Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.16K subscribers
7.56K photos
2.35K videos
91 files
6.74K links
Download Telegram
#soliq_qarzi

Soliq qarzi va unga nisbatan koʻriladigan choralar


Soliq qarzi – bu soliq hisobotlari yoki soliq tekshiruvlari boʻyicha hisoblangan va belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlar, boʻnak va joriy toʻlovlar yoki moliyaviy sanksiya va penyalar.

Soliq qarzini toʻlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
▫️ soliqlar summasi;
▫️ hisoblangan penyalar;
▫️ jarimalar.
👉 Soliq kodeksi 55-modda

Soliq kodeksida har bir soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddatlari belgilangan.
Misol uchun:
QQS boʻyicha – oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirilmagan muddatda hisobot taqdim etilishi va soliq toʻlanishi shart
👉 Soliq kodeksi 273-modda;

AOS boʻyicha –
- oy yakunlari boʻyicha hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan,
- yil yakunlari boʻyicha keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay hisobot taqdim qilinadi va toʻlov amalga oshiriladi
👉 Soliq kodeksi 470-modda;

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlari joriy yil uchun toʻlovlar teng ulushlarda 15-aprel va 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi
👉 Soliq kodeksi 423- va 440- moddalar.

Soliq qarziga nisbatan qanday choralar koʻriladi?

Yuridik shaxslar va YTTlarga nisbatan:
▫️soliqlarni toʻlash muddati oʻtganidan keyin 3 kundan kechiktirmay soliq qarzini uzish toʻgʻrisida talabnoma yuboriladi va soliqlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilmagan boʻlsa, ularning bank hisobvaraqlariga soliq organlari tomonidan inkasso topshiriqnomalari qoʻyiladi;
👉 Soliq kodeksi 117- va 121-moddalar

▫️tan olingan soliq qarzi boʻyicha, yaʼni soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma berilgan sanadan boshlab 10 kalendar kun ichida soliq toʻlovchi tomonidan eʼtiroz bildirilmagan taqdirda yuridik shaxslarning mol-mulklariga nisbatan taqiq qoʻyiladi va 15 kalendar kun ichida toʻliq bajarilmagan taqdirda soliq organining qarori bilan mol-mulki xatlanishi mumkin;
👉 Soliq kodeksi 60- va 114-moddalar

Yuridik shaxs va YATT tomonidan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran 60 kalendar kun ichida soliq qarzi toʻlanmagan taqdirda soliq organi qarori asosida undiruv soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratiladi va qaror Majburiy ijro byurolariga yuboriladi.
👉 Soliq kodeksi 119- va 123-moddalar

Jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi 1 mln soʻmdan oshgan taqdirda, soliq organi soliq qarzini undirish yuzasidan sudga ariza kiritadi va sud qarori ijrosi Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 125-modda

Penya nima?

Penya soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatlarini buzgan taqdirda aybdorga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qatʼi nazar toʻlanmagan soliq summasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun foizlarda hisoblanadi.
Penyaning foiz stavkasi Markaziy bankning shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasi (14%) ning 1/300ga teng etib qabul qilinadi.
👉 Soliq kodeksi 110-modda

Misol uchun, 10 mln soʻm miqdoridagi soliq qarzi uchun 1 kunga penya quyidagi tartibda hisoblanadi: 10 000 000 x (14%/300) = 4 666,67 soʻm, soliq qarzini toʻlash bir kunga kechiktirilganda 5 ming soʻm atrofida penya hisoblanadi.
❗️Hisoblangan penyalar ham soliq qarzi hisoblanadi va soliq organlari tomonidan yuqorida qayd qilingan majburiy undiruv choralari qoʻllaniladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#nazorat_tadbiri #tamaki

Qariyb 100 mln so‘mlik noqonuniy sotilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlari aniqlandi

Soliq organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlar davomida:

🔸Chilonzor tumanida 94 turdagi 2781 quti umumiy qiymati 35,6 mln so‘mlik aksiz markasi mavjud boʻlmagan hamda markirovkalanmagan tamaki mahsulotlari;

🔸Urganch shahrida 5 turdagi 217 dona qiymati 7,2 mln so‘mlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari;

🔸Aksiz markasi mavjud bo‘lmagan 430 quti, qiymati 11,2 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari;

🔸Urganch tumanida qalbaki aksiz markali 221 dona 4,6 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari;

🔸Qo‘qon shahrida 194 turdagi umumiy qiymati 36,7 mln so’m bo’lgan aksiz markasiz va markirovkalanmagan alkogol mahsulotlari aniqlandi.

Mahsulotlar masala qonuniy hal etilgunga qadar vaqtincha saqlash uchun maxsus do‘konga yuborildi. Shuningdek holatlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
—————————————-
#контрольные_мероприятия #табак

Выявлена незаконно реализуемая алкогольная и табачная продукция на сумму около 100 млн сумов

В ходе мероприятий, проводимых налоговыми органами и Департаментом по борьбе с экономическими преступлениями при Генеральной прокуратуре, выявлено:

🔸в Чиланзарском районе столицы 2 781 пачка 94 видов табачной продукции стоимостью 35,6 млн сумов без акцизных марок, а также баз маркировки;

🔸в городе Ургенче 217 единиц 5 видов алкогольной продукции стоимостью 7,2 млн сумов с поддельными акцизными марками;

🔸430 пачек табачной продукции без акцизных марок стоимостью 11,2 млн сумов;

🔸в Ургенчском районе 221 единица алкогольной продукции с поддельными акцизными марками на сумму 4,6 млн сумов;

🔸в городе Коканде 194 вида алкогольной продукции общей стоимостью 36,7 млн сумов без акцизных марок и без маркировки

Продукцию отправили в специальный магазин на временное хранение до законного решения вопроса. Также для принятия законных мер соответствующие документы по этим случаям были оформлены и переданы в правоохранительные органы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

- Xodimga nikoh to‘yi munosabati bilan berilgan moddiy yordam pulidan daromad solig‘i olinadimi?

Soliq kodeksining 377-378-moddalariga muvofiq xodimga o‘zi yoki uning farzandlari nikohdan o‘tishi munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalaridan – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i olinmaydi.

Agar xodimga 8 000 000 so‘m miqdorida moddiy yordam puli berilsa, shundan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha (980 000x4,22 = 4 135 600 so‘m) miqdordagi qismi daromad solig‘idan ozod etiladi. Qolgan qismidan (3 864 400 so‘m) belgilangan tartibda daromad solig‘i olinadi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#tayinlov

9 ta tuman (shahar) soliq inspeksiyasida yangi boshliqlar ish boshladi

✍️ Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi 9 ta soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi:

🔹Turimbetov Qasim Paraxatovich Qoʻngʻirot tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Hasanov Shoxrux Shuhratovich Qorakoʻl tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Karimov Yashinjon Abdurashidovich Qorovulbozor tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Gʻafurov Anvar Ahrorovich Buxoro shahar soliq inspeksiyasi;

🔹Bayzaqov Oʻtkir Saydullayevich Payariq tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Djozilov Zafar Abdugofurovich Ishtixon tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Pardayev Yusuf Abdisalomovich Qoʻshrabot tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Erkinov Madaminbek Ulugʻbek oʻgʻli Nurobod tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Abdullayev Sardor Aminbayevich Urganch shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening bugun, 🗓 17-noyabr kuni “Soliq nizolarini sudgacha hal qilish va uning tartiblari” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 11:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится, 🗓 11 ноября на тему «Досудебного урегулирования налоговых споров и его порядок».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 11:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Soliq nizolarini sudgacha hal qilish va uning tartiblari” mavzusidagi seminar internet provayderlaridagi uzilishlar sababli 🛠 belgilangan vaqtdan kechroq boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/08AUt9ZEFLY?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#mahallabay

“Mahallabay” ishlash tizimining samaradorligi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahallani joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylantirish maqsadida olib borilayotgan izchil ishlar ko‘lami yanada kengaytirilib, mahallalarning boshqaruv xodimlari tarkibiga soliq hamda ijtimoiy soha xodimlari ham qo‘shildi va 70 dan ortiq masalalar bevosita “mahalla yettiligi” ko‘magida hal etiladigan bo‘ldi.

Viloyat soliq xizmati organlaridagi 288 nafar soliq xodimlari 724 ta mahallaga biriktirilib, mas’ullar soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishda ko‘maklashish kabi yo‘nalishlarda ish olib bormoqdalar.

"Mahallalarda soliq organi faoliyati" axborot tizimining ishga tushirilishi soliq xodimlari faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan o‘tgan qisqa vaqt mobaynida viloyatdagi mahalla soliq inspektorlari tomonidan jami:

▫️ 108 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi;

▫️11510 ta yangi ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxatga olindi;

▫️466 ta bo‘sh turgan obyekt va yer uchastkalari ishga tushirildi va natijada 4169 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#soliq_nizolari

Soliq organi qarorlari ustidan shikoyat berish tartibi va muddatlari


Shikoyat berish tartibi:

▫️Soliq qo‘mitasiga soliq organi qarorlari* ustidan shikoyat qaror chiqargan hududiy soliq organi orqali beriladi;

▫️bunda hududiy soliq organi arizani kelib tushgan kundan e’tiboran 3 kun ichida Soliq qo‘mitasiga yuborishi shart;

▫️Soliq organlarining qarorlari ustidan shikoyat shaxs o‘z huquqlari buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran 1 oy ichida berilishi mumkin.

Muddat uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha Soliq qo‘mitasi tomonidan tiklanishi mumkin.
👉 Soliq kodeksi 232-modda

Koʻrib chiqish muddatlari:

▪️Shikoyatlarni koʻrib chiqish muddati – 1 oy;

▪️Koʻrib chiqish natijasi yuzasidan soliq organi qarorini shikoyat beruvchiga yetkazish muddati – 3 kun.

Shikoyat koʻrmasdan qoldirilgan holatlarda shikoyat beruvchiga 3 kun ichida yozma shaklda xabar beriladi.
👉 Soliq kodeksi 234- va 235-moddalar

*Sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror.

📜 Soliq nizolarini sudgacha hal qilish tartibi bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads