PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Ijtimoiy_himoya

29 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, vaqtincha ishsiz va serfarzand oila vakillariga jami 37 million so‘m moddiy yordam ajratildi

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi‌‌
#Ijtimoiy_himoya

Nodirbek Yakubov 124 nafar yoshlar uchun 382 million so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi

Piskent tumanida yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimi Nodirbek YakubovYoshlar daftari”ga ro‘yxatga olingan 124 nafar yigit-qizga moddiy ko‘maklashish uchun quyidagi yo‘nalishlarda subsidiya berish orqali 382 million so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi:

-35 nafarga kontrakt to‘lovi uchun - 122 mln 974 ming so‘m;

-43 nafar og‘ir ijtimoiy sharoitdagi yoshga moddiy yordam uchun - 55 mln 200 ming so‘m;

-19 nafarga safarbarlik chaqiruvi badali uchun - 121 mln 714 ming so‘m;

-4 nafarga haydovchilik kursida o‘qish uchun – 5 mln 280 ming so‘m;

-15 nafarga ilm-fan, sport va madaniyat tanlovlarida qatnashishga – 27 mln so‘m;

-3 nafar sog‘ligini tiklashi uchun – 21 mln 370 ming so‘m;

-4 nafarga tadbirkorlik va o‘zini band qilishiga asbob-uskuna uchun – 29 mln so‘m;

-1 nafar biometrik pasport uchun – 293 ming 700 so‘m mablag‘ ajratildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ijtimoiy_himoya

“Temir daftar”dagi bir guruh fuqarolar xonadoniga quyosh panellari o‘rnatildi

Bugungi kunda energiya tejamkorligini oshirish, ekologik toza, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da Piskent tumanida istiqomat qiluvchi “Temir daftar” ro‘yxatiga olingan bir guruh fuqarolarga muqobil energiya manbalari o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1-sektor hududidagi Fayzobod mahallasida yashovchi nogironligi mavjud fuqaro O.Ergashev, 2-sektor Yangiobod mahallasidan N.Yunusova, 3-sektor Mingtepa mahallasidan Z.Saydolimova, Mo‘minobod mahallasidan N.Mo‘minjonova, 4-sektor Kultepa mahallasidan Z.Jamolova, S.Raqitov xonadoniga subsidiya asosida quyosh panellari o‘rnatib berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ijtimoiy_himoya

Piskentlik 237 nafar fuqaroga 283 million so‘m moddiy yordam ajratiladi

Davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri aholini ijtimoiy himoya qilish masalasi bilan bog‘liq. Iyun oyi davomida Piskent tuman hokimligi va sektor rahbarlariga o‘z sog‘lig‘ini tiklash, oilasiga moddiy yordam ko‘rsatish kabi mazmunda jami 261 nafar fuqarodan murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu murojaatlar mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p farzandli, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz qariyalar, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalq deputatlari tuman kengashining 67-sessiyasida 237 nafar fuqaroga "Mahalla" jamoat fondi huzuridagi "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan 283 million so‘m moddiy yordam ajratish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ijtimoiy_himoya

Murojaat yo'llagan piskentlik fuqarolarga moddiy yordamlar ajratilmoqda

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_himoya

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 119 nafar fuqaroga 136 million 600 ming so‘m moddiy yordam ajratildi

Davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri aholini ijtimoiy himoya qilish masalasi bilan bog‘liq. O‘tgan bir oy vaqt mobaynida Piskent tuman hokimligi va sektor rahbarlariga o‘z sog‘lig‘ini tiklash, oilasiga moddiy yordam ko‘rsatish kabi mazmunda jami 124 nafar fuqarodan murojaatlar kelib tushgan edi.

Ushbu murojaatlar mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqildi. "Temir daftar","Ayolar daftari" da ro‘yxatga olingan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p farzandli, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz qariyalar, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalq deputatlari tuman kengashining 70-sessiyasi qarori bilan 119 nafar fuqaroga "Mahalla" jamoat fondi huzuridagi "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan 136 million 600 ming so‘m moddiy yordam ajratildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#ijtimoiy_himoya

Piskent tumanida qancha odam ijtimoiy nafaqa oladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-sonli qaroriga asosan, (2023-yil 1-noyabr holatiga) Piskent tumanida kam taminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam nafaqasi oluvchi jami oilalar soni - 3 489 nafar boʻlib, jami bir oylik nafaqa miqdori 1 740,2 mln. soʻmni tashkil etadi.

Shundan,
Bolalar nafaqasi - 3 407 nafar, 1 704,2 mln.soʻm;
Moddiy yordam - 82 nafar 35,9 mln.soʻm.


Tumandagi jami 29 mahalladan asosiy kontingenti yuqori boʻlgan mahallalar:

Birlik MFYda jami nafaqa oluvchilar - 296 nafar oilaga 145,3 mln.soʻm;

Doʻstlik MFYda jami nafaqa oluvchilar - 226 nafar oilaga 114,0 mln.soʻm;

Lolaariq MFYda jami nafaqa oluvchilar - 205 nafar oilaga 105,0 mln.soʻmni tashkil etadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ijtimoiy_himoya
#Seminar

Joriy yilning 10-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash boʻyicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 596-sonli qarori eʼlon qilindi.

Ushbu qarorning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida Pensiya jamgʻarmasi Piskent tuman boʻlimi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi hamkorligida Moʻminobod hamda Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini raislari hamda 30 dan ortiq fuqarolar ishtirokida oʻquv seminari tashkil etildi.

Jarayonda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy himoyaga qamrab olish, nafaqalarni manzilligini taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan tadbirlar batafsil tushuntirildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi hamda Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi rahbarlari tomonidan atroflicha javob berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ijtimoiy_himoya

Maqsad - yoshlarning mustaqil hayotda o‘z yolini topishiga ko‘mak berish

Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov tomonidan “Yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” kengashi yigʻilishining 10-bayonnomasi tasdiqlangan boʻlib, unga koʻra kam taʼminlangan, ehtiyojmand oila vakillari hamda nogironligi boʻlgan 110 nafar yigit-qizning murojaatlari ijobiy hal etildi.

Oktyabr oyi davomida amaliy yordam soʻrab murojaat yoʻllagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar orasida 75 nafariga 240 mln soʻm professional va oliy taʼlim kontrakti uchun; moddiy ahvoli ogʻir sharoitda boʻlgan 7 nafar yoshga 9 mln 240 ming soʻm bir martalik moddiy yordam; ehtiyojmand oila farzandi boʻlgan 11 nafariga 27 mln 900 ming soʻm sport va taʼlim kurslari uchun; 2 nafar bemor yoshga 13 mln 300 ming soʻm davolanish harajatlari uchun; tadbirkorlik va oʻzini band qilish istagidagu 7 nafar yoshga asboblar uchun 62 mln soʻm mablagʻ ajratib berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ijtimoiy_himoya

Yangi yil bayrami oldidan Piskent tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj 71 nafar fuqaroga jami 75 million 700 ming so‘m moddiy yordam ajratildi.

Davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri aholini ijtimoiy himoya qilish masalasi bilan bog‘liq. O‘tgan dekabr oyi mobaynida Piskent tuman hokimligi va sektor rahbarlariga o‘z sog‘lig‘ini tiklash, oilasiga moddiy yordam ko‘rsatish kabi mazmunda jami 75 nafar fuqarodan murojaatlar kelib tushgan edi.

Ushbu murojaatlar mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqildi. "Temir daftar","Ayolar daftari" da ro‘yxatga olingan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p farzandli, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz qariyalar, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalq deputatlari tuman kengashining 73-sessiyasi qarori bilan Yangi yil bayrami arafasida 71 nafar fuqaroga tuman "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan 75 million 700 ming so‘m moddiy yordam ajratildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi