PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Qabul

Fuqarolar uchun navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi

Bugun Piskent tumani hokimligida fuqarolar uchun navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Nodirbek Yakubov, hokim o‘rinbosarlari, tegishli mas’ullar hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Yuzma-yuz muloqot davomida 50 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari ro‘yxatga olinib, tinglandi. Murojaatlar asosan davolanish yoki oilasi uchun moddiy yordam olish, elektr energiyasi, bog‘chaga navbat va bola puli ajratish, subsidiya asosida uy-joy olish, bolani vasiylikka olish singari turli masalalar bilan bog‘liq bo‘lib, aksariyatini ijobiy hal etish uchun aniq muddat belgilandi. Huquqiy maslahatlar berildi.

Yechimi uchun ma’lum vaqt hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etiluvchi muammolar yuzasidan joyiga borib o‘rganish uchun mas’ul rahbarlar biriktirildi. Barcha murojaatlar yuzasidan tuman rahbari ko‘rsatmalar berib, ijrosini o‘z nazoratiga oldi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Seminar

Bolalarni sifatli ovqatlantirish - sog‘lom voyaga yetishlarini ta’minlaydi

Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom ovqatlantirishni yanada yaxshilash, sanitariya qoida va normalari, gigiyena talablariga rioya qilish, ularning barkamol voyaga yetishini ta’minlash uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Bugun Piskent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida bo‘lib o‘tgan seminar "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirishni tashkil etish" mavzusiga bag‘ishlandi. Unda viloyat MMTB boshqarmasi sho‘ba rahbari X.Yo‘ldoshev, tuman MMTB mas’ullari hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mudiralari, hamshira va xo‘jalik ishlari mudirlari ishtirokida "Aqlvoy-oshpaz, bog‘chalar uchun taomlar retsepti" to‘plamidan foydalangan holda tuzilgan yagona mavsumiy taomnoma asosida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish yuzasidan tajriba almashildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Милан шаҳрида Италиянинг етакчи компаниялари ва молиявий институтлари раҳбарлари билан учрашув ўтказди

Президент Шавкат Мирзиёев провел в городе Милане встречи с руководителями ведущих итальянских компаний и финансовых структур

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Piskent tumani. Hokim yordamchilari faoliyatiga nazar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nazorat

Suvda choʻkish bilan bogʻliq holatlar asosan bolalarda kuzatilayotgani aytilmoqda

Bu borada viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolarni jiddiy ogohlikka chaqirmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Oq_yo‘l

⚡️Bugun 50 nafar piskentlik ziyoratchilar muborak Haj safariga jo‘nab ketishdi

Haj ibodati Islom dinining besh ruknidan biri hisoblanadi. Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik sabab minglab yurtdoshlarimiz qatorida bugun Piskent tumanidan 50 nafar tumandoshlarimiz ham zimmalaridagi musulmonchilik farzini shukronalik bilan mukammal ado etish niyatida safarga otlanishdi.

Eslatib o‘tamiz, 4 iyundan 19 iyunga qadar Haj mavsumida ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida 10 ta hududiy aeroportlardan haj safariga kuzatilmoqda.

Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin! Ibodatlaringizni Alloh dargohida qabul qilsin!

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

23 nafar fermer marraga yetdi

Tumanimiz fermerlari g‘alla o‘rim-yig‘imi ishlarini jadal olib borishmoqda. Birgina 11 iyun kuni 1 yarim ming tonna sara don yig‘ib olinib, umumiy xirmonga qo‘shildi. O‘rim mavsumi boshidan buyon esa 5 ming 394 tonna bug‘doy o‘rib olindi.

Ayni kunlarda I.Haydarov, Turkiston, Navoiy, Y.Ohunboboyev hududlari dehqon-fermer va mexanizatorlari marraga ildamlik bilan yaqinlashmoqda. Bugungacha 23 ta fermer xo‘jaligi g‘alla rejasini yorug‘ yuz bilan bajardilar.

Jumladan, Turkiston hududidan “Jamshid” fermer xo‘jaligi 205 tonna, Mustaqillik hududidan “Musayeva Zarifa” fermer xo‘jaligi 130 tonna, Ohunboboyev hududidan “Qosimova Farida” fermer xo‘jaligi 215 tonna, Qodirov hududidan “Abduraimov Islombek” fermer xo‘jaligi g‘allakorlari 133 tonna sara don yetishtirib, xalqimiz dasturxoni to‘kin bo‘lishiga hissa qo‘shdilar. O‘rim oldidan jonliq so‘yib, ehson tadbirlari ham muntazam amalga oshirilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 9-moddasi: “Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumxalq ovoziga – referendumga qo'yiladi. O'zbekiston Respublikasida referendum o'tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”.

Davlat hayotidagi barcha muhim masalalar dastlab xalq muhokamasiga qo'yilib, so'ngra umumxalq ovozi bilan qabul qilinish jarayoniga misol sifatida 2023 yil 30 aprelda YAngi tahrirdagi Konstitusiyani qabul qilish bo'yicha o'tkazilgan referendumni keltirish mumkin.

Konstitusiya loyihasi dastlab keng jamoatchilik takliflari asosida ishlab chiqilib, shundan so'ng umumxalq ovozi – referendum asosida qabul qilindi.

Referendum o'tkazish esa 2001 yil 30 avgustdagi “O'zbekiston Respublikasining Referendumi to'g'risida”gi Qonuni bilan tartibga solingan.

Video: https://youtu.be/ioaxBm8wKHY

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
📊Piskent tumanining aholi soni

⚡️2023- yil 1- aprel holatiga doimiy aholi soni 102 ming 032 kishini tashkil qildi. Shundan, erkaklar soni 51 926 ta ayollar soni 50 106 tani tashkil qildi.

Shundan:

🔸Tug‘ilish soni – 499 kishi

🔸O’limlar soni – 96 kishi

🔹Nikohlar soni – 73 ta

🔹Ajrimlar soni – 56 ta

🔸Ko‘chib kelgan – 116 kishi

🔸Ko‘chib ketgan – 230 kishi

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram