Ogahiy ijod maktabi
1.33K subscribers
31.9K photos
2.57K videos
313 files
8.07K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Bizning_ijod
#Yangi

****
Menga mehr bermang, ota,
Menga bardam iymon kerak.
"Hamma ketsin hayotimdan" deganimda
Urmang, ota,
So'kmang,ota.
Baxt so'ramang o'g'lingizdan,
Bu dunyoga bilmay keldim.
"Kel! Oz qoldi! Ergash!"demang.
Gumon bilan...
Shayton bilan borolmayman izingizdan.
Muhabbat bu- buyuk ne'mat,
Yashashlikka imkon demang!
Sevmaslikka ko'nikkanman,
Baxtga esa ishonmayman!
Sal ko'piroq gapirvordim,
Biroz dakki bering, ota...
Axir bu ish mushkul emas,
Ming yil shunday yashadik-ku!
Ota, sizning dakkingizdan,
Mushuk vovlar, qilar "ku-ku".
Yo'o'q! Aldamang! Qochmang! To'xtang!
Sarobmidi bu-baxt yoki?!
Osmondaki saraton ham
Javob berar,
Borman toki!
Qabohat yo hasrat bilan,
"Ona xalq!" deb yotganingda,
Shunda ham baxt edi qayg'u,
Minglab dardli jadidingni otganingda,
Hamma saqov, karaxt edi.
Deding: "Voooy vo'o'..."
"Bas qil!" Dema, endi seni
Jon bersang ham sevolmayman!
Sevmaslikka ko'nikkanman,
Baxtga esa ishonmayman!

Jahongir Baxtiyorov, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi

@sh_jahongir

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
👍92🥰1👏1💯1
#Bizning_ijod
#Yangi

*
"Tamom",-dedi. Yo'q boshqa najot,
Bunga guvoh qo'g'irchoqlaring.
Senga uni eslatar izhor,
Va javobsiz qo'ng'iroqlaring.

Tong otadi. Qani telefon?!
Go'yo kelgan xayrli xabar.
Ikki jumla sen uchun aziz,
Yulduz qadar, koinot qadar.

Kun boshlandi, sodda va oddiy,
Yolg'iz dalda-bunda hikmat bor.
Uy ichida, bag'rimda muzlik,
Ko'chada-chi, biz kutgan bahor.

Yo'o'q, ketmaydi bunday iztirob,
Nahot, bizga baxt qurg'ur qahat.
Tushimdagi sirli maktubga,
"Alvido",-deb yozoldim faqat.

Jahongir Baxtiyorov, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi

@sh_jahongir

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
8👏6👍2🥰1
#Bizning_ijod

ERK QO'SHIG'I

Taqdir yozmagaydir farzand dog'ini,
Hech banda boshiga, hatto yog'iyni,
His qilsa kimda-kim bilgay ohini,
Kayxusrav yetkazgan zulm-zo'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!

Mensimay raqibin qo'ygan chohini,
El deb qurbon qildi ko'z qarog'ini,
Balandroq ko'tarib jang yarog'ini,
Tan olmay To'maris tanglik, xo'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!

Doro yov bu yurtga qilganda qahr,
Shiroq jasorati moziyga muhr,
Tinchlik deb ishlatdi hiyla-yu makr,
Qay jazoga mahkum etgan sho'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!

Chingizxon lutf qilib berganda imkon,
Chiqib ketmoqlikka yurtidan omon,
Taklifin rad etib eli uchun jon-
Berolgan Kubrodan o'rgan sherlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!

Tomiringda oqar Jalolning qoni,
Tan berdi fotihi-mo'g'illar xoni,
Vatan desang ko'zga ko'rinmas joni,
Panaga qochmadi, bilmas g'o'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!

Ajdodlardan meros bizga bu Vatan,
Erk deya ne zotlar ketdi bekafan,
Qodiriyga soxta hujjatlar rasman
To'plashdi tan olmay, tanlab o'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!

Tong yulduzing ko'kda bemavrid balqdi,
Qora kunlar qancha ko'zda yosh qalqdi,
Erksevar Cho'lponing kuyladi xalqni,
Buzilgan o'lkada mavjud kirlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!

Yurt qayg'usin dilga tuyganda Fitrat,
Duch keldi bu yo'lda unga ko'p zahmat,
Ruhin shod etaylik qilib ziyorat,
So'nggi makonini handaq, go'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!

Qayinlar yaprog'i emas bu hazon,
Bu–Usmon qalbida zang bosgan armon,
Dohiyni alqagan , ey mash'um zamon,
Xatosi bilmadi senga jo'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!

Millat ravnaqi-chun qilgan ishtirok,
Ziyoliga hukm: Qilinsin halok!
Onalar faryodda, yoqalari chok,
Qonli yoshlar "hadya etdi" ko'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!

Tarixda eng mudhish,eng jirkanch onlar
Begunoh to'kildi qirmizi qonlar,
Bemavrid uzildi minglagan jonlar,
Shular evaziga kelgan NURLIKNI,
Qadriga yetaylik bunday HURLIKNI!

SAIDA SAFO:
Ogahiy nomidagi
ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
🔥32👏2👍1
#Bizning_ijod

Halima  Xudoyberdiyevaning "Onam, onama..." she'riga nazira


Dunyo ishlariga bo'ldim ovvora,
Joning omon bo'lsin bolam dedingiz.
Xasta bo'lsangiz ham onam bechora,
Bizga ko'p, o'zingiz oz-moz yedingiz.

O'zimni o'ylabman hammadanam ko'p,
Yuribman o'zimning tashvishlarim-la.
Onajonim, sizni eslamadim xo'p,
Yuzim yomg'ir bo'lar ko'zyoshlarim-la.

O'zgalarga yugurib, shahar- kentdaman,
Yo'limdan qaytarib kesatmadingiz.
Bu dunyoda mehmonman, manam ketaman,–
Deb nechun bir bora eslatmadingiz?!
Onam, onama...
           
Anora Maqsudova,
Ogahiy
ijod maktabining
7-"A" sinf o'quvchisi


🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
3👍3🥰3🔥1😢1💯1
#Bizning_ijod

Sehrli pianinochi


(Jumanazar Yo‘ldoshning "Sir" hikoyasidan ta’sirlanib bitilgan mashqim) Farg‘onaga sayohat davomida

Qog‘ozga so‘zli rasm chizayotgan oppoq qora qalam va nihoyat so‘nggi nuqtasini qo‘ydi. Uni juda chiroyli qo‘llar bir maromda harakatlantirar edi. U qo‘llar xuddi toza suv kabi tiniq ko‘rinardi. Ammo u yozayotgan narsa oddiy yozuv emas, qanaqadir musiqaning notalariga o‘xshardi. U notalar shunchalik mukammal yozilganki, hech bir naqqosh yog‘ochga u kabi xatosiz naqsh o‘yib yasolmaydi. Bir muddat to‘xtab qalamni joyiga qo‘ygan o‘sha sirli kimsa notalari yozib tugatilgan sariq rangli kitobni yopdi. So‘ng asta o‘rnidan turib katta taxta stol ustida turgan o‘sha kitobni bag‘riga bosdi. Shu payt yoqimli shamol esib kimsaning xuddi sof qora bo‘yoq bilan bo‘yalganga o‘xshab turgan sochlarini uchirdi. So‘ng egnidagi qordan-da oppoq kuylagini ham uchirdi. Oppoq kuylak juda chiroyli va yumshoq edi. U kishi shamoldan juda erkin nafas oldi. Shamol uning ipakdek mayin sochlarini silab, erkalab keta boshladi. Shamol yigitning oldida shunchalar yoqimli esadiki, buni sezgan har kishining xayoliga shamoldan bahra olish keladi.
Osmonga o‘zining sirli nigohlari bilan qararkan, labida iliq tabassum paydo bo‘ldi. Moviy osmon va turli shakldagi bulutlar yigitning sochlariga o‘xshagan qop-qora ko‘zlarida aks eta boshladi. Osmondagi bor jismlarning bari o‘sha yigitga kulib qarar, xuddi uni sevib qolgandek, chiroyiga mahliyo bo‘lgandek eng yorqin ko‘zlari bilan boqardi.
Yigitning go‘zalligidan hammasining xushi uchib tartibsiz harakat qila boshlashdi. Avval yomg‘ir yog‘ib, keyin chaqmoq chaqdi; ham quyosh, ham oy ko‘kyuziga chiqdi; quyosh bo‘la turib, bulutsiz qor yog‘di...
Yigit esa bundan xulosa chiqarib, shu go‘zal orazini pushti ro‘mol tagiga oldi. U yuzini asta berkitarkan, falak anjomlari: bulut, quyosh, oy, tun, kun o‘z o‘rniga joylashdi. Bu voqeadan keyin osmon sathiga kunni quva-quva salobat bilan mohi tobonini olib tun kirib keldi.
Tunning bag‘ridagi oymomo u yigit haqidagi ta’rifni eshitib juda xafa bo‘ldi, ko‘p yig‘ladi, chunki hamma unga: "U yigit sendan ming chandon go‘zal ekan" deganlari uchun ko‘z yosh to‘kdi. Ko‘zlariga ro‘molcha tutish mohning esidan chiqibdi, shekilli, ko‘z yoshlari son-mingta yulduzlarga aylanibdi.
Yigit qayergadir yo‘l oldi. U qadamini juda chiroyli, bir maromda bosardi. Hatto unga hasad qilgan oy ham uni ko‘rib oshiq bo‘lgach, o‘zining yorug‘ og‘ushini yigitning yo‘liga tushirdi. Buni payqagan yigitning yuzidagi quvonch yana-da ortdi. U ko‘z qorachig‘idagi yorqin ishq, mehr, muruvvat, shafqatga to‘la oppoq nurini barchaga birdek qaratib qo‘ydi. Nigohi qaridagi bir tuyg‘u hammasiga teng tikildi. Shu bir qarashdan barcha narsalar yanayam yorug‘lashganday bo‘ldi. Ertalabdan buyon yigitning atrofida girdikapalak bo‘layotgan shamol ham sekinlashib, uni quchgandek o‘zini yigit bag‘riga otdi.
Ertasiga ertalab ham o‘sha yigit yuziga parda tortiqliq holda qo‘liga qandaydir katta quti va kecha yozib tugatgan kitobini olib yo‘lga chiqdi. U soddadilligi bilan barchaga yoqib qolgan, shu sababli, yo‘lidagi hayvonlar unga tegmas, "Meni silab o‘t" degandek mo‘ltillagan ko‘zlari bilan qarar edilar. Hatto yo‘lidagi qator poyezd reyslariga o‘xshagan chumolilar karvoni ham yigit kelganda qochib joy berardi. Yigit ularning har biriga shunday nazar solardiki, bu nigohlar juda ko‘ngilga yaqin, iliq edi. U nihoyat manziliga yetdi. Yigit shunchalar uzoq yo‘l bosdi, biroq tezda yetib bordi. Shu joydagi xodacha ustiga qutidan qora va oq klavishli bir nima va uning ustiga sariq, notalar yozilgan kitobni olib qo‘ydi. Uni ko‘rgan oliy mavjudotlarning bari atrofini qurshab oldi. Ular bitta qur yasashdi. Ayniqsa, yigit o‘sha asbobidagi qora, oq klavishchalarga barmoqlarini bosib, yoqimli kuylarni tarata boshladi.
Uning kuyiga barcha rom bo‘lar, hech uning oldidan ketgisi kelmas, kun-u tun o‘sha sirli yigitning qoshida bo‘lishardi. Yigit klavishli cholg‘usiga "Taqdirlar" deb nom bergan bo‘lsa-da, odamlar uni "Pianino" deb atashiga
2👍2🥰1🕊1😍1
#Bizning_ijod

17-may – O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavallud topgan kun.

                    ***

Haq hislar hayqirar haqqa hamnafas,
Haqiqat hayotga haqli himoya.
Hayotda hamisha hamdam, hamsuhbat
Haq-u haqiqatga haqli hikoya.

Haroratli hislar, haqqoniy hislar,
Hamisha hayotga hamohang hikmat.
Hayotga hamohang hapqirar hanuz,
Hayhot, Halimadan hayotiy himmat.


Hilola Jumanazarova, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 11-"B" sinf o'quvchisi

🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram

@hilola_zohidovna
4👍2🔥2🥰1
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Bizning_ijod

* * *
(Dilfuzaning "Aytib qoʻygin uxlamayman oʻsha kecha" sheʼriga nazira)


Men dunyoni orzu qilmam agar bilsang,
Menga yoqmas dard qorishiq yallolari.
Undan kechib ketaversam har odimda,
Dunyo meni sevaverar borgan sari.

Kiprigimning burchagida mayda hijron,
Shudring boʻlib tovlanadi tizim-tizim.
Ayt-chi bir bor koʻzlarimiz toʻqnashganda,
Bu yuraging seskanarmi, yuraksizim?

Osmon senga qoʻlin cho'zdi yurgin deya,
Undan kechib orzuinga yetaverding.
Men bu yoqda seni kutdim yoʻlaklardan,
Sen bahorga oshiq boʻlib ketaverding.

Tushlarim roʻyobga aylanar kunduz,
Sovuq nigohinga qalbim beparvo.
Koʻnglim gulshaniga bargin sochar kuz,
Sendan keyin...sochlarimni oʻynaydi sabo.

Kelma deysan muhabbatga bir toʻyingan,
Alvon rangli sharobingni koʻtarib dast.
Gar kelmasam yurakkinang ochdan oʻlar,
Majruh koʻngling endi mensiz dunyoparast.

Bir kun sogʻinishdan siqilmasmikin?
Sallolanib kelayotgan hislaringa ayt.
Kechmish lahzalaring unutilgan dam,
Yuragimga...
Bahoringning chechaklari soʻnganida qayt.

Endi bildim men osmonga oshiqligim,
Oʻylaymanki bahor endi aybin bilgan.
Endi senga koʻngil bermam,ey azizim,
"Men osmon qiziman yerda tugʻilgan"

Men dunyoni orzu qilmam agar bilsang,
Menga yoqmas dard qorishiq yallolari.
Sendan kechib ketaversam har odimda,
Osmon meni sevaverar borgan sari...

: Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
6👏6👍4💯3🔥2
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#bizning_ijod
#qatagʼonlarni_xotirlab

ISTIQLOL  FIDOYILARIGA...

Turnalar, ko'kka bo'y cho'zgan turnalar,
Yana kimning menday qalbi tirnalar?
Siz kabi yuksakka talpingan chog'da
Makonlari bo'ldi to'rsim turmalar.
Balki bu qismatni sezib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.

Har kimning o'z dardi, o'z hasrati bor,
Hech banda chekmagay behuda ozor,
Yelkaga yuk olib yurtga daxldor
Nohaq tuhmatlarga bo'lmasdan iqror,
Loyqa suvlaridan sizib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.

Xayolida ne o'y, ne tilak edi,
Bir zotki olovqalb, sheryurak edi,
Ma'rifat darg'asi, zo'r tirgak edi,
Anglasak hammadan eng kerak edi,
Dilga haq rasmini chizib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.

Ketdilar qalblarga o'tlarni qalab,
Bu kungi baxtimiz Xudodan tilab,
Biz uchun o'zlari ketdilar nurab,
Qoldirmoqqa xalqqa nurafshon maktab
Savodsizlik tomirin ezib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.

Ishingiz jasorat, ulug'vor kuchdir,
To tirik ekanman dil she'rga o'chdir,
She'riyat, sen menga dunyoni quchdir,
Siz sabab yelkamda sharafli burchdir,
Go'zal dur donalar tizib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.

Qatli om sababin kimlardan so'ray,
Sizga "loyiq" hukmni ne ko'z-la ko'ray,
Boshlarimni qaysi devorga uray,
Yotgan tuprog'ingiz ko'zimga suray,
Bilsam o'ziga go'r qazib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.

SAIDA SAFO,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, shoira

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
🥰6🔥2
#bizning_ijod
#yangi_nigohlar

Mehnatkash


Erta tong chiqdi quyosh,
Boshiga kiyib gul toj.
Bir uyda bor Tohirjon,
Turar besh urganda bong.

Ish desang yo‘q demaydi,
Charchoq nima, bilmaydi.
Har tomonga shoshadi,
Yalqovlikdan qochadi.

Maqtanib qo‘yar shovvoz,
Charchoq bildirib biroz.
Afsus, sira tinmaydi,
Tunda horg‘in uxlaydi.


✍🏻: Dilnura ANYAZOVA,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 7-A sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍4🔥3
#bizning_ijod
#yangi_nigohlar

Ikki

Ikkiman-u, ikkiman,
Jurnallarda turaman.
Ustoz ikki deganda,
O‘zimni tushunaman.

Faqat menda bir so‘z bor,
Ba’zilar beshlarga zor.
Men yozilsam bittaman,
Lek o‘zim ikkitaman.


✍🏻: Dilnura ANYAZOVA,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 7-A sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
🔥4😢4
#bizning_ijod
#yangi_nigohlar

Qushlar


Bizning qanotli do‘stlar,
Uchib yurar samoda.
Bular, albatta, qushlar,
Uchib kelar bahorda.

Birlari bor ketmaydi,
Sovuq nima? Bilmaydi.
Bu qushlar nomi shunday:
Qarg’a bilan chumchuqvoy.

Qarg‘a juda teskari,
Qishda uchib keladi.
Chumchuq esa ajoyib,
Qishin-yozin ketmaydi.


✍🏻: Yoqutjon RAVSHANBEKOVA,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 7-A sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍4😁21
#bizning_ijod
#yangi_nigohlar

Kitob


Mening qadrdon do‘stim,
Har doim yodimdasan.
Vaqtim bo‘lsa kitobim,
Doimo yonimdasan.

Sensiz o‘tmaydi kunlar,
Sen bilan kunim yorug‘.
Yo’qsa hayotim tunlar,
Darddan aylaysan forig’.



✍🏻: Yoqutjon RAVSHANBEKOVA,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 7-A sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍41
#bizning_ijod
#yangi_nigohlar

Bir dasta gul    
     (Hikoya)


  Bugun qishloqqa onamni ko‘rgani ketyapman. Har doimgidek onamga bir dasta gul bilan yo‘lga otlanarkanman, bir paytlari onam so‘zlab bergan hikoyani eslayman:  
    Bahor fasli. Atrofda gullar ochilgan, ba’zilari esa hali g‘uncha.
    –  Oyi, yaxshi o‘tiribmisiz? Singillarim xabar olib turishibdimi?     
    –  Ha, yaxshiman, o‘g‘lim. Nevaralarimni sog‘ingandim, olib kelmabsan-da.
   –  Oyi, ularning maktablari bor-ku. Agar dam olish kuni kelsam, birga olib kelaman.
   – Bolam, negadir shu kunlarda ko‘nglim binafsha tusayapti, dadang rahmatli bog‘imizda ekkan binafshalari tushimga kiryapti, agar shahardan topishning imkoni bo’lsa olib kelsang, degandim.        
    – Mayli, oyi, harakat qilaman.
    Ular kechgacha suhbatlashib o‘tirishdi va o‘g‘il ishlari borligini aytib shaharga ketdi. Ona farzandini ikki oy kutdi. Oxiri telefon qilgandi, o’g’li ishlari borligini va band ekanligini bahona qildi. Seshanba kuni onasidan ko‘p marta qo‘ng‘iroq keldi, ammo u ko‘tarmadi.  Ishlaridan bo‘sh vaqt topgan o‘g‘il yakshanba kuni bir dasta gul olib, qishloqqa keldi, ammo...
Olisdan uyi oldida  odamlarning gavjumligiga ko‘zi tushdi. Uning ko‘nglidan “Nima bo‘ldi ekan?” degan o‘y o‘tdi. Ichkariga kirsa, singillari onasining ro‘molini quchoqlab yig‘lab o‘tirishgan ekan. O‘g‘il vijdon azobida qoldi, lekin endi kech edi.
Men o‘sha noqobil o‘g‘ilning xatosini takrorlamaslik uchun onamdan tez-tez xabar olib turaman.

📝 Asaloy Sapayazova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-A sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
7👍2
#bizning_ijod
#yangi_nigohlar

Bolari
Hoy bolari, bolari,
Qara go‘zal gullarga.
Iforlarin taratar
Borib qo‘ngin ularga.

Chaqib olsang, bilmasdan,
“Dod”,-deb yig‘lab qolamiz.
Mehnatkashliging ko‘rib,
Sendan o‘rnak olamiz.

Boshim og‘rib qolsa gar,
Sen yig‘gan boldan yeyman.
Tezda tuzalib olib,
Senga rahmatlar deyman.

Shifokor, olimlar ham:
“Asal-foyda koni”,-der.
Har bir tomchi asaling
Mislsiz peshona ter.


Shifobaxsh, jonbaxsh ari,
Zahmatingni bilamiz.
Shuning uchun ham seni,
Biz parvarish qilamiz.

✍️:Rayhona SHOMURODOVA,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-A sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍14😁83🔥3👏3😍2🥰1🕊1
#14_yanvar
#Bizning_ijod

Harbiylarga


Yurtimiz posbonlari,
Doim boʻlsin sogʻ,omon.
Chegara, sarhadlarni,
Qoʻriqlashar har qachon.

Oʻt chaqnar qadamidan,
Liboslari yarashar
Ularni koʻrgan hamma,
Havas bilan qarashar.

: Bekchanova Sevinchoy,
7-B sinf oʻquvchisi
👍5👏31🔥1
#14_yanvar
#Bizning_ijod

Vatan

Vatan de, onadan tugʻilganingdan,
Gavdang mayda boʻlsa olma xavotir.
Oʻzgalardan kutma mardlik qilishni,
Oʻzing qahramonsan, oʻzing bahodir.

Xuddi iymoningdek asra yurtingni,
Muqaddas nomiga yuqtirmasdan gard.
Gavdang kichikligi ahamiyatsizdir,
Yuraging kichkina boʻlmasligi shart...

: Sardor Saʼdullayev,Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Ijod zavqi" to‘garak rahbari
👏6👍21😍1
#Bobur_842
#bizning_ijod

Bobur bobo

Andijonning farzandi,
Nigor xonim dilbandi,
Sheryurakli bir polvon,
Ham shoir-u, ham sulton.

Oʻrtadi yurt sogʻinchi,
Qogʻoz boʻldi ovunchi,
Buyuk bobom, jon bobom,
Bobur bobom, xon bobom.

: Nozima Xudoynazarova, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-B sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
👍3🔥2😍1
#Bizning_ijod

Suyukli fasl

Quchogʻini ochib keldi gul bahor,
Yashillikka burkab bogʻ-u boʻstonni.
Dasht-u adirlar ham kirmoqda kuchga,
Qushlarning xush kuyi oldi har yonni.

Dillarni yayratar qushlar chiroyi,
Dov-u daraxtlar gulladi qiygʻos.
Asta kela boshlar qalbim qoʻriga:
Bahorning qadriga yet degan ovoz.

: Sharifa Raximova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7- "B" sinf oʻquvchisi
4🔥4👍1😁1
#bizning_ijod

NAVRO'Z

Assalom borliqning ko'rki – Navro'zim,
Yuraklarga quvonch ulashib kelding.
Ta'rifingga ojizdir shohona so'zim,
Yangi yilda yangi marralar berding.

O'riklar gulladi bog'larda yana,
Sadoqat timsoli Zulfiya misol.
Elimda boshlandi katta tantana,
Ko'ngillarga bayram shukuhini sol.

Sen kelgach dillarni tark etdi anduh,
Ketmagin Navro'zim bizlardan yiroq.
Sen haqingda she'rlar bitgayman shodon,
So'zim yetmasmi deb qo'rqaman biroq.

Maqsudova Anora, Ogahiy ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchisi
👍81🔥1👏1🕊1
#bizning_ijod
#Muhammad_Yusuf_71

Muhammad Yusuf

She'riyatning maydoni kengdir,
Unda turfa shoirlar bisyor.
Ba'zi kuchlar o'zaro tengdir,
Har qalamda otashin alyor.

Lek bir shoir samimiy, sodda,
Jo'shqin tuyg'u barq urib turgan.
Har misrasi qoladi yodda,
Muhammad nomi-la bong urgan.

Muhammad Yusufdir xalqchil,
Mukarram tuprog'ini suygan.
Gapiradi yolg'on emas, chin
Dard neligin yurakdan tuygan.

: Shomurodova Rayhona,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi
8🔥5😁2👍1