PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.76K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Yoz_2023

Maktablarda sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyat boshladi

O‘quvchilarning yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida belgilangan umumta’lim maktablarida yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari va lagerlar tashkil etildi.

Jumladan, Piskent tumanidagi 6, 14, 20, 26, 28, 37-sonli umumta’lim maktablarida ana shunday sog‘lomlashtirish maydonchalari ish boshladi. Unda bolalar sport, san’at, til o‘rganish to‘garaklarida shug‘ullanib, turli harakatli o‘yinlar bilan vaqtini mazmunli o‘tkazishi mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoz_2023

Piskent tumanidagi 79 - sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ,,Kamalak" oromgohida dam olayotgan tarbiyalanuvchilar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi.

📸Jarayondan fotolavhalar.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoz_2023

79-sonli maktab-internat tarbiyalanuvchilari Sijjakda dam olishmoqda

Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish maqsadida 79-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat tarbiyalanuvchilarining yozgi ta’tili Bo‘stonliq tumanining so‘lim tabiati bilan mashhur Sijjak qishlog‘ida joylashgan “Kamalak” oromgohida o‘tkazilmoqda.

Ta’tilning bolajonlar uchun maroqli va unutilmas lahzalarga boy o‘tishi uchun viloyat va tuman prokuraturasi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida oromgohda sport o‘yinlari va musobaqalar uyushtirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoz_2023

Bolalarning yozgi dam olishini mazmunli tashkil etish maqsadida 6 ta maktablarda sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyat olib bormoqda.

6-maktabda tashkil etilgan oromgohda Sport maktabi bilan hamkorlikda sport musobaqasi uyushtirildi. Bellashuvda g‘olib bo‘lgan eng chaqqon va epchil ishtirokchilar taqdirlanishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi