Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.16K subscribers
7.56K photos
2.35K videos
91 files
6.74K links
Download Telegram
18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Bugun Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohi maydonida unga a’zo bo‘lgan 193 mustaqil davlat qatorida ona diyorimiz O‘zbekistonning ham bayrog‘i mag‘rur hilpirab turibdi. Bu esa mamlakatimizning dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rni, o‘z so‘ziga ega ekanligining tasdig‘i, xalqaro miqyosdagi nufuzidan dalolatdir.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida Davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

Tadbirda Termiz muhandislik-texnologiya instituti kafedra mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori To‘lqinjon Xoliyarov O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yaratilish va qabul qilinish tarixi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi.

Ta’kidlanganidek, Davlatimiz bayrog‘ida aks etgan har bir rang, belgi yurtimizning boy tarixi, milliy davlatchiligimiz, bebaho qadriyatlarimizni, Vatanimizning buyuk kelajagini ifoda etadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Mamlakatimiz suverenitetining ramzi hisoblangan davlatimiz bayrog‘ini qadrlash va hurmat ko‘rsatish har birimizning burchimizdir.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ISHONCH" TV

🇺🇿 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

👉Telegram facebook youtube instagram.
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
🟥🟥🟥
📣 HURMATLI FERMERLAR VA KLASTER VAKILLARI!

Ko‘plab tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojatlarga asosan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Sizga quyidagilarni ma’lum qiladi:

❗️ Ma’lumki, hozirgi kunda fermer xo‘jaliklari tomonidan terib olingan paxtalar klasterlarga yuklab jo‘natilgan.

Soliq kodeksining 22-moddasida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni berishi soliq to‘lovchilaring majburiyati ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Soliq kodeksining 223-moddasida yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi va soliqlarni hisoblash (QQS 12%, foyda solig‘i 15%) amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb quyidagilar e’tirof qilinadi:

🔵 fermer xo‘jaliklari uchun – hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;
🔵 klasterlar uchun – rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish.

‼️ Yuqoridagilardan kelib chiqib O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ushbu holatning oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishingizni so‘raydi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

🔵 "SURXONDARYO" TV

Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etish – erkin va samarali faoliyat yuritish garovidir.


👉Telegram facebook youtube instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 100 dan ortdi.

👉Telegram facebook youtube instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "Sevimli" TV

Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etish – erkin va samarali faoliyat yuritish garovidir.

Telegram facebook youtube instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ish haqi, pensiya va nafaqalar 7 foizga oshiriladi

2023-yil yil 1-dekabrdan:

▫️budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7%;
▫️bazaviy hisoblash miqdori 3 % oshiriladi.

Shunga koʻra:
▫️mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHETKM) – oyiga 1 050 000 soʻm;
▫️bazaviy hisoblash miqdori ( BHM)340 ming soʻm etib belgilanadi.
👉 PF–196-son, 17.11.2023 y

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 20-noyabr

oktabr oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1 va 2 qismlar);

- agar oktabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5 qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3 va 4 qismlar);

noyabr oyi uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️20 ноября 2023 года последний день

за октябрь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в октябре были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);

за ноябрь:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️20-noyabr - oktabr oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41
_______________
#НДС

❗️20 ноября - последний день представления отчетности по НДС за октябрь

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Код пакета отчетности по НДС: 10006_41

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#QQS #chek_tahrirlash

🗓 Bugun, 20-noyabrQQS toʻlovchilar uchun oktabr oyida onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni tuzatishning oxirgi kuni.

QQS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni QQS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.
👉 VMQ-943-son 1-ilova 31(1)-band 23.11.2019 y.
___________

#НДС #корректировка_чека

🗓 Сегодня, 20 ноября последний день для исправления плательщиками НДС технических ошибок при оформлении чеков продажи онлайн-ККТ за октябрь.

Плательщики НДС могут исправить технические ошибки, допущенные при оформлении чека продажи онлайн-ККТ, до окончания срока представления налоговой отчетности по НДС .
👉п. 31(1) Прил.№1 к ПКМ №943 от 23.11.2019 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar #JShODS

Jismoniy shaxslar daromad soligʻini
my.gov.uz portali orqali ham qaytarib olishi mumkin

Jismoniy shaxslar daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning Maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. VMQ-601 15.11.2023 y.

Unga koʻra, jismoniy shaxslar daromad soligʻini qaytarib olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP – My.gov.uz)da elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali soliq organlariga ariza yuborishi lozim.

Soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
🔹 F.I.O.;
🔹 doimiy yashash manzili;
🔹 JShShIR;
🔹 elektron pochta manzili;
🔹 telefon raqami;
🔹 imtiyoz qoʻllaniladigan daromad turi;
🔹 plastik karta rekvizitlari – karta raqami / karta egasi F.I.O / bank tranzit hisobvaragʻi / STIR / MFO.

Soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
🔸 soliq deklaratsiyasi;
🔸 taʼlim tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma;
🔸 taʼlim krediti shartnomasi;
🔸 ipoteka krediti shartnomasi;
🔸 nodavlat taʼlim tashkiloti bilan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursini tugatganlik toʻgʻrisida berilgan hujjat;
🔸 mablagʻlar yoʻnaltirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.

Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng soliq organiga avtomatik tarzda yuboriladi.

Soliq organi ariza beruvchiga daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilganligi yoki rad etilganligi haqida (QR-kodli, matrik shtrix kodli) elektron xabarnoma yuboradi.

Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash toʻg‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Gʻaznachilik boʻlimi tomonidan ortiqcha toʻlov summasi arizachining bank plastik kartasiga qaytariladi.

Maʼlumot uchun: bugungi kunda my.soliq.uz (my3.soliq.uz) portalidagi jismoniy shaxslar shaxsiy kabineti orqali daromad soligʻidan ortiqcha toʻlovni qaytarib olish imkoniyati mavjud.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#YTT

Ijtimoiy tarmoqlarda yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish bo‘yicha e'lon qilingan xabarlarda ushbu faoliyatni yo‘lga qo‘yishda ular to‘laydigan soliqlar haqida ma'lumotlar yo‘qligi hamda soliq turlarini tanlash imkoniyati mavjud emasligi qayd etilgan.

Soliq qo‘mitasi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ma'lumotlar muntazam ravishda e'lon qilib borilayotganini ma'lum qiladi.

Xususan:

👉 Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?

👉Yakka tartibdagi tadbirkorlar qanday soliqlarni to‘laydi?

👉Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati

👉Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i stavkalari

👉
Yakka tartibdagi tadbirkor qanday qilib ortiqcha to‘lagan soliqlarini qaytarib olishi yoki boshqa soliq turiga o‘tkazishi mumkin?

👉 Faoliyat vaqtincha to‘xtatilganda soliq organini xabardor qilish to‘xtatilgan davr uchun soliq hisoblanishini oldini oladi

👉
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlari uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytirilgan

👉
Ijtimoiy soliq miqdorlari mavzusidagi materiallar Soliq qo‘mitasining rasmiy sahifalarida e'lon qilib borilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#QQS

O‘zbekistonda QQS to‘lovchilar soni 192 mingdan oshdi

2023-yil 1-noyabr holatiga QQS toʻlovchilar soni 192 059 taga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,2 % ko‘p.

Eng ko‘p QQS to‘lovchilar quyidagi sohalarda:
🔹 savdo – 59,6 ming;
🔹 qishloq xoʻjaligi – 48,1 ming;
🔹 sanoat – 27,8 ming.

QQS to'lovchilarining yuqori o'sish sur'atlari quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
🔸 axborot va aloqa xizmatlari 41,4%;
🔸 transport36,7%;
🔸 xizmat ko'rsatish17,8%.
________
#цифровизация
#НДС

В Узбекистане более 192 тысяч плательщиков НДС

По состоянию на 1 ноября 2023 года число плательщиков НДС достигло 192 059. Это на 13,2% больше в сравнении с таким же периодом прошлого года.

Больше всего плательщиков НДС в следующих сферах:
🔹торговля - 59,6 тыс.;
🔹сельское хозяйство - 48,1 тыс.;
🔹промышленность – 27,8 тыс.

Высокие показатели роста плательщиков НДС наблюдаются в сферах:
🔸информатизации и услуг связи 41,4%;
🔸транспорта - 36,7%;
🔸оказания услуг 17,8%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

- II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etilganmi


Soliq kodeksining 380-moddasiga muvofiq bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod etiladi.

⚠️ Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

👉 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

🔸Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turishi uchun nima qilishi kerak?

🔸To‘xtatilgan davrlar uchun soliq hisobotlari topshiriladimi?

🔸To‘xtatilgan faoliyat qanday qilib qayta tiklanadi?

👉 Batafsil videorolikda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollanma xodimlarni soliq organlarida qanday hisobga qo‘yadi?

1️⃣Buning uchun my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kirib, xizmatlar qatoridan “Yollangan xodimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish” bandi tanlanadi.

2️⃣Yollanma xodimlarni hisobga qo‘yish uchun ochilgan ariza shakliga yollanma xodimning JShSHIR (PINFL)ini kiritiladi va “Enter” bosiladi.

3️⃣Yollanma xodimning to‘liq ismi, pasport seriyasi, raqami, berilgan joyi va yashash manzili ko‘rsatilgan maydonlar avtomatik to‘ldiriladi.

4️⃣“Faoliyat turi” maydonida yakka tartibdagi tadbirkor shug‘ullanadigan faoliyat turi tanlanadi.

5️⃣“Faoliyat amalga oshirish joyi” maydoni avtomatik to‘ldiriladi.

6️⃣Yollanma xodimning telefon raqami va mehnat shartnomasi muddati qo‘lda kiritiladi.

7️⃣Mehnat shartnomasi PDF formatida yuklab olinadi.

8️⃣Ariza jo‘natiladi.

👉Batafsil

YTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va ayni mavzuda ko‘p uchrayotgan savollar yuzasidan Soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i A.Abdurahmonov tushuntirish berdi


👉 YTT bo‘yicha foydali havolalar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter