#antikorrupsiya
Profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan muntazam tarzda viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida shaxsiy tarkib va keng jamoatchilik ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi ana shunday tadbir Qumqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasida bo‘lib o‘tdi.
Unda xodimlarga o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi tushuntirilib, poraxo‘rlik va ta’magirlikning salbiy oqibatlari hamda muqarrar jazo choralari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.
👉 Telegram

Korrupsiyaga qarshi kurash – davr talabi
Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Sariosiyo va Uzun tumani soliq inspeksiyalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish va jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida navbatdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Dastlab soliq xodimlari ichki mehnat tartib qoidalariga kiritilgan o‘zgartishlar bilan tanishtirilib, soliq to‘lovchilar bilan bevosita muloqotlarda muomala madaniyati hamda odob-axloq qoidalariga rioya etish lozimligi ta’kidlandi.
Poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lish, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida ish yuritish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning muhim ahamiyati tushuntirildi.

Har bir xodim o‘zini taftish qilishi lozim
Korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim shartlaridan biri xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquq va majburiyatlarini eslatib turishdir. Ayni maqsadda viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Oltinsoy hamda Angor tumani soliq inspeksiyalarida shaxsiy tarkib ishtirokida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Unda har bir davlat xizmatchisi o‘ziga biriktirilgan vazifani vijdonan, odob-axloq va ichki mehnat tartib qoidalariga amal qilgan holda bajarishi, soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro munosabatlarda hamda ish faoliyati davomida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi tushuntirildi.
Samaradorlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan xodimlar belgilangan tartibda rag‘batlantirib borilayotganligi ta’kidlanib, korrupsion huquqbuzarliklardan yiroq bo‘lish, bor bilim va tajribani ishga solib samaradorlik ko‘rsatkichini oshirish kerakligi aytib o‘tildi.

Forwarded from Дилноза Рустамовна <@>
#antikorrupsiya
Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq!
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga to‘siq bo‘lib, inson huquq va erkinliklarini poymol qiluvchi illatdir. Moddiy naf yo‘lida o‘z mansab va vakolatini suiiste’mol qilish, qarindoshlik, tanish-bilishchilik rishtalarini xizmat vazifasidan ustun qo‘yish mazkur illatning keng tomir yoyishiga sabab bo‘ladi. Boysun, Qiziriq, Bandixon va Sherobod tumani soliq inspeksiyalarida “Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda ayni shu haqda so‘z bordi.
Unda soliq xodimlariga odob-axloq va ichki mehnat tartib qoidalariga rioya etish, xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lish lozimligi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Shuningdek korrupsion holatlarning salbiy oqibatlari va muqarrar jazo choralari to‘g‘risida videorolik namoyish etildi.

Korrupsiyasiz kelajak sari!
Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tashkil etilayotgan navbatdagi profilaktik tadbir Boysun tumani soliq inspeksiyasida bo‘lib o‘tdi.
Dastlab korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirilib, mazkur illatga qarshi kurashish prinsiplari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Yaratilayotgan shart-sharoitlar va berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, kasb etikasi va umumbelgilangan odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda davlat xizmatchisi degan sharafli nomga munosib bo‘lish kerakligi ta’kidlandi.
Soliq to‘lovchilar bilan bevosita muloqotda “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida ish yuritish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik va hamkasblarning noqonuniy xatti-harakatlariga ham befarq bo‘lmaslik kerakligi tushuntirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda birdamlikning ahamiyati katta
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Muzrabot, Boysun va Angor tumani soliq inspeksiyalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish choralari to‘g‘risida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazildi.
Bevosita muloqotlarda xizmat vazifasini suiiste’mol qilmaslik, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, odob-axloq va ichki mehnat tartib qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Jamoada do‘stona muhitni shakllantirishning muhim ahamiyati qayd etilib, belgilangan reja ijrosini ta’minlashda ham, korrupsiyaga qarshi kurashda ham o‘zaro birdamlik va jipslikning beqiyos o‘rni ta’kidlab o‘tildi.

Korrupsiyaning oldini olish – ustuvor vazifa
Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazildi.
Dastlab huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ahamiyati, normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, salbiy oqibatlarning oldini olish borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va bunda har bir xodimning mas’uliyati to‘g‘risida tushuntirish berildi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasidagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan muntazam tarzda viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida shaxsiy tarkib va keng jamoatchilik ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 1-noyabridan 29-noyabriga qadar soliq xizmati organlari xodimlari orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida Qiziriq tumani soliq inspeksiyasida viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda shaxsiy tarkib ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda xodimlarga o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi tushuntirilib, poraxo‘rlik va ta’magirlikning salbiy oqibatlari hamda muqarrar jazo choralari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.
👉 Telegram Facebook

Halollik osuda turmush garovi!
Korrupsiya davlat va jamiyat ravnaqiga raxna soluvchi, insonning individual rivojlanishi, porloq istiqboli va kasbiy kamoloti yo‘lidagi eng katta g‘ovdir.
Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquq-tartibot organlari xodimlari hamkorligida Sherobod va Bandixon tuman soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan uchrashuv korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga bag‘ishlandi.
Unda har bir soliq xodimi o‘ziga yuklatilgan vazifani sidqidildan ado etishi, soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yaqindan ko‘maklashishi, kasb etikasi, ichki mehnat tartibi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi lozimligi hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari tushuntirildi.

Manzilli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Davlat soliq xizmati organlarida o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida soliq xodimlari hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi ana shunday tadbirlar Sherobod, Bandixon, Qiziriq hamda Angor tumanlaridagi umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazildi.
Profilaktik suhbatlarda xususiy sektor vakillariga soliq xodimlari tomonidan faoliyatlariga asossiz aralashuv hamda poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi noqonuniy xatti-harakatlar kuzatilganda murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.
Tarqatma materiallar asosida @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi hamda Soliq qo‘mitasining 71-244-98-98 va Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasining 76-228-03-49 raqamli Ishonch telefon raqamlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Soliq xodimlari ishtirokida psixologik trening o‘tkazildi
Davlat soliq xizmati organlarida o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati soliq xizmati xodimlari uchun “Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga moyillik: sabab bo‘luvchi omillar va bartaraf etish yo‘llari” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Xadicha Sharafutdinova har qanday huquqbuzarlik ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarga befarqlik natijasida kelib chiqishini ta’kidlab, eng avvalo mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Korrupsion xulq-atvorning o‘ziga xos belgilari, korrupsioner shaxslarning tiplari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berilib, korrupsiyaga qarshi kurarshishning ijtimoiy-psixologik yo‘nalishlari tushuntirildi.
Ta’kidlanganidek aholining huquqiy savodxonligini oshirish, inson huquq va manfaatlarini himoyalash, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali usullaridir.

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#uchrashuv #etirof #antikorrupsiya
Halollik osuda turmush garovi!
Soliq qoʻmitasida xodimlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvni Soliq qoʻmitasi Raisining maslahatchisi Y.Narziyev kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Taʻkidlanganidek, tizimda erishilgan barcha yuqori koʻrsatkichlar, yutuqlarda, albatta har bir xodimning ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va yaqinlarining beqiyos xissasi bor.
Davlat xizmatchisi, xususan soliq xodimi boʻlish naqadar sharafli va masʻuliyatli kasb ekanligi taʻkidlanib, yurtmizning iqtisodiy va ijtimoiy rivoji, aholining turmush farovonligini oshirish yoʻlida tinmay mehnat qilayotgan soliq xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan oila-aʻzolariga minnatdorchilik bildirildi.
Uchrashuv davomida oʻz kasbiga sadoqat bilan yondashib, halol mehnat qilayotgan xodimlarning ota-onalariga Soliq qoʻmitasi Raisi nomidan tashakkurnoma va Birlashgan Kasaba uyushmasining esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, yigʻilishda soliq xodimlari va ularning yaqinlariga davlat xizmatchilari oʻz mansab vakolati hamda xizmat mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiya va taʻmagirlikning salbiy oqibatlari va jinoyatga jazoning muqarrarligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Bunday turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, unga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etishda oilaning alohida oʻrni borligi eʼtirof etildi.
Zero, Prezidentimiz aytganlaridek, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchidir.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Profilaktik tadbirlar davom etmoqda!
Soliq xizmati organlarida o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” oyligi doirasida Termiz shahar hamda Termiz tuman soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaning oldini olish ustuvor vazifa” mavzusida profilaktik uchrashuvlar tashkil etildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlarda korrupsion holatlarga yol qo‘ymaslik, mazkur illatga qarshi kurashishda o‘zaro birdamlik va ogohlikning ahamiyati xususida so‘z bordi.
Termiz shahridagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida o‘tkazilgan manzilli uchrashuvlarda esa xususiy biznes vakillariga soliq xodimlari bilan bog‘liq korrupsion holatlar kuzatilganda murojaat qilish tartiblari tushuntirilib, maxsus flayer va broshyuralar tarqatildi.

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan talabalar, tadbirkorlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda OAV vakillari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda dunyo hamjamiyatida, xususan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Soliq sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish va “inson omili”ni kamaytirish korrupsion holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etayotganligi ta’kidlanib, korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining ham o‘rni beqiyosligi tushuntirildi.
Ochiq muloqot davomida mamlakat iqtisodiyoti va xususiy sektor rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh namunali soliq to‘lovchilar viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida Termiz davlat universitetining talabalari viloyat soliq boshqarmasi xodimlari faoliyati, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda soliq majburiyatlarini masofadan bajarish imkoniyatlari bilan tanishdi.

Halollik - ishlash prinsipining asosiy tamoyili bo‘lishi lozim!
Har bir soliq xodimi egallab turgan lavozimi va yuklatilgan vazifalaridan qat’i nazar, o‘z xizmat vazifasini sidqidildan bajarishi, kasbiy va axloqiy tartib-qoidalarga rioya etishi va har doim hisobdorlik hissini tuyishi lozim! Muzrabot tuman soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish ayni shu mavzuda bo‘ldi.
Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan navbatdagi profilaktik yig‘ilishda korrupsion xatti-harakatlar sodir etilishi va korrupsion xavf vujudga kelishiga sabab bo‘ladigan shart-sharoitlar hamda omillarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shaxsiy tarkibga soliq to‘lovchilar bilan munosabatlarda halollik va adolatlilik prinsipiga amal qilish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi tushuntirildi.
Soliq xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan soliq to‘lovchilarning har bir murojaatlari to‘laqonli o‘rganilib, tasdiqlangan holatlar bo‘yicha mas’ul xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda jazo choralari qo‘llanilishi aytib o‘tildi.

Tanazzulga yetaklovchi illat!
Har qanday huquqbuzarliklarning oldini olishda, profilaktik tadbirlar, eslatmalar, yuzma-yuz muloqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni maqsadda viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari doimiy tarzda hududiy soliq inspeksiyalari xodimlari hamda soliq to‘lovchilar bilan uchrashib, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalarida bevosita muloqotlar o‘tkazmoqda.
Sherobod, Termiz, Bandixon va Qiziriq tumanlari soliq xodimlari ishtirokidagi uchrashuvlarda ham korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, odob-axloq va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etish, soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro munosabatlarda xolislik va haqqoniylik tamoyiliga amal qilish, eng muhimi davlat xizmatchisi degan sharafli nomga munosib bo‘lish kerakligi tushuntirildi.

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga to‘siq bo‘lib, inson huquq va erkinliklarini poymol qiluvchi illatdir. Moddiy naf yo‘lida o‘z mansab va vakolatini suiiste’mol qilish, qarindoshlik, tanish-bilishchilik rishtalarini xizmat vazifasidan ustun qo‘yish mazkur illatning keng tomir yoyishiga sabab bo‘ladi. Sariosiyo va Uzun tumani soliq inspeksiyalarida “Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq” mavzusida o‘tgan uchrashuvlarda ayni shu haqda so‘z bordi.
Unda soliq xodimlariga odob-ahloq va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etish, xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lish lozimligi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Shuningdek korrupsion holatlarning salbiy oqibatlari va muqarrar jazo choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.