Sevara Urinbayeva
2.59K subscribers
9.87K photos
1.14K videos
23 files
4.4K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Адлия_онлайн

Айни вақтда Адлия вазирлиги томонидан ўтказилаётган ''Беш йиллик стратегик ислоҳотлар якунларини сарҳисоби ҳамда 2022–2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини амалга ошириш истиқболлари'' муҳокамасига бағишланган халқаро конференция давом этмоқда.

https://youtu.be/lgpUvZfIAyc
Ijtimoiy tarmoq va Telegram messenjerida Adliya vazirligi nomidan turli manbalar ochilgan. Ularning orasida bir qator feyk kanallar ham mavjudligi aniqlanmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tmoqchimiz:

▫️Facebook
https://www.facebook.com/groups/adliya
https://www.facebook.com/minjustuz

▫️Twitter
https://twitter.com/minjustuzb

▫️Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews

▫️Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya

▫️Telegram
@huquqiyaxborot
@pravoinf
@leginf
@adliyangiliklari

Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega. Sahifalarning nomidagi maxsus belgi orqali ulanrni oson ajratib olish mumkin.

Ehtiyot bo‘ling, axborotni ishonchli manbalardan oling!

@adliyangiliklari
Кечадан буён мамлакатимиз оммавий ахборот воситалари ва блогерларидан Ўзбекистон ва Россия Президентларининг яқинда бўлиб ўтган телефон мулоқоти якунларига изоҳ беришимни сўраб, мурожаатлар келиб тушмоқда.

Шу муносабат билан ҳамкасбларимизга қуйидагиларни маълум қилмоқчиман.

Икки томонлама муносабатларнинг кенг кўламли кун тартибида турган долзарб масалалардан ташқари, Ўзбекистон ва Россия етакчилари Украина атрофида юзага келаётган вазият юзасидан ҳам фикр алмашдилар.

Россия Президенти давлатимиз раҳбарига махсус ҳарбий операцияни ўтказиш тўғрисида қабул қилинган қарорнинг сабаблари ва шарт-шароитлари тўғрисида маълумот берди.

Ўзбекистон етакчиси, ўз навбатида, томонлар вазиятни ҳал қилишнинг ўзаро мақбул йўлларини тез фурсатда топишлари ва унинг янада кескин тус олишига йўл қўйилмаслигига умид билдирди.

Шуни алоҳида таъкидлашни истардимки, Ўзбекистон бу масала бўйича вазмин, нейтрал позицияда.

Мамлакатимиз азалдан ҳам Россия, ҳам Украина билан яқин, дўстона муносабатларга эга. Биз кенг минтақамизда тинчлик, барқарорлик ва изчил тараққиёт бўлишидан манфаатдормиз. Барча баҳс ва келишмовчиликлар фақатгина халқаро ҳуқуқ нормалари асосида ҳал қилиниши лозим.
#Adliya_xabari

Ko‘zi ojiz bolalar maktab –internatida “Huquq kuni”

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

22-fevral
▪️X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi Markazida Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida sud ekepertiza faoliyatini takomillashtirish boʼyicha uchrashuv o‘tkazildi. Unda Markaz tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalari atroflicha muhokama etildi.

▪️Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Nukusda NNT faollari bilan uchrashdi.

▪️Adliya vaziri Bolalar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘linmasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

23-fevral
▪️Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yildi. Ko‘rsatuvning maqsadi — fuqarolarning o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar bo‘yicha qonuniy maslahat, yechim va ko‘mak berish.

▪️Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Sarbinaz” MFY aholisining murojaatlarini qabul qildi.

▪️Adliya vaziri Nukus shahridagi “Sarbinoz” MFYda hokim yordamchilari bilan uchrashdi.

▪️2021-yil davomida adliya organlari tomonidan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha 24,8 mingta taqdimnoma kiritildi.

▪️Adliya vaziri xizmat safari davomida Ellikqal'a tumani “Aqchako‘l” turistik zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan yaqindan muloqot bo‘lib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rgandi.

24-fevral
▪️Adliya vazirligida BMT Taraqqiyot Dasturi va “KROS” xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda jamoatchilik bilan ishlashning zamonaviy mexanizmlari muhokama qilindi.

▪️Adliya vaziri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi yuridik texnikumning o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza bilan yaqindan tanishdi hamda texnikumning mehnat jamoasi va o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi.

▪️Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yilda jamiyatda huquqiy ong va madaniyatning holati haqidagi axboroti eshitildi.

▪️Adliya vazirligida davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun yangi qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori boʻyicha seminar-trening tashkil etildi.

25-fevral
▪️Adliya vazirligi besh yillik strategik islohotlar yakunlarini sarhisob qildi hamda 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qildi.

▪️“Strategik islohotlarni huquqiy ta'minlash: yakuniy tahlil va yangi chaqiriqlar” mavzusidagi xalqaro anjumanda adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov nutq so‘zlab, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida huquqshunoslar oldida turgan eng asosiy chaqiriqlarni sanab o‘tdi.

▪️Adliya vazirligi rahbariyati Farg‘ona shahridagi sayyor qabulda ishtirok etdi.

26-fevral
▪️Adliya vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi 77-sonli ko‘zi ojiz bolalar maktab-internati o‘quvchilari uchun “Huquq kuni” tashkil etildi.

▪️Adliya vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi NNT vakillari kovorking-markaziga zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Pop tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 20 nafar rus tili o’qituvchilariga jami 139 milliondan ortiq ustama haqlari to’lanadigan bo‘ldi.

🔹 To‘raqo‘rg‘on tumanidagi umumta’lim maktabi o‘qituvchilari xalqaro toifadagi sertifikatga ega bo‘lsada ularga ustama haq to‘lab berilmayotgani bois, amaliy yordam so‘rab tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

🔹 “Mening adliyadagi bir kunim” shiori ostida Namangan viloyat adliya boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

🔹 Namangan viloyatining har bir hududida “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” doirasida sayyor qabullar oʻtkazildi.

🔹 Buxoroda «Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy» dasturi doirasida ayollarga huquqlari tushuntirildi.

🔹 To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroga hisoblangan, lekin to‘lanmagan ish haqi va unga tenglashtirilgan 32 million 795 ming 313 so‘m ustama to‘lovlari undirib berildi.

🔹 Boyovut tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi ko'magi bilan fuqaroga boquvchisini yuqotganlik nafaqasi tayinlandi.

🔹 Sport murabbiylariga ish haqiga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berilmagan, holatga Oqoltin tuman adliya bo‘limi aralashdi.

🔹 Sayxunobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hisobidan «FORTUNE INVEST» MCHJ foydasiga 145 mln so‘m asosiy qarz, 5 mln so‘m penya va 4,35 mln so‘m davlat boji undirilishi belgilandi.

🔹 Sirdaryo tumani "Shirin" mahallasida "Huquqiy axborot kuni" o‘tkazildi.

🔹 Toshkent shaharidagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 7 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi.

🔹 “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy”doirasida Yangi Hayot tuman adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🔹 Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Olmazor tumanidagi “Bo‘stonobod”, “Shodiyona” va “Jiydali” mahallalarida monitoring o‘tkazildi.

🔹 Toshkent viloyat adliya boshqarmasining aralashuvi bilan 60 nafardan ortiq ish yurituvchi va laborantlarning oylik ish haqlari oshirildi.

🔹 Fuqaroning Bo'stonliq tuman adliya bo'limiga murojaati ijobiy yechim topdi.

🔹 Chirchiq shahar adliya bo'limi aralashuvi bilan xodimlarning 980 mln so'm oylik ish haqlari to'lanishiga erishildi.

🔹 Chinoz tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan pensionerning pensiya miqdori qayta hisoblab chiqildi.

🔹 Andijon shahar adliya bo‘limi tomonidan veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limining 22 nafar xodimlariga qo‘shimcha rag‘batlantirish pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.

@adliyangiliklari
Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari faoliyati masofadan turib baholanadi

Bugungi kunda tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlaridagi qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlashda Adliya vazirligi tizimidagi Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari bevosita mas’ul hisoblanadi.

Bu yo’nalishdagi ishlarning samaradorligi qanday baholanadi? Har bir tumanga borib o’rganib kelish katta resurs talab qilmaydimi?

Adliya vazirligi tomonidan Konrad Adenauer nomidagi fondi bilan hamkorlikda tashkil qilingan seminarda shu va boshqa savollarga javob berildi.

Markazlar faoliyati KPI tizimi orqali masofadan turib baholanadi, ular bergan xulosalarning qonuniyligi ham masofadan tekshiriladi. Inson omiliga minimal darajada chek qo'yiladi.

Markazlar faoliyatini baholashda xizmat ko'rsatilayotgan davlat organlari va tashkilotlarning fikri ham inobatga olinadi, albatta.

Seminar orqali markaz xodimlari o'zlari uchun yangi va kerakli tajribalarni o'rganmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_infografika

Лицензиялаш жараёни бюрократиядан ҳоли соҳага айлантирилмоқда
#Adliya_infografika

Айрим лицензия ва рухсат бериш жараёни тўлиқ электронлаштирилди

П.С. Электрон лицензиялаш вақтни ва нақдни тежайди
#Adliya_xabari

Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi ayrim notariuslar litsenziyalari toʻxtatildi

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-2-moddasiga asosan Navoiy va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining tegishli majlislari bayonnomasiga asosan:

Navoiy viloyatida:

Navoiy shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Norbutayeva Larisa G‘ulomovnaning (litsenziya NV 0031, 09.10.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022-yilning 2-mart kunidan 15 kun muddatga;

Karmana tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Muhammedov Bahodir Aliyevichning (litsenziya NV 0015, 22.04.2020-y.) litsenziyasining amal qilish va notarius maqomi 2022-yilning 2-mart kunidan 15 kun muddatga;

Karmana tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Gulimova Shoira Dusanboyevnaning (litsenziya NV 0014, 22.04.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022-yilning 17-mart kunidan 15 kun muddatga;

Samarqand viloyatida:

Narpay tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Eshniyozov Dilshod Kurbonovichning (litsenziya SA 0043, 23.04.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022-yilning 26-fevral kunidan 1 oy muddatga;

Toshkent shahrida:

Mirzo Ulug‘bek tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Xurramov G‘ayratjon Sotiboldi o‘g‘lining (litsenziya TN 0221, 30.09.2021-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022-yilning 21-fevral kunidan 3 oy muddatga;

Shayxontohur tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Nasirova Samiyajon Shuxratdjon qizining (litsenziya TN 0114, 29.04.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022-yilning 21-fevral kunidan 15 kun muddatga;

Yunusobod tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Mirasilova Natalya Sergeyevnaning (litsenziya TN 0110, 28.04.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022-yilning 26-fevral kunidan 1 oy muddatga;

Yunusobod tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Burxanova Dilinur Abdig‘aniyevnaning (litsenziya TN 0188, 11.09.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022-yilning 26-fevral kunidan 1 oy muddatga;

Yakkasaroy tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Jabborov Suxrob Izzatovichning (litsenziya TN 0146, 14.05.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022-yilning 18-fevral kunidan 15 kun muddatga;

Yakkasaroy tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Axmedov Shavkat Raxmadovichning (litsenziya TN 0104, 27.04.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022-yilning 18-fevral kunidan 15 kun muddatga;

Mirzo Ulug‘bek tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Azimova Shoxida Abduraximovnaning (litsenziya TN 0164, 09.07.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022-yilning 21-fevral kunidan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi
Forwarded from Poytaxt_adliya
DIQQAT E'LON!!!
Toshkent shahar adliya boshqarmasi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda "Mahallada duv-duv gap" loyihasi doirasida "Adliya mahallada" aksiyasi o'tkazilmoqda.
Aksiya doirasi yil davomida reja-jadvalga muvofiq Toshkent shahar adliya boshqarmasi, tuman adliya bo'limlari hamda Toshkent shahar hokimligi mas'ul xodimlari hududdagi barcha mahallalarda mahallabay ishlash tizimi doirasida fuqarolarning huquqiy muammolarini hal qilish yuzasidan uchrashuv o'tkaziladi.
Barcha fuqarolarni o'z huquqiy muammolariga yechim topish maqsadida ushbu tadbirlarda ishtirok etishga taklif etamiz!

Telegram / Facebook / Murojaat uchun: @Poytaxtadliyabot