Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.11K subscribers
7.47K photos
2.33K videos
91 files
6.7K links
Download Telegram
#reytingni_baholash_metodikasi
#umumiy_kursatkich

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davomiyligi

✍️ "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davomiyligi tadbirkorlik subyektining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab faoliyat yuritish davridan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi:

faoliyat ko‘rsatgan har bir yil uchun – 2 ball;

5 yil va undan ortiq faoliyat ko‘rsatganda – 10 ball beriladi.

⚠️ Bunda tadbirkorlik subyektining harakatsiz holatga o‘tkazilgan davri hisobga olinmaydi.

👉 Telegram
#reytingni_baholash_metodikasi
#umumiy_kursatkich

EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi qanday aniqlanadi?

✍️ "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyektining sof foydasiga foiz to‘lovlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, hisoblangan foyda solig‘i summasi qo‘shilib, tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan sof tushumga bo‘lish va 100 ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi (EBITDA margin = EBITDA / daromad x 100%).

📊 EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatayotgan sohaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan:
🔹70 foizdan yuqori bo‘lsa – 10 ball;
🔹50-70 foizgacha bo‘lsa – 5 ball;
🔹25-50 foizgacha bo‘lsa – 2 ball beriladi.

❗️Mazkur ko‘rsatkichni baholashda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlar va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tgan yuridik shaxslar bo‘yicha ko‘rsatkichlar foyda solig‘i hisoboti shakllarining oxirgi soliq davri ma’lumotlaridan foydalaniladi.

👉 Telegram
#reytingni_baholash_metodikasi
#umumiy_kursatkich

Yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektlari mavjudligini baholash tartibi

✍️ "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq tadbirkorlik subyektining yer uchastkalari va (yoki) ko‘chmas mulk obyektlari mavjudligi tadbirkorlik subyekti foydalanayotgan yer uchastkalari (shu jumladan, qishloq xo‘jaligi uchun uzoq muddatli ijaraga ajratilgan) va (yoki mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida ko‘chmas mulk obyektlari mavjudligi (ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganligi)) quyidagicha baholanadi:

🔸mulk huquqi asosida bo‘lsa – 10 ball;
🔸ijara shartnomasi bo‘yicha foydalanilayotganda7 ball beriladi.

🔺Agar yer uchastkalari va (yoki) ko‘chmas mulk obyektlari mavjud bo‘lmaganda, shuningdek, tadbirkorlik subyektining u ko‘rsatgan manzilda faoliyat yuritmayotganligi aniqlansa 5 ball chegiriladi.

👉 Telegram
#reytingni_baholash_metodikasi
#umumiy_kursatkich

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini baholashda ish haqi jamg‘armasi hisobga olinadi

✍️ "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq bir nafar xodimga to‘g‘ri keladigan ish haqi jamg‘armasini baholashda tadbirkorlik subyekti tomonidan bir nafar xodimga hisoblangan ish haqi summasi tegishli hududdagi iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha hisoblangan o‘rtacha ish haqi miqdoridan:

🔹 100 foiz va undan yuqori bo‘lsa – 10 ball;
🔹 75-100 foizgacha bo‘lsa – 8 ball;
🔹 50-75 foizgacha bo‘lsa – 6 ball;
🔹 25-50 foizgacha bo‘lsa – 4 ball;
🔹 25 foizgacha bo‘lsa – 2 ball beriladi.

❗️Bunda tadbirkorlik subyekti tomonidan bir nafar xodimga hisoblangan ish haqi summasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lsa – 5 ball chegiriladi

👉 Telegram
#reytingni_baholash_metodikasi
#umumiy_kursatkich

Soliq hisobotlarini topshirish muddatlari umumiy ko‘rsatkichga ta’sir qiladi

Soliq hisobotlarining belgilangan muddatlarda taqdim etilishi soliq turlari bo‘yicha soliq hisobotlari belgilangan muddatlarda taqdim etilganligidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi:

◽️ soliq turlari bo‘yicha hisobotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilganda10 ball beriladi;

▫️ hisobot kechiktirib taqdim etilganda yoki taqdim etilmaganda ball berilmaydi.

🗓 Mazkur ko‘rsatkichni baholashda kalendar oyda hisobot topshirish muddati kelgan barcha soliq turlari hisobga olinadi.

👉 Telegram
#reytingni_baholash_metodikasi
#umumiy_kursatkich

Tadbirkorlar faoliyatini baholashda soliqlarni o‘z vaqtida to‘lanishi muhim ahamiyatga ega

🗓 Hisoblangan soliqlarning belgilangan muddatlarda to‘lanish ko‘rsatkichi hisoblangan soliq summalarining belgilangan muddatda to‘langanligidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi:

belgilangan muddatda to‘langanda – 10 ball beriladi;
kechiktirib to‘langanda yoki to‘lanmaganda – ball berilmaydi.

📌 Bunda har oyda to‘lov muddati kelgan hisoblangan soliq summasi inobatga olinadi.

🧮 Shuningdek, hisoblangan soliq summasi to‘lov topshiriqnomasi orqali to‘langanligi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi asosida undirilganligidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi:

to‘lov topshiriqnomasi bilan to‘langan bo‘lsa – 10 ball beriladi;
soliq organining inkasso topshiriqnomasi orqali undirilgan bo‘lsa – 5 ball chegiriladi.

👉 Telegram
#reytingni_baholash_metodikasi
#umumiy_kursatkich

Elektron hisobvaraq-fakturalarning baholash mezonlariga ta’siri

✍️ "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish holatini baholashda hisobot davrida tovarlar jo‘natilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar ko‘rsatilgan, ishlar bajarilgan kalendar sanada rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar summasining jami elektron hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha tovar aylanmasidagi ulushi (foizi):

🔸 100 foiz bo‘lsa — 10 ball;
🔸 75 — 99 foizgacha bo‘lsa — 7 ball;
🔸 50 — 75 foizgacha bo‘lsa — 5 ball;
🔸 25 — 50 foizgacha bo‘lsa — 2 ball;
🔸 25 foizgacha bo‘lsa — 1 ball beriladi;
rasmiylashtirilmagan bo‘lsa — ball berilmaydi.

⚪️ Elektron hisobvaraq-fakturalar orqali xarid qilingan tovarlar realizatsiyasini baholashda
elektron hisobvaraq-fakturalar orqali kalendar yil davomida xarid qilingan (shu jumladan, import qilingan) tovarlar yoki xomashyoga mutanosib ravishda amalga oshirilgan tovarlar realizatsiyasi (jumladan, eksport qilingan tovarlar summasi):

▫️70 foizdan ko‘p bo‘lganda — 10 ball;
▫️50 foizdan 70 foizgacha bo‘lganda — 5 ball beriladi.
▫️Bunda yil davomida 70 foizdan ortiq xarid qilingan tovarlar yoki xomashyo qoldiqda qolganda — 5 ball chegiriladi.

❗️Mazkur ko‘rsatkichni hisoblashda 1-yanvar (yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari uchun — ro‘yxatdan o‘tgan davr) va 31-dekabr sanasidagi tovar yoki xomashyo qoldig‘i inobatga olinadi. Bunda asosiy vositalar summasi hisobga olinmaydi.

👉 Telegram
#reytingni_baholash_metodikasi
#umumiy_kursatkich

Kamchiliklarni bartaraf etishning ahamiyati

✍️ "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq soliq organlari tekshiruvdan oldingi tahlil natijasida aniqlagan kamchiliklarning bartaraf etilish holati soliq organlari axborot tizimlaridan foydalangan holda o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlil natijasida kamchilik aniqlanmaganligi yoki ularning bartaraf etilganligidan kelib chiqib quyidagicha baholanadi:

kamchilik aniqlanmagan yoki keltirilgan kamchiliklarning mavjud emasligi asoslantirilgan bo‘lsa — 10 ball;

kamchiliklar ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan bo‘lsa — 7 ball beriladi.

⚠️ Bunda kamchiliklar bartaraf etilmagan yoki keltirilgan kamchiliklarning mavjud emasligi asoslantirilmagan bo‘lsa — 5 ball chegiriladi.

👉 Telegram