Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
#savol_javob

– Sanoat korxonasida suvdan foydalanish uchun belgilangan limitdan ortiqcha suv ishlatilganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qanday tartibda hisoblanadi?

Soliq kodeksining 445-moddasiga muvofiq, sanoat korxonalari tomonidan belgilangan limit doirasida foydalanilgan yer usti suv resurslari manbalarining 1 kub metri uchun 638 so‘m, yer osti manbalarining 1kub metri uchun 760 so‘m miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoblanadi.

⚠️ Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism bo‘yicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.

👉 Telegram
#savol_javob

- 2021-yilda otam vafotidan so‘ng yashash uyimiz menga meros tariqasida o‘tgan. Hozir mazkur uy-joyni sotsam mendan daromad solig‘i olinar ekan. Shu haqda batafsil ma’lumot bersangiz.

🟠 Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslar:

🔸qimmatli qog‘ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);
🔸 noturar joylarni;
🔸 o‘ttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi.

Turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki hadya tartibida yoxud oldi-sotdi shartnoma asosida o‘tganligidan qat’iy nazar 3 yil ichida sotilsa, daromad solig‘i to‘lashi lozim.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#savol_javob

– Faoliyatini tugatayotgan yuridik shaxsning ortiqcha to‘langan soliq summalari qanday tartibda qaytariladi?

🟢 Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliqlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirda, ortiqcha to‘langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi shu yuridik shaxsga Soliq kodeksida belgilangan tartibda u ariza bergan kundan e’tiboran 15 kundan kechiktirmay qaytarilishi lozim.

❗️Soliq to‘lovchi tomonidan ariza taqdim etilmagan taqdirda, ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestridan chiqarilgan soliq to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi.

👉 Telegram
#savol_javob

- 15 kun oldin berilgan xarid chekini keshbek olish maqsadida Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lsam, “Chekni ro‘yxatga olish chek sanasidan keyin 10 kun muddatda” degan yozuv chiqyapti. Endi bu chekni ro‘yxatdan o‘tkazib, keshbek olishning imkoni yo‘qmi?

📌 2022-yil 1-yanvardan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikalari fiskal cheklarini Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% miqdorida keshbekka ega bo‘lmoqda.

🔵 Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, quyidagi cheklarga keshbek hisoblanmaydi:

🔹berilgan kundan boshlab 10 kalendar kun o‘tgan cheklarga;
🔹avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismi qaytarilgan cheklarga;
🔹avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklariga;
🔹Shubhali xaridorlar reyestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklariga;
🔹jismoniy shaxslar tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslardan xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) cheklariga.

❗️ Siz ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan xarid chekining berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tganligi sababli keshbek hisoblanmaydi.

👉 Telegram
#savol_javob

🔴 Umumiy ovqatlanish shoxobchasida to‘lovni amalga oshirganimda menga yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli terminalning chekini berishdi. Tadbirkorlar bir-birlarining to‘lov terminallaridan foydalanishlari mumkinmi?


✔️ Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilishi nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzish hisoblanadi va mazkur soliq huquqbuzarligi yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliq kodeksi 221-modda

👉 Telegram
#savol_javob

- Jismoniy shaxs noturar joyni yuridik shaxsga ijaraga berganda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JSHDS) qanday tartibda to‘lanadi?

✔️ Mazkur holatda jismoniy shaxsning noturar joyni ijaraga bergan daromadidan olinadigan soliq ijaraga oluvchi soliq agenti, ya’ni yuridik shaxs tomonidan to‘lov manbaidan to‘lab beriladi.
Soliq kodeksining 386-moddasiga muvofiq, soliqni to‘lov manbaida hisoblab chiqarish, ushlab qolish va budjetga o‘tkazish majburiyati soliq to‘lovchiga daromad to‘laydigan yuridik shaxs zimmasiga yuklatiladi.
🔻 Soliq summasi ushlab qolinmagan taqdirda, yuridik shaxs ushlab qolinmagan summani va u bilan bog‘liq penyani Soliq kodeksiga muvofiq budjetga o‘tkazib beradi.

👉 Telegram
#savol_javob

- “Dekret puli”dan daromad solig‘i olinadimi?

🔰 Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi jismoniy shaxsning jami daromadi tarkibiga kirmaydi va mazkur nafaqa pulidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i olinmaydi.

👉 Telegram
#savol_javob

- Moliyaviy ijara nima

Soliq kodeksiga muvofiq, shartnoma bo‘yicha mol-mulkni (moliyaviy ijara obyektini) 12 oydan ko‘p muddatga egalik qilish va foydalanishga berish chog‘ida yuzaga keladigan ijara munosabatlari moliyaviy ijara deb e’tirof etiladi.

📌 Moliyaviy ijara shartnomasi quyidagi talablardan hech bo‘lmaganda bittasiga javob berishi kerak:

🔺moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara obyekti ijarachining mulkiga o‘tkazilsa;

🔺 moliyaviy ijara shartnomasining muddati moliyaviy ijara obyekti xizmat qilish muddatining 80 foizidan oshsa yoki moliyaviy ijara obyektining moliyaviy ijara shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining kamida 20 foizini tashkil etsa;

🔺 moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, ijarachi moliyaviy ijara obyektini moliyaviy ijara shartnomasida belgilanadigan qat’iy narx bo‘yicha haqini to‘lab olish huquqiga ega bo‘lsa;

🔺moliyaviy ijara shartnomasining amal qilish davrida ijara to‘lovlarining joriy diskontlangan qiymati obyektning uni moliyaviy ijaraga topshirish paytidagi joriy qiymatining 90 foizidan oshsa. Joriy diskontlangan qiymat buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.

👉 Telegram
#savol_javob

-Jismoniy shaxsning soliq qarzi uning mol-mulki hisobidan undirilishi mumkinmi

🟠 Agar jismoniy shaxs soliq to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmagan bo‘lsa va soliq qarzi umumiy summasi 1 million so‘mdan oshsa, soliq organi soliq qarzini ushbu jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish qonuniy kuchga kirgan sud qarori asosida quyidagilarga nisbatan ushbu ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

🔸bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lariga;

🔸 naqd pul mablag‘lariga;

🔸boshqa shaxslarga shartnoma bo‘yicha egalik qilishga, foydalanishga, tasarruf etishga berilgan mol-mulkka, ushbu mol-mulkka doir mulk huquqi ularga o‘tmagan holda, agar soliq majburiyati ijrosini ta’minlash uchun bunday shartnomalar bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;

🔸 boshqa mol-mulkka, bundan qonunchilikka muvofiq belgilanadigan jismoniy shaxsning yoki uning oilasi a’zolarining kundalik shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan mol-mulk mustasno.

❗️Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirishda yuqorida keltirilgan ketma-ketlikni buzishga yo‘l qo‘yilmaydi.


📌Soliq qarzi jismoniy shaxsning pul mablag‘lari ko‘rinishida bo‘lmagan mol-mulki hisobidan undirilgan taqdirda, soliq qarzi bunday mol-mulk realizatsiya qilingan va undan kelib tushgan summalar hisobidan to‘langan paytdan e’tiboran to‘langan deb hisoblanadi.

🔗Mazkur mol-mulk xatlab qo‘yilgan kundan e’tiboran va tushgan summalar budjet tizimiga o‘tkazilgan kunga qadar soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun penyalar hisoblanmaydi.

Soliq kodeksi 125-modda

👉 Telegram
#savol_javob

- Jismoniy shaxs o‘ziga tegishli mol-mulkni realizatsiya qilishdan olgan daromadidan daromad solig‘i to‘laydimi

🟢 Soliq kodeksining 375-moddasiga muvofiq, soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar tarkibiga kiradi.

Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi.

Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb e’tirof etiladi va mazkur daromaddan 12 foizlik soliq stavkasi bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i olinadi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#savol_javob

🔴 O‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni internet do‘konlar orqali sotuvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs daromadi 100 million so‘mdan oshgandan keyin aylanmadan olinadigan soliqni qanday tartibda to‘laydi?

🟢 Elektron savdo maydonchasida tovarlar chakana savdosini amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs elektron tijorat sohasida sotuvchi hisoblanadi.
👉 “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun 8-modda

Elektron savdo maydonchasida tovar (ish, xizmat)lar savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun AOS stavkasi 2 % miqdorida belgilangan. Shundan kelib chiqib, tovarlarini elektron savdo maydonchasida sotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromadining 100 mln so‘mdan oshgan qismidan 2 % stavkada AOS to‘laydi.

🔗 Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar AOS hisobotini qanday topshiradi?

👉 Telegram
#savol_javob

– Shaxs qanday hollarda soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi?

⚪️ Shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun quyidagi holatlardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:

◽️ soliqqa oid huquqbuzarlik holatining mavjud emasligi;

◽️ soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda shaxsning aybi mavjud emasligi;

◽️ soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish muddatlari (3 yil) o‘tib ketganligi.

⚠️ Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa holatlar mavjud bo‘lganda ham shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

🔗 Soliq kodeksi 213-modda

👉 Telegram Facebook
#savol_javob

Men uyimda turli xildagi meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiraman. Ushbu yetishtirayotgan mahsulotlarimni eksportyor korxonalarga sotsam, olgan daromadimdan soliq to‘laymanmi

Uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlarni tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etilgan.
*manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlari bundan mustasno
👉Soliq kodeksi 378-modda 8-qism

Shuningdek, eksportyor korxonalar meva-sabzavot mahsulotlarini keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olganda, JSHODS boʻyicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasdan qoʻllanilishi belgilangan.

Shunga muvofiq, Siz olgan daromadingizdan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi to‘lamaysiz.
*ushbu dehqonchilik mahsulotlarini boshqa shaxslardan xarid qilib uni keyinchalik boshqa shaxslarga qayta sotish holatlari bundan mustasno
👉“Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 7-bandi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

🔴 Vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzlarini kim to‘laydi?

🟢 Soliq qarzi mavjud bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, ushbu jismoniy shaxsning soliqlar bo‘yicha uzilmay qolgan qarzi vafot etgan shaxsning meros qilib olinadigan mol-mulkini meros qilib olish tartibida qabul qilib olgan uning merosxo‘ri (merosxo‘rlari) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning qiymati doirasida va uning (ularning) merosdagi ulushiga mutanosib ravishda uziladi.

Agar vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar bo‘yicha soliq qarzi meros qilib olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq bo‘lsa, soliq qarzining meros qilib olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq summasi undirilishi umidsiz summa deb e’tirof etiladi. Mazkur norma merosxo‘r (merosxo‘rlar) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning qiymati hujjatlar bilan tasdiqlangan hollarda qo‘llaniladi.

Merosxo‘r bo‘lmaganda yoki merosxo‘r (merosxo‘rlar) meros olish huquqidan voz kechganda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi undirilishi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi. Umidsiz soliq qarzi soliq organlari tomonidan hisobdan chiqarilishi lozim.

❗️Soliq qarzi mavjud bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni lozim darajada bajarmaganlik uchun unga hisoblangan penyalar va jarimalar summasi undirilishi umidsiz summalar deb e’tirof etiladi.

Soliq kodeksi 94-modda

👉 Telegram
#savol_javob

- Fermer xo‘jaligimizga qarashli 100 gektar yer maydonining 15 gektariga yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi o‘rnatilgan. Bizga yer solig‘i qanday tartibda hisoblanadi?

🔵 Soliq kodeksining 428-moddasiga muvofiq fermer xo‘jaligining suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqa) sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlari, ya’ni 15 gektari suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod etiladi.

📌 Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organning xulosasi asosida beriladi.

❗️Agarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan yoki demontaj qilingan bo‘lsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi.

🧮 Fermer xo‘jaligining qolgan 85 gektar qismiga yer solig‘i fermer xo‘jaligi yer maydonining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda hisoblanadi.

👉 Telegram
#savol_javob

- Qanday hollarda soliq organlarining qarorlari asosida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatib turiladi?

🔴 Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organi tomonidan mazkur soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) soliq majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:

🔻 ushbu soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilmaganda;

🔻 soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;

🔻soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini ko‘rsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilishda. Soliq organi mansabdor shaxsining kirishiga to‘sqinlik qilinishi uning o‘zi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turadi;

🔻 soliq to‘lovchining (soliq agentining) o‘zi ko‘rsatgan manzilda yo‘qligida.

👉 Telegram