Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
7.6K photos
2.36K videos
92 files
6.78K links
Download Telegram
#soliq_nizolari

Soliq organi qarorlari ustidan shikoyat berish tartibi va muddatlari

Shikoyat berish tartibi:

▫️Soliq qo‘mitasiga soliq organi qarorlari* ustidan shikoyat qaror chiqargan hududiy soliq organi orqali beriladi;

▫️bunda hududiy soliq organi arizani kelib tushgan kundan e’tiboran 3 kun ichida Soliq qo‘mitasiga yuborishi shart;

▫️Soliq organlarining qarorlari ustidan shikoyat shaxs o‘z huquqlari buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran 1 oy ichida berilishi mumkin.

Muddat uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha Soliq qo‘mitasi tomonidan tiklanishi mumkin.
👉 Soliq kodeksi 232-modda

Koʻrib chiqish muddatlari:

▪️Shikoyatlarni koʻrib chiqish muddati – 1 oy;

▪️Koʻrib chiqish natijasi yuzasidan soliq organi qarorini shikoyat beruvchiga yetkazish muddati – 3 kun.

Shikoyat koʻrmasdan qoldirilgan holatlarda shikoyat beruvchiga 3 kun ichida yozma shaklda xabar beriladi.
👉 Soliq kodeksi 234- va 235-moddalar

*Sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror.

📜 Soliq nizolarini sudgacha hal qilish tartibi bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads