Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.15K subscribers
7.51K photos
2.34K videos
91 files
6.72K links
Download Telegram
#antikorrupsiya

Halollik vaksinasi – korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali usuli

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish –ustuvor vazifa” mavzusida shaxsiy tarkib bilan bevosita muloqot bo‘lib o‘tdi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Biznes-ombudsmanning Surxondaryo viloyatidagi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda soliq sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish va bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida so‘z bordi.

Ta’kidlanganidek, davlat xizmatchilari eng avvalo kasb etikasi, ichki mehnat tartibi va odob axloq qoidalariga rioya etishi, halollik vaksinasi bilan emlanishi lozim.

Har bir soliq xodimi “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarga yaqindan yordam berishi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi, soliq xodimlari orasida korrupsion holatlarning oldini olishda eng avvalo jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish kerakligi tushuntirildi.

Bevosita muloqot yakunida soliq xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori talablari ijrosi bajarilishini ta’minlash, xususan, tadbirkorlar, non ishlab chiqaruvchi korxona va nonvoyxonalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishi va energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda asossiz ravishda non va non mahsulotlari narxini oshirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish yuzasidan topshiriqlar berildi.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ISHONCH" TV

2024-yilning aprel oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” hamda “DSB ma’murchiligi” axborot tizimlari baholash natijalariga ko‘ra viloyat soliq xizmati organlari  xodimlari Respublikada eng yuqori natjalarga erishdi.

Telegram facebook youtube instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 6-may

aprel oyi uchun:


- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODS va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 6 мая 2024 года последний день

за апрель:


- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar ayrim soliqlardan ozod etiladi

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-71-son, 01.05.2024-y.

Farmonga koʻra:

🔹2026-yil 1-yanvarga qadar toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar quyidagi soliqlardan ozod etiladi:
▫️mol-mulk soligʻi;
▫️yer soligʻi;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.


🔹2024-yil 1-maydan 2026-yil 1-maygacha barqarorlik reytingida “A” va undan yuqori toifada boʻlgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi tadbirkorlarda:
▫️soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno),
▫️QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) 1 kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.
______
#новое_в_законодательстве

Дирекции текстильных промышленных зон и созданные в них предприятия освобождаются от уплаты некоторых налогов

Принят Указ Президента "О мерах по выведению на новый этап развития текстильной и швейно-трикотажной промышленности".
👉 №УП-71 от 01.05.2024 г.

В соответствии с ним:

🔹до 1 января 2026 года дирекции текстильных промышленных зон и созданные в них предприятия освобождаются от уплаты:
▫️налога на имущество;
▫️земельного налога;
▫️налога за пользование водными ресурсами.


🔹с 1 мая 2024 года до 1 мая 2026 года в деятельности субъектов предпринимательства текстильного и швейно-трикотажного направления категории "А" и выше рейтинга устойчивости:
▫️налоговые проверки не проводятся (за исключением проверок, проводимых в рамках уголовных дел);
▫️возмещение (возврат средств) суммы НДС субъектам предпринимательства данной категории осуществляется без проверок в однодневный срок.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz

Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliq imtiyozlari


✍️"2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida"gi Prezident qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvarga qadar mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan yaratilgan har bir yangi ish o‘rni uchun oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 50 foizi respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan oshmagan miqdorda) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llanadi.

⚠️ Mazkur imtiyoz:
🔹Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda;
🔹 ushbu fuqarolarga har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda qo‘llanadi.

👉 Telegram
#QQS

Soliq to‘lovchilarga 77,1 mlrd so‘m QQS qaytarildi

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Surxondaryo viloyatida jami 94 ta ariza bo‘yicha 77 157,5 mln so‘m QQS qaytarilgan.

Eng ko'p qaytarilgan QQS hududlar kesimida:
📍Denov tumani - 17 630,1 mln so‘m;
📍Termiz shahar - 14 517,3 mln so‘m;
📍Angor tumani - 12 882,6 mln so‘m;
📍Termiz tumani - 7 777,1 mln so‘m;

📈Qoplab berilgan QQS summasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 146 foizga o‘sgan.

👉 Telegram
#tashqi_savdo

Chet el yuridik shaxslari ishtirokchilari va nazorat qiluvchilarga eslatma


Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentlari soliq organiga chet el yuridik shaxsi faoliyatida oʻzining ishtirok etishi toʻgʻrisida (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini taʼsis etish haqida) va oʻzlari nazorat qiluvchi shaxs boʻlgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqida xabarnoma yuborishlari shart.
👉 Soliq kodeksi 209-modda

Soliq qoʻmitasi chet el yuridik shaxsi faoliyatida ishtirok etuvchi va chet el kompaniyasini nazorat qiluvchi Oʻzbekiston soliq rezidentlariga Soliq kodeksida belgilangan majburiyatlarini eslatish maqsadida xabarnomalar yubormoqda.

Soliq toʻlovchilar chet el yuridik shaxsi faoliyatida ishtirok etish boʻyicha qoʻshimcha savollar bilan Soliq qoʻmitasining 71 244-98-09 (ichki raqam 01620, 01243, 01281, 01879) telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hayat

Hayʼat majlisi: natijalar tahlil qilinib, vazifalar belgilab olindi


Soliq qo‘mitasi raisi rahbarligida, joriy yil aprel oyi prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi hamda may oyidagi vazifalarga bag‘ishlangan Hayʼat majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda markaziy apparat hamda hududiy soliq boshqarmalari boshliqlari (videokonferensaloqa orqali) ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, aprel oyida 14,6 trln soʻmlik soliq tushumlari taʼminlanib, oʻtgan yilning aprel oyiga (13 trln soʻm) nisbatan 1,6 trln soʻmga (12,1%) oʻsishga erishildi. Xuddi shu davrda – mol-mulk soligʻi 56%, aylanmadan olinadigan soliq 45%, yer soligʻi 38% va QQS 25% oʻsgan.

Shu bilan birga, aprel oyida 19 ta tuman (shahar)larda umumiy tushumlarni hamda 58 ta soliq inspeksiyasida aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hamda aksariyat hududlarda qoʻshimcha daromadlarni jalb etishda kutilgan natijalarga erishilmaganligi jiddiy tanqid qilindi.

Shuningdek, “DSB maʼmurchiligi” dasturi asosida “korxonabay” ishlash tizimi boʻyicha aprel oyi yakuniga koʻra samaradorlik koʻrsatkichi Navoiyda 68,8 ball, Toshkent shahrida 69,6 ball Qashqadaryoda 70 ball, Jizzaxda 70,3 balni tashkil etib, past daraja qolganligi tanqid qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Hayʼat yigʻilishida “Mahallabay” ishlash tizimi doirasida soliq inspektorlari faoliyati ham tahlil qilindi.

Xususan, joriy yil aprel oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” ATda baholash natijalariga koʻra respublikaning samaradorlik koʻrsatkichi 92,2 ballni tashkil etib, 9 ta viloyatda 90 balldan oshgan boʻlsa, Andijon (84,8), Fargʻona (87,2), Samarqand (87,5), Namangan (89,7), Jizzax viloyatlarida 90 ballga yetmaganligi har bir mahalla kesimida tanqidiy muhokama etilib, masʼullarning hisobotlari eshitildi.

Oʻtgan oyda 377 nafar inspektorning samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 95 balldan yuqori, 1 416 nafari esa 90 va 95 bal oraligʻidagi koʻrsatkichlarga erishgan boʻlsa, 2615 nafar inspektorlar 90 baldan past natijalarni qayd etgan.

Yigʻilishda, aprel oyida foydalanilmagan imkoniyatlar koʻrsatib oʻtilib, may oyida byudjetga soliq tushumlari va qoʻshimcha daromadlarni taʼminlash, soliq qarzini undirish, “korxonabay” va “mahallabay” ishlashda har bir xodimning samaradorlik (KPI) koʻrsatkichlari ijrosini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, toʻlov intizomiga rioya etilishi, tadbirkorlik subyektlariga reyting koʻrsatkichlarini yaxshilashga koʻmaklashish, soliq toʻlovlarini kamaytirgan xoʻjalik subyektlari bilan manzilli ishlash kabi qator yoʻnalishlarda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Siz tasnif.soliq.uz saytida mahsulot va xizmatlar uchun talab qilinadigan identifikatsiya kodini (MXIK) topolmayapsizmi?
Unda elektron onlayn-ariza qoldiring!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads