PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Hayriya

"Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni bilan “Mehr va saxovat kunlari” o‘tkazish belgilangan edi.

Shu munosabat bilan Piskent tumani Kasb-hunar markazi, 2-sonli kasb-hunar maktabi, Axborot kutubxona markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Musiqa va san’at maktabi xodimlari ehtiyojmand va nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalar holidan xabar olishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Piskent tumanida 150 o‘rinli yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Piskent tumani. DXX kubogi uchun futbol va minifutbol musobaqalari davom etmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 10-moddasida “O'zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O'zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas", deb belgilangan.

Oliy Majlis va Prezident xalq vakilligining oliy ko'rinishi hisoblanadi, ularning har ikkisi umumxalq ovozi asosida saylanadi.

Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

Prezident davlat boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi.

Xalq nomidan ish olib borish mamlakat ichkarisida ham, tashqi munosabatlarda ham amalga oshiriladi.

Konstitusiyada xalq nomidan ish olib borish vakolati berilganlar aniq belgilab qo'yilishi bilan bir qatorda, boshqa hech qanday shaxs, partiya, birlashma bunday vakolatga ega emasligi ham ko'rsatib qo'yilgan.

Video: https://youtu.be/1tHvezqQRVo

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Yoz_2023

Maktablarda sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyat boshladi

O‘quvchilarning yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida belgilangan umumta’lim maktablarida yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari va lagerlar tashkil etildi.

Jumladan, Piskent tumanidagi 6, 14, 20, 26, 28, 37-sonli umumta’lim maktablarida ana shunday sog‘lomlashtirish maydonchalari ish boshladi. Unda bolalar sport, san’at, til o‘rganish to‘garaklarida shug‘ullanib, turli harakatli o‘yinlar bilan vaqtini mazmunli o‘tkazishi mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Интервью

⚡️Президентлик сайловлари умум эътироф этилган сайлов принциплари ва халқаро-ҳуқуқий ҳужжатлар асосида ташкил этилади.

🎞Юридик фанлари доктори, профессор Омон Мухамеджанов бу ҳақда маълумот берди.

@olimlar_minbari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Murotali mahallasida erkin kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tuman hokimligi va Murotali mahallasi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan erkin kurash bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Bellashuvda Murotali, Taraqqiyot va qo‘shni mahallalardan yosh polvonlar, Olmaliq, Nurafshon, Bekobod shahri, Andijon, Farg‘ona viloyatlaridan kurashchilar ishtirok edi.

7 yoshdan 16 yoshgacha polvonlar o‘rtasida gilamda kechgan kurashlarda 200 nafardan ortiq bolalar qamrab olindi. Yakunda g‘olib va sovrindorlarga tuman hokimligi va homiylarning sovg‘alari topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#hokimiyat_hujjatlari

Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimiga sal kam 200 million soʻm mablagʻ ajratildi

Viloyat mahalliy budjetining 2023-yil  I-chorak yakuni yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qism hisobidan Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimining faoliyatini samarali tashkil etish,  moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun  viloyat hokimligiga 194 million mablagʻ ajratildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli hujjatni imzoladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_himoya

Nodirbek Yakubov 124 nafar yoshlar uchun 382 million so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi

Piskent tumanida yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimi Nodirbek YakubovYoshlar daftari”ga ro‘yxatga olingan 124 nafar yigit-qizga moddiy ko‘maklashish uchun quyidagi yo‘nalishlarda subsidiya berish orqali 382 million so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi:

-35 nafarga kontrakt to‘lovi uchun - 122 mln 974 ming so‘m;

-43 nafar og‘ir ijtimoiy sharoitdagi yoshga moddiy yordam uchun - 55 mln 200 ming so‘m;

-19 nafarga safarbarlik chaqiruvi badali uchun - 121 mln 714 ming so‘m;

-4 nafarga haydovchilik kursida o‘qish uchun – 5 mln 280 ming so‘m;

-15 nafarga ilm-fan, sport va madaniyat tanlovlarida qatnashishga – 27 mln so‘m;

-3 nafar sog‘ligini tiklashi uchun – 21 mln 370 ming so‘m;

-4 nafarga tadbirkorlik va o‘zini band qilishiga asbob-uskuna uchun – 29 mln so‘m;

-1 nafar biometrik pasport uchun – 293 ming 700 so‘m mablag‘ ajratildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#munosabat

Piskent tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ijtimoiy tarmoqda joylangan "tumandagi mavjud barcha mahalla fuqarolar yig‘inida internet 1 oydan buyon ishlamayabdi. Tuman bo‘limidagilar bu masalani bilmaydi deb o‘ylamayman. Raislar va qolgan xodimlar cho‘ntagidan to‘lab internetdan foydalanayotgn ekan", mazmunidagi  xabarlar yuzasidan ma’lumot.

Piskent tumanida mavjud bo‘lgan 29 ta mahalla idoralariga o‘rnatilgan  WI-FI bo‘yicha internet xizmati to‘lovlari tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat Rahbarining 2022  yil 21 dekabrdagi "Yangi O‘zbekiston Ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-269-sonli Qaroriga muvofiq, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi qisqartirilib, yangi vazirlik tashkil etilishi munosabati bank hisob raqamlari bo‘yicha o‘zgartirishlar jarayonda bo‘lganligi sababli mahalla fuqarolar yig‘ini idoralaridagi internet aloqa to‘lovi kechiktirilgan. Ayni kunlarda yangi hisob raqamlar ochildi. Internet uchun to‘lovlar amalga oshirish jarayonida.

✍️Piskent tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi axborot xizmati

Telegram|YouTube|Facebook
#Bilasizmi

▶️ Ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda (mashina yuvish, tomorqa sug'orish, hovliga suv sepish) foydalanish yoki oqilona foydalanmaslik (mevalarni muzlatish uchun ochib qo'yish) suvni to'xtatib qo'yish uchun asos hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur qoidalarni buzish, ya'ni suvdan xo'jasizlarcha foydalanish fuqarolarga BHMning 1 baravaridan (330 ming so'm) 3 baravarigacha (990 ming so'm), mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan (1 mln 650 ming so'm) 10 baravarigacha (3 mln 300 ming so'm) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Obod va xavfsiz mahalla — qoʻshma qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlar Piskent tumani misolida tahlil qilindi

Toshkent viloyati IIBB boshligʻi oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi, polkovnik Ziyod Iminov boshchiligida Piskent tumanida mavjud 29 ta mahalla “beshligi” bilan qoʻshma qaror doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Batafsil👉 https://is.gd/moOzmi


Telegram|YouTube|Facebook