Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.65K photos
2.62K videos
99 files
7.49K links
Download Telegram
#seminar

Tadbirkorlar uchun navbatdagi soliq imtiyozlari

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida umumiy ovqatlanish hamda mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida soliq qonunchiligiga oid so‘nggi yangiliklar va o‘zgarishlarga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish va ularning qonuniy ishlashi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

2024-yilning 1-oktabridan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga — budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizi qaytarilishi, bunda turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun chet el valyutasidagi tushumlar barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamida 80 foizini tashkil etishi kerakligi qayd etildi.

2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ularning oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi miqdoriga qarab to‘langan QQSning 40 yoki 20 foizi qaytarilishi tushuntirildi.

Ma’lumot uchun Surxondaryo viloyatida 686 ta umumiy ovqatlanish, 79 ta mehmonxona va 61 ta turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda.

Seminarda shuningdek soliq qonunchiligiga oid so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlar, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimachalar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.

👉 Telegram Facebook
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵"ISHONCH" TV

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida umumiy ovqatlanish hamda mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida soliq qonunchiligiga oid so‘nggi yangiliklar va o‘zgarishlarga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
👍8🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Qurilish materiallari MXIK o‘lchov birligiga o‘zgartirish
kiritish yoki mavjudlarini yangilash Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Soliq qo‘mitasi xabardor qilingach amalga oshiriladi.
______
#встреча

Внесение изменений или обновление единиц измерения, закрепленных за ИКПУ строительных материалов, производится Министерством строительства и жилищно-коммунального хозяйства с уведомлением Налогового комитета.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglandi

Bugungi uchrashuvda, tadbirkorlar mahsulotlarning o‘lchov birliklarini belgilash, MXIK kodini tanlash yoki yangi materiallarga yangi kodlar biriktirish bilan bog’liq yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar haqida gapirdi.

Soliq qo‘mitasining “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tadbirkorlar tomonidan ko'tarilgan har bir masala yuzasidan batafsil tushuntirish berdi.

Shuningdek, ochiq muloqotda ishtirok etgan har bir tadbirkorning muammosiga yechim berish maqsadida ular bilan doimiy aloqa o‘rnatildi.

Bu esa o‘z navbatida bunday muammolarga duch kelayotgan boshqa tadbirkorlarning masalasi yechim topishiga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "SURXONDARYO" TV

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida umumiy ovqatlanish hamda mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
👍7🔥1👏1
#uchrashuv

Biznes bilan navbatdagi uchrashuv

Soliq qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev "Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd" kompaniyasi tashabbusi bilan joriy yil oktabr oyida lavozimiga kirishgan kompaniya bosh direktori Furkan Aydin bilan tanishdi.

Shu vaqtgacha kompaniyamiz O‘zbekistonga 500 mln dollar atrofida investitsiya kiritdi va respublika bo‘ylab bir nechta filiallarga ega. Bundan tashqari ijtimoiy loyihalarimiz ham bor. 10 oylik tushumlar tahlilida xususiy sektorda TOP-5 yirik soliq to‘lovchilar qatorida bo‘ldik, - deyildi uchrashuvda.


F.Aydin O‘zbekistonda Soliq to‘lovchilarga soliq organlari tomonidan o‘z vaqtida maslahat va yordam ko‘rsatilishini alohida taʼkidlab, ko‘pgina mamlakatlarda bu imkonsiz ekanligini va bunday amaliyot "biznesga juda jiddiy eʼtibor" berilayotganini isbotlashini qayd etdi.

Shuningdek, kompaniya o‘z faoliyatini, jumladan Big 4 ishtirokida muntazam ravishda auditdan o‘tkazib borishi haqida maʼlum qildi.

O‘z navbatida, Soliq qo‘mitasi kompaniyaga soliq monitoringida ishtirok etishni taklif qildi. Bu kompaniyaga qonunga rioya etuvchi soliq to‘lovchi sifatidagi obro‘sini mustahkamlash, davlatga esa - soliq intizomini oshirish imkonini beradi.
______
#встреча

Очередная встреча с бизнесом

Первый заместитель председателя Налогового комитета М.Мирзаев по инициативе компании "Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd" познакомился с ее генеральным директором Фурканом Айдином, который приступил к должностным полномочиям в октябре текущего года.

На сегодняшний день наша компания инвестировала в Узбекистан
около 500 миллионов долларов
и имеет несколько филиалов по всей республике. Помимо этого, у нас есть социальные проекты. По итогам поступлений за 10 месяцев мы вошли в
ТОП-5 крупнейших налогоплательщиков
в частном секторе,
- рассказали на встрече.


Ф.Айдин особо подчеркнул клиентоцентричность налоговых органов Узбекистана и своевременное оказание консультативной поддержки закрепленными за налогоплательщиками налоговыми инспекторами, отметив, что во многих странах это недоступно и такая практика доказывает "очень серьезное внимание к бизнесу".

Также сообщено о том, что компания на регулярной основе проводит аудит своей деятельности, в том числе с участием Big 4.

В свою очередь, Налоговым комитетом предложено компании принять участие в налоговом мониторинге. Это позволит компании укреплять репутацию законопослушного налогоплательщика, а государству - повышать налоговую дисциплину.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq xato va kamchilikar tuzatilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi 30 469 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingiga muvofiq baholanib borilmoqda. Bugungi kunda viloyatda 285 ta yuqori, 3708 ta o‘rta, 13514 ta qoniqarli va 12950 ta quyi toifada bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda.

Viloyat soliq boshqarmasi xodimlari manzilli uchrashuvlar tashkil etib, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reytingdagi darajasini oshirishga ko‘maklashmoqda.

“Merkuriy Termiz” xususiy korxonasi hamda “Boysun-barakat imkon” nodavlat ta’lim muassasasi mas’ullari bilan bevosita muloqotlarda tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingining Ebitda bo‘yicha rentabillik darajasini oshirish, elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish, hisoblangan soliq summasini belgilangan muddatda to‘lash hamda bir nafar xodimga to‘g‘ri keladigan ish haqi jamg‘armasini MHTEKMdan ortiq bo‘lishini ta’minlash kabi mezonlari bo‘yicha ball berilmaganligi tushuntirildi. Taqdim etilgan soliq hisobotlariga qayta-qayta o‘zgartirishlar kiritilishi hamda hisoblangan soliq summasining inkasso topshiriqnomasi orqali to‘langanligi ballar chegirilishiga sabab bo‘lganligi ta’kidlanib, kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, qo‘shimcha ball beruvchi imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.

👉 Telegram Facebook
👍1
#barqarorlik_reytingi

EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi qanday aniqlanadi?


✍️ "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyektining sof foydasiga foiz to‘lovlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, hisoblangan foyda solig‘i summasi qo‘shilib, tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan sof tushumga bo‘lish va 100 ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi (EBITDA margin = EBITDA / daromad x 100%).

📊 EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatayotgan sohaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan:
🔹20 foiz va undan yuqori bo‘lsa – 10 ball;
🔹15-20 foizgacha yuqori bo‘lsa – 8 ball;
🔹10-15 foizgacha yuqori bo‘lsa – 6 ball;
🔹5-10 foizgacha yuqori bo‘lsa – 4 ball;
🔹o‘rtachaga teng yoki 5 foizgacha yuqori bo‘lsa – 2 ball beriladi.

❗️Mazkur ko‘rsatkichni baholashda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlar va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tgan yuridik shaxslar bo‘yicha ko‘rsatkichlar foyda solig‘i hisoboti shakllarining oxirgi soliq davri ma’lumotlaridan foydalaniladi.

👉 Telegram
👍1
#jamoatchilik_kengashi

Ayni vaqtda Soliq qo‘mitasida Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Jamoatchilik kengashining yangi tarkibi, Soliq qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev va Markaziy apparat tuzilma rahbarlari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish kun tartibidan o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusidagi rejalar muhokamasi o'rin olgan.

Shuningdek, kengashning yangi Raisini saylash rejalashtirilgan.
___
#общественный_совет

В эти минуты в Налоговом комитете проходит заседание Общественного совета.

В нем принимают участие новый состав Общественного совета, первый заместитель председателя М.Мирзаев и руководители структурных подразделений Налогового комитета.

Заслушивается отчет о проделанной работе за прошедший период и обсуждаются планы на будущее.

Также запланировано переизбрание председателя Общественного совета.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#jamoatchilik_kengashi

🔴🟦🟦

Jamoatchilik kengashining yangi a’zolari o‘zlarini qisqacha tanishtirdi hamda kasbiy faoliyat va tajribalari, shuningdek hamkorlikdagi ishlar doirasida amalga oshirishni rejalashtirayotgan maqsadlari haqida gapirdi.

Jamoatchilik kengashi raisi etib bir ovozdan O‘zbekiston sertifikatlangan moliya mutaxassislari uyushmasi raisi, iqtisod fanlari nomzodi Mixail Perper saylandi.
__
#общественный_совет

Члены Общественного совета представили себя, поделились информацией о своей профессиональной деятельности, опыте и целях, которые они намерены реализовать в рамках совместной работы.

Председателем Общественного совета вновь единогласно избран председатель Ассоциации сертифицированных финансовых специалистов Узбекистана, кандидат экономических наук Михаил Перпер.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1