Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
#antikorrupsiya

Manzilli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Davlat soliq xizmati organlarida o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida soliq xodimlari hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi ana shunday tadbirlar Sherobod, Bandixon, Qiziriq hamda Angor tumanlaridagi umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazildi.

Profilaktik suhbatlarda xususiy sektor vakillariga soliq xodimlari tomonidan faoliyatlariga asossiz aralashuv hamda poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi noqonuniy xatti-harakatlar kuzatilganda murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.

Tarqatma materiallar asosida @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi hamda Soliq qo‘mitasining 71-244-98-98 va Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasining 76-228-03-49 raqamli Ishonch telefon raqamlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

👉 Telegram Facebook
#savol_javob

- Jismoniy shaxs o‘ziga tegishli mol-mulkni realizatsiya qilishdan olgan daromadidan daromad solig‘i to‘laydimi

🟢 Soliq kodeksining 375-moddasiga muvofiq, soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar tarkibiga kiradi.

Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi.

Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb e’tirof etiladi va mazkur daromaddan 12 foizlik soliq stavkasi bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i olinadi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#MXIK

Qurilish materiallarining MXIKlari tadbirkorlarning murojaatlarini inobatga olgan holda yangilandi

Qurilish materiallarining identifikatsiya kodlari (MXIK) "Qurilish materiallari milliy klassifikatori" bilan unifikatsiya qilinayotganligi hamda ularga qatʼiy oʻlchov birliklari biriktirilayotganligi toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasi tomonidan oʻtgan 2 oy davomida bir necha bor xabar berilgan.

Soliq toʻlovchilarga 10-noyabrdan avval mavjud boʻlgan umumiy MXIKlar nofaol holatga oʻtkazilishi haqida maʼlum qilindi.

Ushbu mavzu boʻyicha savollari yuzaga kelgan tadbirkorlik subyektlari koʻrsatilgan telefon raqamlari orqali Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga murojaat qilishlari mumkin.

Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining xati asosida MXIKlar roʻyxati yangilandi.

Soliq toʻlovchilarga amaliy yordam berish maqsadida video qoʻllanmalar tayyorlandi:
🔍 Qurilish materiallarining kerakli MXIKlarini qanday topish mumkin?
✔️ Kerakli MXIKni qanday "Tanlangan"larga qoʻshish mumkin?

Qurilish materiallari MXIKlari boʻyicha savollar yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining quyidagi raqamlariga murojaat qiling:

☎️71 210 11 04 (ichki 6005, 6006, 6007)
____________
#ИКПУ

ИКПУ стройматериалов обновлены с учетом запросов предпринимателей

В течение 2 месяцев Налоговый комитет неоднократно сообщал о том, что идентификационные коды (ИКПУ) строительных материалов приводятся в соответствие с Национальным классификатором строительных ресурсов и что за ними закрепляются фиксированные единицы измерения.

Налогоплательщиков уведомляли о том, что с 10 ноября действовавшие ранее общие ИКПУ будут неактивными.

Предприниматели, у которых возникали вопросы по данной теме, могли обратиться в Министерство строительства и жилищно-коммунального хозяйства по предоставленным телефонным номерам.

На основании письма Министерства строительства и жилищно-коммунального хозяйства перечень ИКПУ был обновлен.

В помощь налогоплательщикам подготовлены видеоинструкции:
🔍как найти нужный ИКПУ стройматериалов?
✔️как добавить ИКПУ в "Избранные"?

По вопросам ИКПУ стройматериалов следует обращаться по следующим номерам Министерства строительства и жилищно-коммунального хозяйства:
☎️71 210 11 04 (внутр. 6005, 6006, 6007)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-noyabr

oktabr oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4-5-qismlari);

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-4-qismlari).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️15 ноября 2024 года - последний день

за октябрь:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу с оборота
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#JShODS #YTT

2024-yil 15-noyabr - noyabr oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.
____________
#НДФЛ #индивидуальный_предприниматель

15 ноября 2024 года - последний день уплаты индивидуальными предпринимателями налога на доходы в фиксированном размере за ноябрь.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon #uchrashuv #raqamli_markirovka

Soliq qoʻmitasi biznes bilan uchrashadi

Suv va alkogolsiz ichimliklar bozori vakillari bilan tayyor markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini joriy etish jarayonlarini muhokama qilish uchun uchrashuv oʻtkazilishi rejalashtirilayotganligi haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Mazkur uchrashuv 2024-yil 18-noyabr kuni soat 12:00 da Soliq qoʻmitasida boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston suv va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilar uyushmasiga bu haqda tegishli xabarnoma yuborildi.

Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi vakillari ham ishtirok etadi.

Suv va alkogolsiz ichimliklar savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari soliq organlari bilan qayta aloqa tizimi orqali #markirovka xeshtegini koʻrsatgan holda qatnashuvchilar roʻyxatini ilova qilib ishtirok etish uchun ariza yuborishlari mumkin.
__________
#объявление #встреча #цифровая_маркировка

Налоговый комитет встретится с бизнесом

Ранее сообщалось, что будет проведена встреча с представителями рынка воды и прохладительных напитков для обсуждения процессов внедрения системы агрегaции готовой маркированной продукции.

Встреча состоится 18 ноября 2024 года в 12:00 часов
в Налоговом комитете.

Соответствующее уведомление было направлено в Ассоциацию производителей воды и прохладительных напитков Узбекистана.

Во встрече также примут участие представители Министерства экономики и финансов, Министерства инвестиций, промышленности и торговли, Торгово-промышленной палаты.

Субъекты предпринимательства, участвующие в сфере реализации воды и прохладительных напитков, могут подать заявку на участие через систему обратной связи с налоговыми органами, указав хэштег #маркировка и предоставив список участников на сайте https://appeal-bot.soliq.uz/

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#antikorrupsiya

Soliq xodimlari ishtirokida psixologik trening o‘tkazildi

Davlat soliq xizmati organlarida o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati soliq xizmati xodimlari uchun “Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga moyillik: sabab bo‘luvchi omillar va bartaraf etish yo‘llari” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.

Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Xadicha Sharafutdinova har qanday huquqbuzarlik ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarga befarqlik natijasida kelib chiqishini ta’kidlab, eng avvalo mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Korrupsion xulq-atvorning o‘ziga xos belgilari, korrupsioner shaxslarning tiplari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berilib, korrupsiyaga qarshi kurarshishning ijtimoiy-psixologik yo‘nalishlari tushuntirildi.

Ta’kidlanganidek aholining huquqiy savodxonligini oshirish, inson huquq va manfaatlarini himoyalash, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali usullaridir.

👉 Telegram Facebook
#uchrashuv #etirof #antikorrupsiya

Halollik osuda turmush garovi!

Soliq qoʻmitasida xodimlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni Soliq qoʻmitasi Raisining maslahatchisi Y.Narziyev kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Taʻkidlanganidek, tizimda erishilgan barcha yuqori koʻrsatkichlar, yutuqlarda, albatta har bir xodimning ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va yaqinlarining beqiyos xissasi bor.

Davlat xizmatchisi, xususan soliq xodimi boʻlish naqadar sharafli va masʻuliyatli kasb ekanligi taʻkidlanib, yurtmizning iqtisodiy va ijtimoiy rivoji, aholining turmush farovonligini oshirish yoʻlida tinmay mehnat qilayotgan soliq xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan oila-aʻzolariga minnatdorchilik bildirildi.

Uchrashuv davomida oʻz kasbiga sadoqat bilan yondashib, halol mehnat qilayotgan xodimlarning ota-onalariga Soliq qoʻmitasi Raisi nomidan tashakkurnoma va Birlashgan Kasaba uyushmasining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, yigʻilishda soliq xodimlari va ularning yaqinlariga davlat xizmatchilari oʻz mansab vakolati hamda xizmat mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiya va taʻmagirlikning salbiy oqibatlari va jinoyatga jazoning muqarrarligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Bunday turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, unga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etishda oilaning alohida oʻrni borligi eʼtirof etildi.

Zero, Prezidentimiz aytganlaridek, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchidir.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads