Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
8.46K photos
2.57K videos
97 files
7.37K links
Download Telegram
#hayit #9_may

Urush qatnashchilari holidan xabar olinmoqda

Yurtimizda keksalarni eʼzozlash ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish ezgu anʼanaga aylangan.

Ramazon hayiti hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni oldidan Davlat soliq qo‘mitasi va Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Buxoro shahrining “Shirbudin” mahallasida yashovchi 94 yoshli Reyda Resutovaning xonadonida bo‘lib, onaxonni bayram bilan tabrikladi hamda esdalik sovg‘alarni topshirdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hayit #9_may

Urganchlik 99 yoshli urush qatnashchisiga ehtirom ko‘rsatildi

Keksalar holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri sanaladi.

Davlat soliq qo‘mitasi va Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati urganchlik 99 yoshli urush qatnashchisi Sobir ota Qurbonov xonadonida bo‘ldi.

Suhbat jarayonida Sobir ota Qurbonov davlatimiz rahbari tomonidan urush va mehnat faxriylariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdi. Tinchlik va osoyishtalik — ulug‘ neʼmat. Ular mujassam bo‘lgan joyda taraqqiyot va rivojlanish barqaror bo‘lishi ta‘kidlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hayit #9_may

Urush va mehnat faxriylari – doimo e’zozda

Ramazon hayiti hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida istiqomat qilib kelayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Grigoriy Kolosov, Aklima Shayxutdinova hamda Nikolay Kudinovlarning xonadonlariga tashrif buyurib, faxriylarni bayram bilan muborakbod etdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#9_may

Farg’onalik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi: 100 ga kirsam osh qilib beraman, deb niyat qilardim

Ikkinchi jahon urushida Vatan ozodligi uchun qon kechgan Odiljon ota Zokirov 2 asr bilan yuzlashdi.

Joriy yil 17-fevral kuni otaxon 100 yoshni qarshiladi va o‘z niyatiga yetdi: dasturxon yozib, elga osh berdi.

Davlat soliq qo‘mitasi va Farg‘ona viloyati DSB rahbariyati Toshloq tumani Shodlik mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Odiljon ota Zokirov xonadoniga tashrif buyurib, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muborakbod etdilar.

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram
#9_may

Yurtimiz tinch turmushimiz farovon. Bunda albatta Vatan ozodligi, yurt mustaqilligi uchun jonini fido qilgan jasur vatandoshlarimizning beqiyos hissasi bor.

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasi hamda Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati Qumqo‘rg‘on tumanining “Munchoqtepa” mahallasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Musayev Hayit boboning xonadonida bo‘ldi.

Samimiy muloqot chog‘ida qahramonimiz urushning suronli damlarini yodga olib, bugungi dorilomon kunlarga shukr qilish va uning qadriga yetish kerakligini ta’kidladi.

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#9_may

Siz hamisha yonimizda va yodimizdasiz, aziz faxriylar!!!

Davlat soliq qo‘mitasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan soha faxriylari sharafiga bayram tadbiri tashkil etildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#9_may

“Siz doim yodimizda va yonimizdasiz faxriy hamkasblar!” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur tadbirda soliq sohasida mehnat qilib hozirda keksalik gashtini surayotgan va ayni kunlarda o‘z tajribasi bilan yosh kadrlarga o‘rnak bo‘layotgan faxriy xodimlar uchun turli ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi.

Shuningdek, davlat soliq xizmati organlarida keyingi yillarda erishilgan yutuqlarning elektron taqdimoti o‘tkazildi.

Fiskal institut professor-o‘qituvchilari Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi va “Temur tuzuklari”da soliqqa oid g‘oyalarning tutashuv nuqtasi haqida qiziqarli maʼruzalar qildi.

Tadbir davomida faxriylarning dil so‘zlari tinglandi. Ularga davlat soliq xizmati organlarining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#9_may

Xotira abadiy, jasorat mangu!

Aziz yurtdoshlar, muhtaram faxriylar Sizlarni va ko‘pmillatli butun xalqimizni Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G‘alabaning 77 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Sizlarning fashizmga qarshi mardona kurashib buyuk G‘alabaga qo‘shgan beqiyos hissangiz haqiqiy qahramonlikdir.

Ushbu qutlug‘ ayyomda urush va mehnat faxriylariga chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimiz, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning xotirasi abadiy, jasorati mangudir.

Bugun mustaqil Vatanimiz ozodligi, el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan mard va jasur harbiylarimizni ham hurmat va ehtirom bilan yodga olish zarur.

Ularning jasorati hech bir zamonda unutilmaydi.
Davlatimiz tomonidan ularning oila aʼzolari, farzandlariga g‘amxo‘rlik ko‘satilib, ulkan eʼtibor qaratilmoqda.

Shu kunlarda bugungi osoyishta kunlar uchun jon fido qilgan vatandoshlarimizning so‘nmas xotirasini yod etib, ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltirish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.

Bugun Toshkent shahrida, barcha viloyat va tumanlarda Xotira maydonlari to‘lib-toshgan, urushda halok bo‘lgan vatandoshlarimiz yod etilmoqda, faxriylar holidan xabar olinmoqda.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan ham
bayram arafasida muhtaram faxriylarimiz bilan samimiy uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga mukofotlar, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hurmatli vatandoshlar, muhtaram faxriylar ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan sizlarni yana bir bor tabriklayman.

Hammangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#9_may

Aziz vatandoshlar, muhtaram faxriylar, Sizlarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 79 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Siz, azizlarga va sizlarning timsolingizda butun xalqimizga oʻzimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Mana shu qutlugʻ kunda eng avvalo urush maydonlaridan qaytmagan minglab yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib, ruhi poklariga hurmat bajo keltiraman. Ularning xotirasi abadiy, jasorati mangudir!

Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimizning mustahkamligi uchun jasorat koʻrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun ham yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan muhtaram faxriylarimiz oldida taʼzim qilaman.

Shu kunlarda yurtimizning barcha goʻshalarida Xotira maydonlari toʻlib-toshgan, urushda halok boʻlgan vatandoshlarimiz yod etilmoqda, faxriylar holidan xabar olinmoqda. Zero, Sizlarning va marhum safdoshlaringiz sadoqati tufayli osmonimiz musaffo, koʻnglimiz xotirjam, farzandlarimiz baxtiyor va chehralari gulgun.

Hurmatli faxriylar, ushbu qutlugʻ ayyom munosabati bilan Sizlarni yana bir bor tabriklayman.

Hammangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#9_may

Aziz yurtdoshlar, hurmatli faxriylar!

Siz azizlarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 80 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!

Bu sana – yuragimizda mangu barhayot bo‘lgan jasorat, fidoyilik va vatanparvarlik timsolidir. Har yili ayni shu kunda biz Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan yurtdoshlarimizni chuqur hurmat bilan yod etamiz, bugungi tinch va osoyishta hayot uchun o‘z jonini fido qilgan ajdodlarimiz oldida bosh egamiz.

Hurmatli faxriylar, sizlarning mardlik, sabr-toqat va sadoqatingiz tufayli biz bugun ozod va mustaqil yurtimizda farovon hayot kechirmoqdamiz. Sizlarning ibratli hayotingiz, yosh avlod uchun haqiqiy mardlik va fidoyilik darsidir.

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Xotira maydonlarida urush qurbonlari yodga olinmoqda, faxriylar holidan xabar olinmoqda. Bu albatta, xalqimizning tarixga, ulug‘vorlikka va jasoratga bo‘lgan yuksak hurmatini ifoda etadi.

Bugungi tinchlik, osmonimiz musaffoligi, yurtda osoyishtalik uchun fidokorlik ko‘rsatgan barcha yurtdoshlarimizga chuqur minnatdorlik izhor etaman. Ularning xotirasi yuragimizda mangu saqlanadi!

Hurmatli faxriylar va aziz yurtdoshlar! Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

Xotira abadiy, jasorat mangu!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#9_may

Xotira abadiy, jasorat mangu!


9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Termiz shahridagi Xotira maydonida viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar hamda keng jamoatchilik ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi jamoasi ishtirok etib, Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning ulug‘ xotirasiga chuqur hurmat-ehtirom ramzi sifatida "Motamsaro ona haykali" poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Ona diyorimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish, ularning mangu xizmatlarini e’zozlash bugungi dorilomon kunlarda umrguzaronlik qilayotgan har bir yurtdoshimizning burchidir!

👉 Telegram
#9_may

9-may – Xotira abadiy, jasorat mangu!

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan ezgu tadbirlarda davlat soliq xizmati organlari vakillari ham faol ishtirok etmoqda.

Xususan, Surxondaryo, Fargʻona, Buxoro va Namangan viloyatlari soliq boshqarmasi jamoalari ushbu tadbirlarda qatnashib, Vatan ozodligi va erkinligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirdilar. "Motamsaro ona haykali" poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Ona diyorimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida kurashgan yurtdoshlarimiz xotirasini e’zozlash – har birimizning muqaddas burchimizdir.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads