Ogahiy ijod maktabi
1.35K subscribers
31.9K photos
2.56K videos
313 files
8.06K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#tanlovga
#14_yanvar

NASR
5-ISHTIROKCHI

Manguberdi farzandi
(Hikoya)



Harbiy xizmat vazifasini o'tashga kelgan Bahodir armiyaga juda tez ko'nikib ketdi. Chunki u yoshligidan vatanini himoya qilishni xohlardi. Unga chegarachilik vazifasi topshirildi. U qasamiyod qabul qildi va muqaddas qasamiyodiga hamisha sodiq bo'lishga harakat qilib harbiy xizmat paytidagi vazifalarini chin dildan ado etib vatanni himoya qilishga urinardi. Lekin uning qalbida kun o'tgan sayin oilasi, o'zi tug'ilib o'sha qo'ylar-u sigirlarning ma'rashini eshitib o'sgan qishlog'iga bo'lgan sog'inchi kuchayardi. U O'zini "Men oilam oldidagi, o'sha qishlog'im oldidagi burchimni o'tash uchun bu yerdaman", deb ovutar edi.
Bir kuni kechasi Bahodir va Alisher chegarada navbatchi edi. Bahodir o'zini uyqu domiga berib qo'ymaslik uchun osmonga qaradi. Osmon to'la yulduzlar edi. Keyin endi uyquga ketayotgan Alisherga
- Qara, yulduzlarning chiroyliligini. Bizlarga qarab turishibdi.
- Ha. Yulduzlar bizlarga Kuch beradi. Yulduzlar bizning ajdodlarimiz. Ularning ruhi doim bizga madad beradi, - dedi Alisher osmonga qarab.
- Qara ana u yulduz Manguberdiniki ana u esa yana boshqa bobomizning yulduzlari - dedi Bahodir osmonga tikilgancha.
- Qaydan
- Qiziq, bizlarni ham bu dunyodan o'tkanimizdan keyin shunaqa qilib eslasharmikan ? Bizlarning ham yulduzlarimizni topisharmikan ?
- Qaydan - dedi yana Alisher xayol surib.
- Menimcha, bu o'zimizga bog'liq. "Inson qanchalik ko'p ezgu ish qilsa yulduzi shuncha yorqin bo'ladi" oyim aytardilar.
Bahodir gapini tugatmagan ham ediki chegaraning narigi tarafidan odamlar ko'rindi.
- Terrorchilar! Boshqalarga xabar berish kerak -dedi Alisher.
Bahodir qurolini olib Alisherning "To'xta" deyishiga qaramay
- Terrorchilarni chegara yoniga yo'latish xavfli - dedida yugurib ketdi. Alisherning orqasidan" Sen bir o'zing ularga qarshi chiqolmaysan" deganini ham eshimadi.
Alisher boshqalarni chaqirib keldi. Lekin kech edi. Chegaradan 4 metrcha narida o'sha ko'ringan terrorchilarning jasadi yotardi va undan sal nariroqda esa qonga belangancha Bahodir xushsiz yotardi. Bunday manzaraga bosh qo'mondon ham leytenat ham hayrat bilan boqardi va Bosh qo'mondon Vohidov
- Uddalabsan, qoyil Jo'rayev ( Bahodirning familiyasi) - deb qo'ydi.
Alisher esa osmonga qarab
- Ana shu yulduz seniki Bahodir. Ha. Ana o'sha eng yorqin yulduz. Ha o'sha Sen aytgan Manguberdi bobomizniki. Chunki Sen Manguberdining haqiqiy farzandisan. Farzandlar esa har doim otalari bilan birga bo'lmog'i darkor.
Bahodir nafaqat oilasi, qishlog'i oldida burchini fidokorlik bilan ado qildi. Zero Manguberdining haqiqiy farzandi o'zi kabi fidokorona va mangulikda yashaydi. Bahodirning bu jasorati barchamizga ibrat va o'rnak bo'lsin.

: Botirova Go'zal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
8-"A" sinf o'quvchisi
👍5👏1😢1
#tanlovga
#14_yanvar

Urush
(Hikoya)


14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘ishlab

Bir uyda er va xotin yolg‘iz yashashardi.Oysha bibi 6 yildan beri tirnoqqa zor bo‘lib, xaroba uylarning birida yashar edi. 8 yil deganda ular egizak farzandli bo‘lishadi.Erkin ota va Oysha bibi farzandlariga Hasan va Husan deb ism qo‘yishadi.Bolalar kunlar, yillar o‘tib katta bo‘lib qolishadi.Bir kuni ular bubisinikidan qaytayotganida baxtsiz bir halokatga uchirashadi.Ana shu noxush halokatda Husan vafot etadi.Oysha bibi bunday judolikni ko‘tara olmay betob bo‘lib qoladi.Oradan yillar o‘tib Hasan 22 yoshga kirganida, urush kunlari yaqin ekanligi e'lon qilinadi.Oysha bibining ko‘ngli bundan nohuzur bo‘la boshlaydi.Har bir xonadondagi oilalarni ko‘cha boshiga yig‘ishib, har bir oiladan bir inson urushga ketib,vatanini yovuzlar qo‘lidan himoya qilishi aytiladi.Hamma uylariga kirib ketadi faqatgina Oysha bibi ko‘chada qolib yig‘lay boshlaydi.Bundan xavotir olgan Hasan onasidan so‘raydi:
- Ona, nega yig‘layapsiz?
- O‘g‘lim, ukangdan ayrilganimiz yetmagandek, sendan ham ajralishni istamayman.
- Ona, axir bu har bir farzandning Vatani uchun jonini fido qilishi ham farz,ham qarzdir.Men bu urushda albatta Vatanimni himoya qilaman.
Ona bola suhbatlashib bo‘lganidan keyin uyga kirishadi.3 kundan so‘ng Hasanni urushga olib ketishga kelishishadi.Erkin ota ham ketishi mumkin edi, biroq u 75 yoshga kirib qolgan edi.Shu sabab urushga Hasan ketishga majbur bo‘ladi.Oysha bibi o‘g‘lini urushga yuborar ekan, ko‘zlariga farzandisiz uyqu kelmasligini bilar edi.Ko‘chaning ayrim xonadonlarida urushni boshlagan kishilarni qarg‘ab, qichqirishlari,ayrimlarida esa qo‘lini duoga ochib o‘g‘illarini urushga yig‘lab uzatayotganlari eshitilar edi.Bu ovozlarga parvo etmay, navqiron yoshlar Vatani uchun jon berishga ham tayyor bo‘lib, orqasiga ham qaramay jangga ketishardilar.Kunlarning birida Oysha bibi va Erkin ota choy ichishib o‘tirganlarida qõlidan piyala tushib ketib sinadi.Oysha bibi Erkin otaga qarab "O‘g‘limiz sog‘-omon bo‘lib yurgan bo‘lsin ilohim"-dedi va birdaniga eshik taqqillab, po‘shtachi kirib keldi.Oysha bibi uni qo‘lidagi qog‘ozni o‘qib,yig‘lay boshladi.Buni eshitgan qo‘shnilar, har kuni kelib, Oysha bibining sog‘ligidan xabar olishar edi.Chunki Hasan urushda oyog‘idan 2 ta,qo‘lidan 3 ta va ko‘ksidan bitta o‘q yeb Vatani uchun jonini fido qilib, mardlarcha jasorat ko‘rsatib, jangda halok bo‘ladi.Hasan o‘lishidan oldin aytgan gapi:"Ona o‘g‘lingizdan rozi bõling"-deb jon beradi.
Hayotda hamma narsa bo'ladi, bugun borsan, ertaga esa yo'q. Shuning uchun har doim hayot sinovlariga tayyor turishimiz lozim.

: Qadamova Bashorat,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi
8- "B"sinf o‘quvchisi
👍6
#Diqqat_tanlov
#14_yanvar

❄️ Qishki ta'til paytida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan o'tkazilayotgan 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan  "Mening armiyam-mening faxrim" mavzusidagi rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchining chizgan rasmi mavzu doirasida ya'ni Vatan himoyachilari asosiy qismdan joy egallashi lozim.
Qatnashish istagida bo‘lgan ishtirokchilar ijodiy ishlarini
@XorunMuso manziliga yuboring
❗️Baholashda ishtirokchining noodatiy, o‘zgacha topilma, chizgan rasmlarida mavzu doirasida ekanligi inobatga olinadi.


Tanlovga ijodiy ishlar joriy yilning 10-yanvar sanasigacha qabul qilinadi.Tanlovda Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilari qatnashishi mumkin.
Tanlovda eng munosib deb topilgan ijodiy ishlar, hakamlar hay'ati tomonidan baholanib
1. Eng yaxshi rasm (1,2,3-o’rin) gʼoliblar maktab ma'muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍7🤩5👏2👌2😢1
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
1-ISHTIROKCHI


🌠: Baxtiyorova Parizod,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
5👍3😁3🔥1
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
2-ISHTIROKCHI


🌠: Qurbonova Farangiz,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi



👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
😁118👍4🥰1
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
3-ISHTIROKCHI


🌠: Qadamova Nozima,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o'quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
4👍3👏1
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
4-ISHTIROKCHI


🌠: Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
3💯3🥰2😍2👍1
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
5-ISHTIROKCHI

🌠: Bardiyeva Ruhshona,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
🔥6👍3👏32😢1🤩1
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
6-ISHTIROKCHI


🌠:Soburov Muntazir,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
🔥63👍3
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
7-ISHTIROKCHI

🌠: Matyoqubova Laylo,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi


Bizni ijtimoiy sahifalarimiz
👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
👏5👍2🥰21
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
8-ISHTIROKCHI

🌠: Kuziboyeva Shohruza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


Bizni ijtimoiy sahifalarimiz
👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
👍7🥰21🔥1👏1
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim


Yurtim, bu kun qancha jar solsang ham oz,
Axir himoyangda minglagan Shiroq.
Shon-u shavkatingni alqab, tug'ingni
Baland ko'targuvchi Kubrolarga boq.

Har qarich tuprog'ing muqaddas bilib,
Sendaki xasni ham Vatan deb sevar.
Qo'rg'onin bir toshin qulatmas aslo
Yurtim deb hattoki jonidan kechar.

Ming shukr, el-yurt tinch, butdir qo'rg'onlar,
Tun-u kun sarhadda apl-o'g'lonlaring.
Bag'ringda bor ekan Temurlar nasli
Sira yanchilmagay gul-rayhonlaring.

Temir intizomi ularga qalqon,
Jasurlik bobida Alp avlodlari.
Vatanin or bilib, nomus deb bilib
Qorachiqdek asrash-shu bayotlari.

Qaddini sira ham bukmasin yovlar,
Ularda bor botirlik, metin iroda.
Vatan shuhratini yoyib dunyoga,
O‘zbekdek obro'si bo'lsin ziyoda.

: Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-A sinf o'quvchisi

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
🔥6👏2
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#14_yanvar

MUQADDAS BURCH
 
(Vatanimizni tinchligi uchun hatto o'z jonini ham qurbon aylagan chegarachilarimizga bag'ishlanadi)


  Valijon uyiga yig'lab keldi.
- Buvi, buvijon.
- Ha bolam nima gap. -deya so'radi buvisi undan.
- Men qaytib maktabga bormayman.
- Nimaga erkatoyim, nega bunday deyapsan?
   Bola titrab, xo'rsinib yig'lar, ko'zidan marjondek yoshlar oqib chiqar, yuzi qizarib ketgan, ko'zining ichi qip-qizil edi. Buvising savoliga ham javob bermadi va krovatga borib yostiqni bag'riga bosgancha yig'ladi. Shunda buvisi xavotirlanib, uning oldiga bordi.
- Voy buviginang o'rgilsin. Gapir yuragimni siqmagin jon bolam.
- Buvi meni, meni...
Bilasizmi ana u sinfdoshim Kamol meni "Yetimcha, dadasi qotil" dedi.
- Voy bolam sen nimaga yetim bo'larmishsan? Nega seni dadang qotil bo'larmish?
   Bola battar yig'lab, duduqlanib gapirdi.
- Chunki, chunki meni ota-onam yo'q.
- Lekin seni buving bor o'rgilay.
- Bilmadim, u har doim meni "g'irt yetim" deydi. Bungaku o'rganib ketganman. Ammo bugun boshqa bolalar ham bir qator bo'lib menga "yetimcha" deyishdi. Siz menga "Hech kim bilan urushma, faqat yomon bolalar bir-biri bilan urushishadi" degansiz. Lekin bu safar o'zimni bosib turolmadim va Kamolning yuziga bir musht tushirdim. Shunda u menga:
- Nima sen ham dadangga o'xshab qotilmisan? dedi. Shunda men:
- Mening dadam qotil emas.
- Qotil bo'lmaganidan mening dadamni otgan ekan-da.
   Men bu gapga ishonmadim. Keyin Komilning oyisi aytdi. Bu gap to'g'ri ekan.
   Buvisi jimib qoldi. Shunda Vali:
- Buvi men dadamdan nafratlanaman!
   Buvisi Valining yuziga tarsaki tushirib yubordi va
- Ovozingni o'chir! -deya baqirdi.
  Bola yig'lashdan to'xtadi. Buvisi gap boshladi.
- Dadang qotil emas aksincha u harbiy bo'lgan.
-Nima?!
- Eshit bundan 8 yil avval sen bir yosh paytingda hammamiz nonushta qilayotgandik. Shunda ichkaridan dadang chiqib keldi.
- Oyijon, dadajon menga fotiha bering. Bir haftalik ishga chaqirishdi. Biz dadangni duo qilib ishiga yubordik. Dadang shu ketganicha uyga qaytmadi. Dadangning kechikishi odatiy hol edi. Shuning uchun ham biz indamadik. Bir kuni bizni dadangning ishiga chaqirishdi. Biz bordik. Barcha harbiylar boshini egib turardi. Keyin eshitsak dadang bu paytda olamdan ko'z yumgan ekan. Uning boshlig'i aytib berdi. Dadang o'sha kuni chegarada turgan ekan. Shu payt uning oldiga bir to'da bosqinchilar kelib O'zbekiston chegarasiga o'tishmoqchi bo'lishgan. Ularning orasida Kamolning dadasi Ortiq ham bor ekan. U dadangdan chegarani ochishni iltimos qilibdi. U esa bu gapni eshitgan zahoti uni otib tashlabdi. Dadang bilan Kamolning dadasi Ortiq eng qadrdon do'st edi. Shu payt ular chegaradan bu tomonga bomba otishgan. Dadang bombani zararsizlantirgan, ammo uni orqasidandan otishgan. Uni tezda kasalxonaga keltirishgan. U o'sha paytda ham bizga xat yozib qoldiribdi. Afsus xatni yozibdi-yu shu zahotiyoq jon beribdi. Polkonik bizga ko'zida yosh ila aytib berdi. "U Vatani oldida muqaddas deb hisoblagan burchini bajardi" dedi va bizga dadang yozgan xatni topshirdi. Xatni ochib o'qidik. Unda shunday so'zlar turardi. "Hammangiz mendan rozi bo'ling va do'stim Ortiq terrorchi ekanini oilasiga aytmang"
   So'ng bunga chidolmay bobongni yuragi huruj qildi va onang bir yil o'tgach vafot etdi. Men esa qiynalib yashab kelmoqdaman. Sen dadangning yolg'iz yodgorisan, seni o'stirdim endi armonim yo'q. Bola hayratda qoldi va ajablanib so'radi:
- Axir siz ota-onang avtohalokatda vafot etgan der edingizku.
- Sen harbiy bo'laman deganding. Bu o'g'limning orzusi edi.  Gaplarimni eshitsang harbiylik yomon kasb ekan deb bundan bosh tortishingni istamagandim.
- Nimaga endi, men ham dadam kabi harbiy bo'laman. Vatanim oldidagi burchimni bajarib so'ngra jon beraman!
   Buvi bolada dadasiniki kabi g'ayratni ko'rdi va
- Barakalla o'g'lim. -deb faxrlanib qo'ydi.

: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy ijod maktabining 8- "B" sinf o'quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
👍83🔥1🥰1👏1🤩1🕊1
#14_yanvar
#hamkorlikdagi_tadbir

📍
Yanvar oyining 13-sanasida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Xorazm viloyati Xiva tumanida joylashgan Davlat Xavsizlik xizmati chegara qo‘shinlari "9203-sonli" harbiy qismidan bir guruh xodimlar Ogahiy nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdilar.

Tashrif chog‘ida 10 bo‘lim mafkuraviy ishlar boʼyicha komandir o‘rinbosari Xudayberganov Sirojbek harbiy qism faoliyati bo‘yicha qisqacha maʼlumotlar verib o‘tdi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga xizmat xodimlari tomonidan ko'rgazmali harbiy qurol, aslahalar va ularning vazifasi haqida tushunchalar berildi. Harbiy hayot haqida o‘quvchilar keng taassurotga ega bo‘lishlari uchun harbiy sohadagi zarur bo‘ladigan jihatlarga alohida urg'u berildi.

Harbiylarga ko'makchi vazifasini o‘tovchi maxsus o‘rgatilgan 🦮 itning topqirligi va tezkorligi barchani qoyil qoldirdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
👍4🔥32
#14_yanvar
#davra_suhbati

📍 Yanvar oyining 13-sanasida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Xorazm viloyati Xiva tumanida joylashgan Davlat Xavsizlik xizmati chegara qo‘shinlari "9203-sonli" harbiy qismi 10 bo‘lim mafkuraviy ishlar boʼyicha komandir o‘rinbosari Xudayberganov Sirojbek tomonidan Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

✴️ Davra suhbatida o‘quvchilarga muqaddas ona tuprog‘imizimizni, tinch va osoyishta maskanimiz bo‘lgan vatanimizni ko‘z qorachig‘imizdek asrash har bir o‘zbek farzandining burchi ekanligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda o‘quvchilar harbiy sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
2🔥1
#14_yanvar
#Bizning_ijod

Harbiylarga


Yurtimiz posbonlari,
Doim boʻlsin sogʻ,omon.
Chegara, sarhadlarni,
Qoʻriqlashar har qachon.

Oʻt chaqnar qadamidan,
Liboslari yarashar
Ularni koʻrgan hamma,
Havas bilan qarashar.

: Bekchanova Sevinchoy,
7-B sinf oʻquvchisi
👍5👏31🔥1
#14_yanvar
#Bizning_ijod

Vatan

Vatan de, onadan tugʻilganingdan,
Gavdang mayda boʻlsa olma xavotir.
Oʻzgalardan kutma mardlik qilishni,
Oʻzing qahramonsan, oʻzing bahodir.

Xuddi iymoningdek asra yurtingni,
Muqaddas nomiga yuqtirmasdan gard.
Gavdang kichikligi ahamiyatsizdir,
Yuraging kichkina boʻlmasligi shart...

: Sardor Saʼdullayev,Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Ijod zavqi" to‘garak rahbari
👏6👍21😍1
#14_yanvar
#jarayon

🗓 Joriy yilning 14-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida 14-yanvar "Vatan himoyachilar kuni" munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida kichik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev so‘zga chiqib o‘quvchi yigitlarni bayram bilan tabriklab, bayram munosabati bilan tayyorlangan rolik va tarqatma materiallarni o‘quvchilar bilan tanishtirdi.

📸Jarayondan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
👍8🔥43👏1
#14_yanvar
#Bayramona_tadbir

🗓 Joriy yilning
14-yanvar sanasida Ogahiy nimidagi ijod maktabida 14- yanvar -" Vatan himoyachilari kuni" bayrami munosabatni bilan "Balli yigitlar" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.

✴️ Tanlov avvalida maktab direktori v.v.b N.Abdullayev o‘zining tabrik so‘zlari bilan barcha ustoz-pedagoglarni va o‘quvchi yigitlarni tabriklab o‘tdi.


➡️ Shundan so‘ng, o'quvchilar 6 ta shart bo'yicha o‘zaro bellashdilar.
1⃣ Tanishtiruv
2⃣ Tezkor savol-javob
3⃣ Buni toping?
4⃣ Quvnoq mevalar
5⃣ Buni izohlang!
6⃣ Aqlli ruchka


👮‍♂ Bayramona shukuhda o‘tgan ko‘rik-tanlov iqtidorli yigitlarning yangi qirralarini kashf qilishga zamin yaratib berdi.

❇️ Hakamlar hay'ati tomonidan umumiy shartlar bo‘yicha o‘quvchilar baholanilib, turli nominatsiyada g‘olib deb topildilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
👍2👏1
#14_yanvar
#Bayramona_tadbir

🗓 Joriy yilning
14-yanvar sanasida Ogahiy nimidagi ijod maktabida 14- yanvar -" Vatan himoyachilari kuni" bayrami munosabatni bilan "Balli yigitlar" ko'rik-tanlov jarayonidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
👍8🥰21