni topshirishning oxirgi muddati – 20-fevral.

Agar soliq to'lovchining soliq solish obyekti mavjud bo'lsa jami daromadi miqdoridan qat'i nazar, quyidagi soliqlarni to'laydi:
▫️yuridik shaxslar mol-mulk solig'i,
▫️yuridik shaxslar yer solig‘i;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.


Shuningdek, alkogol mahsulotlarni (chakana va quyib sotish) realizatsiya qilishda, agar ular tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lsa, umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im to‘laydi.
👉 2024-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari

Umumiy ovqatlanish korxonalariga quyidagi soliq imtiyozlari qo'llaniladi:

🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1 % stavkada to‘laydi;
👉1% ijtimoiy soliq stavkasi hisobotda qanday qo'llaniladi?

🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan tumanlar va shaharlarning belgilangan turizm zonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda mazkur hududlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperatorlik va turagent xizmatlarini ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari —:
▪️AOSni 1 % miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha;
▪️yuridik shaxslar mol-mulk yer soliqlarini ushbu hududlarda joylashgan obyektlar, shuningdek mazkur obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan hisoblangan summaning 1 % miqdorida to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 483-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍3
#reytingni_baholash_metodikasi
#umumiy_kursatkich

Tadbirkorlar faoliyatini baholashda soliqlarni o‘z vaqtida to‘lanishi muhim ahamiyatga ega

🗓 Hisoblangan soliqlarning belgilangan muddatlarda to‘lanish ko‘rsatkichi hisoblangan soliq summalarining belgilangan muddatda to‘langanligidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi:

belgilangan muddatda to‘langanda – 10 ball beriladi;
kechiktirib to‘langanda yoki to‘lanmaganda – ball berilmaydi.

📌 Bunda har oyda to‘lov muddati kelgan hisoblangan soliq summasi inobatga olinadi.

🧮 Shuningdek, hisoblangan soliq summasi to‘lov topshiriqnomasi orqali to‘langanligi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi asosida undirilganligidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi:

to‘lov topshiriqnomasi bilan to‘langan bo‘lsa – 10 ball beriladi;
soliq organining inkasso topshiriqnomasi orqali undirilgan bo‘lsa – 5 ball chegiriladi.

👉 Telegram
👍1
#barqarorlik_reytingi

Birozdan so’ng Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yetkazish hamda uni aniqlash mezonlari bilan tanishtirish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxona vakillari ishtirokida navbatdagi seminar bo’lib o’tadi.

📡 Jonli efir
_______
#рейтинг_устойчивости

Скоро начнется очередной семинар для предпринимателей, занятых в сфере торговли и общественного питания, с целью ознакомления их с сутью и значением Рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства, а также с критериями определения рейтинга.

📡 Прямой эфир

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Angor tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
👍4
#umumiy_ovqatlanish

Respublika bo‘yicha jami 20 329 ta yuridik shaxs umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat olib bormoqda. 2023-yilda ularning tovar aylanmasi 8,4 trln so‘mni, shuningdek ular tomonidan to‘langan soliqlar 348 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Savdo sohasida 143,5 mingta yuridik shaxs faoliyati yuritmoqda. Ushbu korxonalarning o‘tgan yildagi tovar aylanmasi 20,1 trln so‘mdan oshgan, ular tomonidan to‘langan soliqlar esa 449,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
________
#общепит

По республике 20 329 юридических лиц осуществляют деятельность в сфере общественного питания. В 2023 году их товарооборот составил 8,4 трлн сумов, а сумма уплаченных ими налогов - 348 млрд сумов.

В сфере торговли
осуществляют деятельность 143,5 тысячи юридических лиц. В прошлом году товарооборот у них превысил 20,1 трлн сумов, а сумма уплаченных налогов составила 449,4 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Baholash mezonlari soliq to‘lovchi tomonidan tegishli o‘zgarishlar kiritilishi bilan onlayn yangilanadi. ...har bir ko‘rsatkich o‘z mantig‘idan kelib chiqib hisobga olinadi.


Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev

📡 Jonli efir

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#seminar

Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!


Ertaga, 14-fevral kuni Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi" mavzusida navbatdagi seminar o‘tkaziladi.

Barcha tadbirkorlarni ushbu seminarga taklif etamiz!

🕙 Boshlanish vaqti - 10:00
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi

👉 Telegram
👍4