Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.65K photos
2.62K videos
99 files
7.5K links
Download Telegram
O‘zbekiston mustaqil diyor!

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston mustaqil diyor!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti katta o‘qituvchisi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shoira Davlatova ishtirok etib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi. Ta’kidlanganidek, yangi tahrirdagi Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasini ifoda etgan xalqchil hujjatdir. Qomusimizda belgilangan har bir modda inson sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari ta’minlanishi kafolatidir.

Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlar eng avvalo, “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyil asosida amalga oshirilmoqda. Samaradorlik esa erishilayotgan natijalar, xalq roziligiga erishish borasidagi ezgu ishlarda o‘z ifodasini topmoqda.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi - Davlat madhiyasining yaratilish tarixi, uning ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati xususida ham so‘z bordi. Ona diyorimiz madhiyasida boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

Jonajon yurtimiz madhiyasiga hurmat bajo keltirish, dunyo uzra baralla va mangu jaranglashiga o‘z hissamizni qo‘shish har birimizning burchimizdir.

👉 Telegram Facebook
👍1
#uchrashuv

🔴🟦🟦

Ayni paytda Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev Olmazor va Mirzo Ulug‘bek tumanlari tadbirkorlari bilan yuzma-yuz muloqot olib bormoqda.

Unda tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammolar va yuzaga kelayotgan savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish imkoniga ega bo‘lmoqda.
_________

В эти минуты проходит открытый диалог в формате "лицом к лицу" председателя Налогового комитета Шерзода Кудбиева с предпринимателями Алмазорского и Мирзоулубекского районов.

В нем предприниматели напрямую обращаются с проблемами и вопросами, возникающими в их бизнес-деятельности.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram | X|Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#antikorrupsiya

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan talabalar, tadbirkorlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda OAV vakillari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda dunyo hamjamiyatida, xususan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Soliq sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish va “inson omili”ni kamaytirish korrupsion holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etayotganligi ta’kidlanib, korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining ham o‘rni beqiyosligi tushuntirildi.

Ochiq muloqot davomida mamlakat iqtisodiyoti va xususiy sektor rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh namunali soliq to‘lovchilar viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida Termiz davlat universitetining talabalari viloyat soliq boshqarmasi xodimlari faoliyati, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda soliq majburiyatlarini masofadan bajarish imkoniyatlari bilan tanishdi.

👉 Telegram Facebook
👍6🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "SURXONDARYO" TV

Surxondaryoda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 431 mlrd  so‘mlik soliq qarzi undirildi.

👉Telegram Facebook Youtube Instagram
👍12🔥1👏1
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar

Soliq qo‘mitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayoni davom etmoqda.

Shu munosabati bilan, 🕓 2024-yil 7-dekabr soat 00:00dan 10-dekabr soat 06:00ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.

🖇Xususan:
– Elektron hisobotlar;
– ERI;
– EHF* (7-8-dekabr kunlari);
– Notarial idoralari tomonidan fuqarolik holati bo‘yicha maʼlumot qabul qilish;
– korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish;
– mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi (
tasnif.soliq.uz);
– fiskal maʼlumotlar operatori bilan bog‘lanishlar;
– elektron murojaatlar va boshqa xizmatlarda uzilishlar kuzatiladi.


* EHF tizimi 9-10-dekabr kunlari ish faoliyatida bo‘ladi

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
__________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики

Налоговый комитет продолжает поэтапную работу по миграции большой базы данных на новые серверы.

В связи с этим 🕓 с 00:00 часов 7 декабря до 06:00 часов 10 декабря текущего года будет временно ограничена работа некоторых информационных систем и электронных налоговых услуг.

🖇В частности, перебои возможны в:
- электронных отчетностях;
- ЭЦП;
- ЭСФ* (7-8 декабря);
- получении нотариальными конторами сведений, связанных с записями актов гражданского состояния;
- добровольном и принудительном ликвидации предприятий;
- Едином электронном национальном каталоге продукции (товаров и услуг) (
tasnif.soliq.uz);
- каналах связи с оператором фискальных данных;
- электронных обращениях
и других услугах.

* ЭСФ будут доступны 9-10 декабря

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1