Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.17K subscribers
8.88K photos
2.68K videos
99 files
7.63K links
Download Telegram
#antikorrupsiya

Korrupsiyaning oldini olish ustuvor vazifa

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga to‘siq bo‘lib, inson huquq va erkinliklarini poymol qiluvchi illatdir. Moddiy naf yo‘lida o‘z mansab va vakolatini suiiste’mol qilish, qarindoshlik, tanish-bilishchilik rishtalarini xizmat vazifasidan ustun qo‘yish mazkur illatning keng tomir yoyishiga sabab bo‘ladi. Viloyat soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda Departamentning Termiz shahar bo‘limi xodimlari ishtirokida Termiz shahar soliq inspeksiyasida “Korrupsiyaning oldini olish ustuvor vazifa” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda ayni shu haqda so‘z bordi.

Unda soliq xodimlariga odob-axloq va ichki mehnat tartib qoidalariga rioya etish, xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lish lozimligi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Shuningdek korrupsion holatlarning salbiy oqibatlari va muqarrar jazo choralari to‘g‘risida videorolik namoyish etildi.

👉 Telegram
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Ayol bu — nafaqat oila halqasi, balki butun jamiyatning asosi! Sizlarning mehringiz, donoligingiz va fidoyiligingizsiz hech qanday tizim, hech qanday jamiyat muvaffaqiyatga erisha olmaydi!


Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi

__________
#встреча

Женщина — это не только опора и единство семьи, но и основа всего общества. Без вашей заботы, мудрости и преданности ни одна система, ни одно общество не сможет добиться успеха.


Шерзод Кудбиев,
Председатель Налогового комитета


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

"SURXONDARYO" TV

15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ining teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni!

Soliq kodeksining 423-va 440-moddalariga asosan jismoniy shaxslar 2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlarining teng yarmini joriy yilning 15-apreliga qadar to‘lashlari lozim!

Telegram facebook 📹youtube 🌐instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2🔥1
#mahallabay

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bajarilayotgan ishlar oʻrganildi


Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi “Namuna”, “Qorajiyda” “Kichik beshkapa” hamda “Loyson” MFYlari “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Soliq qoʻmitasi Raisi Sh.Kudbiyevga biriktirilgan.

Ushbu hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida Sh.Kudbiyev Qoʻshtepa tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Namuna” va “Qorajiyda” MFYlarda mahalla yettiligi hamda mahalla faollari bilan uchrashib, hududdagi aholi tomonidan tomorqadan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish, suv bilan taʻminlash, suvni tejovchi sugʻorish tizimlari, elektr energiyasi bilan taʼminotidagi muammolar oʻrganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

Mahalladagi aholi bilan suhbatlashib, ularning tomorqani doimiy daromad olish manbaiga aylantirish boʻyicha masʻullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bajarilayotgan ishlar tumandagi mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan joyiga chiqqan holda oʻrganildi hamda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍2
#korrupsiya #uchrashuv

Hammamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, albatta, katta ijobiy samaragа erishamiz.


Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurashish va yashirin iqtisodiyotning qisqartirilishi yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berdilar.

Bugun Bosh prokuratura va Soliq qo‘mitasi soliq tushumlarini oshirish, yashirin daromad manbalarini aniqlash hamda soliq tizimida shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek,
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish — adolatni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri.


Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida Ishchi guruh tuzildi. Bu guruh soliq ma’murchiligini takomillashtirish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqib, ularning ijrosini ta’minlaydi.

Shuningdek, Ishchi guruhning faoliyati doirasida belgilangan muddatlarda hisobot berish hamda qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq mexanizmlar joriy etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓Eslatma ❗️2025-yil 7-mart

fevral oyi uchun:

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️7 марта 2025 года - последний день

за февраль:


- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Давлат_хизматчиси

⚡️Дилдора Хашимова: Давлат хизматчиси учун энг муҳим жиҳат — ҳалоллик ва садоқат

"Давлат хизматчиси" рукнимизнинг бу галги қаҳрамони Ўзбекистон Республикаси Солиқ қўмитаси Жамоатчилик билан алоқалар бошқармаси бошлиғи Хашимова Дилдора Хуррамовна. Давлат хизматида ишлаш — унинг болалик орзуси бўлган.

— Солиқ тўловчилар янгиликларимизни кутади, — дейди у. — Одамларнинг сизга бўлган ишончи — энг катта ютуғингиз.

Оила ва карьера ўртасидаги мувозанатни сақлаб, давлат хизматида муваффақиятли ишлаётган қаҳрамонимизнинг фикрларини тинглаб кўринг.

📱 Youtube саҳифамизда батафсил.

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1👏1
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi endi yanada qulay!

Yangi 2.0.12 versiyasida:

🏠 "Mening uyim" bo‘limida fuqarolar ko'p kvartirali uylarni boshqaruvchi kompaniyalar (XUJMSh) xizmatlari uchun to'lovni amalga oshirishlari;

📈 eksportyorlar - sotib olingan qishloq xo'jaligi mahsulotlari bo'yicha kirim dalolatnomalarini rasmiylashtirishi mumkin.

❗️Soliq mobil ilovasini faqatgina rasmiy platformalardan yuklab oling:
📱 Play Market
📱 App Store

Soliq mobil ilovasida 10 mlndan ortiq foydalanuvchi ro'yxatdan o'tdi.
__________
#мобильное_приложение

Приложение Soliq теперь еще удобнее!

В новой версии 2.0.12:

🏠 граждане могут оплатить услуги управляющей компании многоквартирного дома (ТЧСЖ) в разделе "Мой дом";

📈 экспортеры - оформить акт закупки сельхозпродукции.

❗️Скачивайте мобильное приложение Soliq только с официальных платформ:
📱 Play Market
📱 App Store

В приложении уже более 10 млн пользователей.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#8_mart

Soliqchi ayollar sharaflandi

Ayol bu ona, o‘qituvchi, tadbirkor, muhandis yoxud munisgina uy bekasi. U qaysi sohada ishlamasin, ulkan natijalarga erishishi tayin. Mehnatsevarlik, fidoyilik, mas’uliyat va tartib-intizom ayollarga xos fazilatlardir.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xusniddin Po‘latov soliq xizmatida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni mazkur bayram bilan samimiy tabriklab, ayollarning oiladagi va jamiyatdagi beqiyos o‘rnini alohida e’tirof etdi.

Bugungi kunda Surxondaryo viloyati soliq xizmati organlarida samarali mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlar 80 nafarni tashkil etadi. Tadbir davomida erkaklar bilan bir safda, astoyidil mehnat qilib soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan soliqchi ayollarga minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

👉 Telegram
👍5