Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.15K subscribers
7.51K photos
2.34K videos
91 files
6.72K links
Download Telegram
#imtiyoz

Urush nogironlari va qatnashchilari uchun soliq imtiyozlari

📌 Soliq kodeksining 421 va 436–moddalariga muvofiq urush nogironlari va qatnashchilari mulkida bo‘lgan mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi.

Shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod etiladi.

❗️Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, nogironligi bo‘lgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi bo‘lgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomasi asosida beriladi.

👉 Telegram
#antikorrupsiya

Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq!

Soliq organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish maqsadida viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan hududlarda muntazam tarzda profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Sho‘rchi hamda Qumqo‘rg‘on tuman soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlar ham korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlandi.

Unda shaxsiy tarkibga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishning ahamiyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Soliq xodimlari orasida kuzatilgan korrupsion holatlar tahlil qilinib, har bir xodim ichki mehnat tartibi va odob-ahloq qoidalariga rioya etishi shartligi yuzasidan yana bir bor ogohlantirildi.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ISHONCH" TV

Muzrabot tumanidagi "Mohiyat”, “Fayziobod” hamda "Chegarachi” mahallalariga biriktirilgan soliq inspektori Olim Jumaqulov o‘ziga berilgan vazifalarni sidqidildan bajarib hamkasblariga namuna ko‘rsatmoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Tovarlarni qadoqlash tartibi – tasnif.soliq.uz

Qadoqni shakllantirish uchun:
🔹ERI orqali shaxsiy kabinetga kiriladi;
🔹Qidirish oynasida qadoqlamoqchi boʻlgan mahsulot tanlanadi;
🔹"Qadoqlar" bo'limiga kirib "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

Mahsulotni qadoqlash (agregatsiya qilish) xizmatida 3 xil qadoqlash mavjud.

🔺 Iste'mol qadog‘ini yaratish uchun quyidagilar bajariladi:
▫️qadoqlash turini tanlash;
▫️tovar miqdorini kiritish;
▫️o'lchov birligini tanlash;
▫️qadoqlangan mahsulot rasmini yuklash.

Xuddi shunday tartib tashqi qadoqlash uchun ham tatbiq etiladi.

Jarayonni yakunlash uchun "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

❗️Barcha yaratilgan qadoqlar "Qadoqlar" bo'limidagi "Shakllangan qadoq" oynasida saqlanadi.

👉 MXIK uchun elektron onlayn-ariza qoldirish
👉 MXIKdan foydalanadigan soliq to'lovchilarga eslatma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#MXIK #QQS

Ayrim mahsulot va xizmatlar uchun imtiyozlarning bekor qilinishi tufayli MXIK o'zgaradimi?

1-apreldan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilindi. Soliq to‘lovchilarda imtiyozlar bekor qilingan tovarlar va xizmatlar uchun MXIK o‘zgaradimi degan savollar tug‘ilmoqda.

MXIK o'zgarishsiz qoladi. Tizimdagi QQS imtiyozlari 1-aprelgacha amal qiladi. Shu kundan boshlab, ushbu tovarlar yoki xizmatlarning MXIKni tanlashda QQS stavkasi avtomatik ravishda qo'llaniladi.
——————
#ИКПУ #НДС

Поменяются ли ИКПУ товаров и услуг из-за отмены льгот?

С 1 апреля отменяются некоторые льготы по НДС. В связи с этим у налогоплательщиков возникают вопросы, поменяются ли ИКПУ на товары и услуги, по которым прекращается действие льгот.

ИКПУ останутся без изменений. Льготы по НДС в системе действуют до 1 апреля. Начиная с этой даты при выборе ИКПУ этих товаров или услуг будет автоматически применяться ставка НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz

5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari

✍️ “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar:

🔸
5-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar foyda soligʻi, AOS va ijtimoiy soliqni 1% miqdorida to‘laydi;

🔸Yakka tartibdagi tadbirkorlar JShODSning qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilindi;

🔸yuridik shaxslar mol-mulk va yer soligʻini mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summani 1%i miqdorida toʻlaydi.

📍Viloyatimizning Bandixon, Qiziriq Oltinsoy tumanlari 5-toifaga kiritilgan.

👉Telegram
#savol_javob

- Soliq organi soliq to‘lovchining soliq qarzini kafildan undirishi mumkinmi?

🟢 Agar soliq to‘lovchining soliqlar bo‘yicha qarzini uzishga doir majburiyati bank kafolati, uchinchi shaxsning kafilligi yoxud mol-mulk garovi bilan ta’minlangan bo‘lsa, soliq to‘lovchi soliqlar bo‘yicha soliq qarzini uzmagan yoki to‘liq uzmagan taqdirda, soliq organi soliq qarzining to‘lanmagan summasini tegishlicha bank kafolatini bergan bankdan, kafildan yoxud garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatidan undirishi shart.

Soliq kodeksi 120-modda

👉 Telegram
#gimnastrada_2024

Sport — nafislik va salomatlik manbai

Bugun vazirlik va idoralar xodimlari hamda ularning oila a’zolari o‘rtasida “Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida “Gimnastrada” sport festivali bo‘lib o‘tdi.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarni sportga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan festivalda Soliq qo‘mitasining jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Soliqchi ayollardan iborat jamoaning chiqishlari muhlislar olqishi va hakamlar e'tirofiga sazovor bo‘ldi.

Soliq qo'mitasi jamoasi 30 ga yaqin tashkilotlar ichida eng yaxshi TOP-5 jamoalar safidan joy oldi. Shuningdek, "Kompozitsiyani sahnalashtirishdagi kutilmagan yechimlari uchun" nominatsiyasi g'olibi bo‘ldi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#9_may

Aziz vatandoshlar, muhtaram faxriylar, Sizlarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 79 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Siz, azizlarga va sizlarning timsolingizda butun xalqimizga oʻzimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Mana shu qutlugʻ kunda eng avvalo urush maydonlaridan qaytmagan minglab yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib, ruhi poklariga hurmat bajo keltiraman. Ularning xotirasi abadiy, jasorati mangudir!

Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimizning mustahkamligi uchun jasorat koʻrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun ham yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan muhtaram faxriylarimiz oldida taʼzim qilaman.

Shu kunlarda yurtimizning barcha goʻshalarida Xotira maydonlari toʻlib-toshgan, urushda halok boʻlgan vatandoshlarimiz yod etilmoqda, faxriylar holidan xabar olinmoqda. Zero, Sizlarning va marhum safdoshlaringiz sadoqati tufayli osmonimiz musaffo, koʻnglimiz xotirjam, farzandlarimiz baxtiyor va chehralari gulgun.

Hurmatli faxriylar, ushbu qutlugʻ ayyom munosabati bilan Sizlarni yana bir bor tabriklayman.

Hammangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Xotira – abadiy, qadr – muqaddas !

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan viloyat hokimi U.Qosimov, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi jamoasi Termiz shahri Xotira maydonidagi "Motamsaro ona haykali" poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning xotirasini ulug‘lab, chuqur hurmat-ehtirom bilan yod etish bugungi dorilomon kunlarda umrguzaronlik qilayotgan har bir yurtdoshimizning burchidir!

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram