Sevara Urinbayeva
2.59K subscribers
9.87K photos
1.14K videos
23 files
4.4K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Adliya_xabari

Қорақалпоғистондаги юридик техникум ёшлари адлия вазири билан мулоқотда бўлишди

Бугун адлия вазири Р.Давлетов Қорақалпоғистон Республикаси Нукус шаҳридаги юридик техникумнинг ўқиш жараёнлари, ўқитувчи ва ўқувчилар учун яратилан шарт-шароитлар, моддий-техник база билан яқиндан танишди ҳамда техникумнинг меҳнат жамоаси ҳамда ўқувчи ёшлар билан учрашди.

Учрашув давомида адлия вазири юридик техникумнинг ўқитувчилари билан дарс жараёнлари ва ўқув қўлланмалари хусусида суҳбатлашиб, ўқувчи ёшларни фанга қизиқтириш, бир хилликдан қочган ҳолда замонавий даср машғулотларини олиб бориш, бунинг учун ўз устида тинмасдан ишлаш лозимлиги юзасидан тавсиялар берилди.

Қизиқарли ўтган учрашувда ўқувчилар ўзларининг саволларига бевосита вазирнинг ўзидан жавоблар олишди.

Маълумот учун: ҳозирги кунда техникумда давлат хизматлари фаолияти, суд ҳуқуқ фаолияти ва юридик хизмат йўналишларида жами 255 нафар ўқувчилар таълим олмоқда.
#Adliya_xabari

Jamiyatda huquqiy madaniyatning holati bo‘yicha axborot eshitildi

Bugun, 24-fevral kuni Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yilda jamiyatda huquqiy ong va madaniyatning holati haqidagi axboroti eshitildi.

👉Batafsil

Foto: Oliy Majlis Senati

@adliyangiliklari
#Адлия_эълон

📢📢📢Барча ОАВ вакиллари ва блогерлар диққатига📢📢📢

🗓 Адлия вазирлиги томонидан 2022 йил 25 февраль куни (соат 10:00–18:00) “Стратегик ислоҳотларни ҳуқуқий таъминлаш: якуний таҳлил ва янги чақириқлар” мавзусида халқаро анжуман ўтказилади.

Ўтказилиш жойи: International Hotel Tashkent

Мазкур анжумандан мақсад стратегик ислоҳотларнинг ҳуқуқий жиҳатдан якуний таҳлили, шунингдек 2022–2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини амалга оширишда юридик ҳамжамият олдидаги янги вазифа ва чақириқларни муҳокама қилишдан иборат.

Анжуманда нуфузли халқаро ташкилотлар вакиллари маъруза қилади.

Ушбу халқаро анжуманга журналист ва блогерларни таклиф этамиз !
#Адлия_онлайн

Адлия вазирлигида стратегик ислоҳотларни ҳуқуқий таъминлаш масалалари муҳокамасига бағишланган халқаро конференция бошланмоқда ....

Кузатиб бориш учун ҳавола 👇
https://youtu.be/lgpUvZfIAyc
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Adliya vazirligi tomonidan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda “Strategik islohotlarni huquqiy ta'minlash: yakuniy tahlil va yangi chaqiriqlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda. Tadbir davomida adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov nutq so‘zladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda “Strategik islohotlarni huquqiy ta'minlash: yakuniy tahlil va yangi chaqiriqlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda.

Tadbir davomida adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov nutq so‘zlab, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida huquqshunoslar oldida turgan eng asosiy chaqiriqlarni sanab o‘tdi.

“Oldimizda turgan eng asosiy chaqiriqlardan biri – bu jadal rivojlanish davrida qonunchilik barqarorligini ta'minlash. Bugungi kunda butun dunyoda progress ortidan tartibga solish juda tez o‘zgarib bormoqda. Munosabatlarni raqamli formatga o‘tishi nafaqat ularni o‘z vaqtida sifatli tartibga solish, balki norma ijodkorligiga nisbatan xozirgi amaliyotdan tubdan farq qiladigan talablarni qo‘ymoqda.

Shu bois ikkinchi chaqiriq – bu norma ijodkorligiga raqamli yondashuv. Yaqin istiqbolda qonunlar sun'iy intellekt yordamida ishlab chiqiladi va avtomatik ravishda ijroga qaratilib, nazorat qilinadi. Bu o‘tishga huquqshunoslar sun'iy intellektning boshqaruvchisi sifatida tayyor bo‘lishlari lozim.

Uchinchi chaqiriq – norma ijodkorligida sifatli, operativ va oson qayta aloqa. Yuzaga kelayotgan munosabatlarni tartibga solish uchun huquqshunoslar bilimlari yetarli emas, turli sohalardagi mutahassilar yordami kerak. Shuning uchun tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqishda davlat biznes, ilm-fan va fuqarolik jamiyati bilan bamaslahat ish tutishi lozim. Buning uchun jamoatchilik muhokamasi, tartibga solish ta'sirini baholash kabi qulay vositalar kerak.

To‘rtinchi chaqiriq – huquqiy makonning globallashuvi. Zamonaviy sharoitlarda integratsiya jarayonlaridan, ularning yutuq va muammolaridan hech qaysi mamalakat chetda qolmaydi. Buni pandemiya ham isbotlab berdi. Savdo-sotiq, iqtisodiy, madaniy aloqalar dunyo mamlakatlari bo‘ylab bir-biriga singib ketgan. Shu bois ushbu sohadagi tartibga solish mexanizmlari imkon qadar universal va barcha uchun tushunarli bo‘lishi lozim”
, — dedi adliya vaziri o‘rinbosari A. Karimov.

@adliyangiliklari
Forwarded from Sevara Zakirova
#Муаммо_ечим

⚡️ДХА ФУҚАРОЛАРНИ ТИНГЛАЙДИ.
ПОЙТАХТДА "ПРАВА" АЛМАШТИРИШ УЧУН "СЎНГГИ МИЖОЗГАЧА" ИШ РЕЖИМИ ЖОРИЙ ЭТИЛДИ.

БАТАФСИЛ

*****************************************************

#Проблема_решение

⚡️АГУ: В СТОЛИЦЕ ВВЕДЕН РЕЖИМ РАБОТЫ "ДО ПОСЛЕДНЕГО КЛИЕНТА" ПО ЗАМЕНЕ "ПРАВ".

ПОДРОБНЕЕ

Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·